Kirish. Universitet va kafedra haqidagi asosiy ma’lumotlar. Talabalarning o‘quv va ilmiy ishlarini tashkil etish. Yo‘nalishning o‘quv rejasi va uning asosiy mazmuni. Universitetning tuzilishi mutahassislik kafedrasi va uning faoliyati



Yüklə 26,9 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü26,9 Kb.
#147552
  1   2

Kirish. Universitet va kafedra haqidagi asosiy ma’lumotlar. Talabalarning o‘quv va ilmiy ishlarini tashkil etish. Yo‘nalishning o‘quv rejasi va uning asosiy mazmuni. Universitetning tuzilishi mutahassislik kafedrasi va uning faoliyati. Talabalarning o‘quv va ilmiy ishlarini tashkil etish.
Reja:

  1. Talabalarning o‘quv ishlarini tashkil etilishi.

  2. Universitetning tarkibiy tuzilmasi.

  3. Fakultet va uning oliy o‘quv yurtidagi o‘rni.

Oliy ta’lim muassasalarida boshqarishning oliy organi bo‘lib ilmiy Kengash hisoblanadi. Ilmiy kengashga universitetning yetakchi professor o‘qituvchilari, fakultet va bo‘limlarning rahbarlari, yirik ishlab chiqarish korxonalarining vakillari a’zo etib saylanadi. Ilmiy kengashni universitet rektori boshqaradi.


Universitet tarkibida institutlar va fakultetlar bo‘lishi mumkin. Universitet va institut nimasi bilan farqlanadi degan savol tug‘ilishi tabiiy. Institut odatda bilimlarning ma’lum bir sohasi doirasida kasbiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi va ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Universitet esa bilim sohalari keng qamrovi bo‘yicha ta’lim dasturlarini amalga oshiradi, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi, bilimlarning tegishli sohalari bo‘yicha ilmiy va uslubiy markaz bo‘ladi.
Rektor va prorektorlar (ma’naviyat ishlari bo‘yicha, o‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha, ilmiy ishlar bo‘yicha, ma’muriy-xo‘jalik ishlari bo‘yicha) oliy o‘quv yurtining rahbariyati hisoblanadi. O‘quv bo‘limi, uslubiy bo‘lim, ilmiy bo‘lim, magistratura bo‘limi, kutubxona, kadrlar bo‘limi, buxgalteriya va xo‘jalik ishlari bo‘limi oliy o‘quv yurti rektoratining tarkibini tashkil etadi.
Oliy o‘quv yurtida rektoratning bevosita rahbarligi ostida keng ko‘lamdagi ma’naviy-tarbiyaviy, ommaviy-madaniy va sport-sog‘lomlashtirish ishlarini olib boruvchi jamoat tashkilotlari ham faoliyat yuritadi (kasaba uyushmasi, Kamolot yoshlar harakati, talabalar Kengashi, xotin-qizlar Kengashi, murabbiylar Kengashi va hokazo).
Rektorat fakultetlar ishini muntazam boshqaradi, fakultetlarda professor-o‘qituvchilarning tarkibining o‘quv, ilmiy, uslubiy va tarbiyaviy ishlari qo‘yilishi va tashkil etilishini nazorat qiladi.
Kasaba uyushmasiga universititet va fakultetning xodimlar hamda talabalar kasaba uyushmalari kiradi. Ular talabalarning yashashi va moddiy ta’minoti bilan shug‘ullanadilar (talabalar uyiga joylashish, moddiy yordam ko‘rsatish, dam olish va davolanish uchun yo‘llanmalarni taqsimlash kabi).
Xotin qizlar Kengashida talabalar hayot, o‘qish va turmushning barcha masalalari bo‘yicha o‘qituvchi va yoshi ulug‘larning zarur maslahatlarini olishi mumkin.
Talabalar turli badiiy va ijodiy to‘garaklarda qatnashishi, sport sekstiyalarida shug‘ullanishlari mumkin.
Universitet xududida va Talabalar uyida qabul qilingan ichki tartib qoidalarga amal qilish qat’iy talab qilinadi.
Toshkent davlat texnika universiteti 1991 yilda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik institutlari asosida tashkil etilgan. 2007 yilda Toshkent aviatsiya instituti ham universitet tarkibiga qo‘shilgan.

Yüklə 26,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə