Kichik biznesning mamlakat eksportidagi o'rni nishonboyev Doniyor Erkinjon o‘g‘li Farg‘ona davlat universiteti, Iqtisodiyoti kafedrasi o‘qituvchisi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy



Yüklə 33,46 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü33,46 Kb.
#182221
1   2   3
KICHIK BIZNESNING MAMLAKAT EKSPORTIDAGI O\'RNI

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy
ko‘rsatkichlari hajmi

Ko‘rsatkichlar

2017

2018

2019

2020

2021

2022

Sanoat (mlrd so‘m)

61367,8

87962,0

83344,2

103020,8

121719,2

142611,7

Qurilish (mlrd so‘m)

22469,4

37451,7

53960,9

63866,6

77762,0

93620,8

Bandlik (ming kishi )

10541,5

10128,8

19318,9

9865,7

10070,7

10222,9

Eksport (mln AQSH dollor)

2759,3

3810,8

4714,8

3100,9

3711,2

5696,2

Import (mln AQSH dollor )

7511,9

10916,2

14972,2

10943,3

12389,0

15154,1

Savdo (mlrd so‘m )

92973,0

114896,4

138920,7

164106,1

204787,4

253573,4

O‘zbekistonda eksport va import sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari, qabul qilingan davlat dasturlari, ular ijrosini ta’minlash, tarmoqda islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar natijada bunyodkorlik ko‘lamlari tobora kengayib bormoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (30.01.2020 yildagi 46-son qaror) hamda O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”(15.05.2019 yildagi PF-5719-son farmon) shular jumlasidandir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, eksport daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi. Eksport nafaqat milliy iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini jadallashtirish, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta’minlash va turm ush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o‘rin tutmoqda. Muhim masala kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun soliq va boshqa to'lovlar borasida qulaylik va engilliklar yaratish bilan bogliqdir. Hozirgi paytda ushbu sohada nafaqat iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo'lgan bandlik va aholi darom adlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o‘rin tutmoqda. Oxirgi yillarda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi korxonalar soni yil sayin ortib borayotgani soh aning nizchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab – quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.08.2013 yildagi PQ-2022-son), “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”( O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.05.2015 yildagi PF-4725-son) kabi qaror va farmonlari Respublikada kichik biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor berilayotgani hamda uni rivojlantirish ustida ko‘plab e’tibor berilayotgani yaqqol namunasidir.
Iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda boshqa bir qator sohalar kabi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda eksportda katta rol o‘ynashi e’tiborga molikdir. Kichik biznes sohasida moslashuvchanlik jarayoni o‘rta va yirik bizneslarga qaraganda bir muncha oson. Hozirgi kunda kichik biznes nafaqat iqtisodiyotning o‘sish sur’atini jadallashtirishda balki mamalakatimiz uchun nihoyatta muhim bo‘lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o‘rin tutmoqda. Shu sababli, kichik biznes sub’ektlari faoliyatini o‘rganish va sohada mavjud muammolarni yechish yo‘llarini tadqiq qilish va ularning samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi.
Yüklə 33,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə