Iqtisodiyot va turizm



Yüklə 40,76 Kb.
səhifə5/7
tarix14.05.2023
ölçüsü40,76 Kb.
#110217
1   2   3   4   5   6   7
Barcha uchun suv resurslari yetarliligi hamda ulardan oqilona foyldalanishni ta\'minlash”

Suvdan foydalanishga kompleks yondashish usuli suvdan foydalanishni rejalashtirishda yerlarning tabiiy xususiyatlarini, irrigatsiya, sanoat, energetika va kommunal xo`jaligining istiqboli rivojini hisobga olgan holda suv ta'minoti vazifalarini kompleks rejalashtirishni ko`zda tutadi.
Tashkiliy chora-tadbirlar suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan unumli foydalanishda muhim rol uynaydi. Bu chora-tadbirlarga suvning sifatini nazorat qilib turish, oqava suvlarni tozalash ustidan nazorat o`rnatish, suv xavzalariga neft va boshqa ifloslovchi moddalarning to`qilishiga yo`l qo`ymaslik, korxonalarning suvdan foydalanishi ustidan nazorat o`rnatish, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlaydigan manbalarning biologik, kimyoviy va bakteriologik holatini nazorat qilib turish, yangi quriladigan korxonalarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o`tkazish, ularning tozalagich inshootlarisiz ishga tushirilishiga yo`l qo`ymaslik va shu singari ko`pgina tadbirlar kiradi-ki, bular pirovardida suv resurslarini muhofaza qilishda beqiyos ahamiyatga ega.
Iflos suvlarni tozalash maxsus suv tozalash inshootlarida 3 xil usulda bajariladi:
a) mexanik tozalash usulida suvda erimaydigan aralashmalar maxsus panjaralar, simturlar, yog` tutgichlar, moy tutgichlar va neft tutgichlarda saqlab qolinadi. Keyin esa suv tindirgich hovo`zlarida tindiriladi, bunda tutib qolinmagan og`ir mexanik zarrachalar suv ostiga cho`kadi, yengillari esa suv betiga qalqib chiqadi. Mexanik tozalash usulida kundalik turmush oqavalaridagi suvda erimagan zarralarning 60% gacha, sanoat oqavalaridagi zarralarning esa 95% igacha tozalanadi;
b) kimyoviy tozalash usulida suvga shunday kimyoviy moddalar qo`shiladiki, bu moddalar oqava suvdagi iflosliklar bilan bog`lanib, ularni cho`kmaga tushiradi. Cho`kmaga tushmaydigan ba'zi moddalarni esa ular kimyoviy yo`l bilan zararsizlantiradi. Kimyoviy tozalash usulida suvda erigan iflosliklar 25% gacha, erimagan iflosliklar esa 95% gacha tozalanadi;
v) biologik tozalash usuli oqava suvlar tarkibidagi organik iflosliklarning aerob biokimyoviy jarayonlar natijasida tozalanishiga asoslangan bo`lib, bu jarayon tabiiy va sun'iy sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin. Tabiiy sharoitda tozalash iflos suvni maxsus maydonlardagi tuproqdan filtrlab o`tkazishga asoslangan. Bunda suvni tozalash uchun qalinligi 80 sm bo`lgan tuproq qatlami kifoya. Sun'iy sharoitda esa oqavalar bioprudda tozalanadi. Bioprudlarda biofiltrlar yoki (aerotenkalar) bo`lib bu usul ham suvni filtrlab tozalashga asoslangan. Bunda bioprud tagiga donador g`ovak materialdan tushalgan biofiltr qatlami bo`lib, bu qatlamning sirtida aerob mikroorganizmlar plyonka hosil qiladi. Bu plyonka ba'zan «Tirik loy» ham deb yuritiladi. Bu yerda suvdagi iflosliklar ham biokimyoviy yo`l bilan parchalanadi va ham iflos suv donador qavatdan sezib o`tib tozalanadi. Biofiltr sifatda keramzit, shag`al, shlak va donador qumdan foydalanish mumkin. «Vodgeo» Toshkent ilmiy tekshirish institutida o`tkazilgan tajribalar ko`rsatishcha keramzitdan sizdirib o`tkazilgan suv ammoniy azotidan yarim soatda 86,7%, bir soatda esa 95,6% tozalanadi.
Ifoslangan suvni biotexnologik yo`l bilan tozalash bo`yicha Buxoro davlat universiteti mutaxassisilari keyingi yillarda qator tavsiyalar ishlab chiqmoqdalar. Ularga ko`ra biofiltr sifatida mikroskopik suv o`tlaridan (masalan, stsenodermusdan) foydalanib yengil sanoat oqavalarini ammiak, nitrit va nitratlardan tozalash mumkin (Mustafoyeva, 2000).

Yüklə 40,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə