Sozlanish
kuylash jarayonida intervallarni sof intonatsiyaa qilishdir. Turg’un
xonandalik intonatsiyasiga erishish, barcha tovushlarni
balandliklariga qarab aniq
muvozanatini saqlash xor sadosida katta ahamiyatga ega. Agar xor sof darajada kuy-
lamasa, asarning ifodali, anglangan ijrosi haqida ran yuritish qiyin. Xorning yaxshi
sozlanganligi xonandalarning musiqaviy rivojlanganligiga, birinchi navbatda ularning
musiqa o’quviga va xonandalik malakasi (nafas olish, tovush hosil qilish, diksiya)ni
qanchalik o’zlashtirganligiga bog’liq. Undan tashqari, ularning jismoniy va emotsional
holati (charchaganligi, hayajonlanishi) va shuningdek,
ijro qilinayotgan asarning
murakkabligi (tessitura qiyinligi va boshqalar) ham muhim rol o’ynaydi. Cholg’u
asboblar jo’rligida ijro etiladigan asarlarda yaxshi sozlanishga erishish birmuncha
yengil, jo’rnavozlik intonatsiyani osonlashtiradi.
A-cappella
bo’lib ijro etganda tiniq
sozlanishga erishish juda murakkab, chunki har bir xonanda o’zining lad garmonik his
qilishga asoslanib sozlanadi. Cholg’u asboblar jo’rligisiz ijroda xor qatnashchisidan
o’z intonatsiyaasi sofligiga diqqat qilishni, ayniqsa rivojlangan garmonik uquvni talab
qiladi. Shu bilan bir qatorda, xususan jo’rsiz xor xonandaning
lad va garmonik his
etishini rivojlantirib, melodik va garmonik uquvini o’stirishga imkon yaratadi, xor
ansamblini chuqurroq sezishga, ijrochilik saviyasining o’sishiga katta ta’sir etadn. Xor
sozlanishi kuychan (gorizontal), ya’ni xor partiyasini xor san’atida ansambl- ayrim
xonandalarning,
xor partnyalarining, butun xorning birgalikda muvozanatli
sadolanishidir. Bu demak, har bir xonanda faqat o’z partiyasinigina emas, balki butun
xorni eshita bilishi va o’z ovozini umumiy sadoga qo’sha bilishi kerak.
Xor ijrochiligida badiiy ansambl turln ayrim ansambllardan tashkil topadi:
1) dinamik ansambl - sadolannsh kuchiga ko’ra ovozlarning qo’shilishi;
2) ritmik aksambl - ijroning ritmik birligi;
3) tembr ansambl- ovozlarning tembriga ko’ra qo’shilishn;
4) sur’at ansambl - ijroning sur’at birligi;
5) garmonik ansmbl - ovozlarning akkord, hamohanglikdagi muvozanatli sadosi;
6) diksiyali ansambl - adabiy tekst (matn)ni kelishib talaffuz etish;
7) intonatsiyali ansambl - tovush balandliginn aniq sadolantirish. [1,24-b]
Ko’rsatilgan ansambllardan birining buzilishi umuman xor sadolanishi
ansamblining buzslishiga olib keladi. Yagona badiiy-ijrochilik ansamblga erishish,
xormeysterning eng qiyin vazifalaridan biridir.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab utishimiz lozimki
xor ijrochiligida vokal-xor
malakalarining nechig’lik ahamiyatga ega. ushbu vokal-xor malakalrini shaklantirish
orqali yuksak saviyali ijroga erishsish mumkin, bu pedagog xormeystrdan jamoa bilan
ishlash jarayonida kuplab mashqlarni bajarishini talab qiladi. Vokal-xor ijro malakasini
egallashda xor jamoalri uchun maxsus mashqlar katta rol o’ynaydi. Bu mashqlar
turlicha bo’lib, har-xil maqsadlarni ko’zda tutadi: nafasni mustahkamlash, ovozni
rivojlantirish,
uning
ravonligini,
harakatchanligini
ta’minlash, diapazonini
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
434
www.openscience.uz
kengaytirish, tovush hosil qilishda yagona usulni qo’llash,
sof intonatsiyani yuzaga
keltirish, garmonik uquvni o’stirish, diksiya aniqligiga erishish va boshqalar. Xullas,
bu mashqlar xonandalarga ifodali ijroning texnik va badiiy usullarni egallashga yordam
beradi. Ayrim mashqlar kompleks xarakterga ega bo’lib, turli malakalarni baravariga
rivojlantiradi. Kundalik mashqlar bilan shug’ullanilmasa asar ijro etishni o’rganish
jarayoni cho’zilib ketadi. Mashqlar musiqa materiali hamda texnik vazifalarga ko’ra
puxta va xilma-xil tanlanishi lozim. Boshlanishda oddiy mashqlar tanlanib, asta sekin
murakkabiga o’ta borishi kerak. Mashqlar o’rta dinamikada (sekin) erkin nafas
almashinishida ijro etiladi.
Dostları ilə paylaş: