Gulshan ul-asror



Yüklə 75,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü75,97 Kb.
#140809
1   2   3   4   5   6   7
haydar-xorazmiyning-gulshan-ul-asror-dostonidagi-didaktik-ruhdagi-hikoyatla

ǀ
ISSUE 1 
ǀ
2022
15 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
Menki pishurdim bu laziz oshni
Shayx Nizomiydin olib choshni. 
Shayx Nizomiy damidin jon topib, 
Ma’nisidin yarliq-u bullion topib
Asarning qo‘lyozma nusxalari London, Parij, Vena, Qozon kutubxonalarida
fotonusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. 
Haydar Xorazmiy o'zbek mumtoz adabiyotida she’riy hikoya yaratish an’anasining
ravnaq topishida katta hissa qo‘shdi. “Maxzanul-asror” dostonidagi hikoyalar 
axloqiy-ta’limiy mohiyat kasb etadi. Muallif ularda biror kichik hayotiy voqeani hikoya 
qilish orqali kitobxonga pand-nasihat qiladi, ularga o‘git beradi, falsafiy, ijtimoiy-
siyosiy va axloqiy-ta’limiy masalalarga doir zamonasi uchun peshqadam xulosalarini 
ilgari suradi. 43 baytdan tarkib topgan “Bo‘z tuquvchi kampir va bazzoz hikoyati” 
asarda alohida ahamiyatga ega. “Mav’iza” (o‘git,nasihat) bobida xalq hikmatlari, 
maqollaridan, hayotiy detallardan foydalangan holda o‘quvchiga hayotda to‘g‘ri bo‘lish, 
to‘g‘ri va halol yashash, Tangri bcrganiga rozi bo‘lish, boylarga hasad qilmaslik, 
boshqalarga yomonlikni ravo ko‘rmaslik, birning ustiga o‘nni qo‘yib sotmaslik va 
boshqa bir qator misollarni keltiradi. Bu mav’iza orqali Xorazmiy “Bo‘z to'quvchi 
kampir va bazzoz hikoyati”ga zamin yasaydi, hikoyaning asosiy g‘oyasiga, aytmoqchi 
bo‘lgan voqeaga ishora qiladi. Hikoyatning mazmuni quyidagicha: Kufa shahrida ilohiy 
ilmlami egallagan bir shayx bozorga bordi. U yurib borib, bir bazzozning do'koni 
qarshisida o‘tirdi. Bazzozning do‘koni asl mollar bilan to‘la ekanini ko‘rdi. Bazzozning 
butun umri savdo bilan o‘tgan edi. Shu payt bazzozning oldiga bir qari, arang nafas 
olayotgan, so‘zlashga ham madori yo‘q, ko‘zlarida hayot uchquni so‘ngan kampir 
oyog‘ini sudrab kelib qoldi. Kampir qo‘ynidan bir parcha bo‘zni chiqarib bazzozga 
uzatarkan: “Manovini olgin-u bahosini aytgin”, dedi. Bazzoz bo‘zni qo‘liga olib, 
kampirga bir talay yolg‘onni so‘zlay ketdi: “Bo‘zingizning momig‘i past, iplari ham 
dag‘al ekan. To‘n qilishga ham yaramaydi, yuvsa ishdan chiqadi. Bu matongizdan 
ko‘ylak ham tikib bo‘lmaydi, tuzukroq narxga arzimaydi”. Shundan keyin kampir 
do‘kondor bazzozga dardini to‘kib soldi: “Ey sohib karam xojam, boshing omon 
boʻlsin, bu dunyoda aslo g‘am ko‘rmagin. Men bir bechora tul ayolman, ojiz, 
bechoraman. Jonimni jabborga berib, ikki hafta shu bo‘zni to‘qidim. Bir nechta 
farzandim yo‘limga termulib o‘tiribdilar. Mayli, nima desang deyaver, Xudoga soldim. 
Qancha baholasang, bo‘pti, pulini bergin”. Bazzoz o‘lchagich gazini olib, matoning 
bo‘yi-enidan ham urib qoldi va kampirga bir-ikki dirham berdi. Kampir oyog‘ini arang 
sudrab bosganicha, uyiga yo‘l oldi. Shu payt bo‘z sotib olgani bir odam kelib
do‘kondorga dedi: “Ey xojam, menga shunday bo‘z kerakki, bu dunyoda undan yaxshisi 
bo‘lmasin. Mayin, tekis to‘qilgan bo‘lsin, ipida aslo nuqsoni boimasin”. Do‘kondor 
bazzoz qaysi bo‘zni ko‘rsatsa, xaridor aybini topaverdi. Shunda do'kondor: “Shoshmay 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 75,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə