Guruh Menejment yo‘nalishi talabasi Navruzova Zuhra Mikroiqtisodiyot fanidan slayd



Yüklə 291,48 Kb.
səhifə1/3
tarix18.05.2023
ölçüsü291,48 Kb.
#111136
  1   2   3
Mikroiqtisodiyot 1-topshiriq 1

691-21 guruh Menejment yo‘nalishi talabasi Navruzova Zuhra Mikroiqtisodiyot fanidan slayd


Mavzu : Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish omillarining chekli mahsuldorligining kamayish qonuni.
Reja:
1. Ishlab chiqarishni joylashtirishning asosiy omillari.
2. Tabiiy omillar.
3. Ijtimoiy – iqtisodiy omillar.
4. Infratuzilma
Ishlab chiqarishni joylashtirish o’ziga xos xususiyatiga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor albatta foydali, qo’shimcha daromadni ko’zlaydi, davlat esa ish o’rinlarini ko’paytirish, mehnat resurslarini band qilish, ijtimoiy va ekologik muammolarni ham qilish, hududlar rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirishga intiladi. Demak, bunday vaziyatda har ikki yo’nalishni muvofiqlashtirgan holda masalani yechish talab etiladi. Ishlab chiqarishni joylashtirish uchun eng avvalo joy, ya‘ni yer, maydon kerak. Biroq, buning uchun har qanday joy ham to’g’ri kelavermaydi. Qolaversa, hudud ham har qanday korxona yoki ekinlarni «istamaydi»va aksincha, xo’jalikning barcha tarmoqlari ham to’g’ri kelgan joyga o’rnashtirilmaydi. Agar ishlab chiqarish yer, maydonning imkoniyati va sharoitidan qat‘iy – nazar joylashtirilsa, u holda geografik nomuvofiqlik vujudga keladi, tabiatning xususiyati inkor etiladi, «soch teskarisiga taraladi». Ayni vaqtda xo’jalik tarmoqlarini to’g’ridan – to’g’ri, xohlagan joyda tashkil etilsa, u ko’zda tutilgan iqtisodiy manfaatlarga olib kelmasligi, ekologik muammolarga, ortiqcha harajatlariga sabab bo’lishi aniq. Ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda ham hudud, ham tarmoq xususiyatlari inobatga olishini zarur.
Ijtimoiy hayotda har kishi o’z ishini, vazifasini bajarganidek, tabiatda ham har bir joy o’ziga muvofiq xo’jalik korxonasini joylashtirishi kerak. Bu o’rinda, joy yoki hududning sig’imi to’g’risida fikr bildirish lozim. Gap shundaki, har bir joy xo’jalik va aholini muayyan miqdorda sig’dira oladi, undan ortig’i esa tabiiy muvozanatni, ekologik vaziyatni buzadi. Ammo bu sig’im darajasi, ko’lami birday bo’lmaydi va balki doim o’zgarib turadi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga turli omillar ta‘sir qiladi. Modomiki, ta‘sir etuvchi omillar ko’p ekan, so’z ularning ta‘sir darajasi to’g’risida borishi kerak. Shu nuqtai – nazardan muayyan tarmoqlar yoki korxona uchun bir yoki ikki omil hal qiluvchi ahamiyatga ega, qolganlari esa ikkinchi, uchinchi va hokazo darajali hisoblanadi, asosiy maqsad esa ana shu asosiy omilni aniqlashdan iborat bo’lmog’i lozim.
Umuman aytganda, har bir korxona yoki qishloq xo’jaligi ekini uchun ma‘lum miqdorda xom – ashyo, yer, suv, harorat, ishchi kuchi, texnika vositalari, elektr energiyasi, transport va boshqalar kerak. Bu omillarni shartli ravishda tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy omillarga ajratish mumkin.
Tabiiy omillarga ega avvalo yer va uning ustki tuzilishi, qazilma boyliklar, iqlim, suv, harorat, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Bu xususda tabiiy geografik bilimlar zarur bo’ladi. Biroq, tabiiy geografiya uchun tabiat komponentlarining kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish talab qilinsa, iqtisodiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyotda ana shu qonuniyatlarga tayangan holda bu komponentlardan xo’jalik faoliyatida foydalanish yo’llarini o’rganish lozim bo’ladi. Shu jihatdan, tabiiy sharoit va boyliklarga baho berish, tabiiy va iqitisodiy geografiya (mintaqaviy iqtisodiyot) o’rtasidagi «ko’prikdir».
Ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadida tabiiy komponentlar avval «donalab» tahlil qilinadi va baholanadi. So’ngra asosiy e‘tibor tabiiy boyliklarning hududiy birikmalariga qaratiladi. Bu esa, ob‘ektga kompleks, ya‘ni atroflicha yondoshuvni taqozo etadi.
Ma‘lum bir tabiiy komponent qaysi bir xo’jalik tarmog’iga sharoit bo’lib xizmat qilsa, boshqasi uchun u resurs «ya‘ni boyliklardir». Masalan, yer qishloq xo’jaligida resurs, boshqa tarmoqlar sanoat, transportda u asosan sharoit vazifasini o’taydi. Ob – havo, harorat ham xudi shunday. Yoki rekreatsiya sohasini olaylik: bu yerda quyosh nuri, suv, qumlik, o’rmonzor sharoit emas, balki resurs hisoblanadi va h.k. hu bilan birga ilmiy texnika taraqqiyoti natijasida sharoit resursga aylanishi ham mumkin. O’z – o’zidan ma‘lumki, ishlab chiqarishni joylashtirishda, yoki aniqrog’i – joy tanlashda avvalambor resurs xisobga olinadi.
Ijtimoiy – iqtisodiy omillar aholi va mehnat resurslari, transport, ilmiy – texnika taraqqiyoti, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasi kabilardan tashkil topadi. Aholi ayni vaqtning o’zida ham yaratuvchi, ham iste‘molchi bo’lganligi sababli uning barcha demografik ko’rsatkichlari – aholi soni, o’sishi, zichligi, yosh va jinsiy tarkibi hisobga olinadi. Jumladan, aholi soni iste‘mol mollar ishlab chiqarishda, ko’p yoki kam mehnat talab qiladigan korxonalarni qurishda ahamiyatlidir. Uning yosh va jinsiy tarkibi turli xo’jalik tarmoqlarini joylashtirishga (sog’liqni saqlash, maorif, aholiga xizmat ko’rsatish, og’ir yoki yengil sanoat va h.k.) o’z ta‘sirini ko’rsatadi.
Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida, (talab va taklif), raqobat, u yoki bu mahsulot ishlab chiqaradigan makonni, bozor muhitini belgilaydi. Binobarin, talabning nafaqat miqdor jihatdan o’sib borishini, balki uning xususiylashuvini, sifatini e‘tiborga olish, ixcham, harakatchan, boshqarishi oson bo’lgan kichik va o’rta korxonalarni joylashtirish o’tish davri uchun ayniqsa xosdir. Shu boisdan ham hozirgi vaqtda o’rta kichik biznesni rivojlantirishga katta e‘tibor berilmoqda.
Ishlab chiqarish tarmoklarini hududiy tashkil qilishda joyning iqtisodiy geografik o’rniga ham ahamiyat bermoq zarur. Agar tanlangan joy yoki geografik nuqta transport bilan yaxshi bog’langan bo’lsa, xom ashyo iste‘mol rayonlarga yaqin, elektr energiya va qurilish materiallari ham uzoq bo’lmasa, bu yerda joylashtirilgan korxona albatta katta iqtisodiy samara beradi.

Yüklə 291,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə