Hujayraning kimyoviy tarkibi



Yüklə 63,58 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü63,58 Kb.
#165326
1   2   3
hujayraning kimyoviy tarkibi

Oqsillar transport tashishi vazifasini bajaradi. Masalan: kon oqsili – gemoglobin.

  • Himoya vazifasini bajaradi, ya’ni organizmga kirib qolgang yot organizmlar, keraksiz moddalar – antitelalarni urab oladi va zararsizlantiradi.

  • Oqsillar hujayrada energiya manbai xisoblanadi. Ular aminokislotalargacha parchalana oladi. Aminokislotalarning bir kismi oxirigacha parchalanib energiya ajraladi. 1gr oqsil parchalanganda 4.2 kkal energiya hosil bo’ladi.

  • Oqsillar hujayrani struktura materiali xisoblanadi, ya’ni hujayraning qobig’i– membranalar tizimida aktiv qatnashadi.

    Hujayrada uglevodlar muxim sanaladi. Ular C. H. O ning uzaro birikishidan hosil bo’lgan moddalar xisoblanadi. Qurilish materiali bilan birga fermentlar tasirida parchalanib ko’p mikdorda energiya ajratadi, bu organizm tomonidan foydalaniladi.
    Eng oddiy uglevod monosaxarid xisoblanadi. C6H12O6 ko’rinishida mavjud hujayralarda monosaxarid molekulalarini uzaro birikishida ancha murakkab xisoblangan disaxaridlar, polisaxaridlar vujudga keladi. Masalan, glikogen xayvon kraxmali xisoblanib hujayra tarkibida ko’p uchraydi.
    Mukopolisaxaridalar – ular neytral va nordon bo’lishi mumkin. Yukori tur xayvonlarda asosan nordon vaqillari uchraydi. Masalan, gialuron kislotasi, xondroitinsul’fat, geparin.
    Fermentlar – hujayraning biokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etib, ayrim moddalar bilan vaqtincha birikma xolatda elektronlar zanjirini hosil qiladi. Oksidalanish va tiklanish jarayonlarida qatnashadi, spesefik xususiyatlariga ega bo’ladi.
    Lipidlar – hujayralar sitoplazmasida ko’prok uchrab energiya manbai xisoblanadi, bujarayonda barcha organik moddalardan ustunlik qiladi. 1gr lipid parchalanganda 9.4 kkal energiya hosil bo’ladi.
    Organik moddalar deyarli barcha tirik organizmlar asosini tashkil qiladi. Ular, oqsil, uglevodlar, fermentlar, lipidlar, moylar, lipoidlar, nuklein kislotalar va x k bir qancha ko’rinishlarda uchraydi, asosiy ko’rilish materiallarini hosil qiladi.
    Oqsil biosintezi mavzusida hosil bo’lish jarayonlarini batafsil gaplashamiz. Umuman turlicha qonfigurasiya zanjirida juda murakkab lekula iplarining uzunasiga yunalganligi yoki uralma xolda bo’lishiga ko’ra tolasimon va glabo’lyar oqsillarga ajratiladi.
    Tolasimon oqsillar bir-biri bilan kushilib malum darajada uyiriklashishi xususiyatiga ega. Ular ko’prok sklet oqsillarida (skleroproteinlar ko’rinishida) uchraydi.
    Globo’lyar oqsillar – moddalar almashinuvida aktiv hisoblanadi. Chunki ularning yon guruxlari tula olish xususiyatiga ega.
    Oqsillar asosan 2 xil guruxga: oddiy va murakkab oqsillarga bo’linadi. Oddiy oqsillar asosan faqat aminokislotalardangina tashkil topgan bo’lsa (qolllagen, elastik, retikulin) murakkab oqsillar bo’lmagan boshqa moddalar bilan birikkan bo’ladi. Masalan: uglevod, temir, yo’, moy va boshqalar. Oqsillarning hujayradagi roli quyidagicha:
    1.Signal funksiyasini bajaradi. Masalan tashki va ichki muxit taosiri, temperatura, nur, ximiyaviy taosirlarga javob qaytara oladi.
    2.Ular katolitik xususiyatga ega. Umuman hujayradagi katalizatorlarning deyarli hammasi oqsillar hisoblanadi.
    3.Oqsillar hujayrada harakat vazifasini bajaradi. Masalan, yuksak hayvon muskullari maxsus oqsillar ishtirokida qisqaradi. eng sodda organizmlar kipriklari esa xilpillaydi:

    1. Oqsillar transport tashishi vazifasini bajaradi. Masalan: qon oqsili – gemoglobin.

    2. Himoya vazifasini bajaradi, ya’ni organizmga kirib qolgang yot organizmlar, keraksiz moddalar – antitelalarni urab oladi va zararsizlantiradi.

    3. Oqsillar hujayrada energiya manbai hisoblanadi. Ular aminokislotalargacha parchalana oladi. Aminokislotalarning bir q`ismi oxirigacha parchalanib energiya ajraladi. 1gr oqsil parchalanganda 4.2 kkal energiya hosil bo’ladi.

    4. Oqsillar hujayrani struktura materiali hisoblanadi, ya’ni hujayraning qobig’i – membranalar tizimida aktiv qatnashadi.

    Hujayrada uglevodlar muhim sanaladi. Ular S.N.O ning uzaro birikishidan hosil bo’lgan moddalar hisoblanadi. Ko’rilish materiali bilan birga fermentlar tasirida parchalanib ko’p miqdorda energiya ajratadi, bu organizm tomonidan foydalaniladi.
    Eng oddiy uglevod monosaxarid hisoblanadi. S6 N12 O6 ko’rinishida mavjd hujayralarda monosaxarid molekulalarini uzaro birikishida ancha murakkab xisoblangan disaxaridlar, polisaxaridlar vujudga keladi. Masalan, glikogen hayvon kraxmali xisoblanib hujayra tarkibida ko’p uchraydi.
    Mukopolisaxaridalar – ular neytral va nordon bo’lishi mumkin. Yuqori tur hayvonlarda asosan nordon vaqillari uchraydi. Masalan, gialuron kislotasi, xondroitinsul’fat, geparin.
    Fermentlar – hujayraning bioximiyaviy reaksiyalarda ishtirok etib, ayrim moddalar bilan vaqtincha birikma holatda elektronlar zanjirini hosil qiladi. Oksidalanish va tiklanish jarayonlarida qatnashadi, spesefik xususiyatlariga ega bo’ladi.
    Lipidlar – hujayralar sitoplazmasida ko’prok uchrab energiya manbai hisoblanadi, bujarayonda barcha organik moddalardan ustunlik qiladi. 1gr lipid parchalanganda 9.4 kkal energiya hosil bo’ladi.
    Moylar yuqori moy kislotalarining 3 atomli gliserin bilan hosil qilgan murakkab birikmalari hisoblanadi. Ularning lipidlardan farqi erkin gidrofil gruppaga ega bo’lmaydi. Ular sitoplazmada erkin tomchi xolida uchraydi. Asosiy energiya manbai hisoblanadi.
    Bo’lardan tashqari alohida organik moddalarning vaqillari mavjud bo’lib, muhim xususiyatga ega bo’lgan vazifalarni bajaradi. Ular nuklein kislotalar bo’lib, asosan oqsil sintezida muhim hisoblanadi.
    Nukleien kislotalar birinchi marta yadrodan ajratib olingan (lot.nuclus – yadro demakdir). Ular DNK va RNK larga bo’linadi. DNK yadroda, RNK yadrocha va sitoplazmada uchraydi. DNK molekulasi biri ikkinchisi atrofida uralagn spiralsimon 2ta ipchadan iborat. Bunday iplar juda uzun bir necha mikron oqsilning eng katta molekulasidan 100 marta kattadir. DNKning ximiyaviy tuzilishi malum bo’lgan ximiyaviy birikmalarning birontasiga ham uxshamagan o’ziga xos kislota Uotson va Krikning (1953y) ta’kidlshicha, DNK molekulasi uzaro boglangan juda ko’p nukleinlardan tashkil topgan 2ta
    polinukleotid zanjiridan iborat. Nukleotid 3ta molekula:

    1. azotli asos (purin yoki pirimidin).

    2. oddiy uglevod – pentozalar.

    3. fosfat kislota qoldigining ximiyaviy yo’l bilan birikishidan hosil bo’ladi. Nukleotidlar faqat azotli asoslari bilan farqlanadi.

    Purin asoslariga – adenin va guanin, pirimidin asoslariga timin (urasil) va sitozin kiradi. Uz tarkibida adenin saqlaydigan nukleotid adenin (A), guanin (G), timin (T) va sitozin (S) nukleotidlari deyiladi va ularni nomi bosh xarflari bilan ko’rsatiladi.
    Sitoplazmaning asosiy tarkibi.
    Barcha hujayralar butun hayoti davomida o’z strukturasi va modda almashinuvi prosesslarini saqlashga harakat qiladi. Buning uchun hujayra mebranasi, ya’ni ularning qobig’i katta ahamiyatga ega. Sitoplazma esa barcha organoidlar joylashgan muxit hisoblanadi. O’ziga xos muxitda amalga oshadi. Uning xususiyatlari va vazifalariga keyingi darslarimizda yoritib beriladi.
    Hujayra qobig’i ichki muxitni ximoya qiladi, hujayralararo va atrof muxit bilan modda almashinuvi jarayonlarini boshqaradi. Bundan tashqari gormonlar, ximiyaviy moddalar va boshqalarni tashqaridan organizmga uzlashtirishi va javob reaksiyalarni amalga oshirdi.
    Membrana hujayrani tashqaridan urab olgan xolda uning shakl formasini saqlash xususiyatlariga ham ega. Oddiy mikroskopda ham hujayra qobig’ining umumiy ko’rinishini aniqlash mumkin. Ayniqsa, o’simlik hujayralarining pusti qobig’ini yakqol ko’rish imqoniyati mavjud. Lekin elektron mikroskop kashf etilishi hujayrani tadqiq qilish, o’rganish jarayonida o’ziga xos imqoniyatlar keltirib chiqardi. elektron mikroskopda uning xakikiy strukturasining qalinligini va boshqa xususiyatlvarin o’rganish, aniqlash imqoniyatlariga ega bo’ladi.
    Hujayradagi barcha sitoplazmatik organoid ham membranadan paydo bo’lganligi aniqlandi. Hujayra mebranasi tanlab o’tkazish xususiyatiga ega. Undan sekinlik bilan diffuziya yo’li bilan glikozin aminokislotalari, yog kislotalari, gliser ionlari utadi. Bazilari tezlik bilan, sekinlik bilan bazilarni utkazmaydigan darajada tanlab o’tkazish xususiyatga ega. Organik erituvchilar xisoblangan spirt, efir, xloroform va boshqalarni suvga nisbatan tez utkazadi. Bundan kelib chiqadiki, membranada qandayidir nepolyar q`ismi mavjud bo’lib, bu narsa lipidlar xissasiga tugri keladi. Hujayra qobig’i o’ziga xos oqsil va lipid moddalarini navbatlashib joylashgan strukturaga ega bo’lgan membranadir. Lipidlar membranada fosfolipid, gliqolipid, stirol tarzida uchraydi. Lipidlar molekulalari shunday joylashish xususiyatlariga egaki, ularning kutb (polyar) guruxlari faqat gina tashqariga yunalgan holatda bo’ladi. Bu esa ularning boshqa moddalar molekulalari tasiriga javob bera olish imqonini beradi.
    Fosfolipidlar tarkibida fosfat gruppa ushlagan moddalar bo’lib molekulasi polyar boshchasi va nepolyar 2ta dum q`ismidan iborat. Ular faqat yog kislotalaridan tashkil topgan bo’lib, gidrofoblar guruxini tashkil qiladi. Bosh q`ismi fosfat gruppasi tashkil etib, gidrofil xususiyatiga ega. Ularga ko’prok fosfolipidlar tugri keladi. Glipolitdlar – lipidlarni uglevodlar fosfolipidlarga uxshab, polyar bosh q`ismi va nepolyar kutblanmagan 2ta um q`ismidan iborat.
    Sterollar– spirtlardan iborat bo’lib, ulardan keng tarkalganlari xolistirol. Ular asosan izopren sinfiga kiruvchi moddalar hisoblanadi. Ularni fosfolipid va gliqolipidlardan farqi bir kator monomolekulyar qavat hosil qiladi. Lipidlar 2 - kator bo’lib lipid qavatini hosil qiladiki, bu tirik hujayraning juda ko’p xarakterli xususiyatlariga sabab bo’ladi.
    Bu xususiyatlardan kelib chiqib o’simlik va hayvon organizmlarining hujayralar membranasi 3 - qavat ko’rinishga ega.
    Umuman biologik tiriklik membranalarga xos quyidagi umumiy qonuniyatlarni ko’rsatish mumkin:

    1. Har qandayi membranani qalinligi 7.5 nm.

    2. Elektron mikroskopda karalganda 3 qavatdan iborat.

    3. 3 qavatdan 2ta oqsil urtada lipid qavatdan iborat.

    1972 yili Singer va Nikol’son membrananing suyuq – mozaik modelini yaratishdi. Bunda oqsil molekulalari lipid moleklalari okeanida suzib yurganidek holatini kuzatish mumkin.
    Oqsil qavat – membranada bo’lishi, uning mutaxkam bo’lishi, shu bilan birga undan moddalarning uta olishida katta ahamiyatga ega. Membranalarda oqsillar gidrofob q`ismida ko’proq uchraydi. Hujayra membranasida 1000 dan ortik oqsillar, oqsil tabiatli moddalar bor. Ular turli xil vazifalarni bajarishda qatnashadi. Masalan: baozilari o’tkazuvchanlik, transport vazifasini bajarsa, boshqasi nasos mexanizmda qatnashadi. Bazilari hujayralarni bir – biri bilan hosil qiladigan boglanish kanallarida ishtirok etadi va poralar teshiklar hosil qiladi.
    Membranada fermentativ oqsillar, spesefik reseptorlar, elektron tashuvchilar, energiya hosil qiluvchilar, fotosintezda ishtirok etuvchilar va boshqalar mavjud. Bundan tashqari alohida o’ziga xos ravishda glikoproteinlar majud. Ular tarkibida asosan glikozalar bo’lib. Monosaxarid zanjirini hosil qiladi va peptid tarzida kuzatiladi. Ularni vazifasi tashqaridan signallarni hujayraga etkazib beradi.
    Lipidlar bilan birga ferment va oqsillarni o’tkazuvchanlik xususiyatini oshiradi. Umuman hujayradagi almashinuv reaksiyalarini amalga oshirish imqonini beradigan moddalar juda osonlik bilan membranadan hujayra ichiga uta oladi. Lekin shu bilan birga hujayra uchun yot xisoblangan elementlar, zarali moddalar mebranadan uta olmaydi.
    Umuman hujayra membranasini quyidagi umumiy xarakteristikasini ko’rish mumkin.

    1. Turli xil membranalarni qalinligi turlichadir, ular 5-10 nm atrofida. Hujayrani tashki membranasi 7.5 nm ga teng.

    2. Membranalar lipoprotein strukturalar ya’ni lipid

    3.oqsil tuzilishiga ega. Unda uglevodlar xissasi 2-10% tashkil qiladi.
    4.Lipidlar o’ziga xos bislay qavat hosil qiladi. Buning sababi kutbli bosh q`ismi, kutbsiz 2ta dum q`ismi borligi.
    5.Membranalarda oqsillar turli xil o’ziga xos funksiyalarni bajaradi.
    6.Glikozil gruppa membranada tanlab o’tkazish mexanizmini asosini tashkil etadi.
    7.Membranani 2 tasini ham tuzilish ham tarkibi jihatdan bir – biridan farq qiladi.
    8.Membranada lipidlar va oqsillar tezda differensiyalanadi.
    Hujayra membranani osmotik xususiyati.
    Hujayra malum osmotik bosimni tutib turli hujayra membranasi funksiyalaridan biri hisoblanadi. O’simliklarda osmotik bosimning kattaligi asosan kichiq molekulalar va ionlar qonsentrasiyasiga bo’liq. Osmotik bosim alohida mexanizm yordamida tutib turiladi.
    Barcha hujayralar o’zining xususiy yoki individual tuzilishini muvozanatini va osmotik xususiyatini saqlashga intiladi. Binobarin hujayra membranasi ichkariga utgan barcha moddalarni jamlanishi ro’y beradi. Umuman hujayra membranasidan molekulyar ogirligi uncha katta bo’lmagan moddalar va suv bemalol uta oladi, lekin makromolekulalarning juda katta kiyinchilik bilan hujayralarga utishi aniqlangan. Chunki sitoplazmasi va yadrosi ko’plab ishlab chiqargan moddalar yigindisi cheksiz darajada ko’paya olmaydi. Bu moddalarning bir qismi tashqariga chiqarib yuboriladi, lekin uni urniga tashqaridan ko’p miqdorda ayrim moddalar hujayraga kirib joylashib oladi. Buning natijasida hujayra tanasiga suv, kislorod, karbonat angridrid kabi past molekulali moddalar bemalol uta oladi.
    Xulosa
    Malumki o’simlik va hayvon hujayrasining ko’p q`ismini suv tashkil etadi. U hayvon hujayralarida o`rtacha 80%, o’simlik hujayralarida esa 95% ni tashkil qiladi vi barcha tirik hujayra sitoplazma va yadrosidagi suv miqdori o`rtacha 80% ni tashkil qiladi.
    Hujayradagi moddalar o’zining yarim o’tkazish kuniga ega bo’lgan membranasi yordamida ajralib turadi. Bu esa hujayra va uning membranasi qandayi darajada o`tkaza olishini ko’rsatadi.
    Umuman hujayra membranalarini suv o`tkaza olishi hujayraning funksional holatiga bo’liq. Hujayra ichiga qisqa vaqt ichida ko’p miqdorda suv kirishi va undan chiqib ketishi mumkin.
    Fagositoz – hujayraning yirik va qattik zarrachalarini qamrab olishidir. Fagositoz hujayra membranasining eng muhim yana bir funksiyasidir. Bu vazifani amalga oshirishda ham asosan leykositlar muhim ish bajaradi. U birinchi marta buyuk rus fiziologi M.I.Mechnikov tomonidan ilmiy ravishda asoslanib berilgan edi.
    Pinositoz – bu ham hujayraning muhim funksiyasidan bo’lib plasmatik membrana orqali suyuk moddalarning ichkariga o`tishiga aytiladi. Asosan 2 xil: endositoz va ekzositoz orqali amalga oshadi.

    Foydalanilgan adabiyоtlar:




    1. Yüklə 63,58 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə