Guruh : 213-20 Bajardi : Tilavov Sunnatillo Tekshirdi : Yusupova Zamira


Talaba shaxsining psixologik xususiyatlari



Yüklə 111,95 Kb.
səhifə3/3
tarix26.05.2023
ölçüsü111,95 Kb.
#113327
1   2   3
pedagogika-psixologiya mustaqil ish

Talaba shaxsining psixologik xususiyatlari


Talabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotda va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi.
Oliy о‘quv yurtidagi ta’limning о‘ziga xos xususiyatlari talabalarning boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular hox rasmiy, hox norasmiy bо‘lishidan qat’iy nazar) muloqotga kirishishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi. Talabalik davrinig asosiy xususiyatlaridan biri ijtimoiy yetuklikning jadal sur’atlar bilan rо‘yobga chiqishidir. Ma’lumki, ijtimoiy yetuklik (kamolot) shaxsdan zarur aqliy qobiliyatlarni hamda ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollarni egallashga (oila qurishga), farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatda qatnashishga (ma’sul vazifada ishlashga) tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur jarayonning bosh mezonlari va kо‘rsatgichlari о‘rta ma’lumotlilik, jamoatchilik topshirig‘lari, mehnatda faolllik kо‘rsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bо‘lish imkoniyati, unga intilish tuyg‘usi, irodaviy zо‘r berish, yosh otalik va onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini о‘tash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, sport bilan shug‘ullanish va hakozolardan iborat.
Talaba oliy о‘quv yurtida turli fanlarni о‘rganish natijasida unda kasbiy yо‘nalganlik shakllanadi, ya’ni о‘z bilim, tajriba va qobiliyatini tanlagan kasbi sohasida qо‘llash uchun shaxsiy intilish paydo bо‘ladi. Shaxsning kasbiy yо‘nalganligini takomillashtirish istagi, о‘z kasbi sohasida mehnat qilib, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish istagini о‘z ichiga oladi. Kasbiy yо‘nalganlik - kasbiy faoliyat maqsad va vazifalarini tushunishni va qabul qilishni о‘z ichiga oladi.
Kasbiy yо‘nalganlik mazmunidagi ijobiy о‘zgarishlar bо‘lg‘usi kasb bilan bog‘liq bо‘lib, motivlar mustahkamlanishida kо‘rinadi: ish buyicha о‘z majburiyatlarini yaxshi bajarishga intilish, bilimdon mutaxassis sifatida о‘zini kо‘rsatish, murakkab о‘quv vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga intilish kuchayadi, ishda muvaffaqiyatga erishish istagi kuchayad.

Talabalarda kasbiy yо‘nalganlikni shakllantirish uchun kasbni egallash imkoniyatlariga ishontirish, bо‘lg‘usi ishning kelajagiga ishonch hosil qilish, mehnat an’analarini targ‘ib qilish, kasbning ishlab chiqarish va estetik tomonlarini, uning ijodiy xarakterini kо‘rsatish zarur.


О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning о‘ziga xos yо‘lini tanlashi mutaxassislar tayyorlash tizimi va uning mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qо‘ydi va bir qator chora - tadbirlar kо‘rishni, shu jumladan, «Ta’lim tugrisida»gi Qonunni joriy etish, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqish, о‘quv-tarbiyaviy jarayonni, ilg‘or о‘quv yurtlarini attestatsiyadan о‘tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etish hamda eng asosiysi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishni taqozo etdi.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini rо‘yobga chiqarinshi, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-xunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta о‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tо‘la rо‘yobga chiqsa, ijobiy ravishda «portlash effekti» sodir bо‘lishini bashorat qilib,
«Tafakkur» jurnalining bosh muharriri savollariga bergan javobida: «... ishonchim komil, agar bu islohotni amalga oshirsak tez orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi
«portlash effekti»ga, ya’ni uning samaradorligiga erishamiz»,- deb ta’kidlaydi.
О‘quv-tarbiya ishlari jarayonida talabalarni ijodiy fikrlashga, о‘zgaruvchan vaziyatlarga о‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg‘ulotlarda axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa talabalarda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, о‘kuv faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.
Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida katta ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning о‘z imkoniyatlarini tо‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda о‘zini namoyon qilish muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatni sifatli ta’limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas.
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham о‘rganishning muhimligini kо‘rsatib berdi. Talabalarning kasbiy shakllanish jarayonini о‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yо‘naltarilganligadadir. Shuning uchun ham kasbiy yetuklik darajasi ajratib qо‘rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatta olinadi.
Shaxs va faoliyatning о‘zaro aloqasi va о‘zaro ta’siri jarayoni dinamik harakterga ega bо‘lib, bu jarayon psixologiyada mutaxassis shaxsini shakllanshii muammosi doirasida о‘rganilgan. Bu muammoni о‘rganishning muhim nuqtasi mutaxassis, kasbiy shakllanish, professionalizm, kompetentlik, malak va kasbiy yetuklik tushunchalari hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, oxirgi tushuncha mehnat subyektining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanib, u mutaxassisning shakllanishi jarayoni va uning natijasi sifatida namoyon bо‘ladi. “Kasbiy yetuklik” tushunchasining mohiyati qator jahon psixologlarining tadqiqotlarida о‘rganilgan, lekin mehnat subyektining bu xususiyatlarini shakllanish jarayoni, uning kasbiy faoliyatda namoyon bо‘lishini о‘ziga xos jihatlari va mutaxassis shaxsini shakllanishining boshqa komponentlar bilan о‘zaro aloqasini harakterli tomonlari yetarlicha keng о‘rganilmagan. Bizga ma’lumki, aynan talabalik davridan boshlab shaxsning kasbiy shakllanish, kasbga yо‘nalganlik shakllana boshlaydi. Talabaning kasbiy shakllanishi va yо‘nalganligi muammosi kо‘pgina mualliflar tomonidan kо‘rib chiqilgan.
Talabalik davri о‘spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bо‘lib, 17-22-25 yoshni о‘z ichiga oladi va о‘zining qator betakror xususiyatlari hamda qarama –
qarshiliklari bilan xarakterlanadi. Shu boisdan о‘spirinlik davri shaxsning ijtimoiy hamda kasbiy mavqeini anglashidan boshlanadi. Mazkur pallada о‘spirinlik о‘ziga xos ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi. Jumladan kattalarning har xil kо‘rinishdagi (unga yoqimli yoki yoqimsizligidan qat’iy nazar) rollarni tez sur’atlar bilan bajarib kо‘rishga intiladi, turmush tarzining yangi jihatlariga kо‘nika boshlaydi. Katta odamlarning turmuz tarzlariga о‘tish jarayoni shaxsning kamol topish xususiyatlariga bog‘liq ichki qarama – qarshiliklarni keltirib chiqaradi.
Pedagogik – psixologiya fanidan ma’lumki, о‘rta maktab о‘quvchilarini har (biologik, fizologik, pedagogik, psixologik) jihatdan oliy maktab ta’limiga tayyorlaydi va ularda umumlashtirish, mavhumlashtirish, dasturlashtirish kabi qobiliyatlarda kо‘rinadigan fazilatlar namoyon bо‘ladi. Shu bilan birga о‘spirinda aqliy, axloqiy, estetik va g‘oyaviy – siyosiy jihatlar muayyan darajada о‘sishi rо‘y beradi.shunga qaramay, ular oldida oliy о‘quv yurtida mutaxassislikni egallashga bog‘liq yangi vazifalar paydo bо‘ladi. Hozirgi fan texnikaning rivoji bir tomondan axborotlarni, ma’lumotlarni kо‘paytirsa, ikkinchi tomondan talabalarda mutaxassislikka oid bilimlarga barqaror qiziqishning yо‘qolishiga olib keladi. Chunki, qat’iylik, ijodiy izlanish, irodaviy zо‘r berish о‘rnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi. Boshqacha aytganda, ular “tayyor axborotning quli”ga aylanadilar. Chunki, kompyuter, displey, EHM, kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zо‘r berishdan halos qiladi. Ana shular sababli oliy о‘quv yurti ta’limi oldidagi muhim vazifa talabalarga dasturdagi bilimlar majmuasini berishdir.
Talabalarga mustaqil bilam olish, о‘z faoliyatini о‘zi tashkil qilishi, о‘zini – о‘zi boshqarishi, yangi g‘oyalarni ishlab chiqarish va hakozolarni о‘rgatiladi. Bu vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili – monologik ma’ruzadan diologik (talaba va о‘quituvchining muloqotiga asoslangan) leksiyaga о‘tishdir.
Psixologlardan B.G.Ananyev, N.V. kuzmina, N.F.Talizina, V.Y.Lyaudis, I.S.Kon, V.T.Lisovskiy, A.A.Badalev, A.A.Petroviskiy, Z.F.Yesareva. M.G.Davletshin, I.I.Ilyasov, A.V.Diitriyeva, A.A.Verblskiy, V.A.Tokyareva va boshqalarning tadqiqotlariga kо‘ra, oliy о‘quv yurtlarida ta’lim olish talabalar
uchun juda og‘ir kechadi, chunki, bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, xislatlari, sifatlari takomillashish bosqichida bо‘ladi. Mazkur yosh davridagi ijtimoiy psixologik о‘sishning xususiyatlaridan biri о‘qish faoliyatining ongli motivlari kuchayishidir. Talabalarda axloqiy jarayonlarning о‘sishi sust amalga oshsa – da, lekin xulqiningeng muhim sifatlari – mustaqillik, tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va hakozolar takomillashib boradi. Shuningdek, ularda ijtimoiy holatlarga, voqelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish, ularni amalga oshirishga intilish toboro kuchayadi.
Psixologlarimizning tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda о‘zligini anglash vujudga kelishini kо‘rsatadi. Shaxsiy hayotning mazmuninianglash, aniq turmush rejalarini tuuzish,kelajak hayot yо‘lini belgilash shular jumlasidandir. Talaba asta – sekin mikroguruhlarning notanish sharoitlariga kо‘nikib boradi, о‘zining haq – huquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi, shaxslararo munosabatlarning yangicha kо‘rinishini о‘rnatadi, turmushdagi ijtimoiy rollarni amalda shaxsan sinabkо‘rishga intiladi. Ulardagi romantik his – tuyg‘ular voqelikka muayyan yondoshishga birmuncha halaqit beradi. Chunki ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatlarning ijtimoiy psixologik ildizlari nimadan ekanligi tо‘g‘risida aniq tasavvurga ega bо‘lmaydilar.
Yosh fizologiyasi va psixologiyasi fanlarida tо‘plangan materiallar taxlilidan kо‘rinadiki, talaba 17-19 yoshda ham о‘z xulqi va bilim qobiliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega bо‘lmaydi va shunga kо‘ra xulq motivlarining asoslanmagani, uzoqni kо‘ra olmaslik, ehtiyotsizlik kabi hollar rо‘y beradi.
V.T.Lisovskiyning fikricha 19-20 yoshlarda ayrim salbiy hatti – harakatlar kо‘zga tashlanadi. Mazkur yoshda hoxish va intilishning rivojlanishi iroda va xarakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida rol о‘ynaydi, chunki talaba shu tajriba yetishmasligi natijasida nazariya bilan amaliyotni, fantaziya bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illyuziyani, orzu bilan hoxishni, optimizm bilan qat’iylikni aralashtirib yuboradi.
Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida о‘zini о‘zi kamolotga yetkazish jarayoni muhim rol о‘ynaydi, lekin о‘zini boshqarishning tarkibiy
qismlari (о‘zini о‘zi tahlil qilish, nazorat etish, boholash, tekshirish va boshqalar) ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkamol) “Men”ni real (aniq voqea) “Men” bilan taqqoslash orqali о‘zini о‘zi boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega bо‘adi. Talabaning nuqtai nazaricha, ideal “Men” ham muayyan mezon asosida yetarli darajada tekshirib kо‘rilmagan, shuning uchun ular goho tasodifiy, g‘ayritabiiy his etishni muqarar, binobarin, real “Men” ham shaxsining takamillashuvida bunday obyektiv qarama – qarshiliklar о‘z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlikni, о‘qishga nisbatan salbiy munosabatni vujudga keltiradi. Jumladan, о‘quv yili boshida talabada kо‘tarinki kayfiyat, oliy о‘quv yurtiga kirganidan zavq – shavq tо‘yg‘usi kuzatilsa, ta’limning shart – sharoiti, mazmuni, mohiyati, kun tartibi, muayyan qonun va qoidalar bilan yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida keskin tushkunlik rо‘y beradi. Yuqorida aytilgan ichki va tashki vositalar, omillar ta’siri oqibatida uning ruhiy dunyosida umudsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqbolga ishonchsizlik, ikkinchisi hadiksirash kabi salbiy his tuyg‘ular namoyon bо‘ladi. Oliy maktabda tarbiya ishlarini rejalashtirishda, ta’lim jarayonida talabaga о‘ziga xos munosabatda bо‘lish mazkur davrning muhim sharoitlaridan biridir.
Yuqorida aytilganlardan qat’iy nazar, yigit va qizlar oliy о‘quv yurtiga qabul qilish ularda о‘z kuchlari, qobiliyatlari, aql zakovatlari, ichki imkoniyatlari va irodalariga qat’iy ishonch bildiradi. Ana shu ishonch о‘z navbatida tо‘laqonli hayot va faoliyatni uyushtirishga umid his – tuyg‘usini vujudga keltiradi.
О‘spirinlikning ikkinchi davri xulqqa, voqelikka baho berishda imkoniyatdan tashqari talab qо‘yish va qat’iylik xususiyati bilan farqlanadi. Shuning uchun talabalar har doim prinsipial bо‘la olmaydilar. Ba’zan qat’iylilik kattalarga salbiy munosabatga ham aylanadi. Talabalarning о‘qituvchisi tavsiyalarini inkor qilishi kо‘pincha nizolarni keltirib chiqaradi.
B.G.Ananyev rahbarligida о‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ma’lum bо‘lishicha, talabalar kamolot topishining jinsiy va neyrodinamik xususiyatlari ularning aqliy imkoniyatlarini tо‘la ishga samimiy va sermahsul о‘quv faoliyatini tashkil qilishi uchun muhim imkoniyat, shart – sharoit yaratadi.
Y.A.Samarinning ta’kidlashicha, yoshlarning kamol topishida har xil ijtimoiy – psixologikxususiyatli о‘ziga xos qarama – qarshiliklar, ichki ziddiyatlar mavjud bо‘ladi. Ularning moddiy jihatdan ota – onaga, oliy о‘quv yurti ma’muriyatiga bog‘liqligi iqtisodiy ziddiyatni keltirib chiqaradi. Bu hol talabalarning hoxishlari bilan mavjud imkoniyatning nomutonosibligi tufayli sodir bо‘ladi.
Odatda talabalar II va III kurslarda oliy о‘quv yurti va mutaxassislikni nima uchun tanlagani haqida yana jiddiy о‘ylaydilar.
Mazkur yosh davrida о‘zini boshqarishning tarkibiy qismlari, ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajribada о‘zlashtirilgan bilimlarnitartibga solish asosida his tuyg‘ular, qarashlar, axloqiy qadriyatlar, о‘zligini anglash va barqaror e’tiqod shakllanadi. Talaba xukm va xulosa chiqarar. О‘z hatti – harakatida qat’iy turib, ularni himoya qiladi, hayotning turli sohalari bо‘yicha har xil darajadagi kо‘nikma va malakalarga nazariy bilimlar ijtimoiy – psixologik tushunchalarni amaliy faoliyatga tadbiq etish imkoniyatiga ega bо‘ladi.
B.G.Ananyevning fikricha, 18-20 yosh pallasida fizologik imkoniyatlar yuksak darajada rivojlanadi. Organizmning tashqi ta’sirga javobi, qon bosimining optimal darajasi ortadi, qon kislarod bilan tо‘yinadi va hakozo. Insonda о‘quvchilikning qulay imkoniyati vujudga keladi. О‘quv insonning axborotlarni qabul qilish, eslab qolishi va xotirada saqlash qobiliyatini bildiradi. Keyinchalik insonda psixik vazifalarning dinamikasi, uquvlilik imkoniyatlari sari pasaymaydi. Odamning yetuklik davri quyidagi qonuniyatlar bilan farqlanadi:

  1. turli funksiyalarning rivojlanishi bir tekis va bir vaqtda amalga oshmaydi (bir bosqichda xotira, boshqa bir bosqichda tafakkur jadal sur’atlar bilan о‘sadi);

  2. yoshga qarab turli funksiyalar о‘zaro bog‘liq muvofiqlashgan xusu4siyat kashf eta boshlaydi;

  3. yetuk inson aqlining funksional о‘sish darajasi yosh evolyusiyasining har xil bosqichda yetarli darajada yuqori bо‘ladi;

  4. mazkur funksiyalar dinimikasida hech qanday keskin pasayish bо‘lmaydi;

  5. yetuklik davrida uquvlilik kamaymaydi.

Talabalik davri yoshlar biologik jihatdan barkamollik,ijtimoiy nuqtai nazardan yetuklik, jismoniy baquvvatlik bosqichiga kо‘tariladi. Ammo ilk о‘spirinlik (16-17 yoshli) ning ayrim bolalarga xos xulq atvorning tashqi ifodalari, romantikasi ma’lum davrgacha о‘z ta’sirini о‘tkazib turadi. Oliy maktabdagi dastlabki sinov (birinchi sessiya) davridayoq talaba turmushi faqat romantikadan iborat emasligi, balki izlanish, irodaviy zо‘r berish, aqliy mehnat zahmati orqali ezgu niyatga yetishish mumkinligiga iqror bо‘ladi. Favqulotli taassurotdan, ijtimoiy sinovdan keyin о‘qishga, turmushga, insonlarga nisbatan munosabati jiddiy ravishda о‘zgaradi, narsa va hodisalarga, ijtimoiy holatlarga voyaga yetgankatta kishilardek muomala qilishga, voqelikni tо‘g‘ri oqilona aks ettirishga, tushunib yetishga harakat qiladi.
Yuqori sinf о‘quvchisi davrida vujudga kela boshlagan tafakkurning mustaqillik, teranlik, ixchamlilik, tashabbuskorlik, tanqidiylik sifatlari kun sayin takomillashib, yangi –yangi belgi va alomatlar bilan boyib boradi. Talabalarda о‘zini – о‘zi boshqarish kabi aql zakovatning muhim jihatlari taraqqiyotning yangi yuksak bosqichiga kо‘tariladi. Talabalarda tafakkurning rivojlanishida, ilmiy dunyoqarashning shakllanishida umumta’limiy va ijtimoiy fanlar, jumladan tarix, falsafa, mantiq, iqtisodiy nazariya asoslari, madaniyatshunoslik, adabiyot, etika, estetika, pedagogik, psixologiya kabi о‘quv predmetlari muhim rol о‘ynaydi.
Istiqlol sharoiti bilan respublika xalq ta’limi, oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirliklarida о‘qitishi hamda tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirishga oid bir qancha qarorlar, nizolar, konsepsiyalar ishlab chiqildi. Bu hujjatlar о‘rta maktab va oliy о‘quv yurtlarida uzliksiz ta’lim – tarbiya berishda uyg‘unlikni ta’minlashda ham nazariy, ham amaliy dastur vazifasini о‘taydi. Bugungi islohatlar davri о‘qitishning samarali metodlarini yaratishni, о‘qituvchi va talabalar о‘rtasida hamkorlikning yanada kengaytirishni, inson shaxsini shakllantirishda tarbiyaning yetakchiligini ta’minlashni, talabalarning yosh xususiyatlari, milliy his – tuyg‘ularini e’tiborga olish tarbiyaviy, ta’limiy tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qilmoqda.
Hech qanday jamiyatda qobiliyatli shaxslar, iste’dodli yoshlar zarur. Chunki, ular mamlkatning kelgusi ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beruvchi, bо‘lg‘usi intelektual va ijodkor elita va killari hisoblanadi. Iqtidorli, imte’dodli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash va о‘qitish respublikamizning bо‘lajak zakovvatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarni tarbiyalashning asosiy manbaidir. Shu sababli istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni kashf etish, qо‘llab – quvvatlash, tarbiyalash davlat siyosatining ustivor yо‘nalishlaridan biriga aylanadi. Shu sababli о‘quvchi va talabalarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari, ularning imkoniyatlari о‘rganilib, kelajaklariga ishonch bilan qarashlariga imkoniyat berilmoqda.
Qarshi Davlat Universitetida ta’lim sohasini yangi bosqichiga kо‘tarish, talaba yoshlarning qalbi va ongiga Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini singdirish, ularni bizga begona bо‘lgan ta’siridan himoyalash, shu ruhda tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. Yangicha dunyoqarashga ega, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimizning yanada ravnaq topishi uchun munosib hissa qо‘shishga intiladigan, yetuk minglab yangi avlod mutaxassilari tayyorlanadi.
Iqtidorli talabalar va о‘quvchilar uchun alohida sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatimizning bundan keiyngi tarqqiyoti, ma’naviy о‘sishi shunga bog‘liqdir. Ular uchun yakka tartibda о‘quv dasturlari tuzilib, yetakchi о‘quvchilar va olimlardan murabbiylar belgilab qо‘yilmoqda. Har bir oliy о‘quv yurtida iqtidorli bolalarni izlab topish sohasini kengaytirish uchun ixtisoslashtirilgan gimnaziya va akademik litseylar tashkil etildi, ularga umumta’lim maktablaridan eng о‘quvli balalar jalb etilmoqda.

Toshkent islom universitetida 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti va YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Germaniya, Isroil, Italiya, Polsha, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlardan kelgan din ishlari bo‘yicha mutaxassislar, ekspertlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, diniy konfessiyalar rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar qatnashdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, Toshkent islom universiteti rektori R.Abdullayev, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari D.Badarch va boshqalar O‘zbekiston zaminida turli xalqlar mehr-oqibat, qardoshlik tamoyillari asosida tinch-totuv yashab kelayotgani, bugungi kunda bag‘rikenglikning buyuk tarixiy an’analariga monand 130 dan ortiq millat hamda elat vakillarining vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlanganini ta’kidladi.
Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo va butun dunyoda hamjihatlikka erishish, dinlararo totuvlik, tinchlikni saqlash yo‘lida muhim dasturilamal bo‘layotganini, bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z aksini topganini e’tirof etdi.
O‘zbekistonda 16 diniy konfessiyaga mansub 2 ming 250 ga yaqin tashkilot faoliyat yuritmoqda. Diniy ta’limga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, jumladan, Toshkent islom universiteti, madrasalar, islom o‘rta maxsus ta’lim dargohlari, xristian seminariyalarida diniy sohada yetuk mutaxassislar tayyorlanadi.
Bugun yurtimizda 140 ga yaqin milliy-madaniy markaz mavjud. Ularda turli millat va elat vakillari o‘z ona tili, milliy qadriyatlari, tarixi, madaniyatini o‘rganish, ularni yoshlarga yetkazish, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Konferensiyada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov, Rossiya Prezidenti huzuridagi Diniy birlashmalar bilan aloqalar bo‘yicha kengash a’zosi O.Goncharov, Vatikan davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ch.Milore, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi rahbari, mitropolit Vikentiy, Novoapostol cherkovining Berlin-Brandenburg okrugi apostoli V.Nadolni va boshqalar mavzu yuzasidan ma’ruzalar o‘qidi.
Tadbir doirasida diniy tashkilotlar, milliy-madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan O‘zbekistondagi millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini o‘zida aks ettirgan bosma nashrlar, suratlar, turli millatlar amaliy san’ati namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida so‘nggi 3 yil davomida diniy bag‘rikenglikni taʼminlash sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
BMT Bosh Assambleyasi 2018-yilning 12-dekabr oyida o‘tkazilgan yalpi majlisda «Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha aʼzo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi.
2018-yil 16-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3668-sonli Qaroriga muvofiq Qo‘mita huzurida faoliyat yuritadigan jamoatchilik-maslahat organi hisoblanmish Konfessiya ishlari bo‘yicha kengashning yangi tarkibi tasdiqlandi. Kengash tarkibi 9 tadan 17 ta aʼzoga – O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfessiyalar vakillari hisobiga kengaydi.
2018-yilning 16-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev «Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5416-sonli Farmonni imzoladi. Mazkur hujjat O‘zbekistonda diniy taʼlim tizimining uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan: boshlang‘ich bosqichdan (o‘rta maxsus islom taʼlim muassasalari yoki madrasalar) tortib, to oliy va undan keyingi diniy taʼlimgacha.
2019-yil 4-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4436-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitaning Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan jamiyatda vijdon erkinligi va diniy-maʼrifiy muhit barqarorligi kafolatlarini taʼminlash maqsadida mustahkam va doimiy hamkorlikni nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi.
Bundan tashqari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarkibida ayollar bilan ishlash bo‘limi tashkil etildi, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni nazorat qiluvchi rais o‘rinbosari lavozimi ham joriy etildi. Xotin-qizlar o‘rtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika targ‘ibot guruhi tashkil etildi.
O‘zbekiston Islom akademiyasi va Toshkent Islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi hududiy filiallari tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida “Ziyo” media-markazi tashkil etilib, u ajdodlarimizning diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, dinning haqiqiy insonparvarlik maqsadini hamda diniy-maʼrifiy hayotda sodir bo‘layotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilib borishni taʼminlovchi asosiy media-tuzilma hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi masjidlar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va shu kabi boshqa obyektlarning rekonstruksiyasini moliyalashtirish, ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda ushbu soha xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
2018-yilning yanvar-aprel oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qurʼoni karim tilovati bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etilib, unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni o‘rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi.
Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan O‘zbekistonda Markaziy Osiyo musulmon mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi roliga bag‘ishlangan 10 dan ortiq kitob va risolalar tayyorlandi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Termiziy, Hakim Termiziy va termizlik boshqa olimlarning 20 dan ortiq asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Nasafiy, Alouddin Usmondiy, Saffar Buxoriy va h.k. kabi ulug‘ allomalar asarlarining aksariyati tarjima qilinib, 50 dan ziyod kitob nashr etildi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
2019-yilda O‘zbekistonda 10 ta yangi jome masjid ochildi, natijada masjidlarning umumiy soni 2066 taga yetdi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida 46 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 225 ta masjid kapital taʼmirdan chiqarildi. 2018 yilda esa respublikada 13 ta jome masjidi qayta ochildi, 39 tasi yangi qurildi va qariyb 100 tasi qayta taʼmirlandi.
O‘zbekistonda Toshkent Islom universiteti, «Mir Arab» oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 9 ta madrasa, jumladan, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar o‘quv yurti, Toshkent pravoslav seminariyasi, Toshkent xristian seminariyasi kabi diniy taʼlim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020–2021-o‘quv yilidan boshlab Termiz shahrida yangi madrasa ochilishi rejalashtirilgan.
Mustaqillik yillarida 308 ming nafar musulmon Saudiya Arabistoniga ziyorat uchun borgan bo‘lsa, shulardan 130 ming kishi “Haj”, 178 ming kishi esa “Umra” amalini bajarishga muvaffaq bo‘lgan. 2,5 ming xristian va yahudiylar Isroil, Rossiya, Turkiya, Italiya, Gruziya va Yunoniston kabi davlatlarning muqaddas diniy qadamjolariga tashrif buyurganlar.
2019-yildan eʼtiboran O‘zbekiston fuqarolari uchun “Umra” ziyoratlari kvotasi bekor qilindi. 2018-yildan boshlab “Umra” safari kvotasi 6 000 dan 10 000 ga oshirildi. Bugungi kunga kelib “Umra” qiluvchi fuqarolar soni 30 000 ga yetdi, “Haj” esa 5000 dan 7,200 ga ko‘paydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy eʼtibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlar «Jaholatga qarshi maʼrifat» degan ezgu g‘oyaga asoslangan.
2018-yilning sentyabr oyida terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlarga adashib aʼzo bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi tasdiqlandi.
Ilgari to‘g‘ri yo‘ldan adashgan va o‘z xatti-harakatlariga chin dildan pushaymon bo‘lgan fuqarolarga maʼnaviy-axloqiy burchlarini ado etish uchun jamiyat va o‘z oilalariga qaytish imkoniyati beriladi. Diniy ekstremistik oqimlarga aloqador shaxslarni reabilitatsiya qilishning muhim qadamlaridan biri, bu ularga nisbatan avf etish aktlarini qo‘llash bo‘ldi.
2020-yil 3-4-mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda 15 mamlakatdan 55 nafar taniqli ulamolar, muftiylar, moturidiyshunos ekspertlar, 100 nafar mahalliy olim va tadqiqotchilar qatnashdi. Konferensiya yalpi majlisida 11 ta, shoʻba yig‘ilishlarida 32 ta maʼruza tinglandi.
Maʼruzalarda Imom Abu Mansur Moturidiy shaxsi va aqidaviy qarashlari, moturidiylikning mafkuraviy asosi, moturidiya kalom maktabiga oid yangi manbalar, ushbu taʼlimotning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Diniy konfessiya – muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi.
Diniy konfessiya – muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi.
«Konfessiya» so‘zining mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar.
Konfessiya umumiy atama bo‘lib, xristianlik, buddaviylik kabi katta dinlar ham, ularning zamirida paydo bo‘lgan pravoslavlik, katoliklik, lamaizm, dzen-buddizm kabi yo‘nalishlar ham shunday nom bilan atalaveradi.
Dunyoning diniy manzarasi qotib qolgan, o‘zgarmas bir hodisa emas. Xususan, mazkur manzara yildan-yilga o‘zgarib borayotgani, mavjud dinlar o‘zlarining an’anaviy ko‘rinishlari doirasidan chiqib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda mavjud dinlar doirasida yangi yo‘nalish va sektalar paydo bo‘lishda davom etmoqda. Masalan, mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu esa kelajakda ham bunday jarayonlar davom etishini ko‘rsatadi. Zamonaviy voqelik ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo‘lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.
Dunyoning diniy manzarasi qotib qolgan, o‘zgarmas bir hodisa emas. Xususan, mazkur manzara yildan-yilga o‘zgarib borayotgani, mavjud dinlar o‘zlarining an’anaviy ko‘rinishlari doirasidan chiqib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda mavjud dinlar doirasida yangi yo‘nalish va sektalar paydo bo‘lishda davom etmoqda. Masalan, mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu esa kelajakda ham bunday jarayonlar davom etishini ko‘rsatadi. Zamonaviy voqelik ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo‘lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.
Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo‘layotgan voqealarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi oqibatida ular faoliyatidan jamoatchilik bexabar qolmoqda.
Ugandadagi «Oxirat kuni» sektasi boshliqlarining faoliyati bunga misol bo‘ladi. Oxiratni 1999-yil 31-dekabrga belgilagan ushbu sekta rahbarlari o‘z tarafdorlarining mol-mulklarini sotish, tushgan mablag‘ni ularga berishga va shu yo‘l bilan gunohlardan forig‘ bo‘lishga chaqirgan. Qiyomatning 2001-yil 1-yanvarga «ko‘chirilishi» sekta rahbarlariga nisbatan shubha uyg‘onishiga olib kelgan. Shundan so‘ng rahbarlar Kanungu qishlog‘ida 500 dan ortiq o‘z tarafdorlarini aldab binoga qamab, ustilaridan o‘t qo‘yib yuborganlar. Ma’lumotlarga ko‘ra, yana to‘rt joyda ommaviy qabrlar topilgan. Bu sektaning qurbonlari 1000 dan ortiq bo‘lgani qayd qilingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, islomning yillik o‘sish sur’ati 6,4 foizni tashkil etib, 1989-yildan 2011-yilga qadar musulmon aholisi soni Shimoliy Amerikada – 25, Afrikada – 2,15, Osiyoda – 12,57, Yevropada – 142,35, Avstraliya va Okeaniyada – 257,01 foizga ko‘paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e’tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga kamaygan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, islomning yillik o‘sish sur’ati 6,4 foizni tashkil etib, 1989-yildan 2011-yilga qadar musulmon aholisi soni Shimoliy Amerikada – 25, Afrikada – 2,15, Osiyoda – 12,57, Yevropada – 142,35, Avstraliya va Okeaniyada – 257,01 foizga ko‘paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e’tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga kamaygan.
O‘tgan asrda, asosan, xristianlar yashab kelgan Yevropada bugungi kunda 20-25 million atrofida musulmon istiqomat qilmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniyada – 3 million, Germaniyada – 5 million, Fransiyada – 6-7 million islomga e’tiqod qiluvchi fuqaro yashamoqda.
O‘zbekiston Respublikasida 2017-yil dekabr holatiga ko‘ra 16 konfessiya faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida 2017-yil dekabr holatiga ko‘ra 16 konfessiya faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ular quyidagilardir:
– Islom (O‘zbekiston musulmonlari idorasi);
– Pravoslavlik (Toshkent va Markaziy Osiyo yeparxiyasi);
– Katoliklik (Rim-katolik cherkovi);
– Lyuteranlik (Nemis-lyuteran cherkovi);
– Arman-apostol cherkovi;
– Pyatidesyatniklar (To‘liq injil xristianlari);
– Baptistlar (Yevangel-xristian baptistlar cherkovi);
– Novoapostol cherkovi;
– Yettinchi kun adventistlari;
– «Golos bojiy»; Iegovo shohidlari;
– Koreys protestant cherkovlari;
– Yahudiylik;
– Bahoiylik;
– Krishnani anglash jamiyati;
– Buddaviylik.
«O‘zbekiston bibliya kitob jamiyati» esa diniy tashkilot hisoblanib, boshqa konfessiyalardan alohida faoliyat olib borsa-da, diniy konfessiya maqomiga ega emas.
Din tarixi — dinlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi bosqichlarini o‘rganuvchi soha. U bir qancha fanlarga tayanadi va ular bilan uzviy bog‘liqdir. Masalan, tarix fani o‘tmishdagi voqea-hodisalarni o‘rganishi bilan birga, moziy va joriy dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan «Dinlar tarixi»ga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi. Diniy matnlarning o‘rganilishida filologiya fani alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari tarixni o‘rganishda yordamchi fanlar — mifologiya (rivoyat va afsonalar), etnologiya, arxeologiya, san'at tarixi, folklor va shunga o‘xshash bir qancha fanlar ham din tarixi bilan bevosita bog‘liq
Hozirgi davrda jahondagi bir qator davlatlar dinning davlatdan ajratilganini yoki davlatning diniy tashkilotga nisbatan betarafligini Konstitutsiya yoki qonun darajasida belgilab qo‘ygan. Yuridik tan olingani yoki olinmaganidan qat'i nazar, barcha davlatlar din va e'tiqod erkinligiga hurmat bilan qarashlarini e'lon qilganlar. Hozirgi davrda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ta'kidlash zarur. «Sovuq urush» davri tugaganidan keyin dinga qarshi hujumkorlik hamda diniy faoliyat ustidan nazorat qilish siyosati yengillashdi. Bu, bir tomondan, diniy erkinlikning ta'minlanishiga xizmat qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, diniy sektalarning ko‘payishi, yangilarining paydo bo‘lishiga olib keldi O‘zbekistonda o‘z mohiyati, mazmuni va huquqiy asoslariga ko‘ra din davlatdan ajratilgan hamda vijdon erkinligi, konfessional bag‘rikenglik tamoyili mustahkamlangan. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilganligi hamda qonun oldida tengligi qayd etiladi. Shu bilan birga davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi belgilab berilgan. Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni mazmunini tashkil etadi. Bu esa mamlakatimizda davlatning diniy ishlarga, dinning esa davlat ishlariga (qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno) aralashmasligini anglatadi. Shu bilan birga Asosiy Qonunimizda davlat o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta'kidlanadi.

Xulosa shuki, "O’zbekiston-umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir", "Bag’rikenglik - o’zbek xalqining buyuk fazilati","O’zbekiston - bag’rikeng diyor", "Diniy e’tiqodlar - tinchlik xizmatida"kabi iboralar bejizga aytilmaydi. Bu g’oya xalqimizning, millati, dinidan qat’i nazar, shu yurtda yashayotgan har bir insonning hayotida mustahkam o’rin egallaydi.


Tobora globallashib va murakkablashib borayotgan bugungi davrda hayotning o‘zi bizga turli millat, e’tiqod va din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan sharoitdagina umumiy bo‘lgan O’zbekiston har millatimizning kelajagini ta’minlashga erishish mumkinligini ko‘rsatib turibdi.
O‘zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati yurtimizning ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g‘oyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat bo‘lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, dinlararo totuvlik, insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Mustaqillik bizga ana shu ezgu an’analarni izchil davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal bo‘lib o‘tishini ta’minlash imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Toshkent-2012;
2.Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi,1995;
3.Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi,1948;
4.”Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar” to’g’risidagi qonun,1998;
5.Yovqochev Sh.A “Siyosat va din”o’quv qo’llanmasi;
6.Narbekov A.V “Dinshunoslik asoslari”,Toshkent-2007
7.Mo’minov A, Yo’ldoshxo’jayev H “Dinshunoslik”,Toshkent-2003

1 Yovqochev Sh.A. Siyosat va din. o’quv qo’llanma.

2 Narbekov A.V “Dinshunoslik asoslari”, Toshkent-2007.

3 “Bag’rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”,3-moddasining 1-bandi.



4 Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 2-moddasi

5“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar”to’g’risidagi qonun 1-modda
Yüklə 111,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə