Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
Urug‗lik turkumi nima? 
Aprobatsiya nima ? 
Patent egasi (litsenziar) kim? 


40 
O„zbekiston milliy metrologiya instituti –davlat korxonasi va laboratoriyalarining faoliyatini 
o„rganish. 
Ishning masadi :
Talabalarga O‘zbekiston milliy metrologiya instituti –davlat korxonasi va laboratoriyalari 
haqida ma‘lumot berishdan iborat. 
O‗zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov 
laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‗g‗risida 
Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini va eksporti hajmlarini oshirish, ularning xalqaro 
standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini ta‘minlash hamda mavjud sinov va kalibrlash laboratoriyalarini 
modernizatsiya qilish, shuningdek aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni yetkazib berish bo‗yicha tizimli ishlar 
amalga oshirilmoqda. 
Muvofiqlikni baholash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish, idoralararo va innovatsion sinov va 
kalibrlash laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va mahalliy 
mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq baholash orqali savdodagi texnik to‗siqlarni bartaraf etish maqsadida: 
1. O‗zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda 
―O‗zstandart‖ agentligining: 
―O‗zstandart‖ agentligining ―Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi‖ davlat korxonasini 2020-yil 1-
yanvardan ―O‗zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi‖ davlat korxonasiga (keyingi o‗rinlarda — ―UzTest‖ 
davlat korxonasi) aylantirish hamda uning muassisi etib Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan 
tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutini belgilash; 
―O‗zstandart‖ agentligining ―Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi‖ davlat korxonasi vorisi etib 
―UzTest‖ davlat korxonasini belgilash; 
2019-2020-yillarda Toshkent shahrida xalqaro tashkilotlarning (ISO, IEC, UNECE, EN, CODEX STAN) 
standartlari, talab va me‘yorlariga muvofiq oziq-ovqat va qishloq xo‗jaligi mahsulotlari, elektrotexnika, yengil 
sanoat, mashinasozlik, qurilish, polimer va kimyo sanoati mahsulotlari hamda yuqori texnologiyalar asosida ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning sinovlarini to‗liq amalga oshiradigan zamonaviy sinov va nazorat laboratoriyalaridan 
iborat ―UzTest‖ davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksini tashkil etish;
―O‗zstandart‖ agentligining 1-ilovada nazarda tutilgan hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari davlat 
korxonalarini tugatish;
tugatilayotgan hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari negizida ―UzTest‖ davlat korxonasining 
hududiy filiallarini 2-ilovaga muvofiq, ―O‗zbekiston milliy metrologiya instituti‖ davlat korxonasi hududiy 
filiallarini 3-ilovaga muvofiq tashkil etish to‗g‗risidagi takliflari ma‘qullansin. 
2. Muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish, sinov va kalib rlash laboratoriyalarini rivojlantirishga 
doir kompleks chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‗rinlarda — Kompleks chora-tadbirlar rejasi) 4-ilovaga muvofiq 
tasdiqlansin.
Mas‘ul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Kompleks chora-tadbirlar rejasida ko‗zda tutilgan 
vazifalarning o‗z vaqtida, to‗liq va sifatli bajarilishini ta‘minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 
3. ―UzTest‖ davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksi tomonidan o‗zlashtiriladiga n mahsulotlarni 
sinovdan o‗tkazish yo‗nalishlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar ―UzTest‖ davlat korxonasining sinov va nazorat kompleks ini tashkil etish, texnologik asbob-
uskuna bilan jihozlash va modernizatsiyalash ishlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi ―O‗zbekiston Respublikasida meva-
sabzavotchilik tarmog‗ini rivojlantirish loyihasini Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish 
borasidagi qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-3790-son qaroriga muvofiq Jahon banki tomonidan 25 yil 
muddatga yillik 2 foiz stavkada ajratiladigan 11,6 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‗;
UNI Credit Bank (Chexiya) tomonidan 7 yil muddatga yillik 2,1 foiz stavkada ajratiladigan 3,88 mln yevro 
miqdoridagi mablag‗; 
xalqaro moliya institutlarining grantlari, imtiyozli kreditlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa 
manbalar.
5. ―O‗zstandart‖ agentligi tizimi tashkilotlariga, istisno tariqasida, sinov, kalibrlash va qiyoslash 
laboratoriyalarini tashkil etish doirasida 2021-yilga qadar o‗z mablag‗lari hisobiga import qilinadigan laboratoriya 
jihozlari, asbob-uskunalari, standart namunalar, kimyoviy reaktiv va reagentlarni xarid qilish uchun to‗g‗ridan 
to‗g‗ri shartnomalar tuzishga ularni O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi ―Loyihalar 
va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi‖ DUKda ekspertizadan o‗tkazish sharti bilan ruxsat 
etilsin. 
6. O‗zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qishloq xo‗jaligi vazirligi 
huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta‘minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi ―UzTest‖ 
davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksini tashkil qilish va rivojlantirish, sinov va kalibrlash 


41 
laboratoriyalarini modernizatsiyalash maqsadlari uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‗larini jalb etish 
chora-tadbirlarini ko‗rsin. 
7. Belgilansinki, ―UzTest‖ davlat korxonasining sinov va nazorat kompleksi tarkibidagi sinov laboratoriyalari 
mahsulot sinovlarini amalga oshirish bilan birga ―O‗zstandart‖ agent ligining hamda O‗zbekiston Respublikasi 
Sog‗liqni saqlash vazirligi huzuridagi Davlat sanitariya-epedimiologiya nazorati markazining buyurtmalari (ish 
rejalari)ga asosan davlat nazorati bilan bog‗liq sinovlarni (o‗simliklar karantini xizmati va farmatsevtika 
mahsulotlari bundan mustasno) amalga oshiradi.
8. 2019-2020-yillarda Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy -tadqiqot 
instituti kurslarida malaka oshiradigan mutaxassislarning hududlar va ixtisosliklar bo‗yicha taqsimotlari 7 va 8-
ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 
9. ―O‗zstandart‖ agentligi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2019-2020-yillar davomida 
hududlarning sanoat, ishlab chiqarish va eksport salohiyatidan kelib chiqib, mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq 
―UzTest‖ davlat korxonasining hududiy filiallarini chet el va mahalliy investorlarga realizat siya qilish, shu jumladan 
ularning negizida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish choralarini ko‗rsin.
10. ―O‗zstandart‖ agentligi Sog‗liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat 
qo‗mitasi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda chetdan olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sinovlari 
shaffofligini ta‘minlash maqsadida amaldagi standart va me‘yorlarga muvofiq har bir mahsulot bo‗yicha sinov 
dasturlarini ishlab chiqib tasdiqlasin hamda doimiy yangilab turgan holda rasmiy saytlarga joylashtirib borish 
tizimini yaratsin;
mahsulotlar sifat va xavfsizlik sinov ko‗rsatkichlari to‗liq baholangandan so‗ng muvofiqlik sertifikatini 
rasmiylashtirish tizimini yo‗lga qo‗ysin. 
11. Belgilab qo‗yilsinki, 2020-yil 1-yanvardan: 
akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari mahsulot sinovlarini ―O‗zstandart‖ agentligi rasmiy saytida 
joylashtirilgan sinov dasturlari asosida o‗tkazadi; 
bir turdagi mahsulotga nisbatan tasdiqlangan s inov dasturini ikkita va undan ortiq xususiy sinov 
laboratoriyalari to‗liq xalqaro talablar asosida o‗zlashtirgan taqdirda, davlat organlari tizimiga kiradigan sinov 
laboratoriyalari tomonidan mazkur mahsulotning sinovi faqat davlat monitoringi hamda nazor ati maqsadlarida 
amalga oshiriladi;
mahsulot sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi ruxsat beruvchi hujjatlar va muvofiqlik sertifikatlarini 
rasmiylashtirish idoraviy bo‗ysunuvidan qat‘i nazar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida o‗tkazilgan 
ijobiy sinov natijalariga asosan amalga oshiriladi; 
akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari xalqaro standartlarga asosan yangi sinov uslubini o‗zida joriy 
etsa, uch oy ichida akkreditatsiya doirasini kengaytirish majburiyatini olgan holda ushbu uslub b o‗yicha 
muvofiqlikni baholash ishlarini amalga oshirishlariga ruxsat etiladi. Bunda, yangi sinov uslublarini qo‗llashga 
akkreditatsiya sohasini kengaytirish uchun belgilangan tartibda taqdim etilgan buyurtma asos bo‗ladi;
muvofiqligi tasdiqlanishi shart bo‗lgan mahsulotlar sinovini amalga oshirmaydigan va tashkilotlarning o‗z 
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun tashkil etiladigan sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish o‗rniga ularning 
texnik jihatdan malakalilig ini ma‘qullash tartibi joriy etiladi.
Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan qoidalar o‗simliklar karantini xizmati va farmatsevtika 
mahsulotlariga tatbiq etilmaydi. 
12. ―O‗zstandart‖ agentligi bir oy muddatda: 
Sinov va kalibrlash laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligiga qo‗yilgan u mumiy talablarni 
belgilovchi davlat standartini tasdiqlasin hamda sinov va kalibrlash laboratoriyalarining texnik jihatdan 
malakaliligini ma‘qullash tartibi to‗g‗risidagi nizom loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 
Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi bilan birgalikda respublikada hamda chet el oliy ta‘lim muassasalarida 
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‗nalishlarida ta‘lim olayotgan 3 va 4-bosqich talabalari 
orasida tanlov o‗tkazib, ularning xorijiy mamlakatlar eng ilg‗or ilmiy -sinov laboratoriyalarida amaliyotini 
tashkillashtirish va milliy sinov va kalibrlash laboratoriyalariga muddatli shartnoma asosida ishga jalb qilish 
bo‗yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirsin. 
13. ―O‗zstandart‖ agentligi sinov va kalibrlash laboratoriyalari ehtiyojlarini qondirish maqsadida kelgusi davr 
uchun xarid qilinadigan laboratoriya jihozlari, asbob -uskunalari, standart namunalar, kimyoviy reaktiv va reagentlar 
ro‗yxatini elektron kooperatsiya portaliga joylashtirib borsin. 
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion 
rivojlanish vazirligi, ―O‗zstandart‖ agentligi, ―O‗zkimyosanoat‖ AJ va ―O‗zbekneftgaz‖ AJ import qilinayotgan 
laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalari, standart namunalar, kimyoviy reaktiv va reagentlarni ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish bo‗yicha 2019-yil 1-oktabrga qadar O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan 
taklif kiritsin.
14. O‗zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Sog‗liqni saqlash vazirligi, 
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‗mitasi, Davlat bojxona qo‗mitasi va ―O‗zstandart‖ 
agentligining 2020-yil 1-yanvardan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy etish haqidagi takliflari 
ma‘qullansin: 


42 
davlat xaridlarida, birja savdolarida ishtirok etish hamda imtiyoz va preferensiyalar olish uchun korxona va 
tashkilotlar o‗zlari taklif etayotgan mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me‘yoriy hujjatlar 
talablariga muvofiqligini tasdiqlash;
import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir 
martalik to‗lovni bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida qat‘iy belgilash hamda sertifikatlashtirish 
idoralariga tushgan summa soliq to‗lovlari to‗langanidan so‗ng qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanishi;
sertifikatlashtirish idoralariga o‗z brendlarini yaratish va ulardan o‗rnatilgan tart ibda shartnoma asosida 
foydalanish amaliyotini joriy etish. 
15. ―O‗zstandart‖ agentligi O‗zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 
sertifikatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish hamda tadbirkorlik faoliyati subyektla ri, shu jumladan eksport 
qiluvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, mahsulot namunalarini sinov va kalibrlash 
laboratoriyalariga yetkazishda transport logistikasi tizimini joriy qilish bo‗yicha takliflarni O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin. 
16. Toshkent shahar hokimligi bir hafta muddatda ―UzTest‖ davlat korxonasining sinov va nazorat 
kompleksini qurish uchun zarur bo‗lgan yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratib berishni ta‘minlasin.
17. ―O‗zstandart‖ agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun 
hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‗zgartish va qo‗shimchalar to‗g‗risida Vazirlar Mahkamasiga 
takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. 
G‗ulomov va O‗zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‗rinbosari E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə