Iqtisodiyot fakulteti Turizm faoliyat yo


Ekskursiyaning turizmga bog‘liqligi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə4/15
tarix19.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#152908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Turistik marshrutlarda ekskursiyani tashkil qilish

Ekskursiyaning turizmga bog‘liqligi
Turizm ekskursiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki ekskursiya har bir turistik sayohatning fikriy ifodasidir. Odatda ekskursiya deganimizda diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish, tarixiy muzeylarni ko‘rish, arxeologik qazilma boyliklarni ko‘rish va boshqalar tushuniladi. Ekskursiya turli xil bo‘lib, quyidagilarga bo‘linadi:
1. Ekskursiya sayohatlarini mazmunan quyidagi sinflarga ajratish mumkin, ko‘zdan kechirish, umumiy-sharhli, ko‘p rejali, mavzuli tematik, tarixiy, madaniyatshunoslik va boshqalar.
2. Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra.
3. O‘tkazish joylari.
4. Harakatlanish uslubi.
5. O‘tkazish shakliga ko‘ra bo‘linadi.
Ekskursiyaning kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri turizmning rivojlanishi va jamiyat hayotida diniy ziyoratgohlar, haj marosimlari bilan bog‘liq tarixning ommaviylashganligidir, keyinchalik murakkab va ko‘p xil xalqning ehtiyojlari (turli xil madaniy manbalarga, tarixiy me’roslarga va hokazo) shakllarga o‘zgardi. Shunday qilib, qiziqish ehtiyojning aniqlovchi omili bo‘lib xizmat qilgan. Shu ma’noda sayohat, jamiyatning rekreatsion - tanishish ehtiyojlaridan kelib chiqish formasi va qondirish usuli bo‘ladi. Sayohatlarni rivojlantirishning asosiy sabablari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi. Jamiyat umumta’lim sa’viyasining oshganligi, bo‘sh vaqtni ko‘paytirish, individual reja bo‘yicha dam olishni tashkil qilishning yangi imkoniyatlarini paydo bo‘lishi ahamiyatga ega.
Turistlarning xayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, omillar bevosita xizmat lar ko‘rsatish jarayonlarida, har qanday turistik marshrutlarda, ekskursiya larda, ularni ovqatlantirishda, tub joy aholi bilan bo‘ladigan muloqotlarda va boshqa sharoitlarda kelib chiqishi, yuz berishini hisobga olsak, bu yo‘nalish da aniq ilmiy ishlanmalar ishlab chiqish ancha murakkb bo‘lib ko‘plab vaqt–muddatlarni talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda turizmni rivojlantirish uchun bu yo‘nalishda aniq tavsiyalar ishlab chiqishni, ilmiy tadqiqotlarni dadil boshlashni turizm sohasining ijtimoiy–iqtisodiy muhiti qat’iy talab qilmoqda.
Turistlarning hayoti xavfsizligini o‘rganish va zaruriy chora-tadbirlar talab darajasidagi ilmiy–amaliy ishlanmalarni ishlab chiqishning juda murakkabligi shundan iboratki, turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, omillar va manbalar har qadamda har bir soniyada yuz berishi mumkin. Ayniqsa, ekologik turizm rekreatsiya turizmi, arxeologik, g‘orshu noslik turizmlarida, ekskursiyalarda va bu turizm turlaridagi xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarida, tabiiy iqlim sharoitlarida turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar va omillar juda qaltis, kutilmaganda ham kelib chiqishi mumkin.
Turizmda xavfsizlik tushunchasi - amaliy fanlardan bo‘lishi lozim va «Butunjaxon turizm tashkiloti»ning ishlab chiqgan ko‘rsatmalari bo‘yicha har bir davlat o‘zidagi turizm soxasi uchun «turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» o‘quv dasturini ishlab chiqishi va turizm ta’limi yo‘nalishlarda barcha mutaxassisliklarda o‘qitilishi zarur. Mamlakatimizda turistlar bilan yuz beradigan qandaydir fojeani kutib turmasdan biz milliy turizmda xavfsizlik, turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, omillar, bunday xavflarning kelib chiqishi va oldini olish chora–tadbirlarini ishlab chiqishni xozirdan o‘rganishimiz zarur bo‘ladi.
«Turizmdagi xavfsizlik»da turist va ekskursiyachilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarda «xavfsizlik» masalalarini tadqiq qilib ularning hayoti xavfsiz liklarini ta’minlashning metodlarini ishlab chiqish va nazorat qilish uchun qo‘yidagi asosiy vazifalarni yechish lozim bo‘ladi: «Turizmda havfsizlik»ni turist ekskursiyachilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni tadqiq qilib ularning hayoti xavfsizligini ta’minlashning metodlarini ishlab chiqish va nazorat qilish uchun qo‘yidagi asosiy vazifalarni yechishi lozim bo‘ladi:
Turda joylashtirish, harakatlanish, ovqatlanish va boshqa faoliyat larda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarni aniqlaydi va baxolaydi;
Turda yuzaga keladigan salbiy ta’sirlarni yozish, ta’riflash va tav siflashni bir tizimga soladi;
Xavfli va zararli omillarning oldini olish va yo‘qotish usullarini, variantlarini ishlab chiqadi;
Turda komfort sharoitni yaratadi va xavfsizlik chora–tadbirlarini ishlab chiqadi.
Ko‘rsatiladigan turistik xizmatlar odatdagi tur sharoitlarida ham, kutilmagan, favqulodda hosil bo‘lgan (tabiiy iqlimiy hodisalar, harakat lar va boshqalar) vaziyatlarda ham turistlarning sog‘ligi va hayotiga xavfni pasaytirib xavfsizlik darajalariga tushiirishning uddasidan chiqishlari, xavfni bartaraf qilish imkoniyatlari bilan ta’minlanganliklari bo‘lishi kerak.Xavf–kutilmagan hodisa bo‘lib turistlarning hohish-e’tiboridan chetda, qo‘qisdan ularning sog‘ligi va hayotiga xavf soladi.
Turistik xavf tushunchasida turmahsulotni, hizmatlar ko‘rsatishni iste’mol qilayotgan turistlarning sog‘ligi va hayotiga rahna soluvchi xavflarni tushunamiz
Shunday qilib, turistik xavf faqat tushuncha emas balki, turistik faoliyatning xususiyatlari, belgilari va ko‘rinishi, hodisalari hisoblanadi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə