Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#143236
1   2   3   4
159-162

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–35_Issue-1_Avgust_2023 
161 
boyligini rivojlantiradi. Maqollar xalqning u yoki bu masala yuzasidan chiqargan 
hukmini bolalar ongiga yetkazishda o’qituvchiga yordam beruvchi vositalardir. 
Maqollar so’z boyligini oshirsa tez aytish va topishmoqlar bolalarning xotirasini 
yaxshilaydi va eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi. Nutq madaniyati deb 
yuritilayotgan hodisa bir qator murakkab, ammo mavjud til faktlari, ilmiy-amaliy 
tasavvurlar, aniq nutqiy jarayon ko‘rinishlari va talablari bilan aloqadordir. Mana 
shunga ko‘ra nutq madaniyatini: 
1.
Tildagi mavjud til hodisasi nomi; 
2.
Nutq madaniyati talablariga javob beruvchi aniq nutqiy jarayonning, ya’ni aniq 
nutqiy ko‘rinishning nomi; 
3.
Madaniy nutq va u haqida kishilar ongida mavjud bo‘lgan aniq normatik 
tasavvurlarning nomi; 
4.
Tilshunoslikning ilmiy-tadqiqot ob’yekti bo‘lgan nutq madaniyati va u haqida 
mavjud ilmiy tasavvurlarning, muammoning nomi; 
5.
Nutq madaniyati muammosini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadigan tilshunoslik 
sohasining nomi tarzida talqin qilish mumkin. 
Nutq madaniyati amaliy jihatdan nutqning xilma-xil muammolarini tadqiq 
qiluvchi fan bo‘lib, chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til normalari
nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo‘lgan kamchilik 
va xatolar, nutqiy asarlarning ko‘rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar 
yuzasidan bahs yuritadi. 
Nutq madaniyati asoslari ham fan sifatida o‘z tekshirish ob`yekti va vazifalariga 
ega. Uning tekshirish predmeti til qurilishi, adabiy til normativlari va nutqning 
kommunikativ fazilatlaridir. 
Nutq madaniyati asoslari fani adabiy til normalarini, uning tarixiyligini, taraqqiy 
etib borishi, undagi ba’zi elementlarning eskirishi, yangilarining paydo bo‘lishini 
kuzatib qayd etib boradi. 
Odam nutq yordamida o‘zining fikrlari, his-tuyg‘ulari, istaklarini bayon etadi va 
boshqalarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, istaklarini anglab oladi. 
Nutq ichki va tashqi ko‘rinishlarga ega. Ichki nutq odamning o‘z ichida 
gapiradigan passiv nutqi bo‘lib, u ikkinchi kishining ishtirokini talab etmaydi. Shuning 
uchun ham bu nutq o‘z-o‘ziga qaratilgan nutq sanaladi. Ichki nutq og‘zaki va yozma 
nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat 
qilish mumkin bo‘lgan faol nutq bo‘lib, u og‘zaki va yozma ko‘rinishlarga ega. Og‘zaki 
nutq odatdagi tovushli so‘zlashuv nutqi bo‘lib, bu nutq ko‘proq ohang va turli imo-
ishoralar 
bilan 
aloqadordir. 
Unda 
murakkab 
Grammatik 
qurilmalardan 
foydalanilmaydi. Bu nutqda fikrni ixcham ifodali maqsadida to‘liqsiz gaplar keng 
qo‘llaniladi. Nutqning bu turi bir va bir necha kishi tomonidan amalgam oshiriladi. 
(monologik, diologik nutq). 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə