Guliston pedagogika instituti mustaqil ish



Yüklə 41,62 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü41,62 Kb.
#150466
jo\'rayev Baxrom 2 chiqarildi





GULISTON PEDAGOGIKA INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport


Bajardi:Jo‘rayev B.
Tekshirdi:Sariboyev Sh.


Guliston 2023 y
O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport
REJA 1.Sportni jamiyatda tutgan o‘rni 2.Jismoniy tarbiya va sportni ta‘lim-tarbiya tizimidagi o‘rni 3.Jismoniy tarbiyaning sihat-salomatlikni ta‘minlashdagi tarbiyaviy xususiyatlari


O‘zbekiston Rsspublikasi o‘z mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin barkarorlashtirib borar ekan uning istiqboli bugungi avlodning bilimdon ma‘naviy va jismoniy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib yetishishiga bog‘liqdir. Bu o‘rinda Respublikada talabalarning jismoniy tayyorgarligini rivojlanishi va ishchanlik qobiliyatlarini shakllantirishda jismoniy tarbiya na sport fani alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat ia sport sohalarining rivojlanishi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu sohaning nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirishga Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev katta e‘tibor berayotganligi, erishilayotgan yutuqlarimizning poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, millat genofondini yanada sog‘lomlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ahamiyati davlat siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri deb belgilangan. Qisqa muddatda bu sohada olib borilgap keng ko‘lamli amaliy harakatlar o‘z samarasini bera boshladi. Ma‘lumki, mamlakatimiz sporti 1991 yilgacha sobiq Ittifok bo‘yicha amal kilgan hukmron tizimning bir qismi bo‘lib, yurtimiz bu masalada xalqaro maydonga mustaqil chiqish va o‘z imkoniyatlarini namoyon etish huquqiga ega bo‘lmagan. Respublikamizning sanoqli sportchilarigina Olimpiya o‘yinlari, jahon va Yevropa miqyosidagi nufuzli musobaqalarda qatnasha olardi. Asosiy e‘tibor mahalliy aholi o‘rtasidan malakali sportchilar tayyorlash, jismoniy tarbiyani ommalashtirishga emas, balki boshqa respublikalardan tayyor sportchilarni taklif qilib, xo‘jako‘rsinga, muayyan natijalar olishga qaratilar edi. Shu bois, respublikaning faqat markaziy shaharlarida birmuncha ishlar qilinib, chekka hududlarida sportni rivojlantirishga yetarli ahamiyat berilmadi. 1991 yilgacha O‘zbekistonda jahon andozalari talablariga javob beradigan birorta ham yirik sport inshooti bunyod etilmagani, xatto Toshkent shahrida ushbu talablarga mos sport majmuasi bo‘lmaganini o‘ziyoq bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. Mustaqilikka qadar O‘zbekiston xalqaro sport jamoatchiligi uchun qariyb yopiq edi. Futbol va tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida sobiq sotsialistik davlatlar sportchilari ishtirokida o‘tkazilgan turnirlarni hisobga olmaganda, mamlakatimizda xalqaro musobaqalar deyarli o‘tkazilmadi. Mustabid siyosat jismoniy tarbiya va sport sohasida ham o‘z asoratlarini qoldirib, bular ayniqsa, quyidagilarda namoyon bo‘ldi: 1. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport ishlari markaziy respublikalarga nisbatan past darajada yo‘lga ko‘yildi, sport harakatiga yerli aholi ommaviy ravishda jalb qilinmadi, ular orasidan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash borasida esa, aniq va maqsadli ishlar olib borilmadi, oqibatda aksariyat yoshlarning jismonan sog‘lomligi talab darajasida bo‘lmay, ular orasidan katta sportga sanoqli sportchilar chiqa oldilar; 2. Sport tarmoqlarini rivojlantirish, sport inshootlarini qurish, umuman sportning moddiy-texnikaviy bazasini kengaytirish va moliyalashtirish ishlari faqat markaz roziligi bilan, cheklangan tarzda amalga oshirildi; 3. Soha uchun oliy va o‘rta maьlumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, musobaqalarda milliy sportchi kadrlar turli sun‘iy to‘siq va saralashlardan o‘tishga majbur edi. Milliy kadrlarni tayyorlash va mahalliy sportchilar iqtidorini ro‘yobga chiqarishdagi bunday noxolis siyosat asorati mustaqilikning birinchi yillarida ko‘pchilik sportchi va murabbiylarning boshqa joylarga ketib qolishida o‘z aksini topdi;
4. O‘zbekiston sportiga adolatsiz munosabat tufayli juda ko‘p sportchilarimiz Yevropa, Jahon va Olimpiya musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum etildi;
5. O‘zbekiston sportchilarining jahon miqyosiga mustaqil chiqa olmaganligi mazkur sohaning zamon talablariga mos ravishda rivojlanib borishiga ham katta to‘sqinlik qildi.
O‘zbekistonda mavjud muammolarni bartaraf qilish maqsadida Mustaqilikning birinchi kunlaridanoq mamlakat rahbarining tashabbusi bilan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bosqichma - bosqich qabul qilinib, ular joriy etildi. Qisqa muddatda: - jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning tashkiliy asoslari takomillashtirildi; - O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar tashkil kilindi; jismoniy tarbiya - sog‘lomlashtirish, ommaviy - sport ishlari va sportning milliy turlari rivojlantirildi; - jismoniy tarbiya va sport sohasini mablag‘ bilan ta‘minlash tizimi takomillashtirildi, nodavlat sektor rivojlantirildi; - jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi; milliy ta‘lim dasturiga binoan jismoniy-tarbiya va sport sohasiga kadrlarni tayyorlash va qayta o‘qitish ishlari amalga oshirilmoqda. 1992-yilning yanvarь oyida mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning huquqiy asosi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Respublikada jismoniy tarbiya va sportni boshqaruv tizimini muvofiqlashtirish maqsadida,Madaniyat va sport ishlar vazirlikga sport sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, o‘z vakolati doirasida vazirliklar, idoralar, Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ), sport turlari bo‘yicha milliy federatsiyalar hamda mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysinishidan qatьiy nazar, turli tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish, shuningdek, barcha jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari ustidan nazorat qiluvchi organ maqomi berildi. Sport sohasida o‘quvchilarning iste‘dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan «O‘zbekiston o‘quvchi - yoshlarini rag‘batlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Prezideng Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xususan, 1993 yildan iqtidorli yosh sportchilar jismoniy tarbiya instituti va fakulьtetlariga imtiyozli ravishda o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘ldilar. Yurtni bitta maqsad atrofida birlashtira oladigan, xalqnint g‘urur va tuyg‘usini oshiradigan, yoshlarni o‘ziga jalb qila oladigan sportning ommaviy o‘yin turi futbolni yanada rivojlantirish maqsadida 1993 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida» va 1995 yilda «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Natijada mamlakatda sportni keng miqyosda ommaviy ravishda rivojlantirish harakatlari jonlanib, respublikamizning barcha o‘quv muassasalarida futbol maydonchalari tashkil etildi, Qorakolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlaridagi barcha stadionlar qayta ta‘mirlandi, joylardagi futbol maydonlari xalqaro standartlar darajasida rekonstruksiya qilindi, barcha viloyatlarda futbol maktab-internatlari tashkil etildi va tegishli mutaxassis kadrlar bilan to‘ldirildi hamda katta futbolni professional klublar tizimiga o‘tkazilishiga asos bo‘ldi. Mamlakat sportchilari Olimpiya o‘yinlarida ilk marotaba mustaqil jamoa sifatida Amerikaning Atlanta shahrida 1996 yilda ishtirok etdilar. O‘zbekiston hukumati sportchilarimizni xalqaro musobaqalar, Olimpiya, Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Mustabid tuzum davrida, O‘zbekistondan yozgi Olimpiya o‘yinlarida atigi 40 nafar sportchi ishtirok etgan bo‘lsa, mustaqillikdan keyin birgina AQShning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimizning 76 nafar sportchisi qatnashib, dzyudochi Armen Bogdasarov kumush, bokschi Karim To‘laganov esa, bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. 1994 yilda Lillixammerda o‘tkazilgan qishki Olimpiya o‘yinlarida Lena Cheryazova oltin medalga sazovor bo‘ldi.
1991 yil 31 avgust kuni g‘oyat buyuk, olamshumul tarixiy voqea yuz berdi. Shu kun Respublika Oliy Kengashi minbaridan O‘zbekiston davlati mustaqilligi tantanali ravishda e’lon qilindi. Yillar osha bu sana xalqimiz uchun eng qutlug‘ va eng unitilmas ko‘n bo‘lib qolishi muqarrar!
Har qanday mustaqil davlat va o‘nda hayot kechiruvchi har bir xalq, millat tabbiy boyliklari, ya’ni yer osti va yer ustida zaharlari, tog‘lari va o‘rmonlari daryo-yu dengizlari ulkan shaharlari, go‘zal inshoatlari bilan g‘ururlashishga xalqdir.
Biroq tarixiy tajribalar shunday dalolat beradiki, jamiyatning haqiqiy boyligi, bu-inson, inson avlodidir. Jamiyat el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon e’tiqodi butun, mard va jasur ma’naviyati yuksak insonlar bilan xaqli ravishda faxrlinadi. Bu ulug‘vor, betakror boylik esa har qaysi davlatning salohiyati manbaidir.
Ana shunday noyob fazilatga ega bo‘lgan avlodni madaniyatlab voyaga yetkazayotgan xalq kelajakka ochiq ko‘z, katta ishonch bilan qarash mumkin.
Sho‘quronalar bo‘lsinki, xalqimiz tarixning mashoqqatli sinovlari osha o‘zining ana shu olijanob xususiyatlarga zavol yetkazmay. Saqlab keldi. Ajdodlarimiz o‘z nasl-nasabalarini umumbajarish to‘yg‘ular, o‘lmas sharq falsafali, milliy qadriyatlarimiz bilan madaniyat qilib keldilar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida avlodlarni voyaga yetkazdilar. Ha, bunday fazilatlar asl zahmatkash halqimizga mo‘nosibdirki, biz bu bilan har qancha g‘ururlansak arziydi.
Binobarin, oldimizda mustaqil buyuk davlat ko‘rishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortadi. Nega deganda har qanday ulug‘ maqsadlarga yetishi, yangi jamiyat, farovan turmush qurish, go‘zal hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a’zolari bo‘lgan komil odamlarga, barkamol yosh avlodga bog‘liqdir. Shu bois halqimiz farzandlarimizning iqbolini uylab, qattiq bel bog‘lab mehnat qiliayotgan ma’suliyatni bir davrda mazkur tusho‘nchalar yanada teron ma’no kasb etadi.
O‘zbekiston Respublika Oliy Kengashi 1992 yil 14 yanvarda “Jismoniy madaniyat va sport to‘g‘risida” muhim qonun qabul qildi. Ushbu xujjat bilan sohamiz birnchi marta o‘z foliyatining mustaqil xuquqiy asoslariga ega bo‘ldi. Qonun jismoniy madaniyat hamda sport faoliyatida jamoat munosabatlarini to‘g‘ri tarkibga solishini va O‘zbekistonda jismoniy madaniyat, sog‘lomlashtirish va sport ishining yuksaltirishning xuquqiy kafolatini yuzaga keltirdi. Qonda jismoniy jismonini madaniyat va sport sohasidagi qono‘nchiliq amaliyotini jahon tajribasiga va Respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom avlod uchun” (1993 yil). Farmoni ushbu Qono‘nning amlaga barkamollika, erishimga, tabiatni muxofaza qilishichi, jisomniy va ma’naviy madaniyatlarning o‘zviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan.
Yurtboshimizning jismoniy madaniyat va sportining yanada rivojlantirishda “Sog‘lom avlod uchun” orden va shu nomdagi jamg‘armani ta’sis etish, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha maxsus o‘nvonlarni joriy qilishi to‘g‘risidagi formonlari imzo chekishi jismoniy madaniyatni rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar maxkamasining 1995 yil 15 apreldagi “Sog‘lom avlod uchun” jurnalini tashkil etish to‘g‘risida qarorni ham bu soxada quyilgan salmoqli qadam deyish mumkin. Cho‘nki, jurnalning asosiy maqsadi ma’naviy va jismoniy barkamol avlodlarni madaniyatlash hamda yuqorida qayd etib o‘tilgan davlat ahamiyatiga molik vazifasini amalga oshirishda keng aholi asosini ishtirok ettirishdir.
Qono‘n hayotga tatbiq etishda O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi katta ishlarni amalga oshirishni rejalashtirishda. Cho‘nonchi birinchi navbatda bolalarni har tomonlama jismoniy baquvvat, epchil, chaqqon, kuchli, botir qilib hamda ularni ilmga, bilimdon, zo‘qko, madaniyatli, ma’naviyati boy qilib madaniyatlashni ko‘zda tutgan sog‘lom avlod dasturini ishlab chiqishni amalga oshirdi.
Umumta’lim maktablari I-XI sinflari uchun Davlat standarti asosida jismoniy madaniyat dasturini ishlab chiqilishi fikrimiz asosidir. Keyingi paytlarda kurilayotgan har bir maktabda sport zali qurilishining mo‘ljallanishi, Yunusobod daxasida tennis qortining qurilishi, Farg‘onada, Andijonda, Namanganda, Samarqanda, Qarshida, Termizdagi tennis qortlari va stadionlarning qurilishi qabo‘l qilingan professorlarning amaliyotga tatbiq qilinayotganligidan dalolatdir.
O‘zbekiston Respublikasi azaldan polvonlar makoni. Shu bois kurash musobaqalari hamisha qizg‘in bo‘lib o‘tgan. Lekin sobiq to‘zum davrida milliy kurashchimizga e’tibor susayib ketgandi. Respublikamiz mustaqillikka erishganda so‘ng jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor berila boshladi. “Sog‘lom avlod” o‘sib-o‘g‘layshida ularni har tomonlama kuchli, epchil, chaqqon, tezqor, chidamli, botir, ko‘rkmas qilib madaniyatlashda milliy kurashning roli kattadir. Cho‘nki milliy kurashning yaxshi o‘rgangan sportchiga sportnig va kurashning boshqa turlarini egallash oson kechadi.
1991 yili SSSR xalqlari spartakiadasida oxirgi sportchilarimiz yaxshi qatnashib umum komanda hisobida 10-o‘rinni egallashdi. Yunon-rim kurashi bo‘yicha Abdullaev G‘ayrat 2-o‘rinni, 1992 –mamlakat birinchiligida 2-o‘rinni, Ye—Gran-pri musobaqasida 1-o‘rinni ko‘lga kiritdi.
1991 yili bokschilarimiz mamlakat birinchiligidaajoyib g‘alabalarni qo‘lga kiritishdilar Ig‘or Bo‘nni-oltin, A.Grig‘oryan va O.Moskiev-kumush va E.Qarimov-bronza medali oldilar.
1991 yili Miksikada o‘tqazilgan oxirgi spartakiadada A.Grig‘oryan chempion bo‘ldi, O.Moskaev 2-o‘rin, X.turso‘nov, N.Sumionov, N.Ataev, M.Kitabovlar – 3o‘rinni oldilar. Komanda –turtinchi o‘rinni egalladi.
1992 yil 9-11 avgust Shaxrisabzdagi “Xisor” o‘yingohida milliy kurash bo‘yicha sohibqiron A.Temur xotirasiga bag‘ishlangan 1-xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ushbu turnerga Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iston, O‘zbekiston va boshqa davlatlar jamoalari vakillari kelishidi. Jami 300 nafar man-man degan polvonlar Shahrisabzni, buyuk sarkarda, ulug‘ sohibqiron ruxini shod etishga bel bog‘lab maydonga tushdilar.
Bu yerda milliy kurashning Buxoroga, ya’ni – berib olishi usulida kurash tushildi. Buni Qashqadaryo, Surxandaryo, Buxoro, Xorazm polvonlari juda yaxshi bilishadi. O‘zi aslida chap berib olishish ham bir necha turga bo‘linadi: sartadan irg‘itish, ichdan chchilish, tuch chil, qoqma-aksariyat polvonlar 1992 yil 21 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy ravishda ta’sis qilinadi va shu yili 9 marta xalqaro olimpiya qo‘mitasi tarkibiga kiritilib, haqiqiy a’zo bo‘ldi. Bu O‘zbekiston sportchilarning olimpiada va jahon birinchiliqlari mustaqil terma jamoa sifatida ishtirok etishlariga imqoniyatlar yaratib berdi.
1994 yili O‘zbekiston Respublikasi milliy olimpiya qo‘mitasi (Mok). Bosh as--- 3-sessiyasi bo‘ldi. O‘nda Mok ijroiy qo‘mitasi va taftish komissiyasining xisobatlari tinglandi. O‘zbekiston Respublikasi Mok nizomiga o‘zgartirishlar kiritildi. Sessiyada O‘R MOK Deklaratsiyasi qabo‘l qilindi va Davlat sport qo‘mitasi rais S.S.Ro‘ziev Mok prezidenti etib saylandi.
O‘zbekiston Respublikasining milliy Olimpiya Qo‘mitasining deklaratsiyasida olimpiya g‘oyalariga tayanish, uni hayotga singdirish va jamoalarda XOK tashkil etilganligining 1100 yilligini targ‘ibot qilishi kabi murojaat, chaqiriq, tavsiya va takliflar bayon etilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston sportchilari xalqaro sport aloqalarini tobora mustahkamlab bordi. Sharq va Yevropa mamlakatlarida turli uchrashuvlar, turnerlar, bellashuvlarda qatnashib o‘z tajribalarini ortirdi.
1994 yilning 2-15 oktyabr ko‘nlarida Yaponiyani Xirosima shahrida XII – Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘nda O‘zbekiston Respublikasi sportchilari 10-oltin, 11ta kumush va 19 ta bronza, ya’ni jami 40 ta medalni qo‘lga kiritdilar.
Baydarkachi sportchi Ivan Kiriv 3 oltin medal sovrindori bo‘ldi. Alisher Avezboev, Oleg Maskaev (boks), shuxrat Axmedov, A.Rapichev, E.Osmonov (o‘q otish), O.Yarigini (nayza uloqtirish), R.Ganiev (o‘n kurash), S.Mo‘nkova (balandlikka sakrash) musobaqa g‘oliblaridir. Shuningdek futbol jamoamiz finalda XXR jamoasini 4:2 hisobda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bosh trener R.Akramov, B.Abduraimov.
Umuman olganda XII Osiyo o‘yinlari natijalari, ayniqsa futbolchilarimizning yutuqlari O‘zbekiston dovrug‘ini olamga yoydi.
Uch yil ichida jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchilarimiz soni 5,5 milliondan oshib ketdi.
Ulardan ko‘pchiligi-oshirilgan murakkab normativlarni bajarishga muvoffiq bo‘ldilar. Milliondan ortiq kishi esa, salomatliklarini mustahkamlash bilan birga sport seksiyalarida mashg‘ulotlarni davom ettirilmoqdalar.
200 ga yaqin stadion, turt yarim mingdan ortiq sport zallari, 128 cho‘milish xavzalari, 30 mingdan ortiq o‘yin maydonchalari va futbol maydonlari sportchilar ixtiyoriga berib quyilgan.
Sport kurashi, chavondozlik o‘yinlari va musobaqalari yangi sahadlarga chiqib oldi. Bo‘nga Respublika xukumatining milliy sport turlarini rivojlantirish borasidagi g‘amxo‘rligi tufayli erishildi. Buyuk ota-bobolarimiz, mashhur tarixiy va davlat arboblariga atab atletikachilarning xalqaro bellashuvlarini o‘tqazish yaxshi an’ana bo‘lib qoldi.
O‘zbekiston vakillari yuksak mahorat namoyish etiladigan bellashuvlarda ham muvoffaqiyatli qatnashmoqdalar. Sportchilarimiz jaxon va qit’asi chempionatlarida, olimpiada o‘yinlari va xalqaro turnirlarda qatnashib, 686 nishon shu jumladan 232 oltin, 201 kumush, 253 ta bronza nishonlarini olishga muvoffaq bo‘ldilar.
Jug‘rafiy-siyosiy holatimizni hisobga olib, Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor beriliyapti. Cho‘nonchi O‘zbekiston futbolchilari qit’a chempionati va kubog‘i musobaqalariga kiritildi.
Iste’dodli bolalarni topish, ularni mahoratini oshirib, yangi sport marralariga olib chiqish murabbiylarning sharafli vazifasidir. Bizda taqlid qilsa arzugulik mahoratli sportchilar bor.
Farteayl bo‘yicha 1993 yilda jahon chempioni, 1993 va 1994 yillarda jahon kubog‘i g‘olibi. 1994 yil Narvegiyaning Lillehamer shahrida Mustaqil Respublikamizga birinchi bo‘lib olimpiya o‘yinlarining birinchi oltin medalini olib bergan.
1995 yil 8-9 aprel ko‘nlari Termez shahridagi “Alpomish” o‘yingohida Sharqning buyuk allomasi al-Xakim at-Termeziy xotirasiga bag‘ishlangan II-an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib utdi. Turnirda Rustam polvon Ergashev mutloq g‘olib chiqdi.
1995 yil Respublikamizning ko‘pgina vakillari xalqaro sport anjumanlarida ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdilar. O‘zlari erishgan yutuqlari bilan Respublika raviotsini ochiq namoyish qildilar. Masalan, boks bo‘yicha birinchi jahon chempioni R.Riskiev yuldo‘zi sport asmonida ravshan porladi. Jahon chempionatlarida Bobomurod Fayziev, Sayfiddin Xoziev, Sobir Qurbonov (sambo kurashi), Sobirov Ro‘ziev (qilichbozlik), Mamajon Ismoilovlarning nomi (ot sporti) do‘nyo uzra yangradi. Sportning turli sohalari bo‘yicha mana bu sportchilarning: Jamoliddin, Abdujabborov, Erkin Qarimov, Erkin Holiqov, Isroil Isxoqov, Komil Fatqullar nomi jahonga tanildi.
Endiliqda O‘zbekiston sportchilari sobiq to‘zum davrida ishtirok eta olmagan barcha olimpiya o‘yinlarida qatnaish sharafiga ega bo‘lmoqdalar. Respublikamizning 50 olimpiyachilari Xelsinridan to Seulgachan mamlakat sport sharafini mo‘nosib ximoya qildilar.

O‘zbekiston 9 olimpiyachilari janubiy Qoreyada 5 ta Olimpiya medalini qo‘lga kiritdilar. A.Fadziaev va M.Xadarsev erkin kurash bo‘yicha yuksak olimpiya mo‘qofatiga erishdilar. R.Gataulim langar bilan sakratda va N.Muhammaderov shtanga bo‘yicha kumush medallar sovrindori bo‘lishidi.


Mustaqil Respublikamiz vakillari qisqa vaqt ichida xalqaro musobaqalarda ajoyib g‘alabalarga erishdilar. Lina Cheryazova friyatayl bo‘yicha jahon chempionati va kubog‘i, qishki olimpiada o‘yinlari g‘olibi, Xakmatilla Axmedov boks, bo‘yicha jahon chempionida 2-o‘rinni, Botir Mamidov Taekvando g‘olibi, Sergey Nodirxonov jahon chempionatida 3-o‘rinni, Ramil Islomov erkin kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon birinchiligi g‘olibi, Navro‘z Usmonov Yunonrum kurash bo‘yicha jahon birinchiligida 2-o‘rinni, Urol Turaev milliy kurash bo‘yicha Prezident sovrini sohibi, Yuliya Yankina samb bo‘yicha ikki marta jahon chempioni, Oksali Chuovitika gimnastika bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni, jahona chempionatida 3-o‘rin, Toimurod Urosov erkin kurash bo‘yicha jahon chempioni Alini Stergiadu Osiyo kubog‘ida 1-o‘rinni, Ramil Ataulin, Ruslan Xingarov erkin kurash bo‘yicha jahon chempionatida 3-o‘rinni egallagan. Ivan Kiriv Baydarka va kakoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo o‘yinlari chempioni Zokirjon Sharipov sabo bo‘yicha jahon chempionati g‘olibidir, bularning nomini yana davom ettirishimiz mumkin. Mana shunday muvaffaqiyatlar Respublikamiz mustaqillikni erishgandan keyin qo‘lga kiritildi. Bu davlatimizni jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishga berilgan e’tiboridir.
1995 yilda Xitoy og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘tqazildi (ayni vaqtda olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olishga) o‘zbek og‘ir atletikachilari ham qatnashdi. 116 davlat o‘rtasida 16-o‘rinni egallab, olimpiya o‘yinlariga 5-ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
1996 yili Osiyo chempionatida 3-ta sportchi qatnashdi, shulardan B.Nuralliev 7-3-o‘rin, I.Xalilov 3-o‘rinni oldi. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi “Alpomish” sport saroyida 1995 yil 1-8 oktyabr ko‘nlari boks bo‘yicha XVIII Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘nda 19 mamlakatdan ya’ni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Pokiston, Suriya, Tayland, Singanur, Filipin, Tayvan, Xitoy, Indoneziya, Iroq, Quvayt, Xindiston, Yaponiya va boshqa terma jamoalardan kelgan eng qo‘li bokschilar chempionatning medallari bilan bir qatorda Atlanti Olimpiadasiga beriladigan yo‘llanmalarni ham qo‘lga kirtish uchun ringga chiqdilar.
Shu nuqtai nazardan havosqor bokschilar jahon va Osiyo Federatsiyasining prezidenti Anvor Chaujri O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport rivojlantirish borasida ulkan ishlar qilinayotganligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shuning uchun O‘zbekistonlik bokschilar yirik xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat bilan qatnashmoqda.
Yüklə 41,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə