Global geoekologik muammolar. R e j a


Geoekologik muammolarining tarkib topishi



Yüklə 25,7 Kb.
səhifə2/4
tarix04.03.2023
ölçüsü25,7 Kb.
#101896
1   2   3   4
Global geoekologik muammolar.

2. Geoekologik muammolarining tarkib topishi.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning cfzgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan takidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta'siri bilan bog^liq xolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog'liq bo’lgan har qanday xodisa tushuniladi. (iqlim o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmokda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

  • Global (umumbashariy).

  • Regional (mintaqaviy).

  • Lokal (mahalliy).

Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir.
Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO2 miqdori ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi.
Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5-1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko'lamda o’zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bogMiq, Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning dimiqishi SO2 ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi yoqilg^ilarning yonishidan atmosferada to'planadigan SO2 gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol o'zgarmasa XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin. Natijada:
Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning o’zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning Yerishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi.
XX asrning oxiri o‘n yilliklari dunyo xalqlari oldiga ko‘plab o‘tkir va murakkab muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Bu muammolar global (lotincha globus – shar, kurra, frantsuzcha global umumiy) muammolar deb nom oldi. Xususiyatlariga ko‘ra global muammolar tabiiy, tabiiy – antropogen yoki sof antropogen (shu jumladan, iqtisodiy – ijtimoiy va b.sh.) hodisalar bo‘lib, butun dunyoga, butun insoniyatga tegishlidir. XX asrning oxiri va hozirgi davr uchun ko‘pgina hodisa va jarayonlarning globallashuvi harakterlidir. Global muammolar uchun quyidagi asosiy xususiyatlar xosdir:
1) iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo‘lishi, chuqurlashgan taqdirda esa sivilizatsiyaning mavjudligini xavf ostida qoldirishi;
2) jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdiriga tegishli ta‘sir ko‘rsatishi;
3) yechimini topishda umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni, barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab etadigan muammolar ekanligi.
Global muammolar ijtimoiy - iqtisodiy, tabiiy va texnikaviy jihatlarga ega bo‘lganligi sababli bu muammolarni o‘rganishga doir tadqiqotlar hozirgi fanlarning deyarli barcha sohalarida o‘tkazilishi va o‘zaro bog‘liq harakterda bo‘lishi lozim. Global muammolarni tadqiq qilishda tabiatshunoslar, muxandislik – texnika tarmoqlarining mutaxasislari, sotsialoglar, shifokorlar, iqtisodchilar va boshqa mutaxassislar hamkorlik qilishlari lozim. Global muammolarni o‘rganishga doir barcha tadqiqotlar “aholi – ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish – atrof muhit” uchburchagida mavjud bo‘lgan o‘zaro aloqalarni ochish va o‘rganishni umumiy vazifa qilib qo‘yadi. Yechimiga doir tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Shuningdek, insonning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati ta’siri ostida o‘zgarish qonuniyatlarini ochib berishga, ishlab chiqarishni rivojlanishi, urbanizatsiya, atrof – muhitning barqarorligi va o‘zgaruvchanligining bashoratlashtirishning ilmiy asoslarini yaratish atrof muhitning global muammolarini o‘rganishga doir geografiya fanlari oldida turadigan vazifalarni tashkil etadi. Shu sababli atrof muhitni muhofaza qilish va optimallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar – tabiiy muhitni muhofaza qilish va yaxshilash, geosistemalarni va ularni boshqarishni optimallashtirish, atrof muhit monitoringining ilmiy asoslarini, atrof muhitga inson faoliyati ta’siri tufayli yetkaziladigan zararni baholashning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish, atrof muhit sifatini baholash mezonlarini tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi mezonlari bilan muvofiqlashtirilgan holda aniqlash ayniqsa dolzarb masalalardir.
Global muammolar ijtimoiy – iqtisodiy va ekologik muammolar bo‘lsada, ular muayyan makonda (eng o‘lkan geosistema bo‘lgan geografik qobiqda va uning nisbatan kichikroq geosistemalarida – materiklarda va Dunyo okeani miqyoslarida) sodir bo‘ladi hamda tabiiy va ijtimoiy – iqtisodiy qonuniyatlar asosida kechadi. Shu sababli global muammolarning aksariyat qismi mazmun va mohiyatiga ko‘ra geografik muammo ham hisoblanadi. Geografik tadqiqotlar tasarufadagi global muammolar tabiiy geografiya (uning “Umumiy yer bilimi” sohasi) o‘rganadigan Yerning qobiqlari – atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferaning o‘zaro munosabatlari qonuniyatlari asosida tadqiq qiliniladi. Geografiya fanlari tomonidan tadqiq qilinadigan yoki geografiya fanlari ishtirokida tadqiq qilinadigan muammolar geografiya va ekologiya oralig‘ida vujudga kelgan yosh integral fan – geoekologiyaning o‘rganish predmetini tashkil etadi.
XX asrda ekologik vaziyatning global tus olishi sayramizda butun tirik mavjudotning hayoti xavf – xatar ostida qolganligini yaqqol ko‘rsatdi va insoniyatga bu muammo hayot – mamot muammosi ekanligini anglatdi. Pirovardida hayotning o‘zi olimlar oldiga tabiat va jamiyat o‘zaro ta’sirining mexanizmini imkoni boricha chuqur tadqiq qilishni, dunyodagi ekologik va demografik vaziyatni ob‘ektiv va har tomonlama baholash, tabiiy resurslarning barcha turlari va majmualaridan oqilona foydalanishni yo‘llarini belgilash, Koinotni va Dunyo okeani resurslarini insoniyat ravnaqi uchun o‘zlashtirish, tinch – totuv yashash muammolarining yechimini topishni vazifa qilib qo‘ydi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, bu muammolarni yechimida turli ilmiy yo‘nalish mutaxassislari – faylasuflar, iqtisodchilar, xuquqshunoslar, biologlar, agronomlar, muxandislar, kimyogarlar, tibbiyotshunoslar va boshqalar ishtirok etmoqdalar. Bu muammolar yechimida ishtirok etishdan geograflar ham chetda kolganlari yo‘q. Shu sababli geografiyada ilmiy izlanishning kompleks yo‘nalishlarini rivojlantirishga ko‘proq e‘tibor berila boshlandi.
Tadqiqot predmetining xususiyatlariga ko‘ra tabiiy va ijtimoiy fanlar oralig‘ida turadigan, tabiatni tadqiq qilishga kompleks yondoshadigan geografiya fanlari jamiyat va tabiat o‘zaro ta’siri muammolariga an‘anaviy ravishda juda katta e‘tibor bilan qaraydi. Geografiya fanlari atrof muhitni tashkil etuvchi turli kattalikdagi geosistemalarni, ularning o‘zaro aloqalarini, tabiiy jarayonlarning yo‘nalishi va o‘zaro ta’sirining dinamikasini global va regional muammolari
Geografik qobiq va uni tashkil etuvchi barcha geosistemalar ochiq sistemalardir. Shu sababli ularda modda va energiyaning aylanma harakati hududlar miqyosidan chiqib, umumsayyoraviy aylanma harakatga qo‘shilib ketmoqda va global geoekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Regional ekolgik muammolar deb biror bir regiondagi jamiyat va tabiat o‘zaro ta’siridagi vaziyatlar tushuniladi. Bu vaziyatlar atrof tabiiy muhitning o‘zgarishiga bog‘liq holda kishilarning salomatligi vahayoti, xojalikning rivojlanishi va tabiiy komplekslarning resurs va muhitni qayta hosil qiluvchi, genofondni saqlab qoluvchi tizimlar sifatida namoyon bo‘lishi qobiliyatlari uchun xavf tug‘diradi yoki tug‘dirishi mumkin.
Tabiiy muhitning huduiy tabaqalashuvi bir xil global muammolarning tutli regionlada turlicha namoyon bo‘lishiga, ularning turlicha vaqtlarda paydo bo‘lishiga shart – sharoit yaratadi.


Yüklə 25,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə