Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati va mеzoni


 — 2021-yillarda O‘zbekiston



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#151529
1   2   3   4   5   6   7
MTYnhZtd3fYgZqjDUw89Dqa6sSl5ZV3lT0Yt9b2L

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi
(keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi) 1-
ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning
hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini
isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron
hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, 
jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati
institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;

qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, 
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi
samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, 
yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;




iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish
sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, 
qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda
davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni
davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini
yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini
rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol
jalb etish;

ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real 
daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash
tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, 
arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va
ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha
maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, 
san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini
takomillashtirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat
yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini
mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil
qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini
mustahkamlash.




2. Quyidagilar:

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya 2-
ilovaga muvofiq;

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga
oshirish bo‘yicha komissiyalar 3 — 7-ilovalarga muvofiq tuzilsin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

Harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish
barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning
mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh 
ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi;

Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga
beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat
dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.

4. 2017-yil O‘zbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani ma’lumot uchun qabul
qilinsin.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə