Innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 155,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix22.03.2024
ölçüsü155,88 Kb.
#182920
1   2   3   4   5   6   7
DISSERTATSIYA (1)

Menthaea L
turkumiga oid turlarni 
va
Brasenia Schreberi J.F Omel, Sophora Japonica L, Orthosiphon Stamineus 
Benth, Solanum Saciniatum Al, Rhaponticum, carthamoides (Willd)ijin, 
Mandragora turcomanica Mizgir, Aerva lanata(L.) Juss 
va boshqa o'simliklar 
introduksiya qilindi. T.S.Safarov (1982-1988) o`zining ilmiy ishlarida Janubiy-
Garbiy Tyan-Shan O'ta tog` qismlarida uchraydigan bir necha dorivor daraxt va 
buta o'simliklarning introduksiyasini o‘rgandi. 
N.A.Toshmatova va Ye.Ye.Girshevichlar (1975-1986) 
Hyssopus L

Lavandula L
introduksiya va T.T.Tursunovlar (1987-1989) esa 
Sophora korolkovii 
Koehne 
turlarning introduksiya sharoitida o'sish va rivojlanishidagi o`zgarish 
jarayonlarini ilmiy jihatdan qayd etdi. Shuningdek B.Yo. To'xtayev (1991-2006) 


tomonidan 111 tur dorivor o`simliklar o'rtacha (Buxoro vohasi) va kuchli 
(Mirzacho'l) sho'rlangan tuproqlarida introduksiya qilindi. Introduksiya qilingan 
dorivor o'simliklarning 68 turi urug' unuvchanligi va ko'chat ko'karuvchanligi 
kuzatilib, ularning 47 turi sho'rlangan tuproqlarda o'sish va rivojlanishi qayd etildi. 
Shundan 18 turning o`rtacha sho'rlangan va 11 turning kuchli sho'rlangan 
tuproqlarda chidamli dorivor introdusent o`simliklar sifatida tanlandi, Bu 
tadqiqotlardan so'ng 500dan ortiq dorivor o'simliklar turlaridan iborat kolleksiya 
Toshkent sharoitida tashkil qilindi va ularning ayrimlarini madaniy holda 
o'stirishni agrotexnologik parametrlari ishlab chiqildi. 
O'zRFA "Botanika" 
IICHM 
Botanika 
bog'ining 
Markaziy 
Osiyo 
dendraflorasi kolleksiya maydonida shu kunga qadar 250 turga yaqin butalar 
introduksiya qilingan. Hozirgi kunda O'zRFA Botanika IICHMning akad 
F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog'i "Dorivor o'simliklar introduksiyasi" 
labaratoriyasining 300 turga yaqin dorivor o'simliklarni mujassamlashtirilgan 
tajriba maydoni mavjud. 
O'zbekistonda dorivor o'simliklar introduksiyasi borasida F.N.Rusanov, 
T.L.Slavkina, V.P.Pechenitsin, N.F.Rusanov, I.V.Belolipov, B.Yo.To'xtayev, 
LX.Yoziyev, K.Safarov, A.M.Korchagina ilmiy tadqiqotlar olib bordilar. O'rta 
Osiyoga jumladan O'zbekistonga daraxtlar, butalar va o`tsimon o`simliklarning 
katta assortimentlari keltirilgan. I.V.Belolipov (1976) O‘rta Osiyo florasida 
uchraydigan o‘simliklarning Toshkent Botanika bog‘i - introduksion sharoitida 
ekologik jihatdan moslashish xususiyatlarini tavsiflab berdi. Ilmiy tadqiqotlarda 
O‘rta Osiyo florasiga mansub 565 yoki Yer sharining floristik oblastlaridan 5,5 
mingdan ortiq tur introduksiya qilingan o‘simliklar kolleksiyasidan foydalanildi. 
A.A.Abdurahmonov va S.P.Valixo‘jayeva (1980) lar tomonidan esa, Sharqiy
Osiyo floristik oblastiga mansub bo‘lgan 25 turning introduksiyasi o‘rganildi. Bu
tadqiqotlardan so‘ng Toshkent sharoitida 500 dan ortiq turlardan iborat kolleksiya 
tashkil qilindi. I.I.Granitov (1937) mahalliy sharoitda o‘sadigan dorivor 
o‘simliklar, A.Y.Butkov (1942)O‘zbekistonning bir necha tur dorivor o‘simliklari,


N.A.Amirxonov 
(1961)Crambe 
kotschyana 
Boiss., 
T.O.Odilov 
va
YE.YE.Korotkova (1965) Vinca erecta Rgl. et Schmals. to‘g‘risida ilmiy
tadqiqotlar olib bordilar. P.Q.Zokirov va T.Norboboyevalar (1974) 211- dorivor, 
42- vitaminli, 113 -efirmoyli, 53 - glikozidli va boshqa o‘simliklarning tarqalishi, 
hayotiy shakli va xo‘jalik ahamiyati bo‘yicha to‘la tahlil berib o‘tdilar. 
P.Q.Zokirovva L.M.Myasnikova (1979)lar to‘qayda o‘sayotgan 14 tur dorivor va 
foydali o‘simliklarni o‘rgandilar. P.Q.Zokirov, R.I.Toshmuhamedov va
A.T.Qobulov (1983) lar Adonis turkestanicus (Korsh.), Inula grandis Schrenck., 
Gentiana oliviyeri Griseb. kabi dorivor o‘simliklarni ilmiy jihatdan o‘rganib, 
tabiatdagi 
hom-ashyo 
maydonlarini 
aniqladilar. 
S.M.Mustafoyev 
(1966) 
Qashqadaryo va Surxondaryo vohasining dorivor o‘simliklari, T.P.Po‘latova, 
H.X.Xolmatov, N.N.Jo‘rayev (1980) O‘zbekistonning yovvoyi holda o‘sadigan 
dorivor o‘simliklari va Toshkent vohasi dorivor o‘simliklari, S.S.Sagatov 
(1966)O‘zbekistonning saponin saqlovchi o‘simliklari to‘g‘risida ilmiy tadqiqotlar 
olib bordilar. Shuningdek, N.N.Shorahimov (1977) ning Peganum garmala 
L.,M.U.Olloyorov (1974) ning O‘rta Osiyoda Rheum L. turkumi vakillarining 
tarqalishi, U.Rahmonqulov (1981,1999) ning G‘arbiy Tyan-Shanning terpen 
moddasi saqlovchi o‘simliklari va ularning foydalanilishi, Q.H.Hojimatov (1999) 
ning 
dorivor va efir moyli o‘simliklarning zahiralarini aniqlash,
A.S.Yo‘ldoshev(2001)ning Janubiy Turkiston va Shimoliy Zarafshon tizmalarining
dorivor o‘simliklari to‘g‘risidagi ilmiy asarlari yaratildi. O‘zbekistonning shimoliy 
hududi bo‘lgan Qoraqalpog‘iston florasida tur dorivor o‘simliklar aniqlanib, 
shulardan 15 turiga (farmakopeyaga kirgan turlar) ekologik jihatdan va xom-ashyo 
zahiralarining hajmi to‘la tahlil qilindi. O.A.Ashurmetov va H.Q.Qarshiboyev 
(1995) 
ning 
Shirinmiya 
va 
Meristotropisning 
reproduktiv 
biologiyasi, 
L.A.Shamsuvaliyeva (1999) ning Glycyrrhiza L.va Meristotropis Fish. et Mey. 
turkumiga mansub turlar vegetativ va generativ organlari tuzilishining o‘simlik 
ontogenezida shakllanishi va ularga galofaktorning ta’siri to‘g‘ridagi ilmiy ishlari 
bilan dorivor o‘simliklar to‘g‘risidagi bilimlar yanada boyitildi.


O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning introduksiyasi va iqlimlashtirilishi
sohasida O‘zR FA Botanika instituti va Botanika bog‘ining olimlari tomonidan
muhim ishlar amalga oshirdi. Bu tadqiqotlar respublikamiz dori-darmon ishlab
chiqarish tarmog‘ining dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan ehtiyojini
qondirishda muhim tadbirlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Masalan, 1950-1965
yillar mobaynida akademik F.N.Rusanov boshchiligida Yer sharining deyarli 
barcha floristik oblastlaridan o‘simliklar yig‘ib kelindi va ularning namunalari
(kolleksiyalari) tuzildi. Q.H.Xo‘jaev va H.X.Xolmatov (1963,1965) lar esa 
kolleksiyadagi dorivor o‘simliklarni madaniy holda o‘stirish va ularga 
qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlari ustida ilmiy ish olib bordilar. Shuningdek, 
N.N.Shorahimov (1977) ning Peganum garmala L., M.U.Olloyorov (1974) ning 
O‘rta Osiyoda Rheum L. turkumi vakillarining tarqalishi, U.Rahmonqulov 
(1981,1999) ning G‘arbiy Tyan-Shanning terpen moddasi saqlovchi o‘simliklari 
va ularning foydalanilishi, Q.H.Hojimatov (1999) ning dorivor va efir moyli 
o‘simliklarning zahiralarini aniqlash, A.S.Yuldoshev (2001) ning Janubiy
Turkiston va Shimoliy Zarafshon tizmalarining dorivor o‘simliklari to‘g‘risidagi
ilmiy asarlari yaratildi. Bulardan tashqari, O‘zbekistonning shimoliy hududi 
bo‘lgan Qoraqalpog‘iston florasida 343 tur dorivor o‗simliklar aniqlanib, 
shulardan 15 turiga (farmakopeyaga kirgan turlar) ekologik jihatdan va xom-ashyo 
zahiralarining hajmi to‘la tahlil qilindi. O.A.Ashurmetov va H.Q.Qarshiboev 
(1995) 
ning 
Shirinmiya 
va 
Meristotropisning 
reproduktiv 
biologiyasi, 
L.A.Shamsuvalieva (1999) ning Glycyrrhiza L.va Meristotropis Fish. et Mey. 
turkumiga mansub turlar vegetativ va generativ organlari tuzilishining o‗simlik 
ontogenezida shakllanishi va ularga galofaktorning ta‘siri to‘g‘ridagi ilmiy ishlari 
bilan dorivor o‘simliklar to‘g‘risidagi bilimlar yanada boyitildi. B.Yo.To‘xtaev 
(2007) O‘zbekiston sug‘oriladigan yerlariga (O‘zR FA Toshkent botanika bog‘i) 
introduksiya qilingan introdutsent o‘simliklarni sho‘r yerlarga (Buxoro va 
Sirdaryo) introduksiya qilib, introduksiya sharoitida ularni ekologik jihatdan 
moslashish xususiyatlari va chidamlilik darajasini tavsiflab berdi. Muallif, ilmiy 


tadqiqotlarida 10 ta floristik vohaga mansub 111 ta tur mazkur sharoitlar uchun 
mos kelishini ilmiy asoslab berdi 
O‘zR FA Botanika bog‘i oranjereyasida tropik va subtropik o‘simliklar
kolleksiyasi 57 oila, 137 turkumga mansub 240 tur va 17 tur xili dan iboratligini
aniqlashgan. O‘zbekistonda O‘zR FA Botanika bog‘ida o‘stirilayotgan 85 oila, 225
turkumga mansub 850 turni oranjereya (issiqxona) sharoitida N.M.Karmishina 
(1988) birinchi marta ilmiy asosda o‘rgangan. Hozirgi vaqtda Botanika bog‘i 
oranjereyasida 1000 ga yaqin tropik va subtropik o‗simlik turlari kolleksiyasi 
mavjud. N.M.Naraliyevaning (2005) ma‘lumotiga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi yopiq 
yer sharoitida tropik va subtropik o‘simliklar genofondi 3 bo‘lim Polypodiophyta,
Pinophyta, Magnoliophyta, 5 ajdod (sinf), 45 qabila, 70 oila va 224 turkumga 
mansub 454 turdan iborat. Mavjud taksonlardan Cactaceae -196 tur, Araceae-24, 
Arecaceae-20, 
Crassulaceae-18, 
Amaryllidaceae-11 
turni, 
Acanthaceae, 
Asphodelaceae, Agavaceae, Commelinaceae lar 10 tadan turni, Apocynaceae, 
Euphorbiaceae, Moraceae lar 8 tadan turni o‘z ichiga olishi va keng tarqalganligi 
bilan alohida o‘rinda turadi. Bundan tashqari vodiyda tropik va subtropik 
o‘simliklarning 30 oilaga mansub 68 turning 160 dan ortiq tur xillari, formalari va 
navlari o‘stirilishi aniqlangan Jumladan, Moraceae oilasidan 22, Araceae dan 17, 
Euphorbiaceae dan 14, Dracaenaceae dan 11, Malvaceae oilasidan 8 tadan tur xili 
o‘stirilmoqda. Kaktuslar kolleksiyasi ayniqsa boy bo‘lib, 3 oilacha, 4 ta bo‘g‘in 
(triba), 64 turkumga mansub 300 ga yaqin kaktuslar introduksiya qilingan. 



Yüklə 155,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə