Idrok illuziyalari



Yüklə 55,63 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü55,63 Kb.
#156702
  1   2   3
IDROK ILLUZIYALARI


IDROK ILLUZIYALARI

R E J A :



  1. Ko’rish analizatorining tuzilishi.

  2. Sezgi va idrok xossalarining umumiy tavsifi.

  3. Passiv va faol tuyish orqali shaklni idrok qilish.

  4. Idrokning konstantligini o`lchash.

  5. Ko`rish idrokidagi adaptatsiyani o`rganish.

Idrok — tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.
Idrok ongning , miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xususiyati bilan emas, balki jami xususiyatlarining taʼsiri bilan bogʻliq. Idrok ana shu barcha xususiyatlar oʻrtasidagi muvaqqat bogʻlanish (qarang Assotsiatsiya) natijasida yuzaga keladi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan idrok jarayoniga kishining tajribasi, bilim, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqalar ham ishtirok etadi (qarang Appersepsiya). Shuning uchun kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, maʼlumotlari, turmush tajribalari, kasblari, ijtimoiy kelib chiqishlari, xarakteri, qobiliyati va qiziqishlarida koʻrinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil idrok qiladilar. Masalan, tegishli ixtisosi boʻlmagan kishining birorta yangi mashinani idrok qilishi ixtisosi bor odamning idrokiga qaraganda tor va yuzaki boʻladi.
Idrokning muhim xususiyatlaridan biri barqaror (konstant)ligidir. Inson bir vaqtda idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saqlab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Bir narsaning ana shunday qayta tiklangan timsoli (qarang Tasavvur) idrok jarayonining ajralmas qismi. Idrokning xususiyati koʻp jihatdan hissiy kechinmalarga (shodlik, gʻamginlik, tajanglik va h.k.) ham bogʻliq. Masalan, kishining taʼbi xira vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday soʻniqdek koʻrinsa, taʼbi chogʻ vaqtida u butunlay boshqacha koʻrinadi.
Illyuziya (lot. illusio — yanglish tasavvur, yanglishish) — voqelikni notoʻgʻri, yanglish idrok etish. Ikki xil illyuziya farq qilinadi: a) sezgi va idrokning muayyan qonunlari tufayli roʻy beradigan illyuziyalar. Koʻpincha, narsa va hodisalarni yaxlit idrok qilish kishida yanglish tasavvur hosil etadi. Masalan, ogʻirligi aynan teng, ammo kattaligi har xil boʻlgan ikki buyumni ketma-ket koʻtarib koʻrilsa, kattasi yengilroq, kichigi ogʻirroqdek tuyuladi. Buning sababi shundaki, kishi hajmi kattaroq buyumning hajmi kichikroq buyumdan ogʻir ekanligini oʻz tajribasida doimo sinab kelgan, binobarin, hajmi har xil buyumlarni koʻz bilan idrok qilganda beixtiyor shu tajribasiga tayanib, kattaroq buyumlarni ushlaganida koʻproq zoʻr beradi, kichikroq buyumni qoʻliga olganda uncha zoʻr bermaydi.
Illyuziya ko'p hollarda koʻzning chalgʻishi bilan bogʻliq. Bu xil illyuziyalar optik illyuziya deyiladi. Optik illyuziya muayyan sharoitda turli kesmalar uzunligi, burchaklar kattaligi, narsalar oʻrtasidagi masofalar va shu kabilarni oʻzaro taqqoslanganda kuzatiladi. Bu xil illyuziyalar turmushda ko'p uchraydi. Shuningdek, eshitish illyuziyasi (birovning nutqidagi ayrim so'zlar boshqacha bir maʼnoda aytilgan soʻzdek eshitiladi), harakat illyuziyasi (poyezd juda ham tez yurganda vagondagi kishiga goʻyo u harakat qilmayotgandek tuyiladi) va boshqa insondagi psixofiziologik, koʻpincha hayajonlanish, charchash, qoʻrqish holatlarida roʻy beradigan subyektiv illyuziyalar. Masalan, oʻrmondagi toʻnka qoʻrqoq odamning koʻziga bironta yirtqich qayvonga oʻxshab koʻrinadi. Sogʻlom odamlarda illyuziya oʻtkinchi holat; ayrim psixik kasalliklar (makropsiya, metamorfopsiya, giperpatiya va hokazolar) natijasida paydo boʻladigan illyuziya esa ancha turgʻun. Illyuziyani yoʻq narsalar bordek boʻlib tuyuladigan holat — gallyusinatsiyadan farq qilish kerak.
Illyuziya xususiyatlarini bilish ulardan toʻgʻri foydalanish imkoniyatini beradi. Masalan, toʻla kishilar uzunasiga yoʻl-yoʻl kiyim kiyishga harakat qiladilar. Chunki bu xil kiyimlarda kishi illyuziya tufayli nisbatan ixcham boʻlib koʻrinadi. Optik illyuziyadan tasviriy sanʼatda, meʼmorchilik va harbiy maskirovkada, bosmaxona shriftlarini tayyorlashda keng foydalaniladi;
Insonlar tomonidan rang va yorug’likni sezish ko’rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo’linadi. Psixofiziologik qonunga ko’ra yorug’lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o’tib singanda hosil bo’ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya'ni qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko’k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko’rinishlari

Yüklə 55,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə