Ispring suite dasturi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.09.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#123093
  1   2   3   4
14,15-lecture Multimedia



ISPRING SUITE DASTURI 
 
Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini (EATR) yaratish hozirgi 
vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dasturiy ta’minotlar tahlilini bayon etishdan oldin, 
EAT resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik. 
EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik 
ko‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar 
va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, 
o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi[Fanning o‘quv–metodik majmuasi/ O‘zbekiston 
Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2009-yil]. 
Yuqorida keltirilgan resurslarga qo‘shimcha sifatida pedagogik dasturiy vositalar, video va 
audio ma’ruzalar, virtual laboratoriya stendlari, intreaktiv plakatlarni kiritish mumkin. 
EAT resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring 
dasturi hisoblanadi [http://www.ispringsolutions.com]. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga 
tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan 
foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin 
(ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali 
ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn 
ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi 
asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan 
taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot 
iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega 
[http://www.ispringsolutions.com]. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur 
mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra 
eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim 
jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi 
so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham 
beradi. 
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud: 
• tаqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati; 
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati; 
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si 
qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»; 
• video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o‘qitish 


tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita 
o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi); 
• masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini 
yaratish; 
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API; 
• videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish; 
• YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati. 
iSpring dasturining interfeysi
EAT resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics 
dasturini keltirish mumkin. 
iSpring Visualsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud: 
• birоr-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, ma’lumotnoma yoki 
lug‘at yaratish; 
vaqt shkalasini yaratish
• 3 o‘lchovli kitob yaratish; 
• FAQ yaratish mumkin. 
 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə