Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


-bob Agentlik va uning tuzilmalarining huquqlari hamda javobgarligi



Yüklə 149 Kb.
səhifə9/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
404 15.05.2019

4-bob Agentlik va uning tuzilmalarining huquqlari hamda javobgarligi
Agentlikning huquqlari va javobgarligi
15. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
2) vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-xuquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish;
3) Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
4) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalida o‘ziga berilgan davlat aksiya paketlari (ulush) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqini amalga oshirish;
5) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlaridan Agentlik vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
6) Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga davlat boji to‘lamasdan arizalar va da’volarni kiritish;
7) o‘zgaga noqonuniy berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar va boshqa davlat aktivlari davlat boji to‘lanmasdan qaytarilishi to‘g‘risida sudlarga da’volar va arizalar berish, shuningdek, ishlarning sudlarda ko‘rib chiqilishida qatnashish;
8) Agentlikning vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni davlat statistika organlari, davlat soliq xizmatlari organlari, davlat xizmatlari markazi va boshqa vazirlik va idoralardan bepul olish;
9) budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini jamlash, ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlash va sarflash;
Oldingi tahrirga qarang.
10) Agentlikning tegishli murojaati kelib tushgan kundan boshlab o‘n kun muddatda kelishilishini ta’minlagan holda, Moliya vazirligi va yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari roziligiga muvofiq idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, davlat ko‘chmas mulk obyektlarini (qonunchilik hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno), avtomototransport vositalarni hamda boshqa asosiy vositalarini (xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno) bir davlat tashkiloti tasarrufidan boshqa bir davlat tashkiloti tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish to‘g‘risida Agentlik direktori qarorini qabul qilish;

101) vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlariga tegishli bo‘lgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan bo‘sh turgan obyektni, ijtimoiy obyektlar bundan mustasno, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq ularning roziligisiz Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi orqali ijaraga berish yoki sotish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasidagi onlayn-auksion savdolariga chiqarish;


11) Agentlik va uning hududiy organlarining davlat mulkini, o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida belgilangan tartibda bir bo‘linmadan boshqasiga bepul o‘tkazish;
12) Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
13) davlatga tegishli aksiyalarni (ulushlarni) va mol-mulkni sotish, shuningdek, ularni, shu jumladan tashqi bozorlarda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalariga (ulushiga) va mol-mulkiga almashtirish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish;
14) idoraviy bo‘ysunishdan, idoraviy bo‘ysunish mavjud bo‘lmaganda, hududiy bo‘ysunishdan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kengashlarga yoki xo‘jalik jamiyatlarining yig‘ilishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlariga, davlat boshqaruvi organlariga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga asoslangan taqdimnomalar kiritish yo‘li bilan ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan davlat korxonalari, xo‘jalik jamiyatlari rahbarlarini almashtirish masalalari tashabbusi bilan chiqish;
15) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari moliya-xo‘jalik faoliyatini auditorlik tekshirish yoki maxsus masalasi bo‘yicha auditorlik tekshirishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish;
16) aksiyadorlik jamiyatlari, boshqa xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining aksiyalarini (ulushlari, paylarini) sotib olish;
17) korporativ boshqaruv, menejment, moliya va qimmatli qog‘ozlar sohasida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritish uchun jalb etish;
18) berilgan vakolatlar doirasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, mansabdor shaxslarga jarimalar solish;
19) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, ixchamlashtirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarini shakllantirishda qatnashish, shuningdek ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
20) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini normallashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berish;
21) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan xo‘jalik jamiyati bo‘yicha tugatish ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
22) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlarini tashkil etish, shuningdek, ularning nizomlari va tartibini tasdiqlash, zarurat bo‘lganda, ularga boshqa vazirliklar, idoralarning va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish;
23) Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
24) O‘zbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga o‘tkazilgan yoki ixtiyoriy ravishda O‘zbekiston Respublikasi mulki etib topshirilgan xorijda joylashgan mulk egaligi huquqini O‘zbekiston Respublikasi nomidan amalga oshirish uchun:
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga kadar O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi mulkni, mazkur davlat hamda O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlat organlarining xorijiy vakolatxonalari bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalari ehtiyoji uchun vaqtinchalik bepul topshiradi, bunda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlat organlari xorijiy vakolatxonalari rahbarlari, ularga topshirilgan xorijdagi mulkning but holda saqlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar;
mulkni ijaraga yoki ishonchli boshqaruvga belgilangan tartibda topshiradi;
xorijda bank hisobvaraqlarini ochadi, mazkur hisobvaraqlardagi mablag‘larni mustaqil tasarruf etadi;
to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida mulkni boshqarish uchun zarur bo‘lgan mustaqil ekspertlarni, auditorlik, advokatlik, konsalting firmalarini, sug‘urta kompaniyalari hamda boshqa xizmat ko‘rsatish kompaniyalari va tashkilotlarini, shu jumladan xorijiy tashkilotlarni jalb qiladi;
25) Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda xalqaro darajada ifoda etadi;
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
16. Agentlik xodimlari korporativ boshqaruv malaka attestatini olmasdan, davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi a’zoligiga davlat ulushi bo‘yicha saylanish huquqiga ega.
17. Agentlik:
1) o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek davlat aktivlari boshqarish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
2) o‘z faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash;
3) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
4) o‘z faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
5) fukarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquklariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javobgardir.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə