Kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika Kiberjinoyatchilik



Yüklə 61,4 Kb.
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü61,4 Kb.
#148167
1   2   3   4   5
2-kiberjinoyat, kiberetika,kiberhuquq

Kiberqonunlar
Milliy qonunlar. 2002 yil 12 dekabrda O’zbekiston Respublikasining 439-II – sonli “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 16 moddadan iborat bo’lib, unda xususan, quyidagilar belgilangan:
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin vamoneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro’yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
4-modda. Axborot erkinligi
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq har kim axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.
Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitusiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin.
6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi
Axborot ochiq va oshkora bo’lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.
Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi:
fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro’yobga chiqarish tartibi to’g’risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari;
ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda vaziyatlar to’g’risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikasiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan boshqa axborotlar;
axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy arxivlarning va O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqyealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to’g’risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart.
10-modda. Axborot berishni rad etish
Agar so’ralayotgan axborot maxfiy bo’lsa yoki uni oshkor etish natijasida shaxsning huquqlari va qonuniymanfaatlariga, jamiyat va davlatmanfaatlariga zarar yetishi mumkin bo’lsa, axborotni berish rad etilishi mumkin.
So’ralayotgan axborotni berish rad etilganligi to’g’risidagi xabar so’rov bilan murojaat etgan shaxsga so’rov olingan sanadan e’tiboran besh kunlik muddat ichida yuboriladi.
Rad etish to’g’risidagi xabarda so’ralayotgan axborotni berish mumkin emasligi sababi ko’rsatilishi kerak.
Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborotni so’rayotgan shaxslarni bu axborotni olishning amaldagi cheklovlari to’g’risida xabardor etishi shart.
Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar, shuningdek o’z so’roviga haqqoniy bo’lmagan axborot olgan shaxslar o’zlariga yetkazilgan moddiy zararning o’rni qonunda belgilangan tartibda qoplanishi yoki ma’naviy ziyon kompensasiya qilinishi huquqiga ega.
11-modda. Axborotni muhofaza etish
Har qanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo’lish axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi va boshqa shaxsga zarar yetkazishi mumkin bo’lsa, muhofaza etilmog’i kerak.
Axborotni muhofaza etish:
shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish;
axborotning maxfiyligini ta’minlash, tarqalishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishining oldini olish;
axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Yüklə 61,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə