Hujjatlar ustida ishlash tartiboti. Reja: Hujjatlarni ro'yxatga olish



Yüklə 28,05 Kb.
səhifə1/7
tarix25.12.2023
ölçüsü28,05 Kb.
#161575
  1   2   3   4   5   6   7
Hujjatlar ustida ishlash tartiboti. Reja Hujjatlarni ro\'yxatga -fayllar.org


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti. Reja: Hujjatlarni ro'yxatga olish Hujjatlar ijrosini nazorat qilish

Hujjatlar ustida ishlash tartiboti.
Reja:
1. Hujjatlarni ro'yxatga olish
2. Hujjatlar ijrosini nazorat qilish
3. Hujjatlarni tizimlashtirish
Tashkilotga kelgan hujjat harakatda boiadi - ko'chma ma’noda aytganda «yuradi». Bu harakat hujjat kelgan yoki tuzilgan paytdan boshlab, to ijrosi bajarilib, yig'majildga yuborilishi yoki topshirilishigacha boigan jarayonni qamrab oladi. Hujjatlar oqimini uch turga ajratish mumkin: 1. Olinma h u jja tla r - boshqa tashkilotlardan keladigan hujjatlar. 2. Jo‘natm a hujjatlar - boshqa tashkilotlarga yuboriladigan hujjatlar. 3. Ichki hujjatlar - tashkilotning ichida tuzilib, boshqaruv jarayonida xodimlar tomonidan foydalaniladigan hujjatlar. Olinma hujjatlar quyidagi jarayonlardan o'tadi: - qabul qilish; - dastlabki ko'rib chiqish; - qayd etish; - rahbar tomonidan ko'rib chiqish; - ijro uchun topshirish. Hujjatlarni qabul qilish va dastlabki ishlash markazlashtirilgan holda ishlar boshqarmasi, umumiy boiim, devonxona yoki kotib (Bundan keyingi o'rinlarda bular qaytarilmay, «devonxona» deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. Hujjatlar solingan xatjild (konvert) yoki paket olinar ekan, ular huquqiy jihatlar qanchalik to'g'ri rasmiylashtirilganligi, ularga ilovalar bor-yo'qligi (bus-butunligi) tekshirib ko'riladi, so'ng ochiladi.
Hujjatlar yetishmasligi yoki yaroqsizlanganligi aniqlanganda, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Ulardan biri devonxonada qoladi, ikkinchisi hujjat kelgan tashkilotga jo'natiladi. Jo'natilayotganda qaytarilish sababi ko'rsatilib, ilova xat yoziladi. Adashib jo'natilgan hujjatlar hujjatga birga kelgan konvertni ilova qilgan holda, belgilangan joyiga yangi konvertlarda jo'natiladi yoki yuboruvchiga qaytariladi. Kelib tushgan hujjatlar konvertlari jo'natuvchining manzilini, hujjatning jo'natilgan va olingan vaqtini faqat konvert bo'yicha aniqlash mumkin bo'lgan hollarda yo'q qilinmaydi. «Shaxsiy» ustxati boigan yoki jamoat tashkilotlari nomiga yoilangan hujjatlar ochilmay, belgilangan oluvchiga beriladi. Hujjatlar devonxonada dastlabki ko'ruvdan o'tkazilayotganda, bevosita tashkilot rahbari ko'radigan hujjatlar alohida ajratiladi. Bunday hujjatlarga tashkilot faoliyatining asosiy masalalari bo'yicha axborotlar mavjud boigan va rahbariyat qarorini talab etuvchi hujjatlar, xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va yuqori tashkilotlardan olingan hujjatlar kiradi. Qolgan hujjatlar rahbar o'rinbosarlariga ular o'rtasida vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq yoilanadi. Kundalik tezkor maiumotlarni o'z ichiga olgan, tayin boiinmaga yoki mansabdor shaxsga yo'naltirilgan hujjatlar rahbariyatga ko'rsatilmasdan o'tkazilishi ham mumkin. Bu rahbarni boshqa m as’ul ijrochilar ham hal qilishi mumkin boigan mayda-chuyda ishlardan ozod qilish imkoniyatini beradi. Hujjatlarni dastlabki ko'rib chiqish va ijro etuvchilarga berish ularning kelib tushgan kunida yoki, ish payti bo'lmagan vaqtda kelib tushganda, birinchi ish kunida amalga oshirilishi kerak. Bir necha tarkibiy boiinmalar tomonidan ijro etiladigan hujjatlar ularga navbat bilan yoki bir vaqtning o'zida nusxalarda beriladi. Hujjatning asli munosabat belgisi (rezolyutsiya)da birinchi ko'rsatilgan ijrochiga beriladi. Hujjatlarni ko'paytirish zarurati va nusxalar soni ijroni tashkil etuvchi shaxs tomonidan belgilanadi. Kelgan hujjatni shoshilinch ravishda ijro etish zarurati tug'ilganda, tashkilot rahbari ko'rib chiqqungacha, uning mazmuni bilan ijrochini tanishtirib chiqishga yo'l qo'yiladi. O'zbekiston Respub likasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasidan olingan hujjatlar olingandan so'ng bir soat mobaynida ijro etuvchilarga yetkaziladi. Jo'natma hujjatlarni ishlash va jo'natish, amaldagi pochta qoidalariga muvofiq, markazlashtirilgan holda devonxona tomonidan bajariladi. Konvertga joylashtirishdan aw al hujjatlarning to'g'ri rasmiylashtirilganligi, ilovaning borligi va bus-butunligi, nusxalar sonining oluvchilar soniga muvofiqligi tekshiriladi. To'liq rasmiylashtirilmagan yoki noto'g'ri rasmiylashtirilgan hujjatlar puxta ishlash uchun ijrochiga qaytarilishi kerak. Buyurtma xat-xabarni jo'natish ro'yxati tuziladi, unga devonxona xodimi o'zining familiyasi va jo'natish sanasini qo'yadi. Mashinada o'qiladigan hujjatlarni jo'natish ilova xati bor bo'lganda amalga oshiriladi. Ilova xat nusxasi umumiy asoslarda yig'majildga tikiladi. Jo'natish uchun tayyorlangan hujjatlar o'sha kunning o'zida yoki kelgusi ish kunidan kechiktirmasdan ishlanishi va jo'natilishi kerak. Ichki hujjatlar tarkibiy bo'linmalardagi tegishli mas’ul shaxslarga qaydnoma daftariga imzo chekilgan holda yoki ro'yxatga olingan shaklda beriladi. Tashkilot hujjatlari (ayrim tarkibiy bo'linmalar va hujjatlar turkumi bo'yicha) ham to'liq, ham tanlab hisobga olib boriladi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari mustaqil ravishda hisobga olinadi. Hujjatlar sonini hisoblab chiqishda har qaysi nusxa, shu jumladan, ko'paytirilgan va mashinkada yozilganlari ham bir birlik sifatida hisoblanadi. Hujjatlar aylanishining hisob-kitob natijasi tashkilot rahbariga vaqti-vaqtida yetkazib turiladi. Bu hujjatlar ustidagi ishlarni takomillashtirishda choralar ishlab chiqishga yordam beradi.

Yüklə 28,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə