O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
A. Razzoqov, Sh. Toshmatov, N. O`rmonov,
P. Xoshimov, F. Egamberdiyev
IQTISODIY TA'LIMOTLAR
TARIXI
(o’quv qo’llanma)
Toshkent – 2005
2
O’quv qo’llanmasida qadimdan to hozirgi davrgacha paydo bo`lgan iqti-
sodiy fikr, g`oya, qarash va ta'limotlarning mazmuni, mohiyati, ularning
evolutsiyasi va bugungi kundagi ahamiyati tarixiy ketma-ketlik asosida yo-
ritilgan.
Avvalgi yillari hukmronlik qilgan sinfiylik,
partiyaviylik tamoyil-
laridan xoli holda, har bir ta'limotning mohiyatiga obyektiv baho berishga
harakat qilingan. Ayniqsa, tanqid etib kelingan bozor iqtisodiyoti (kapi-
talistik munosabatlar) to`g`risidagi ta'limotlarga keng o`rin berilgan. Sharq,
jumladan Markaziy Osiyodagi mutafakkirlarning g`oyalari birinchi marta
ma'lum tartibda e'lon qilinmoqda. Mustaqil O`zbekiston
Respublikasining
erkin bozor munosabatlariga o`tish xususiyatlari ko`rsatilgan.
Har bir bobga qisqacha xulosa, tayanch tushuncha, nazorat va mu-
hokama uchun savollar berilgan.
Oliy o`quv yurti talabalari,
aspirant, ilmiy xodimlar va iqtisodiyot
tarixi bilan shug`ullanuvchilarga mo`ljallangan.
Mualliflar:
A. Razzoqov, Sh. Toshmatov,
N. O`rmonov, P. Xoshimov,
F. Egamberdiyev
Mas'ul muharrir:
akademik S.S. G’ulomov
Muharrir: Yu. Sobirxonova
Taqrizchilar:
iqtisodiyot fanlari
doktori,
professor
T.Sh.Shodiyev
iqtisodiyot fanlari
doktori, professor E.G’.Nabiyev
Mirzo Ukug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Ilmiy Kengashininig 2004 yil 29 dekabr
majlisi qaroriga asosan
Nashrga tavsiya etilgan (Bayonnoma №5)
3
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining
14 yilligiga bag`ishlanadi.
MUQADDIMA
"Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q", degan edi O`zbekiston Res-
publikasi Prezidenti, akademik I.A.Karimov. Har qanday tarixni o`rganish
avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va
adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: "Moziyga qarab ish tutish xayrlidir".
Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixini o`rganish katta nazariy, amaliy va
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyot tarixi (xalq xo`jaligi tarixi) va iqtisodiy ta'limotlar tarixi
iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta'minlovchi va
yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli
bu fanlar iqtisodiyot
fanining ajralmas va tarkibiy qismidir.