I. Булим. Бухгалтерия хисоби


xo‘jalik  operatsiyalarini amalga oshirish, tahlil qilish va ularni keyinchalik



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/201
tarix11.12.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#145443
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

xo‘jalik 
operatsiyalarini amalga oshirish, tahlil qilish va ularni keyinchalik 
bayon etishni, ya’ni qaysidir maqsadlarda foydalanish, masalan, 
moliyaviy hisobotlar tuzish va boshqa maqsadlar, buxgalteriya 
uchyotining predmetini tashkil qiladi
10
. Bu ta’rifda ham fanning 
predmeti va obyektlari chalkashtirib yuborilgan. Tahlil qilingan boshqa 
ba’zi bir xorijiy adabiyotlarda buxgalteriya hisobining predmeti 
yoritilmagan
11
.
Bozor munosabatlari sharoitida mulkchilik shakli va makoni mutlaq 
yangicha 
munosabat kasb etadi, shuning uchun ham ushbu 
tushunchalarga 
yangicha 
yondoshish 
lozimligi 
talab 
qilinadi. 
Buxgalteriya hisobining predmetini aniqlashda, eng avvalo, u kimga 
xizmat qilishini hisobga olgan holda yondoshish zarur, deb hisoblaymiz. 
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 
Qonunning 4 – moddasida “Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik 
operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan 
buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning 
tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va 
boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir, deb ko’rsatib o’tilgan. 
Buxgalteriya hisobining predmeti faqat ishlab chiqarish jarayonidagi 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag‘lari holati hamda 
ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish yoki 
xo‘jalik operatsiyalarini qayd qilish, tahlil qilish yoki axborotlarni 
keyinchalik bayon etish bo‘lmasdan, balki ko‘p mulkchilikka asoslangan 
shug‘ullanuvchi keng qatlamli aholining daromadlari va xarajatlaridir.
9
Frank Wood. Business accounting. I Volume ASKERI, 1992 2 b. 
10
Muallif izohi. 
11
. Нидлз Б., Андерсон Х., Колдуэлл Д. Принципы бухгалтерского учета. Москва. Финансы и статистика. 2002, 
Хендириксен Э.С., Ван Бреда М.Ф. Теория бухгалтерского учета. М.: Финансы и статистика, 2002, Хорнгрен 
Ч.Т. Дж.Фостер Бухгалтерский учет: управленческий аспекст, М.: Финансы и статистика, 2002, Энтони Р. 
Дж.Рис Учет: ситуация и примеры. М.: Финансы и статистика, 1993, Carl S. Warren, James M. Reeve, Jonathan 
E. Duchac. Accounting. South-Western Publishing Co.; 24th edition (2012), Harry I. Wolk, James L. Dodd, John J. 
Rozyck. Accounting Theory. 8th Edition. Sage Publications; 8 edition (Aug. 20 2012) 



22 
Korxonalarning xo‘jalik faoliyati va aholining daromadlari va 
xarajatlari statistika, moliya, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, makro va 
mikro iqtisodiyot, marketing, menejment, audit, iqtisodiy tahlil kabi 
fanlarning ham predmeti bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir 
iqtisodiy fanga tegishli bo‘lgan faoliyatni aniqlab olish, u yoki bu fanni 
o‘rganishni osonlashtiradi. 
Korxonalar faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, 
takror ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish, taqsimot, sotish va iste’mol 
sikllarida kechadi. Shuningdek, har qanday korxonaning xo‘jalik 
faoliyatini asosiy mazmunini ta’minot, ishlab chiqarish, xizmat 
ko‘rsatish, ishlarni bajarish va sotish jarayonlari tashkil etadi. Bu 
jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Korxonada ishlab chiqarish 
jarayoni ta’minot jarayoniga, sotish jarayoni esa, ishlab chiqarish 
jarayoniga bog‘liq. Agar bu bog‘liqlikni butun bir jamiyat doirasida 
ko‘radigan bo‘lsak, bir korxonaning sotish jarayoniga boshqa 
korxonalarning ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari bog‘liq 
bo‘ladi. Bu holda, buxgalteriya hisobi boshqaruvning funksiyasi sifatida 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish vositasi 
shug‘ullanish aholi daromadlari, ularning manbalari va xarajatlari 
tarkibini ko‘payishiga olib keladi. Bu oila buxgalteriyasini tashkil qilishni 
taqozo etadi. Shuning uchun boshqa iqtisodiy fanlar qatori buxgalteriya 
hisobi nafaqat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining qaysidir bir 
jihatini qamrab oladi, balki, aholi (oila) daromadlari va xarajatlarini ham 
hisobga olishni taqozo etadi.

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə