Kasbiy psixologiya fanining dolzarbligi



Yüklə 364,1 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.02.2023
ölçüsü364,1 Kb.
#100261
3-сем



3 - MAVZU
KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING DOLZARBLIGI 
Reja 
1.
Shaxsning ongli kasb tanlashi. 
2.
Kasb tanlashdagi xatoliklar. 
3.
“Kasbiy psixologiya” fanining metodologiyasi 
 
Talaba ushbu mavzuni o’zlashtitishda quyidagilarga e’tibor qaratadi: 
“Kasbiy psixologiya” fanining metodologiyasida, mazmunida, tarbiya 
nazariyasida, ta’lim nazariyasida, ta’limning tashkiliy shakllarida komillik darajasi 
sifatlarini aniqlashda katta islohiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar yangi 
pedagogik texnologiyalarda o‘z asosini topishi lozim. 
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish 
ishining xayotiy zarurati va dolzarbligi xaqida gapirar ekanlar “Inson shaxsini, 
uning yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini 
shakllantirish, 
yosh 
avlodni 
boy 
madaniy 
merosimiz 
xamda 
tarixiy 
qadriyatlarimizga xurmat-e’tibor, mustaqil Vatanimizga mexr-muhabbat ruxida 
tarbiyalash talablari oldimizga muxim vazifalarni qo’ymoqda” deb alohida 
ta’kidlaydilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo’lmish 
yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo’lib o’z yurti va xalqiga 
sidqidildan mehnat qilish ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun xalol mehnat 
qilishga o’rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o’z vatanini 
manfaatlariga g’oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishni 
taqazo etadi.
“Kasbiy psixologiya” fanining o‘ziga xos ilmiy-amaliy asoslari bilan 
qurollantirish bola, o‘quvchi, talaba tushunchalarini abstrakt holda emas, balki 
asosiy ma’naviy-sifatlarini ta’riflagan holda, bu sifatlarni yoshga, filosofik, 
fiziologik, psixologik va genetik asoslarga bog‘liq holda shakllantirishning 
pedagogik asoslarini ishlab chiqish. Bu ishni har bir fan va fanlar guruhlarining 
tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi tomonlarini ochish orqali amalga oshirish. Bunda 
xalq pedagogikasi va etnopedagogikadan keng foydalanish. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelini hayotga joriy qilish uchun talabalarni fan va 
o‘quv fanlari qurilishining umumpedagogik amaliy asoslari bilan qurollantirish. 
Talabalarda ta’lim, fan, ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash mexanizmlari, 
mazmuni va usullarini shakllantirish maqsadida o‘qitishni ilmiy tadqiqot bilan 
qo‘shib olib borish, fanlar bo‘yicha har bir tushunchani o‘zlashtirishda amaliy, 


amaliy-nazariy mashg‘ulotlar uzviyligining pedagogik negizlarini shakllantirish 
lozim. 
Oliy o‘quv yurtini tugatuvchi mutaxassis kelajakda faqat maktab, oliy maktab 
o‘qituvchisi yoki ilmiy xodimgina bo‘lib qolmasdan, ma’naviy-intellektual yetuk 
shaxs bo‘lib yetishishini ta’minlash uchun “Kasbiy faoliyat psixologiyasi” fani 
talaba ko‘z o‘ngida mustaqil fan sifatida shakllanadigan qilib tuzilgan. 
Kasb tanlashga yo’naltirish davlatning tadbir – choralari tizimidan iborat bo’lib 
inson tomonidan tanlanadi, o’z hayot yo’lining ilmiy asoslanganligini ta‘minlashga 
xizmat qiladi, u turmushda o’z o’rnini aniqlaydi va quyidagi shakllarda amalga 
oshiriladi: 1) maktabda kasbiy ma‘lumotlar berish; 2) kasb – hunar maorifi bilan 
shug’ullanish: 3) radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish; 4) kasb 
yuzasidan maslahatlar; 5) kasbga saralash (qobiliyatiga binoan); 6) kasbga 
moslashish (adaptatsiyalash). Mazkur sohada psixologik izlanishlar olib borgan 
K.K.Platonov muayyan sxema ishlab chiqqan bo’lib, u «Kasb tanlashga 
yo’naltirish uchburchagi» deb nomlanib, o’zining ixchamligi bilan boshqalardan 
ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo’llashda, reorientatsiyalashda undan 
unumli foydalanish mumkin. Kasb tanlashga yo’naltirish uchburchagining muhim 
bir tomoni – bu har xil kasb – hunar egasiga nisbatan qo’yiladigan talablar 
yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni 
shuki, u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shahar, tuman)ning 
mehnat imkoniyatiga ehtiyoji bo’yicha bilimlar mujassamlashganligidir. YAna bir 
o’ziga xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo’naltiruvchining qunti, qobiliyati, 
shaxsiy xususiyatlari bo’yicha bilimlar umumlashtirilgan bo’lib kasbga tanlashga 
oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir. Kasb tanlashga yo’naltirilgan 
uchburchak shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, o’zini o’zi baholashi, nufuzi 
kabilarga oid materiallarni o’zida mujassamlashtiradi. E.A.Klimov qarashlariga 
binoan professiogramma bu: 1)sensor kanallarni yuklamalash, ustivor signallarning 
turlari faoliyat jarayonidagi axborotlar ko’lami va umumiy xususiyati (ko’rish, 
eshitish va boshqalar); 2)axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog’liq aqliy 
faoliyatning xususiyati; 3)xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi va ayrim 
harakatlarning tavsifi; 4)ishda, mehnat faoliyatida asab – psixologik zo’riqish, 
tanglikning mavjudligi; 5)diqqatni boshqarish zarurati; 6)ishda muvaffaqiyatga 
eltuvchi shaxs sifatlari, fazilatlari; 7) mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi 
integral psixofiziologik ko’rsatkichlar. Bizningcha, yuqoridagi mulohazalardan 
tashqari professiogramma oldiga quyidagi talablarni qo’yish maqsadga muvofiq: 
1.Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi, 
mutaxassislik, kasb – hunar, lavozim, ishchi o’rni imkoniyati, mehnatning turdosh 
xususiyatlari va uning muhim tavsiflarining bayoni); 1. Ishning maqsadi, 


samaradorligi xususida ma‘lumotlar; 2. Mehnat quroli sifatida nimalar 
qo’llanilishi; 3. Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o’ziga xos jabhalari; 4. 
Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi; 5. Nimalarning negizida 
ish (mehnat, faoliyat; amalga oshirilishi); 6. Mehnat mahsullarini baholash 
mezonlari; 7. Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari. 8. Ish qanday 
vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning motivirovkasi. 9. Ishning 
bajarilish shart va sharoitlari; 10. Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari; 11. 
Mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilan hamkorlikda?); 12. 
Mehnatning jadalligi (intensivligi) to’g’risida ma‘lumotlar; 13. Mehnat faoliyatida 
mas‘uliyatning va xavf – xatarning qaysi daqiqalari (holatlari) uchrashi; 14. 
Mehnat uning sub‘ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, ma‘naviy 
ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov, jamoatchilik bahosi va 
boshqalar); 17.Ish yoki faoliyatning o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra qanday 
talablarga va cheklanishlarga ega ekanligi. Har bir shaxs farovonlikda va yaxshi 
ta‘minlangan sharoitda yashashni istaydi. SHu sababli ham insonlar farovon 
turmushni ta‘minlashga xizmat qiluvchi mehnat faoliyati bilan shug’ullanishga 
intiladilar va moddiy boyliklarni o’zlashtirishga imkon yaratuvchi kasb-hunar 
sohalari va mutaxassisliklarni egallashga harakat qiladilar. Ba‘zi holatlarda ma‘lum 
bir kasbni tanlash va uni egallashda shaxsning imkoniyati etarli bo’lmaydi. 
Insonning qiziqishlariga va psixologik imkoniyatlariga to’g’ri kelmaydigan 
kasbning tanlanishi, tabiiyki, uning shaxs sifatida kamol topishiga salbiy ta‘sir 
ko’rsatadi. SHu nuqtai nazardan shaxsning ichki intilish va imkoniyatlariga u 
tanlagan kasbi bilan shaxsi orasidagi munosabati o’ta dolzarb masala hisoblanadi. 
Biz quyida shu masala bo’yicha psixolog olimlarning qarashlarini, o’tkazgan 
tadqiqotlarini tahlil qilamiz. Ma‘lumki, shaxsning kasbiy shakllanishi to’rt asosiy 
bosqichdan iborat bo’lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: a) kasbiy 
intilishlarning shakllanishi; b) kasbiy ta‘lim; v) kasbiy moslashish; g) shaxsning 
kasbiy faoliyatda qisman va to’liq o’zini-o’zi bag’ishlashi. Mazkur bosqichlarga 
mos holda kasbiy o’zini o’zi aniqlash jarayoni ham sodir bo’ladi. Kasbiy o’zini 
o’zi aniqlash jarayoni psixologik adabiyotlarda etarli darajada chuqur yoritilgan 
bo’lib, ayniqsa, psixologlar kasbiy intilishning shakllanishi va kasb tanlash 
bosqichlariga alohida e‘tibor qaratganlar. Kasb-hunar ta‘limi jarayonida 
professiogramma quyidagi tuzilishga ega bo’lishi lozim. I. Maxsus fazilatlar: - 
psixologik barqarorlik - jismoniy zo’riqishlarga chidamlilik - ish joyida diqqatni 
tez taqsimlashlik - ko’ruv idrokiga tezkor javob qaytarishlik - operativ tafakkurga 
moyillik - vaqtni idrok qilishga qobiliyatlilik - obrazli xotiraga egalik - teri-
tuyushga sezgirlik - harakatni muvaffaqiyatlashtirishga uquvchanlik. II. Kasbiy 
bilimlarga zehnlilik: - ishlab chiqarish ta‘limi jarayoni mohiyatini komil insonni 
shakllantirishning tarkibi ekanligini tushunishlik - ishlab chiqarish ta‘limi 


metodikasi 
va 
nazariyasi 
asoslarini 
egallaganlik 

yosh 
va 
jins 
xususiyatlari,tayyorgalik darajasini hisobga olgan holda mashg’ulotlar o’tkazish - 
ishlab chiqarish ta‘limida o’quvchilarning psixologik, pedagogik, fiziologik 
xususiyatlari rivojini inobatga olishlik - psixologiya fanining ilmiy asoslari bilan 
qurollanganlik - o’quv mashg’ulotlarida psixologik va fiziologik qonuniyatlar 
mohiyatini tushunganlik - ota-onalarga va jamoatchilikka psixologik ta‘sir 
o’tkazish mexanizmini bilishlik - o’quvchilar bilan kasbga oid sinfdan tashqari 
mashg’ulotlar uyushtirish metodikasini o’zlashtirganlik - yangi ta‘limiy 
texnologiya ta‘sirchanligini uqishlik. III. SHaxsiy psixologik va pedagogik 
salohiyat: - ishlab chiqarish ta‘limi mashg’ulotlari uchun zarur materiallarni ajrata 
bilishlik - o’quvchilarning kuchiga, yoshiga, jinsiga binoan mashg’ulotlarni 
rejalashtirishlik - o’quvchilarning amaliy ko’nikmalari va shaxsiy sifatlari 
rivojlanishining istiqol rejasini tuza olishlik - mashg’ulotlar sifatini ko’tarish uchun 
o’quvchilarni o’zini-o’zi tayyorlashga o’rgatishlik -shaxsga ta‘sir o’tkazishni 
rejalashtirishga uquvchanlik - o’quvchilar jamoasiga rahbarlik qilishda shaxsiy 
faoliyatini idora qilishni uddalashlik - ishlab chiqarish ta‘limiga kasb-hunar o’quv 
yurtlari jamoasini tortishga qobiliyatlilik. IV. Tashkilotchilik qobiliyatlari: - 
Mehnat ta‘limi mashg’ulotlarida o’quvchilar jamoasini tashkil qilishlik va uni har 
xil vaziyatlarda boshqarishlik - Sinf va sinfdan tashqari ishlab chiqarish ta‘limi 
mashg’ulotlarini tashkillashtirishlik - Mashg’ulotlar davomida kurs faollarini 
aniqlash va ularni uyushtirishlik - O’quvchilar bo’sh vaqtini o’tkazishni tashkil 
qilish va ular o’rtasida tanlovlar, ko’riklar joriy qilishlik - Faollarning 
tashkilotchilik faoliyatini amalga oshirishda ko’maklashishlik - Layoqatli, iqtidorli 
o’quvchilarni aniqlash va ular bilan individual mashg’ulot o’tkazishlik. 

Yüklə 364,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə