|
Journal of new century innovationsJOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS60-67JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–27_Issue-6_April_2023
62
inflyatsiyaning o‘sish dinamikasi hamda tashqi iqtisodiy sharoitlardagi xatarlar sabab
qisqarishi mumkin.
Iqtisodiy о‘sishning ikki jihati bor, ularni farqlamoq kerak. Birinchidan, uning
ko‘lami ishlab chiqarish hajmini bildiradi. butun jamiyatda qancha mahsulot va
xizmatlar yaratilishini, ularning o‘sishi qanday miqdorda bo‘lishini ko‘rsatadi.
О‘sishning ikkinchi tomoni, uning sur'atlari boiib, iqtisodiy o‘sishni nisbiy jihatdan
ifodalaydi, uning mutlaq o‘sishi emas, balki o‘sish tezligini ko‘rsatadi. Uning o‘sish
sur’ati ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sish tahlil qilinishida uning har ikki
jihati birgalikda ko‘riladi. Iqtisodiy o‘sishning nafaqat miqdoriy, balki sifat me’yori
ham mavjud. Shu sababli yaratilgan mahsulot va xizmatlar miqdoran ko‘payibgina
qolmasdan, o‘z sifati jihatdan talab - ehtiyojni qondirishga qodir bo‘lishi talab etiladi.
Qoloq iqtisodiyotda iqtisodiy о‘sishning miqdoriy tomoni birlamchi bo‘ladi, chunki
ishlab chiqarish darajasi past bo‘lganligidan mahsulotlarni tanlab iste’mol etish
imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi, sifati yetarli bo‘lmasada, ko‘proq mahsulot talab
qilinadi.
Makroiqtisodiy model - iqtisodiymatematik modellarning uzviy qismi, butun
iqtisodiyotni va uning eng muhim tarmoqlari, sektorlari, sohalari rivojlanishini
matematik shaklda aks ettiruvchi iqtisodiymatematik model. Makroiqtisodiy model
iqtisodiyotni yagona tizim sifatida ifodalab, uning umumlashtirilgan moddiy va
moliyaviy koʻrsatkichlari: yalpi ichki mahsulot, isteʼmol, investitsiya, bandlik, foiz
stavkalari, pul miqdori va boshqalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatadi.
Makroiqtisodiy modelni tuzishning asosiy maqsadi makroiqtisodiy bogʻlanishlardan
iborat turli hodisalarni soddalashtirilgan shaklda ifodalash orqali uning yechimini
topishdir. Makroiqtisodiy model tuzish jarayonida oʻrganilayotgan hodisanyng muhim
omillari aniqlanib, yechilishi kutilayotgan muammo uchun muhim boʻlmagan jihatlar
tushirib qoldiriladi. Makroiqtisodiy model tuzish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga
oladi: a) tadqiqotning predmeti va maqsadi soddalashtirilgan holda belgilanadi; b)
kuzatilayotgan makroiqtisodiy tizimning maqsadga muvofiq tarkibiy va funksional
unsurlari ajratib olinib, ularning eng muhim sifat tavsiflari aniqlanadi; v)
Makroiqtisodiy model unsurlarining oʻzaro bogʻlanishi, ketma-ketligi belgilanadi va
uning matematik modeli keltiriladi; g) matematik modelda hisobkitoblar amalga
oshiriladi va olingan natija tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy model nazariy tadqiqot
sifatida sinov va asoslashni talab etadi. Jamlangan statistik maʼlumotlarni
Makroiqtisodiy modelga tushirish ehtimoldagi makroiktisodiy oqibatlarga oldindan
baho berish im-konini beradi. Tarmoklararo balans, davlat daromadlari va harajatlari
balansi, toʻlov balanslarini hisoblash Makroiqtisodiy modelga misol boʻla oladi.
Model iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi asosiy bog‘liqliklarni soddalashtirilgan
nazariy asoslanishi hisoblanadi Ekzogen o‘zgaruvchilar - bu tashqaridan kiritiladigan
o‘zgaruvchilar. Endogen o‘zgaruvchilar – bu ushbu model bilan tushuntiriladigan
|
|
|