I tk – tayanch kompetensiya tk1-kommunikativ kompetensiya



Yüklə 472,76 Kb.
səhifə2/2
tarix26.10.2023
ölçüsü472,76 Kb.
#130859
1   2
tarix 10

VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Amerika Qo‘shma Shtatlari
Iqtisodiy taraqqiyot
Fuqarolar urushidan keyin yagona ichki
bozorning vujudga kelganligi, qulchilikning tugatilishi, quldorlik latifundiyalarining bekor qilinishi, unumdor yerlarning, foydali qazilma boyliklarining ko‘pligi, sersuv daryolar va poyonsiz o‘rmonlar, Amerika xalqining tadbirkorligi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga sabab bo‘ldi. Ayni paytda, AQSHga qo‘shni davlatlar (Kanada va Meksika) kuchsiz edi. Bu hol AQSHni ortiqcha harbiy xarajatlardan xalos etdi. Bundan tashqari, AQSHga yashash uchun kelganlarning katta qismi amalda
yuqori malakali mutaxassislar edi.
1870—1914-yillarda AQSHga 25 mln. kishi ko‘chib keldi. Bu
ham AQSH taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, ishchi kuchiga doimiy muhtojlik yangi texnika va texnologiyalarning ishlab 48
chiqarishga keng joriy etilishiga yo‘l ochdi. Qo‘lida biror hunarning yo‘qligi uyat hisoblanadigan hodisaga aylandi. Bu omillar ham AQSHning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
XIX asrning oxirgi o‘ttiz yili AQSH tarixida taraqqiyotning yuksakligi va juda muhim iqtisodiy va siyosiy voqealar bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Agar 1860-yil AQSH sanoat mahsuloti hajmi jihatidan dunyoda 4-o‘rinda turgan bo‘lsa, 1894-yilga kelganda birinchi o‘ringa chiqib oldi. 1894-yilda AQSHning sanoat mahsuloti G‘arbiy Yevropadagi hamma mamlakatlar mahsulotining yarmiga teng va Buyuk Britaniya mahsulotidan esa ikki baravar or- tiq edi.
AQSHda keng ichki bozorning vujudga keltirilishi kapita- lizm taraqqiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunga qishloq xo‘jaligidagi kapitalizm taraqqiyotining „amerikacha yo‘li“ (ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga mahsulotni ko‘paytirish) g‘alaba qilganligi, g‘arbiy hududlarning tezlik bilan o‘zlashtirilganligi, katta tezlik bilan temiryo‘llar qurilganligi va immigratsiya natijasida aholining tez ko‘payishi ham yordam berdi.
AQSH sanoati o‘sishida Yevropa kapitali ham muhim rol o‘y- nadi. Yevropa davlatlarining AQSHga qo‘ygan kapitali 1890-yilda 3 mlrd. dollarga yetdi. Biroq, AQSH chetga kapital chiqarish bo‘- yicha Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyadan orqada edi.
Ishlab chiqarishning markazlashuvi
XX asr boshlarida mamlakatda ishlab chi- qarishning markazlashuvi hamda bank ka- pitali bilan sanoat kapitalining qo‘shilib ke-
tishi davom etdi. Sanoat mahsulotining qiymati 1909-yilda 20 mlrd. dollardan oshdi. Bu Buyuk Britaniya sanoat mahsulotlari qiyma- tidan 2,5 baravar, Germaniyadagidan 2 baravar ortiq edi. I jahon urushi davrida AQSHda qazib chiqarilayotgan toshko‘mirning, ish- lab chiqarilayotgan cho‘yan va po‘latning miqdori Buyuk Brita- niya, Fransiya va Germaniya erishgan jamiki miqdoriga teng edi. Sanoatning barcha tarmoqlari bo‘yicha AQSH jahonda birinchi o‘ringa chiqdi. Ishlab chiqarishning deyarli hamma tarmoqlarida trestlar tashkil etildi. Po‘lat, neft, mis, elektr va shu kabi sanoat tarmoqlari „qirollari“ning qudratli sulolalari vujudga keldi. Ford avtomobil qiroliga aylandi.
1901-yilda Morgan 1 milliard dollarlik kapitalga ega bo‘lgan „Po‘lat korporatsiyasi“ deb atalgan katta trestni tashkil etdi.

Rokfellerning „Standart oyl“ tresti jami neft mahsulotining 90 foizini, okeanlarda qatnaydigan yuzlab paroxodlarni o‘z qo‘liga oldi.


1914-yilga kelib, aholining 2 foizini tashkil etgan sarmoyadorlar milliy boylikning 60 foiziga egalik qila boshladi.
Qishloq xo‘jaligidagi tub o‘zgarish
Qishloq xo‘jaligidagi tub o‘zgarishning mazmunini qo‘l mehnati o‘rnini mashina- ning tobora ko‘proq egallab borishi tashkil
etdi. 1860—1910-yillar oralig‘ida AQSHda fermerlar soni 3 marta ko‘paydi.
Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer esa 160 mln. gektardan 352 mln. ga yetdi. AQSHda G‘arbiy Yevropaga o‘xshash qirol xonadoni ham, Sharq mamlakatlaridagi singari yirik zamindorlar ham, katta-katta mulklarga ega bo‘lgan cherkov yer egaligi ham yo‘q edi.
Òez orada qishloq xo‘jaligi texnikalari ixtiro qilindi. Bular xashakni press qiladigan mashina, g‘alla o‘radigan va yanchadigan mashina (kombayn), ekuvchi, qirquvchi, po‘st archuvchi, yerni yumshatuvchi, o‘g‘it sochuvchi, kartoshka ekuvchi, somon quri- tuvchi, uy parrandalari inkubatori kabilardan iborat bo‘ldi. Qish- loq xo‘jaligida ilm-fan yutuqlari ham keng qo‘llanila boshlandi.
Janubdagi ahvol
Janubda fuqarolar urushidan keyin katta
o‘zgarishlar yuz berdi. Qulchilik tugatildi. Aholi faollashdi. 1870-yilda AQSH konstitutsiyasiga tuzatish kiritildi. Unga ko‘ra, „irqi, terisining rangi yoki ilgarigi qullik holatini bahona qilib“ saylovlarda ishtirok qilishni har qanaqasiga cheklash bekor qilindi. Janubdagi shtatlarning yangi hukumatlari tarkibida qora tanli aholi ham qatnasha boshladi. Davlat maktablari tizimi vujudga keltirildi. Adolatli soliq tizimi joriy etildi. Irqiy kamsitish qonunlari bekor qilindi. Mahalliy hokimiyat organlari de- mokratlashtirildi. Keksalar, nogironlar va yetim-yesirlar uchun
xayriya jamiyatlari tashkil qilindi.
Kongress 1872-yilda Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy afv
berish to‘g‘risidagi qonun qabul qildi. Ayni paytda, isyon boshliqlaridan 500 ga yaqin kishining davlat vazifalarida ishlashi taqiqlandi. Bu hol plantatorlarning eski tartiblarni tiklash uchun
kurash olib borishiga bahona bo‘ldi. Janubda „Ku-kluks-klan“ singari irqiy-terrorchi tashkilot yana bosh ko‘tardi. Òaraqqiyparvar ziyoli xodimlardan o‘ch olish va „Linch sudlari“ yana oddiy hodisaga aylandi. Janub qora tanli aholi uchun „turma“ bo‘lib qoldi. Prezident saylovlari oldidan faqat ikki janubiy shtat (Janu- biy Karolina va Luiziana shtatlari) respublikachilar qo‘li ostida qoldi, xolos.
AQSHda kuchli prezidentlik respublikasi
qaror topdi. Ayni paytda, kuchli ikki partiyaviy tizim ham chuqur ildiz otdi.
1828-yilda tashkil topgan Demokratik partiya fuqarolar urushi vaqtida „yegan“ zarbalaridan o‘zini tez „o‘nglab olib“, yirik yer egalari, boy fermerlar, Janub burjuaziyasi va Shimol sanoatchilari, moliyachilar manfaatini himoya qiluvchi partiya bo‘lib qoldi. 1854- yilda tashkil topgan Respublikachilar partiyasi yirik sanoatchilar va moliyachilar partiyasiga aylandi.
Har ikkala partiya ham mayda fermerlarga va shaharlardagi may- da burjuaziyaga, ishchilarga o‘z ta’sirini o‘tkazish uchun kurash olib bordi. Lekin, ishlab chiqarish yanada o‘sib, ijtimoiy harakat rivojlanib borgan sari bu partiyalar o‘rtasidagi farq asta-sekin yo‘qolib bordi.
Amerika burjuaziyasi ikki partiyali tizimdan ustalik bilan foydalanib keldi. Agar hokimiyat tepasida respublikachilar turgan bo‘lsa, demokratlar hukumatni tanqid etar, o‘zlarini esa xalq manfaatlarini himoya qiluvchilar qilib ko‘rsatib, norozilarning katta qismini o‘z tomonlariga og‘dirib olardilar. Demokratlar g‘alaba qilgan taqdirda muxolifatchi partiya rolini respublikachilar o‘ynardilar. Bu omil amalda boshqa uchinchi partiya tuzilishiga jiddiy to‘siq bo‘lib keldi.
Korporatsiya (lotincha—birlashma) — monopolistik aksiyadorlar birlashmasi.
Latifundiya (lotincha) — katta yer-mulk.
Ku-kluks-klan — irqchilik terrorchi tashkilot.
Linch sudi — AQSHda qora tanli kishilar va demokratik harakat qatnashchilarini sudsiz va so‘roqsiz jazolash.
Milya — 1609,3 metrga teng uzunlik o‘lchovi.
Ikki partiyaviy tizim
Ikkinchi jahon urushi Lotin Amerikasida Yevropa davlatlari mavqeining kuchsizlanishiga olib keldi. Qit'a mamlakatlarining tashqi savdosi ko’p jihatdan Germaniyaga to’g’ri keldi va u bilan aloqalaming uzilishi eng muhim bozorlar va savdo sherigini yo’qotishni anglatar edi. AQSH yuzaga kelgan bo’shliqni to’Idirdi, u arfanaviy tarzda nemislar ta'siri ostida bo’lgan barcha mamlakatlarni egalladi. Ayni payt-da, fashizmga qarshi kurash muvaffaqiyatli rivojlana bor-gani sari Lotin Amerikasi tovarlariga ehtiyoj oshdi va 1945-yilda qifa iqtisodiyotini keskin o’sishga olib keldi. Birinchi navbatda bevosita qishloq xo’jaligi sohalari: to’qimachilik, teri oshlash, shakar ishlab chiqarish bilan bog’liq tarmoqlar rivojlandi. Biroq bir qator mamlakat-larda sement va elektr energiyasi ishlab chiqarish kabi yangi tarmoqlar paydo bo’ldi; Argentina, Braziliya, Meksika va Chilida metallurgiya sanoati yo’lga qo’yildi; Braziliyada industrlashtirish yiliga I million tonna po’lat ishlab chiqarish quvvatiga ega ulkan metallurgiya kom-binati, shuningdek aviatsiya motorlarini tayyorlovchi yirik zavod qurilishi bilan tugallandi.
AQSH urush yillarida Lotin Amerikasi iqtisodiyoti va siyosatiga katta ta'sir etishga muvaffaq bo’ldi. U qitadan o’z raqobatchiiarini siqib chiqarib, Lotin Amerikasi mamlakatlariga noteng iqtisodiy va siyosiy bitimlarni zo’rlab tiqishtirdi, o’z harbiy hukmronligini qaror toptir-di. Urush yillarida AQSH bu joyda 92 ta harbiy-havo va harbiy-dengiz bazalarini barpo etdi.
300 dan ortiq turli yo’nalishdagi amerika kom-paniyalari qita iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini ekspluatatsiya qildi. AQSH 80 foizdan ziyod mis, mar-ganets, oltingugurt, grafit, 70 foiz — boksit va temir rudasi, 65 foiz rux, qalay qazib olish va ishlab chiqarish-ni nazorat qildi.



XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: JAHON TARIXI 10-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Yüklə 472,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə