Kasb ta’limi o’qituvchilarining axborot texnologiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirishning pedagogik tamoyillari Urdu mehnat ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi p f. n X. R. Matyakubov Urdu mehnat ta’limi kafedrasi magistri A



Yüklə 51 Kb.
tarix29.04.2023
ölçüsü51 Kb.
#107715
Matkarimov Azamat


Kasb ta’limi o’qituvchilarining axborot texnologiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirishning pedagogik tamoyillari
UrDU Mehnat ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi p.f.n X.R.Matyakubov
UrDU Mehnat ta’limi kafedrasi magistri A.F.Matkarimov
Ta’limni axborotlashtirishning asosiy maqsadi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash orqali intellektual faoliyatni global jadallashtirishdan iborat.Ushbu muommoni xal etish uchun ta’limning innovatsion-didaktik shakllarini asoslash, texnalogiya va axborotlashtirish vositalarini bir tizimda birlashtirishning pedagogik, metodik xamda texnologik asoslarini ishlab chiqish va amalda joriy etish lozim.Bizning nazarimizda, bunday tizim vazifasini axborot-ta’lim muxitini o’taydi.Demak, axborot-ta’lim muxitini yaratish ta’limni axborotlashtirishning obektiv natijasi xisoblanadi.Ta’limni axborotlashtirish – bu o’quv jarayonining bugungi omilidir.Yangi axborot muxiti kasbiy ta’limning extiyojlariga to’la javob beradi.Bunday tushinish bizga kasbiy ta’limi o’qituvchilarining axborot texnalogiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish imkoniyatlari xaqida so’z yuritishga asos beradi.Zero, xozirgi vaqtda kasb ta’limi o’qituvchilarining axborot texnalogiyalari bo’yicha tayyorligini oshirish dolzarb pedagogik vazifa hisoblanadi.Kasb ta’limi o’qituvchilarining zamonaviy axborot texnalogiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirishning pedagogik tamoyillari quyidagilardan iborat:
-kasb ta’limi o’qituvchilarining zamonaviy axborot texnalogiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish tizimi modelini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish;
-intellektual- axborotlashtirilgan ta’lim muxitini yaratish;
-kasb ta’limi o’qituvchilaring axborot texnologiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish jarayonining o’quv-uslubiy ta’minotini yaratish;
-kasb ta’limi o’qituvchilarining axborot madaniyatini yuksaltirish, xuxusan, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Qayd etib o’tilgan pedagogik tamoyillarni aloxida-aloxida qarab chiqamiz.
1.Kasb ta’limi o’qituvchilarining axborot texnalogiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish tizimi modelini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish.
Kasb-xunar kollejlarida faoliyat ko’satayotgan va oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarining axborot texnalogiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish tizimi modelini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish muxim muammo bo’lib, o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:ta’lim maqsadi va vazifalari, pedagogik amaliyotning asosiy yo’nalishlari, uslublari, o’qitish vositalari va natija.
2.Intellektual-axborotlashtirilgan ta’lim muxitini yaratish.
Zamonaviy didaktikada ta’lim berish bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan o’qitish va o’qish jarayonlaridan iborat ekani ta’kidlanadi.Ammo bu ta’rifda o’qitish jarayonida yuzaga keladigan ayrim xolatlar e’tiborga olinmagan.Shu bois tadqiqotchilar pedagogikaga “ta’lim muxiti”, “axborot muxiti” tushunchasini kiritishdi.Bigungi kunda ilmiy-uslubiy jurnallarda “axborot muxiti” atamasini ko’p uchratamiz. “Axborot muxiti” ga berilgan barcha ta’riflarni o’rganib va taxlil etib, biz uni quyidagicha ifodaladik.Axborot muxiti foydalanuvchilar tomonidan turli maqsadlarda qo’llaniladigan dasturli-apparatli vositalar, axborotli aloqa tarmoqlari, ta’lim muassasasining tashkiliy-uslubiy elementlari va predmet soxalari haqidagi amaliy axborotlar majmuasini ifodalaydi. Tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, kasbiy ta’lim yo’nalishlarida intellektual- axborotlashtirilgan ta’lim muxitini yaratish pedagog va talabaning axborot bilan ishlash faoliyati samaradorligini ta’minlashga xamda kompyuter vositasida o’qitishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanishga imkon yaratadi.
3.Kasb ta’limi o’qituvchilarining axborot texnalogiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish bo’yicha tayyorgarligini oshirish jarayonining o’quv –uslubiy ta’minoti.
Ta’lim muassasalarida o’quv ishlarini tashkil etishda axborot va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanib, o’qituvchi va ta’lim oluvchining tezkor muloqotini tashkil etish muhimdir.Ko’pgina oliy o’quv yurtlari ma’muriyati moddiy-texnik bazani yaratishni asosiy vazifa deb hisoblaydi. Xolbuki, bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarining axborot texnalogiyalaridan foydalanishga tayyorlashning asosi ularning mustaqil kognitiv faoliyati xisoblanadi. Shu bois, uning uslubiy ta’minotini yaratish muxim masala sanaladi. Bizningcha, ta’limni axborotlashtirish bir necha yo’nalishda olib borilishi lozim.Ulardan biri dasturiy ta’minotlardan foydalanish xisoblanadi.Unga “Windows “ operatsion tizimida xujjatlarni taxrirlashga mo’ljallangan matnni tayyorlash tizimi, bir xildagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tizimlashtirish imkonini beruvchi universal dasturlar;katakchalarida faqat sonlar emas, balki matnlar joylashadigan, xisob-kitob ishlari avtomatik ravishda bajariladigan, elektron blanka ko’rinishidagi MS EXSEL jadvalining turli versiyalari; matnli va grafik ko’rinishdagi ma’lumotlarni qog’ozli tashuvchilardan kompyuter xotirasiga o’tkazishga imkon beruvchi skanerlar;grafik ko’rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun raqamli fatografiya va dasturiy ta’minotlar;local kompyuter tarmog’I va global internet tarmog’idan foydalanish hamda turli xil brauzerlar (masalan MS Internet Explorer) orqali Internet tarmog’ida joylashgan ma’lumotlarni o’qish va boshqalar kiradi.Kasb ta’limining aniq yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlar bazasini va avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi tizimni yaratish, kasb ta’limini kompyuterlashning ikkinchi yo’nalishi xisoblanadi.Zamonaviy axborot texnalogiyalari qog’ozli tashuvchilardagi xar qanday ko’rinishdagi ma’lumotlarni kompyuter ma’lumotlar bazasiga, elektron adabiyotlar va o’rgatuvchi dasturlarga o’tkazish imkonini beradi. Bundan tashqari, axborot texnalogiyalaridan kasbiy ta’limga oid ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlashda xam foydalaniladi.Ma’lum formula va algoritmlar bo’yicha xisob-kitob ishlarini bajarish uchun zamonaviy dasturlash tillaridan biri asosida dasturiy majmua yoki aloxida dastur yaratish kasbiy ta’limni kompyuterlashning uchinchi yo’nalishi hisoblanadi.Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnalogiyalarini qo’llash .
So’rov natijalariga ko’ra, umumkasbiy fanlar bo’yicha dars berayotgan o’qituvchilarning 80% dan ortig’i kompyuterdan foydalanish bo’yicha ko’nikma va malakaga ega.Ularning ko’plari kompyuterda ishlashni mustaqil o’rgangan, ayrimlari maxsus kurslarda o’qishgan.O’qituvchilarning aksariyati oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan “Informatika va axborot texnalogiyasi” predmeti bo’yicha tashkil etilgan amaliy mashg’ulotlarda kompyuterdan foydalanish bo’yicha ko’nikma va malakaga ega bo’lganini e’tirof etishdi.Ammo bu ko’nikma va malakalarning o’zigina etarli emas. O’qituvchilardan axborot texnalogiyalari bo’yicha maxoratini muntazam oshirish talab etiladi.Pedagogik amaliyotning ko’rsatishicha, axborot texnalogiyalaridan kasb ta’limida samarali foydalanish uchun, eng avvalo, dasturiy ta’minotlar zarur.Dasturiy ta’minot deyilganda kompyuterda turli amallarni bajarishni ta’minlovchi dasturlar majmuasi tushuniladi.Dasturiy ta’minotlardan foydalanish maqsadiga ko’ra bir necha turga ajratiladi:tizim ishini qo’llab – quvvatlashga mo’ljallangan ishchi dasturiy ta’minot (masalan, Windows operatsion tizimi);Foydalanuvchiga yo’naltirilgan amaliy xarakterdagi dasturiy ta’minot (masalan, matn muharriri, jadval prosessori, grafik muxarrir va boshqalar).Amaliy dasturiy ta’minot quyidagi dasturlardan tashkil topadi:umumiy mazmundagi amaliy dasturlar va tor sohadagi foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan maxsus dasturlar.Xozirgi kunda o’quv jarayonida foydalanishga mo’ljallangan kompyuter dasturlarining turli sinflari mavjud.Ammo xozircha ular tasniflanmagan va tizimlashtirilmagan.Biz quyida o’quv jarayonida qo’llanilayotgan o’rgatuvchi dasturlarning ayrimlarini keltirib o’tamiz:
-individual ishlash uchun yoki mashq qilish uchun mo’ljallangan dasturlar;
-matnni modifikatsiyalash(tushurib qoldirilgan belgilarni qo’yish, jumlalarni qayta guruxlash, matnni taxrirlash va boshqalar) ga imkon beruvchi individual va jamoa bo’lib ishlash uchun mo’ljallangan matnli dasturlar;
-muommoli vaziyatlarni o’z ichiga olgan o’yinli dasturlar;
-turli test sinovlarini amalga oshirishga imkon beruvchi dasturlar;
-ma’lumotlar bazasi asosida yaratilgan dasturlar;
Bugungi kunda o’qitish jarayonida Internet xalqaro tarmog’idan keng foydalanilmoqda.Uning imkoniyatlari istiqbolda yanada ortadi.Bizning nazarimizda, kasb ta’limi o’qituvchilarining axborot texnologiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish uchun ularda axborot texnologiyasini o’rganish va undan kasbiy faoliyatda foydalanish bo’yicha sub’ektiv pozitsiya, eng muximi, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish uchun pedagogik faoliyatda tatqiqotchilikning rolini kuchaytirish lozim. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, kasb ta’limi o’qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini oshirishda axborotlashtirilgan ta’lim muxitini joriy etish muxim axamiyatga ega.U bir necha komponentdan tashkil topgan:
a)Avtomatlashtirilgan ma’lumotnoma.U o’qituvchilarni zaruriy o’quv ma’lumotlari (o’rganilayotgan predmetga oid va boshqa ma’lumotlar) bilan ta’minlaydi.Avtomatlashtirilgan ma’lumootnoma o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
-o’quv jarayonini takomillashtirish va axborotlashtirish bo’yicha metodik muammolar banki;
-ishbilarmonlik xarakteridagi didaktik o’yinlar va muommoli o’qitish usullari banki;
-o’quv guruhlari bo’yicha ma’lumotlar (guruh ro’yxati, o’zlashtirish natijalari va boshqalar) banki;
-o’quv –dasturiy xujjatlar banki(o’quv rejalar,o’quv –uslubiy ishlar, o’quv yuklamalar).
b)Elektron ma’ruza matni.U quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:kompyuter xotirasiga turli o’quv axborotlari(kurs mazmuni, individual topshiriqlar, masalalar, test topshiriqlari va boshqalar ) ni kiritish; tarqatma materiallar va uyga beriladigan topshiriqlar nusxalarini ko’paytirish , ularni muayyan algaritm va qoida bo’yicha tizimlashtirish, kompyuter ekraniga yoki qog’ozga chiqarish ; o’quv axborotlarini tasniflash va kengaytirish, individual topshiriqlar tayyorlash .
v)Predmet bo’yicha bilimlar banki. Ushbu component ta’lim masalalari va muommolari, qo’yilgan masala va muommolar echimini topishga imkon beruvchi axborotli modular, o’rganilayotgan masalalar va muommolarga oid didaktik o’yinlar, topshiriq va masalalarni o’z ichiga qamrab oladi.
r)Pedagogik dasturiy vositalar majmui:avtomatlashtirilgan o’quv kurslari ; turli toifadagi o’rgatuvchi dasturlar; o’quv ma’lumotlari bazasi va boshqalar.Bundan kelib chiqadiki, “Informatika va axborot texnalogiyalari”fanidan ta’lim oluvchilarga nafaqat nazariy bilim beriladi, shuningdek ular yangi amaliy ko’nikmalarga o’rgatiladi va kasbiy faoliyatga tayyorlanadi.Chunki bugungi kunda kasbiy faoliyat xaqidagi bilim va kasbiy ko’nikmalar mutaxassislar amaliy faoliyatida muxim axamiyat kasb etmoqda.Ushbu dolzarb masalani xal etish uchun esa ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim –tarbiyaning zamonaviy texnalogiyalarini ishlab chiqish, xuxusan, pedagogik innovatsiyalar vositasida bo’lajak mutaxassislarda zamonaviy kasbiy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash bo’yicha pedagogik izlanishlar olib boorish zarur.Ana shundan kelib chiqqan xolda kasb ta’limi jarayonida bo’lajak mutaxassislarda kasbiy ko’nikmalarni shakllantirish va ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash muommosini ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan o’rganilishi zarur.Amaliyot ko’rsatadiki, axborot texnalogiyalaridan foydalanilganda ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish sifat jihatdan mutlaqo yangi bosqichga ko’tariladi.O’qitishning yangi axborot texnalogiyalaridan foydalanish ta’lim jarayonini ma’lum darajada optimallashtiradi.Uning axborot va metodik ta’minotini yaratishga xizmat qiladi.Bundan tashqari, axborot texnalogiyalari ta’lim jarayonini boshqarishda juda qo’l keladi.Shunday bo’lsada, eng asosiy maqsad ta’lim jarayonida yangi axborot texnalogiyalaridan foydalanish emas, balki ular vositasida ta’lim samaradorligini oshirish va aniq natijaga erishishdir.Shu bois, o’qitishning yangi axborot texnalogiyalaridan foydalanish strategiyasi, usul va metodlarini belgilashga ularning boshqaruv sifati va tezkorligini oshirishga imkon beruvchi asosiy vosita ekanligi xisobga olinadi.Shubxasiz, ularni amalda qo’llash ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga, ta’lim muassalari oldida turgan dolzarb masalalarni yechishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilari va pedagoglarning axborot texnalogiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirish tizimi modelini yaratish va uning samaradorligini oshirish uchun kasb ta’limi jarayonida axborot texnalogiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash muximdir.Bo’lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligi kasb ta’limi o’qituvchilari tomonidano’quv-tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan pedagogik texnalogiyalarga bog’liq.Shubxasiz, bu xol kasb ta’limi o’qituvchilarining axborot texnalogiyalari bo’yicha tayyorgarligini oshirishning pedagogik tamoyillarini ta’minlashni talab etadi.
Adabiyotlar:
1. Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish tog’risida.2002 yil 30 may
2.O merax po dalneyshemu vnedreniu I razvitiu sovremennix informasionno- kommunikasionnix texnalogiy 21 marta 2012 goda
3.Rashidov X.F teoretiko- metodologicheskie insosialno- pedagogicheskoe osnovi razvite srednogo spetsialnogo, professionalnogo obrazavanie v Uzbekistane.Diss…dokt.ped.nauk.-Tashkent, 2005.—311c
Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə