|
Journal of new century innovationsJOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS101-103JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–32_Issue-2_Iyul_2023
102
Darvishxon o‘z manfaatidan xalq, vatan manfaatlarini ustun qo‘yib, milliy ozodlik
harakatiga boshchilik qiladi[Shamsutdinov R…. 210 b.].
U qisqa vaqt ichida O‘sh, Andijon uyezdlari volost va qishloqlarida ko‘plab
aholini qo‘zg‘olonga jalb eta oladi. Darvishxon boshliq qo‘zg‘olonchilar yangi
Marg‘ilon shahrini Andijon va Qo‘qon bilan bog‘lovchi aloqa simlarini uzib tashlaydi.
Bu hodisa to‘g‘risida keyinchalik mustamlakachi hukumat vakillaridan biri «bu hodisa
qo‘zg‘olon bo‘lishi muqarrar ekanligini ko‘rsatgan edi»[ Tillaboyev S. 12-13 b.] deb
xotirlagan.
Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar ko‘lami tobora kengayib boradi.
Asaka, Qo‘rg‘ontepa, Shahrixon, Oltinko‘l, Jalolquduq, O‘sh uyezdining Novqat,
Tutlik qishloqlari, Oqbo‘yra volosti, Marg‘ilon kabi joylar ham qo‘zg‘olon girdobiga
tortilgandi. Qo‘zg‘olon shunchalik keskin tus oldiki, uni bostirish uchun
mustamlakachi hukumat viloyatni turli joylariga, jumladan Andijon, O’sh va
Marg‘ilon uyezdlariga harbiy kuchlarni yuborishga majbur bo‘ladi. Vodiy bo‘ylab
borgan sayin avj olayotgan Darvishxon rahbarligidagi qo‘zg‘olonni bostirish va uning
rahbarlarini qo’lga olish vazifasi Andijon uyezdi boshlig‘i kapitan Bryanovga
topshirilgandi[Shamsutdinov R…. 211 b.].
Uning ixtiyoriga O‘sh uyezdining boshlig‘i podpolkovnik Deybner, uning
yordamchisi kapitan Glishanovskiylar boshchiligidagi harbiy kuchlar yuboriladi.
Qo‘zg‘olonchilar bilan Bryanov boshchiligidagi harbiy kuchlar birinchi bor 17-
avgust kuni kechqurun to‘qnashadi. Kutilmaganda qilingan hujumdan Darvishxon
boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar har tomonga chekinishga majbur bo‘ladilar. Shundan
so‘ng Darvishxon Namangan tog’lari tomonida o‘z atrofiga 800 ga yaqin odam
to‘plashga erishadi[. www.uz.wikipedia.org. internet sayti.].
Darvishxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon to‘g‘risida Turkiston general-gubernatori
O.Rozenbax Rossiya harbiy vaziri P.S. Vannovskiyga yozgan xatida «qo‘zg‘olon
viloyatning turli joylarida bir vaqtda boshlanishi va qo‘zg‘olonchilarning o‘g‘rilik va
talonchilik qilmasdan, barcha aholini bu harakatga chaqirilishi, bu harakatning to‘liq
ma’noda amaldagi hukumatga qarshi qaratilganligini ko‘rsatadi... ular yomon
qurollangan, oz sonli bo’lishlariga qaramasdan jiddiy tartibsizliklarni keltirib
chiqarishlari..., ayniqsa soliqlar to‘lanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi»»[ Tillaboyev S.
22 b.].
Podsho Rossiyasi ma’murlari kuch bilan qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha
bostirdilar. Qo‘zg‘olonchilardan shunchalik darajada ko‘p qamoqqa olindiki, hatto
ularni qamash uchun joy masalasi muammo bo‘lib qolgandi, qo‘zg‘olon rahbari
Darvishxon 1886-yil 22-fevralda Samarqand viloyatining Sutxona qishlog‘i yaqinida
qo‘lga olinadi, lekin u Jizzax yaqinida qochib qutulib ketadi[O’zbekistonning yangi
tarixi… 208 b]. Darvishxon akasi Iskandarning bergan ma’lumotiga ko‘ra 1889-yili
Afg‘onistonda vafot etgan. Darveshxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon garchand
|
|
|