Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


Ijtimoiy psixologak trening



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə22/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

Ijtimoiy psixologak trening
Agar muloqotda ishtirok etuvchi ikki jarayon — gapirish va tinglashning faol o’zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasyni egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo’lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o’rgatishga juda katga e’tibor beriladi. Bu boradagi fanning o’z uslubi bo’lib, uning nomi ijtimoiy psixologj trening (IPT) deb ataladi. IPT muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ulardazarur kommu nikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Amaliy muloqot treningi — IPTning bir ko’rinishi bo’lib,u yoki bu professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo’ladigan kommunikativ madaka, ko’nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo’l-yo’riqlarini birgaliqda topish, katta auditoriya oldida so’zlashga o’rgatish, majlislar o’tkazish, janjalli, konfliktli holatlarda o’zini to’g’ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bundagi asosiy narsa —- trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, o’zini o’zga o’rniga qo’ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o’zinikini uyg’unlashtira olish g’oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiymunozaralar, rolli o’yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashqqilinadi.
Odatda ijtimoiy trening shaxsdagi u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilishda jiddiy qiyinchilikka uchragan sharoitlardao’tkaziladi. Ya’ni, treningning tashabbuskori ko’p hollarda yolgazlik, uyatchanlik, tortinchoqlik yoki turli deperessiyalar tufayli qiynalib qolgan shaxs bo’ladi. Maxsus tashkil etilgan kommunikativ ?ugashqlar mobaynida u bu holatlardan chiqib ketish yo’llariga o’rgatiladi.
Masalan, psixologlar tomonidan tashkil etilgan psixologik yordam shahobchalari, «Krizis Markazlari»,.«Ishonchtayanch maskanlarida» bunday shaxslardan iborat guruh bilan maxsus dasturlar yordamida psixolog yoki ijtimoiy xodim ishlaydi. Guruhda tashkil etilgan muloqot muhitida odam o’zidagi ishonchsizlik, torti chokdik kabi salbiy sifatlardan holos bo’lish imkoniyati bo’ladi va u o’zini avvalgiga nisbatan ijobiyroq idrok qila boshlaydi,
Yoshlarning trening mashg’ulotlariga kelishiga sabab bo’ladigan omillardan eng ko’p tarqalgani — bu ulardagi qarama-qarshi jins vakillari bilan gaplashishda tortinchoqliklari, professor o’kituvchiga o’z fikrini bayon etishga qiynalishlari yoki ko’pchilik-omma oldida gapirishda o’zini yo’qotib qo’yish kabi holatlardan chiqishdir. Bunday sharoitlarda o’sha o’quv maskani yoki tashkilot qoshida agar psixologik yordam tashkil etilgan bo’lsa,psixoloshar ular uchun maxsus mashg’ulotlar uyushtirib, har birining individual muammolari xarakteridan kelib chikkan holda zarur ijtimoiy ko’nikmalar hosil qilishga muyassar bo’ladilar.
Ijtimoiy psixologik trening g’arbda juda keng tarqalgan amaliy ishlardan hisoblanadi. O’zbekistondatayyorlanayotgan amaliyotchi psixologlar ham xalqimizga ushbu yo’nalishda ham madadkor bo’ladilar va tashkilot hamda muassasalar bunday xizmatlarga ishonch biddirib, ularning faoliyat ko’rsatishlari uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratadilar degan umiddamiz.

Nazorat uchun savollar:


1.Shaxs — ijtimoiy munosabatlar mahsuli
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o’rni
3. Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farkdanadi.
4. Muloqot va unga o’rgatish muammolari
5. Ijtimoiy psixologak trening



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə