Iqtisodiy o’sish fanidan mek-87 safarova feruza mavzu: G‘oyalar iqtisodiyoti


Raqobat ustunligini saqlab qolish



Yüklə 78,08 Kb.
səhifə8/9
tarix28.11.2023
ölçüsü78,08 Kb.
#134419
1   2   3   4   5   6   7   8   9
iqtisodiy o\'sish Feruza

Raqobat ustunligini saqlab qolish. Tashkilot innovatsion faoliyatini amalga oshirish natijasida innovatsiyalarni intellektual mulk obyektlari sifatida himoya qilish jarayonida belgilab qo‘yilgan raqobat ustunligiga ega bo‘ladi.
Investitsion iqlimning sezilarli darajada yaxshilanishi. Innovatsion iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar oqimi ko‘p jihatdan intellektual mulkning samarali huquqiy himoyasi mavjudligiga bog‘liq. Investorlar xatarlilik darajasi yuqori bo‘lgan korxonalarga sarmoya kiritmaydilar. Zero, bunday korxonalarning menejerlari hali uzoq muddat raqobatchilar kirib bora olmaydigan bozorda korxona ulushining barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun zarur darajada himoyalanisııi lozim bo‘lgan intellektual mehnat natijalarini himoya qila olmaydilar.
Asosiy maqsadi u yoki bu masalalarni hal etish uchun yangi bilimlaming uzatilishi bo‘lgan texnologiyalar transferiga intellektual mulkni himoya qilish mexanizmining samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, innovatsiyalami himoya qilish innovatsion jarayonlarni boshqarishning muhim vazifasidir. Ushbu muammoning hal etilishi texnologiyalarni uzatish jarayoni, innovatsiyalar diffuziyasi, xuddi boshqa tovar va xizmatlar kabi ularning sotilishi va sotib olinishi jarayonlarini jadallashtirish imkonini beradi. Intellektual faoliyat mahsulotlarini almashish natijasida yaratilgan texnologiyalar bozorining ahamiyati bugungi kunda har qachongidan ham o‘sib borayotganliginı kuzatishimiz qiyin emas. Intellektual mulk—bu katta foyda keltirishi mumkin bo‘lgan tashkilotning muhim nomoddiy aktivi hisoblanishi bois, tegishli himoyani ta’min etish asosida raqobatchilar tomonidan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish juda muhimdir.
Huquq tizimi o‘z ichiga turli huquq sohalarini qamrab oladi, ular o‘z navbatida kichik soha va institutlarga bo‘linadi. Huquqiy tartibga solish predmeti bo‘yicha birlashtirilgan huquqiy me’yorlaming alohida guruhi huquq sohasidir. Huquqning har bir sohasiga uni tartibga solish predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadigan huquqiy tartibga solishning o‘ziga mos uslubi xosdir.
Intellektual mulk huquqi yoki intellektual mulk fuqarolik huquqining kichik sohasidir. Patent huquqi va fuqaro munosabatlari ishtirokchiliklarini individuallashtirish vositalarini muhofazalash, shuningdek, noan’anaviy obyektlarni muhofazalashdan iborat bo‘lgan mualliflik huquqi va sanoat mulki shu kichik sohaning institutlaridir.

Yüklə 78,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə