Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


Muloqotning tuzilishi va vazifalari



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə16/92
tarix06.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#98273
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92
portal.guldu.uz-Sotsial psixologiya

Muloqotning tuzilishi va vazifalari.
«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. YOki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir. Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar. Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.
Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin. Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi. Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi. Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.
Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi.
Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar, hissiyotlar, mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan iborat.
Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq.
Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin.
Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi:
1. Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat.
2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga qodir.
3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma’nosini kuchaytirishi, to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin.
4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin.
5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshga bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Inson o‘zining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi kashfiyotchiligi bo‘yicha Er sayyorasida bizga ma’lum tirik mavjudotlarni ancha quvib o‘tdi.
Muloqot turli-tuman vazifalarni bajaradi. Turli mualliflar muloqotning turli vazifalarini ajratib ko‘rsatadilar. G.M. Andreeva kommunikativ, interaktiv va perseptiv vazifasini sanab o‘tadi. M.I. Enikeev axborotli-kommunikativ, boshqaruv-kommunikativ, perseptiv-samarali va affektiv-ekspressiv (emotsional o‘zini ifodalash) vazifalarini ko‘rsatadi. A.A. Brudnыy: instrumental, sindikatli, translyasiya, o‘zini ifodalash vazifalarini ajratadi. Instrumental – bu muloqotning harakatni bajarish uchun muhim axborotni etkazishdan iborat bo‘lgan asosiy ishchi vazifasi. Bu vazifaga yaqin bo‘lgan, lekin unga o‘xshash bo‘lmagan vazifa, birlashtirish – sindikativ vazifa. Ko‘pchilik muloqot aktlarining bevosita maqsadlari katta va kichik guruhlardagi odamlar o‘rtasidagi umumiylikni aniqlash va mustahkamlashdan iborat. Sindikativ vazifa bilan o‘zini ifodalash vazifasi bir-biriga yaqindir. O‘zini ifodalash o‘z mohiyatiga ko‘ra, hamfikrlikka, aloqaga qaratilgan. Alohida o‘rinni ijodiy faoliyatdagi o‘zini ifodalash egallaydi, u faoliyat mahsuli sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki u, odamlar o‘rtasidagi muloqot predmetiga aylanadi. Va, nihoyat, muloqotning translyasion – faoliyatning aniq usullari, baholash mezonlari va dasturlarni etkazish vazifasi muhim ahamiyatga ega. Bu vazifa ta’lim olish asosida yotadi: muloqot orqali shaxsning ta’lim olishi amalga oshadi. L.A. Karpenko maqsadga ko‘ra muloqotning sakkiz xil vazifasini belgilaydi: aloqaviy – xabarlarni qabul qilish va etkazish, hamda o‘zaro aloqada bo‘lishga ikkala tomonning shayligi holati sifatida aloqa o‘rnatish; axborotli – xabarlar, fikrlar, maqsadlar, echimlar va boshqalar almashinuvi; chorlovchi – muloqot bo‘yicha sherikni u yoki bu harakatlarni bajarishga yo‘naltiruvchi faolligini rag‘batlantirish; boshqaruvchi – hamkorlik faoliyatini tashkil etishda haraktlarni o‘zaro yo‘naltirish va muvofiqlashtirish; anglash vazifasi – etkazilgan ma’lumotning mohiyatini mutanosib holda idrok qilish va tushunishgina emas, balki, sheriklarning ham o‘zaro bir-birlarini tushunishlari (istaklari, mayllari, kechinmalari, holatlari va h.k.larni); amotiv – sherikda zarur hissiyotli kechinmalarni uyg‘otish («hislar almashinuvi»), shuningdek, uning yordamida shaxsiy kechinma va holatlarni o‘zgartirish; munosabatlarni o‘rnatish – individ mavjudligi kutilayotgan jamiyatdagi rolli, darajali, ish bo‘yicha, shaxslararo va boshqa aloqalari tizimlarida o‘z o‘rnini anglash va qayd etish; ta’sir o‘tkazish – sherikning holati, hulq-atvori, shaxsiy-mazmunli hosilalari, shuningdek, istaklari, mayllari, fikrlari, echimlari, tasavvurlari, ehtiyojlari, harakatlari, faolligi va boshqalarni o‘zgartirish. B.F. Lomov muloqotning quyidagi vazifalarini taklif etadi: axborotni qabul qilish-etkazish jarayonlarini o‘z ichiga olgan axborot-kommunikativ; hamkorlik faoliyatini amalga oshirishda harakatlarni o‘zaro tuzatish bilan bog‘liq boshqaruvchi-kommunikativ, inson hissiyotlari sohasiga tegishli bo‘lgan va o‘z emotsional holatini o‘zgartirishdagi ehtiyojlarga javob beruvchi affektiv-kommunikativ vazifalar.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, odamlarning amaliy faoliyatida muloqotning quyidagi turlarini ajratadilar:
1. «Niqoblar aloqasi» - suhbatdoshning shaxs xususiyatlarini tushunish va hisobga olishga intilish mavjud bo‘lmagan rasmiy muloqot bunda haqiqiy hissiyotlar, istaklar, munosabatlarni yashirish imkonini beruvchi rasmiy iboralar, odatiy xushmuomalalik, dimog‘dorlik niqoblari, yuz, imo-ishora ifodalarining to‘plami qo‘llaniladi.
2. Oddiy muloqotda boshqa odamga zarur yoki xalal beruvchi ob’ekt sifatida baho beradilar: agar zarur bo‘lsa, aloqaga faollik bilan kirishadilar, agar xalal beradigan bo‘lsa, – itarib yuboradilar, yoki tahdidli qo‘pol iboralarni qo‘llaydilar.
3. Rasmiy-rolli muloqot – bu sheriklarning ijtimoiy rollari darajasidagi muloqot (boshliq – qo‘l ostidagi xodim, sotuvchi – xaridor, servis xizmati xodimi – mijoz). Bunda ma’lum qoidalar va xohishlar asosida ish yuritilib, muloqot mazmuni va vositalari ularga bo‘ysundirilgan.
4. Boshqariladigan muloqot suhbatdoshning shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, turli usullarni ( xushomad, qo‘rqitish, aldov va boshqalar) qo‘llagan holda undan foyda olishga qaratilgan.
5. Dunyoviy muloqot – bu turning mohiyati biror mavzuga oid bo‘lmasligidan iborat, ya’ni, odamlar o‘z fikrlarini emas, balki bunday vaziyatlar uchun umumiy bo‘lgan fikrlarni bildiradilar.
6. Havoyi muloqot – bu muloqot uchun muloqot.
7. Do‘stlarning ma’naviy, shaxslararo muloqoti vaqtida istalgan mavzuni qo‘zg‘atish va bir-birlarini yuz ifodasi, tovush ohangi va harakatlar yordamida tushunish mumkin.
Inson hayotida muloqot alohida jarayon yoki faollikning mustaqil shakli sifatida mavjud bo‘lmaydi. U jadal va ko‘p tomonlama muloqotsiz paydo bo‘lmaydigan individual yoki guruhli amaliy faoliyatga kiradi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə