Ijtimoiy sohadagi islohatlar



Yüklə 48,9 Kb.
səhifə7/7
tarix31.12.2021
ölçüsü48,9 Kb.
#82040
1   2   3   4   5   6   7
IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHATLAR

beshinchi, xorijiy mamlakatlarga yuqori va oliy darajalardagi tashriflar yakunlari hamda xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlarda erishilgan ahdlashuvlar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining eʼtibori tegishli vazirliklar, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining birinchi rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga munosib, oʻz ishini puxta biladigan va zamonaviy fikrlaydigan nomzodlarni tanlashga doir kadrlar bilan ishlashning susaytirilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligiga qaratilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar:

tegishli davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining boʻsh lavozimlariga, ushbu lavozimlarga xotin-qizlarni tavsiya etishga alohida eʼtibor bergan holda, tayinlash uchun nomzodlar zaxirasini puxta ishlab chiqsin, asoslasin va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etsin;

masʼul lavozimlarga xorijda yashayotgan vatandoshlar va xorijiy mutaxassislar orasidan tajribali menejerlarni tayinlash amaliyotini keng joriy etsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishiga doir ishlarni samarali muvofiqlashtirsin, shuningdek, ular amalga oshirilishi toʻgʻrisida muntazam ravishda axborot kiritsin.

11. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, shu jumladan, Hukumat faoliyatini tashkil etishni, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlashni, Vazirlar Mahkamasi apparati ishi samaradorligi va natijadorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilashni nazarda tutuvchi qarori loyihasini kiritsin.

Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.



12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z. Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Yüklə 48,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə