Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan Yakuniy nazorat uchun test savollari. 1-variant



Yüklə 30,19 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü30,19 Kb.
#166317
  1   2
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan-fayllar.org


Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanidan
Yakuniy nazorat uchun test savollari.
1-variant

1.Qadimgi dunyo iqtisodiy fikrlarida ideallashtiriladi:


A) bozor iqtisodi munosabatlari;
B) natural xo’jalik munosabatlari;
V) pul munosabatlari;
G) yirik savdo va sudxo’rlik.

2.«Xalqlar otasi» tushunchasini dastlab muomalaga kiritgan mutafakkir:


A) Aristotel’;
B) Konfutsiy;
V) Platon;
G) Katon.

3.«Oikonomia» atamasini dastlab muomalaga kiritgan - bu:


A) Katon;
B) Aristotel’;
V) Ksenofont;
G) Platon.

4.Jamiyat taraqqiyotida ehtiyojlarning ahamiyati to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan O’rta Osiyo mutafakkiri – bu:


A) Ibn Sino;
B) Yusuf Xos Hojib;
V) A.Forobiy;
G) A.Navoiy.

5. F. Akvinskiyning «odil narx» kontseptsiyasiga binoan tovar qiymati asosini tashkil etadi:


A) sarfli printsip;
B) ahloqiy-etik printsip;
V) sarfli va ahloqiy-etik printsip birgalikda;
G) foydalilik printsipi.

6. Merkantilizm kontseptsiyasiga binoan boylik manbai hisoblanadi:


A) xorijiy investitsiyalarni ko’paytirish;
B) eksportning importdan ko’p bo’lishi;
V) importning eksportdan ko’p bo’lishi;
G) ishlab chiqarish sohasi.

7.Dastlabki merkantilizmning asosiy g’oyasi – bu:


A) pul balansi;
B) savdo balansi;
V) tovar balansi;
G) yuqoridagilarning barchasi.

8.Klassik siyosiy iqtisodning o’rganish predmeti hisoblanadi:


A) muomala sohasi;
B) ishlab chiqarish sohasi;
V) muomala sohasi va ishlab chiqarish sohasi birgalikda;
G) qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi.

9.Klassik siyosiy iqtisodga muvofiq, ishchining daromadi sifatidagi ish haqi intiladi:


A) fiziologik minimumga;
B) yashash minimumiga;
V) maksimal imkoniyat darajasiga;
G) o’rtacha imkoniyat darajasiga.

10.U.Petti «pul» kategoriyasiga qaysi nuqtai nazardan qaradi?


A) nominalistik pul nazariyasi;
B) metallistik pul nazariyasi;
V) pulning miqdoriy nazariyasi;
G) yuqoridagilarning barchasi.

11.F.Kene taklif qilgan tasnif bo’yicha fermerlar-bu:


A) unumli sinf;
B) yer egalari sinfi;
V) unumsiz sinf;
G) tadbirkorlar sinfi.

12.Jamiyatning makroiqtisodiy tahlilini ilk bor amalga oshirgan – bu:


A) A.Smit;
B) D.Rikardo;
V) F.Kene;
G) J.Keyns.

13.A.Tyurgoning ko’rsatib berishicha, har qanday boylikning yagona manbai:


A) savdodagi mehnat;
B) dehqonchilikdagi mehnat;
V) xunarmandchilikdagi mehnat;
G) sudxo’rlikdagi mehnat.

14.A.Smitning metodologik nuqtai nazariga muvofiq, shaxsiy manfaat:


A) umumiy manfaatdan ajralmagan bo’ladi;
B) jamiyat manfaatidan ustun turadi;
V) jamiyat manfaatiga nisbatan ikkilamchi;
G) yuqoridagilarning barchasi.

15.Savdo tuzilmasida A.Smit tomonidan birinchi o’ringa qo’yiladi:


A) ichki savdo;
B) tashqi savdo;
V) tranzitli savdo;
G) davlat savdosi.

16.A.Smit mehnatni unumli hisoblaydi, agar u sarflagan bo’lsa:


A) qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida;
B) moddiy ishlab chiqarishning har qanday tarmog’ida;
V) moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida;
G) ichki va tashqi savdoda.

17.A.Smit ta’limotida asosiy g’oya:


A) iqtisodiy liberalizm g’oyasi;
B) iqtisodiyotga davlatning aralashuvi g’oyasi;
V) iqtisodiyotni monopollashtirish g’oyasi;
G) iqtisodiyotni davlat rejalashtirishi g’oyasi.

18.D. Rikardo «renta» kategoriyasini quyidagi qaysi variantlarda talqin qildi?


A) yerdan olinadigan daromad sifatida;
B) sanoat sohasidagi foyda sifatida;
V) o’rtacha foyda darajasidan ortiqcha fermerning qo’shimcha daromadi sifatida;
G) «er in’omi» sifatida.

19.Foyda normasining pasayishi tendentsiyasini, D.Rikardo bo’yicha, quyidagi qaysi sabablar keltirib chiqaradi?


A) kapitalning bir ish turidan boshqasiga oqib o’tishi;
B) «mehnatni bozor bahosining» nisbatan oshishi;
V) yer unumdorligining pasayishi sababli undan olinadigan mahsulotlar bahosining oshishi;
G) yuqoridagilarning barchasi.

20. J.B.Seyning «bozor qonunining» asosiy qoidalari hisoblanadi:


A) taklif o’ziga mos darajada talabni keltirib chiqaradi;
B) baho, ish haqi va foiz stavkasi mutlaqo moslashuvchan, harakatchan;
V) iqtsodiy inqirozlar bo’lmaydi, negaki ularning vujudga kelishi vaqtincha va o’tkinchi xarakterga ega;
G) yuqoridagilarning barchasi.

21.T.Maltusning nufus nazariyasiga binoan qambag’allikning bosh sababi hisoblanadi:


A) aholi soni o’sishining doimiy yuqori sur’ati;
B) ish haqining o’zgarmas past darajasi;
V) «tuproq unumdorligining pasayishi qonuni»;
G) yuqoridagilarning barchasi.

22. T.Mal’tus fikri bo’yicha takror ishlab chiqarishdagi «uchinchi shaxs»-bu:


A) jamiyatning unumsiz qismi;
B) ijtimoiy mahsulotni yaratishga va realizatsiya qilishga Yordam beruvchi omillar;
V) umumiy ortiqcha ishlab chiqarishni oldindan bartaraf qiluvchi omillar;
G) yuqoridagilarning barchasi.

23.J.S.Millning islohot kontseptsiyasida tavsiya etiladi:


A) kooperativ assotsiatsiya Yordamida Yollanma mehnatni tugatish;
B) yer solig’i Yordamida yer rentasini umumiylashtirish;
V) merosxo`rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini cheklash;
G) yuqoridagilarning barchasi.

24.K.Marks fikri bo’yicha, foyda normasining pasayish tendentsiyasini quyidagi qaysi sabablar keltirib chiqaradi?


A) kapitalning bir ish turidan boshqasiga oqib o’tishi;
B) kapital tuzilishida o’zgaruvchi kapital hissasining kamayishi;
V) kapital tuzilishida doimiy kapital hissasining oshib borishi bilan birga kuzatiladigan kapital jamg’arilishi;
G) yuqoridagilarning barchasi.

25. Marjinalizm tadqiqoti asoslanadi:


A) umumiy iqtisodiy miqdorlarga;
B) o’rtacha iqtisodiy miqdorlarga;
V) me’yorli iqtisodiy miqdorlarga;
G) yuqoridagilarning barchasi.

26. J.M.Keyns nazariyasiga muvofiq jamg’armalar investitsiyalardan oshishi mumkin, agar:


A) foiz stavkasi darajasi oshsa;
B) uzoq vaqt iqtisodiyotda ortiqcha ishlab chiqarish va ishsizlik mavjud bo’lsa;
V) «Sey qonuni» amal qilmasa;
G) iqtisodiyotda ortiqcha ishlab chiqarish va ishsizlik bo’lmasa.

27.Beqarorlik, inflyatsiya va ishsizlik kapitalistik iqtisodiyot uchun xarakterli, shuning uchun davlat iqtisodiyotni tartiblab turishi kerak g’oyasini ilgari suradi:


A) Monetarizm;
B) Klassiklar;
V) Keynschilik;
G) Yangi klassiklar.

28. J.M.Keyns ta’limotiga muvofiq, daromadlar o’zgarishining investitsiyalar o’zgarishiga bog’liqligi aks ettiriladi:


A) inflyatsiyada;
B) mul’tiplikarotda;
V) akseleratorda;
G) innovatsiya.

29. Konvergensiya nazariyasi – bu:


A) kapitalizm va sotsializm afzalliklari sinteziga asoslanadi;
B) sotsializmni inkor etish va kapitalizm tansformatsiyasini tan olish;
V) kapitalizmni inkor etish va sotsializmni takomillashtirishga asoslanadi;
G) iqtisodiy o’sishning uchinchi yo’lini qidirib topish.

30. Merkantilizmning o’rganish predmeti hisoblanadi:


A) muomala sohasi;
B) ishlab chiqarish sohasi;

V) muomala va ishlab chiqarish sohalari;


G) yuqoridagilarning barchasi.
_______________________________________ __________________ _________
Talabaning F.I.Sh guruxi imzosi

Savol №

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Javob























Savol №

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

Javob























Savol №

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

Javob

























Yüklə 30,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə