Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlar evolyutsiyasi


IQTISODIY TARAQQIYOTNING TO‘RT G‘ILDIRAGI



Yüklə 397,03 Kb.
səhifə7/8
tarix21.10.2023
ölçüsü397,03 Kb.
#129401
1   2   3   4   5   6   7   8
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA’LIMOTLAR EVOLYUTSIYASI

IQTISODIY TARAQQIYOTNING TO‘RT G‘ILDIRAGI


Nima uchun ayrim mamlakatlar kambag‘alligicha qolmoqda, boshqalari esa boyib bormoqda? Bu savolga javobni biz asosan davlat tomonidan qabul qilingan dasturlar, millionlab odamlarning turmush darajasi orqali qidiramiz. Bu savol logik xarakterga ega. Ba’zi kuzatishlar bilan boshlaylik. Agar uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning traektoriyalarini qarasangiz, ular ikki omilda bir-biridan farq qilganligini ko‘rasiz. Birinchisi, o‘sish sur’ati. Ikkinchisi, islohotlarning o‘zgaruvchanligi, hajmi va miqdori. Iqtisodiy o‘sish ikkala omilga chambarchas bog‘liq. Bu yerda iqtisodiy o‘sish uchun mas’ul bo‘lgan ikki asosiy kuchni ajratish kerak. Birinchisi, deyarli har doim ishlaydigan tizimli kuchlardir. Ikkinchisi esa vaqti-vaqti bilan ro‘y bergan shok yoki inqiroz, ular orasidagi vaqt oralig‘i turlicha bo‘lishi mumkin, turli davrlar va muddatlarda sodir bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ular iqtisodiy o‘sish sur’atlarini kamaytiradigan holda ham bo‘lishi mumkin.


Tizimli kuchlaridan boshlaylik. Potensial, universal va uzoq muddatli o‘sish impulsi bu innovatsiyalardir. Tizimli innovatsiyalarsiz uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bo‘lmaydi. Tizimli innovatsiyalarning boshlanishi Buyuk Britaniyada 300 yil oldin – iqtisodiy o‘sishning boshlanishida qayd etildi. Lekin nima sababdan ayrim mamlakatlar alohida innovatsiyalar bilan ajralib turadi, boshqalari esa iqtisodda innovatsiyalarga murojaat qilmaydi? Bu bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borildi va bizga umumiy xulosalar chiqarishga yordam berdi.
Iqtisodiyotni Rossiya, Polsha, Xitoy iqtisodiyoti deb ajratish mumkin emas. Chunki u inson tabiati bilan bog‘liq. Va u ko‘pgina asosiy jarayon, hodisa va tushunchalarda mavjud. Iqtisodiyotni, uni taraqqiyotini ta’minlovchi to‘rtta asosiy omilni ko‘rib chiqamiz.
Birinchisi. Iqtisodiyotning yuksak va innovatsion bo‘lishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarning mavjudligi. Ular, shuningdek, iqtisodiy o‘sish uzoq va barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi lozim. Agar iqtisodiyot ma’muriy-buyruqbozli bo‘lsa, unda ko‘p foydali natijalarni kutmang. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimga ega davlatda juda ko‘p davlat korxonalari bo‘ladi va ular faoliyati samarasizdir. Ularga juda katta miqdorda mablag‘ ajratiladi va lekin natija nolga teng. Shu sababli, eng avvalo, bu iqtisodiyotda yaratilgan shart-sharoitdir.
Ikkinchisi. Xususiy mulkni yuqori darajada muhofaza qilinishi kerak, chunki investorlar yomon himoyalangan mulklarga sarmoya kiritmaydilar. Ushbu himoya teng sharoitga ega bo‘lgan raqobatli bozorda bo‘lishi kerak. Agar tenglik bo‘lmasa, va yuqori himoyalangan mulk egalari mavjud bo‘lmasa, monopoliya yuzaga keladi va samarali faoliyat yuritadigan xususiy mulk tizimi bo‘lmaydi.
Shu sababli – xususiy mulk kerak. Ammo bu yetarli emas, shu bilan birga raqobat ham kerak. Agar bozor munosabatlari sharoitida ziyon ko‘rganlar subsidiyalansa, unda samarali iqtisod bo‘lmaydi. Shu sababli, uchinchi omil – raqobat juda muhimdir.
To‘rtinchisi: davlatning moliyaviy holati. Agar davlatda katta xarajatlar bo‘lsa, va YaIM yuqori soliqlarni talab qilsa, unda investitsiyalar bundan aziyat chekadi. Shu sababli, iqtisodiyotning innovatsion bo‘lishi uchun kamida yuqoridagi shartlar bajarilishi kerak. Bu uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning asosiy omili. Agar ushbu shartlarning faqat bittasi kuzatilsa, u iqtisodiyotning innovatsiyalanish holatini cheklaydi. Iqtisodiy taraqqiyot uchun barcha asosiy shartlar bo‘lishi kerak. Bu xuddi iqtisodiyotning to‘rt g‘ildiragi kabi. Birini yo‘q bo‘lishi mashinani (iqtisodiyotni) izdan chiqaradi.
Iqtisodiy barqarorlik siyosiy tizimning shakli bilan chambarchas bog‘liq. Bu eng asosiy tamoyil. Agar bu shart mavjud bo‘lmasa, ya’ni agar siyosiy kuch cheklanilgan bo‘lsa va nazorat ostida bo‘lsa, siz eng yomon holatlarni ko‘rishingiz mumkin. Masalan, fiskal tizimning cheklovlari nima? Bu juda muhim siyosiy institutsional masaladir. Bu yerda birinchi darajada nima talab qilinadi? Albatta institutsional himoya chora-tadbirlar. Va, ehtimol, eng asosiysi mustaqil markaziy bank tizimidir.
Milliy banklar, xuddi AQSHda bo‘lgani kabi, katta xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Ammo siyosiylashgan markaziy bank undan ham
yomon. Milliy bank, markaziy bank bunday holatda zaif va kuchsizdir. Bank mustaqil va o‘z ishida professional bo‘lishi kerak.
Shuning uchun iqtisodiyot uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishi uchun siyosiy bo‘lishi mumkin bo‘lmaydigan muayyan shartlarga rioya qilishi lozim.



Yüklə 397,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə