Izboskan tumani 1-son kasb-hunar maktabi 4-guruh o’quvchisi



Yüklə 65,54 Kb.
səhifə3/14
tarix22.06.2022
ölçüsü65,54 Kb.
#89897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
mubina tayyor

ASOSIY QISM.
MAVZU: MASALANI KOMPYUTERDA YECHISHGA TAYYORLASH VA YECHISH BOSQICHLARI,ALGARITMLAR VA ULARNI YECHISH USULLARI.
REJA
1. MASALALARNI KOMPYUTERDA YECHISH BOSQICHLARI
2. ALGORITM TUSHUNCHASI VA UNING XOSSALARI
3. ALGORITM YOZISH USULLARI VA ULARGA MISOLLAR.
Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari
Inson amaliy ish jarayonida juda ko'p masalalarni hal etishiga to'g'ri keladi. Masalalarning ba'zilari oson, ba'zilari murakkab hisob- kitob bilan bog'liq bo'ladi. Ba'zi masalalarni hal etishda biror amallar guruhi esa minglab marta bajarilishiga to'g'ri kelishi mumkin. Shuning uchun beminnat va о'tа tez ishlaydigan yordamchimiz bo'lgan kompyuter bu ishimizda yordam bera oladimi, agar yordam bera olsa, u holda masalalarni kompyuterda hal etish qanday tashkil etiladi degan savol tabiiydir.
Masala yechishning turli usullari mavjud bo’lib, ulardan biri masala shartiga mos tenglama tuzish usulidir. Bu usul matematika kursidan ma’lum. Unda masala shartiga ko’ra tenglama tuziladi va uning turiga qarab ma’lum bir usul tanlanadi hamda yechiladi.

  1. Masalaning qo’yilishini aniqlash va matematik modelini ishlab chiqish. Masalani yechishdan oldin uning qo’yilshi oydinlashtiriladi, ya’ni bunda uning maqsadi va yechilish shartlari aniqlanadi, boshlang’ich ma’lumotlar va natijalarning tarkibi asoslanadi. Bu ma’lumotlar asosida u matematik formulalar ko’rinishida ifoda qilinadi.
    2. Masalani yechishning sonli usulini tanlash. Qo’yilgan matematik masalalar uchun ukning sonli yechish usulini tanlash kerak bo’ladi. Sonli usullar turli- tuman bo’lganligidan ularning eng samarali va qulayini tanlash kerak. Bu masala bilan matematikaning sonli usullar bo’limi shug’ullanadi. Yechish usulini tanlash masalaga qo’yilgan barcha talablarni va uni konkret kompyuterlarda hal qilish imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
    Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari
    3. Masalani yechish algoritmini ishlab chiqish. Masalani yechish uchun tanlangan sonli usulning algoritmi ishlab chiqiladi, ya’ni masalani yechish uchun bajariladigan arifmetik va mantiqiy amallar ketma- ketligi yoritiladi. Masalani yechish algoritmlari ko’rgazmaliroq bo’lishi uchun, ular ko’p hollarda blok- sxema ko’rinishida ifodalanadi.

    Yüklə 65,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə