Ishni sudga qadar yuritish bosqichida dalillarni bevosita tekshirish tartibi



Yüklə 74,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü74,78 Kb.
#166699
1   2   3   4   5   6
ishni-sudga-qadar-yuritish-bosqichida-dalillarni-bevosita-tekshirish-tartibi

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
581 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
qilishi, sudyaning shaxsning jinoyat sodir etishga daxldorligi haqida gumonning 
asosliligini tekshirmasligi va baholamasligi jinoyat-protsessual qonunini jiddiy buzilishi 
sifatida baholanishi zarur [2]. Shaxsning jinoyat sodir etishga daxldorligi haqida 
gumonning asosliligini tekshirish chog‘ida, sudya shaxsning aybliligi masalasi 
muhokamasiga kirishishi mumkin emas. Sudya, nimani tekshiradi, sudya jinoyat ishi 
bo‘yicha dalillarni tekshiradi [3].
Ayni paytda, prokurorning shaxsni ushlab turish va uning sudgacha qamoqda 
saqlanishi to‘g‘risidagi fikri, ayniqsa, ushlab turilgan shaxsning qochishga harakat 
qilgani yoki guvohlarni, jabrlanuvchilarni qo‘rqitish, ko‘ndirish, dalillarni yo‘q qilish 
orqali tergovga xalal berishga doir konkret faktlarni keltirmagan holda uning qochishi 
yoki tergov harakatlariga xalal berishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikri, prokuror 
iltimosnomasini dalillar bilan asoslantirilmaganidan dalolat beradi. Bundan tashqari 
Qozog‘iston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 24 yanvardagi “Ehtiyot chorasiga 
sanksiya berishning ayrim masalalari to‘g‘risida“ normativ qarorida sud tomonidan 
sudya tomonidan shaxsni jinoyat sodir etganlikda gumon qilishning asosliligini 
tekshirmaslik qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llashga sanksiya berish haqida 
ajrimning bekor bo‘lishiga asos bo‘luvchi jinoyat-protsessual qonunning jiddiy buzilishi 
ekanligi aniq belgilab qo‘yilgan [4] . 
Yuqoridagi masalalardan xulosa qilishimiz mumkinki, sudlar tomonidan 
iltimosnoma qanoatlantirilishiga asos bo‘ladigan dalillarning hammasi ham bevosita 
o‘rganilmaydi. Sudya o‘z qarorini tergovchi yoki prokuror tomonidan taqdim etilgan 
tomonlarning ko‘rsatuvlariga asoslanib qaror qabul qilmasligi kerak. U sud majlisi 
jarayonida bevosita eshitgan ko‘rsatuvlarga asoslanishi kerak. 
Bizga ma’lumki, JPKning 36-moddasida tergovchining vakolatlari nazarda 
tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra tergovchi boshqa tergovchi va surishtiruvchilarga ayrim 
tergov harakatlarini yuritish to‘g‘risida topshiriq berishga vakolatli. Aynan mazkur 
norma ham JPKning 26-moddasida belgilangan dalillarni bevosita tekshirish prinsipiga 
muvofiq emas. Chunki topshiriq orqali aynan qaysi tergov harakatlarini o‘tkazish 
kerakligi aniq nazarda tutilmagan, demak har qanday. Bu orqali ishni yuritayotgan 
tergovchi boshqa hududda topshiriq orqali so‘roq qilish yoki yuzlashtirish 
o‘tkazayotgan terovchi tomonidan olingan dalillarni bevosita tekshirish imkoniga ega 
bo‘lmaydi, faqat tergov harakati bayonnomasi yoki unga ilova qilinadigan tayyor 
hujjatlarni qabul qilib oladi, xolos. To‘g‘ri, topshiriq bo‘yicha harakat qilayotgan 
xodimning hatti-harakatlari JPKning 36-moddasi talabi bo‘yicha bo‘lmoqda. Lekin, 
tergovchilarga mazkur turdagi huquq berilishida bevositalik prinsipi inobatga 
olinmagan. Buning uchun asosli sabab ko`rsatilishi lozim. 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 74,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə