Inson mijozi, xiltlar haqida tushuncha. Quvvatlar va ularning turlari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə2/7
tarix03.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#104130
1   2   3   4   5   6   7
2.INSON MIJOZI

Havo unsuri: ta`sir qilish sifati issiqlik, qabul qilish sifati ho`llikdir. U olov unsuridan pastda, suv unsuridan yuqorida joylashgan, bunga sabab uning nisbiy engilligidir.
Vazifalari: havoning koinotda mavjudligi, koinotdagi bor narsalarni siyraklashtirish, ularni latiflashtirish, engil qilish va ularni koinotda ko`t arilishi uchundir
Yer unsuri o`rtada, uni esa undan engil bo`lgan suv unsuri o`rab turadi, suv unsuri undan engil bo`lgan havo unsuri, uni esa undan engil bo`lgan olov unsuri o`rab turadi.
Olov unsuri: Ta`sir qilish sifati bo`yicha issiqlik, qabul qilish sifati bo`yicha esa quruqlikdir. U unsurlarni etiltiradii, latif qiladi, aralashtiradi, u unsurlar orqali havoga tegishli moddalarni o`t kazadi va ikki og`ir unsur bo`lmish, yer va suvdan sovuqlikni ketkizib, moddiy hayotning shakllanishida qatnashib o`z vazifasini bajaradi.
Havo unsuri: ta`sir qilish sifati issiqlik, qabul qilish sifati ho`llikdir. U olov unsuridan pastda, suv unsuridan yuqorida joylashgan, bunga sabab uning nisbiy engilligidir.
Vazifalari: havoning koinotda mavjudligi, koinotdagi bor narsalarni siyraklashtirish, ularni latiflashtirish, engil qilish va ularni koinotda ko`t arilishi uchundir.
Suv unsuri: Ta`sir qilish sifati sovuqligidadir, qabul qilish sifati esa ho`lligidadir. Koinotda uning o`rni havo va yer unsurlari o`rtasidir, uning bunday o`rinda bo`lishi, nisbiy og`irligidadir. Uning tabiati shundayki, agar unga chetdan biror narsa ta`sir qilmasa u o`zining sovuqlik va ho`lligini saqlaydi. Agar unga chetdan biror kichik sabab ta`sir qilsa u parchalanib tarqalishi va birika olishi yoki turli shakllarni hosil qilishi mumkin. Suv unsuri suyuqlik bo`lgani uchun eng kichik tashqi ta`sirotga uchrasa o`z vaziyatini saqlay olmay o`zgarishga majburdir.
Vazifalari: suv unsurining koinotda mavjudligi yerdagi mavjudotlarni yumshatish va ular istalgan shaklni, suratni va tuzilishni oson qabul qilishi uchundir.
Yyer unsuri: Ta`sir qilish sifati uning sovuqligi tufayli bo`lsa, qabul qilish sifati esa quruqligidadir. Yer mo`tloqog`ir unsur bo`lib, u koinotda suvdan keyin hamma unsurlar o`rtasida joylashgan. Agar biror ta`sir uni o`z o`rnidan qo`zg`atsa u yana o`z o`rniga qaytadi va qolgan unsurlar unga nisbatan og`ir va engilligi sababli qavatma-qavat uni o`rab turadi.
Vazifasi: yer unsurining koinotda mavjudligi, koinotdagi narsalarni saqlash, ularning barqaror bo`lishi, ularning shakli, tuzilishini saqlash uchun bazis vazifasini bajaradi, chunki yer unsuri dunyoni asosini tashqil qiladi.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə