Geofazoviy ma’lumotl arni boshqarish



Yüklə 32,85 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü32,85 Kb.
#155572

Geofazoviy ma’lumotl arni boshqarish
Oddiy tilda ma’lumot deb atashimiz mumkin, lekin GATda bu tushuncha
birmuncha kengroq ma’noga ega. Ma’lumki, ma’lumotlar olamida ikki xil
tushuncha bor, biri bu axborot boʻlsa, ikkinchisi ma’lumotdir. Axborot bizning
koʻrgan voqea-hodisamiz boʻlsa, ma’lumot oʻsha voqea-hodisaning inson ongida
qayta ishlangan koʻrinishidir. GATda ham ma’lumot joydan olingan birlamchi
ma’lumotlarning qayta ishlanishidan hosil qilinadi. Yuqoridagi ta’rifdan farqli
ravishda bu axborot yoki birlamchi ma’lumot inson ongida emas, balki GATning
maxsus dasturlari yordamida qayta ishlanib, ma’lumotlar bazasida saqlanadi va
kelgusida foydalanuvchining istagiga qarab elektron yoki oddiy qo gʻoz
koʻrinishida taqdim etiladi.
Ma’lumki, barcha aerokosmik suratlar rastr koʻrinishida keladi, lekin
geofazoviy ma’lumotlar bazasini tasvirlashimiz va yaratishimiz uchun bizga
vektor ma’lumotlar zarur boʻladi. Odatda katta masshtabdagi geofazoviy
ma’lumotlar aerokosmik tasvirlar orqali keladi va ular , ma’lumki, rastr
koʻrinishida boʻladi. Rastrlash yoki tayyor rastr ma’lumotlarni, oʻz navbatida,
vektor formatga keltirish zaruriyati paydo boʻladi. Lekin vektor formatdan oldin
rastr formatdagi tasvirlarga ishlov berish kerak. Boshqacha qilib aytadigan
boʻlsak, GAT tilida raqamli tasvirni qayta ishlash jarayoni (digital image
processing) kerak boʻladi. Bu jarayon orqali tasvir aniqligi oshiriladi va keraksiz
xatoliklar bartaraf etiladi. Bu maqsadlar uchun bir qancha raqamli tasvirni qayta
ishlash texnik usullari ishlab chiqilgan. Bu usullarning ba’zilarini raqamli
zondlash orqali olingan ma’lumotlargagina qoʻllash mumkin boʻlsa, ba’zilarini
faqatgina skanerlangan rastr tasvirlarga va boshqalari esa har ikkalasi uchun ham
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
108
ishlatilishi mumkin. Barcha usullar umumiy 4 toifaga ajraladi va ular
quyidagilardan iborat:
1. Boshlangʻich qayta ishlash.
2. Tasvir aniqligini oshirish.
3. Tasvir formatini oʻzgartirish.
4. Tasvirni tasniflash va tahlil qilish.
Bizga ma’lum boʻlgan geoaxborot tizimida ishlaydigan dasturlar
yuqoridagi kabi qayta ishlash xususiyatiga ega emas. Buning uchun maxsus
raqamli tasvirni qayta ishlovchi dasturlar ishlab chiqilgan. Bu jarayonda uzilgan
chiziqlar birlashtiriladi, georeferenslash ishlari olib boriladi, kartalar
proyeksiyalanadi, tasvir masshtabi vektor formatdagi masshtabga moslashtiriladi,
keraksiz boʻlgan xatoliklar olib tashlanadi . Agar rangli tasvir boʻlsa, oq-qora
tasvir koʻrinishiga keltiriladi, tasvir yorugʻligi toʻgʻrilanadi, tasvirlar alohida
tasvirlanadi yoki aksincha, bir necha kichik tasvirlar orqali katta umumiy tasvir
hosil qilinadi.
4.6. Geoma’lumot bazasi s o ʻ rovi
Ma’lumot bazasi soʻrovi (Database query), avvalambor, bizga kerakli
boʻlgan ma’lumotlarni bazadan soʻrash yoki talab qilib olish ma’nosini bildiradi.
Bunda soʻrov maxsus buyruqlar yordamida amalga osh iriladi. Yanada aniqroq
qilib tushuntiradigan boʻlsak, atribut ma’lumotlar yoki kartografik ma’lumotlar
oʻzaro ma’lumotlar bazasidagi jadvallarga bogʻlangan boʻladi. Masalan, kartalar
ustida ish olib borayotganimizda bizga ma’lum bir yer uchastkasi toʻgʻrisida
toʻliq ma’lumot kerak boʻlib qoladi. Bu holda biz ma’lumot soʻrovini amalga
oshiramiz.
Bu soʻrov toʻgʻridan toʻgʻri biz ishlayotgan kartaning ustida sichqoncha
yordamida amalga oshirilishi yoki ma’lumotlar bazasidan olishimiz mumkin.
Geofazoviy tahlil jarayoni orqali kelgusi GAT ishlarida shu soʻrovlar toʻgʻri va
aniq bajarilishi uchun ma’lumotlarni joylashtirish va ularni boshqarish usullari
qoʻllaniladi.
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
109
Demak, fazoviy soʻrov (spatial query) bu bizga berilgan ma’lumotlar
toʻplami yoki raqamli vektor formatdagi kartada belgilar yoki xususiyatlarni
ularning geografik yoki fazoviy bogʻliqligiga qarab belgilash jarayonidir.
Soʻrov (query) soʻzining ma’nosi birmuncha kengroqdir. Ba’zi dasturlar,
asosan ArcView dasturlari orqali ma’lumotlar qatlam-qatlam koʻrinishida
koʻrsatiladi va bunda buyruqlar orqali bizga kerak boʻlgan ma’lumotlarni
olishimiz zarur boʻladi. Masalan, siz ma ’lum bir uzoqlikdagi va boshqa belgilarga
(feature) qoʻshni boʻlgan belgilarni yoki bir obyekt ichidagi yoki kesishuvchi
obyektlarni topmoqchisiz. Shunday hollarda ham soʻrov ishlari amalga oshiriladi
Fazoviy soʻrovlar jarayoni turli mavzuli qatlamlardagi belgilar orqali
bajarilishi mumkin. Agar qatlamlarning geografik oʻzaro bogʻliqligini
tekshirmoqchi boʻlsangiz, unda bir mavzuli qatlamni boshqasi bilan ustma-ust
qoʻyishingiz kerak va bu jarayon fazoviy qatlamlashtirish (spatial overlay) deb
ataladi. Soddaroq qilib aytadigan boʻlsak, ArcGIS dasturi orqali yaratilgan sheyp
(shape) formatidagi qatlamlarni ustma-ust qoʻyish orqali siz turli nuqtali,
poligonli, chiziqli obyektlarni koʻrishingiz, birlashtirishingiz yoki ajratishingiz
mumkin boʻladi. Ammo ustma-ust qoʻyilayotgan qatlamlarning geografik
koordinatasi bir xil boʻlishi kerak (4.14-rasm).
Fazoviy soʻrov bu fazoviy tahlil jarayonining bir qismidir. Fazoviy ta hlil
turli tahliliy masalalarni hal etuvchi usullarni oʻz ichiga olgan.
Fazoviy soʻrovni siz yangi tijorat uchun joy izlashda, mavjud tijorat
markazlarini bilishda va oʻz navbatida, ular orasidagi masofa va boshqa zarur
ma’lumotlarni topishda qoʻllashingiz mumkin.
Geoaxborot tizimidagi barcha fazoviy soʻrovlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
qamrab olish;
 hudud;
 toʻliq oʻrab olish;
 qirqib olish;
 chiziqlar kesishuvi;
 qoʻshni belgilash;
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
110
 yaqinlik;
 fazoviy biriktirish;
 kartani qatlamlashtirish;
 oʻzaro birlashtirish.
4.14-rasm. Mavzuli qatlamlarni oʻzaro birlashtirish
(Manba: Internet)
Vektor soʻrovi. GATda vektor ma’lumotlar boʻyicha amalga oshiriladigan
umumiy ikki xil soʻrov mavjud:
1. Atribut ma’lumot boʻyicha soʻrov.
2. Fazoviy ma’lumot boʻyicha soʻrov.
Atribut ma’lumot boʻyicha soʻrov deganda operator bergan talablar asosida
mavjud ma’lumotni oʻzgartirish kiritmasdan olish tushuniladi. Kartadagi ba ’zi
xususiyatlar ham atribut asosida olinishi mumkin. Masalan, biz shunday buyruq
berishimiz mumkin: berilgan joydagi barcha 1km
2
maydonga 1000 kishidan katta
zichlikka ega shahar hududlarini koʻrsating. Shunda ushbu soʻrov natijasi zichligi
berilgan oʻlchamdan katta boʻlgan hududlarni koʻrsatadi, qolganini esa
koʻrsatmaydi. Bunday soʻrov bizga qaror qabul qilishimizda birmuncha qulaylik
yaratadi. Koʻpgina GAT dasturlari GAT ma’lumotlar bazasidan ma’lumot
Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari
111
qidirish uchun shakli moslangan soʻrov tiliga ega (SQL – Structured Query
Language).
Bunda yagona kodga va jadvalga ega boʻlgan atribut ma’lumot geometrik
ma’lumotga bogʻlangan boʻladi. Bu atribut ma’lumotlar bazasi orqali ma’lum bir
xususiyatlarni izohlash mumkin. Bunday ma’lumot izlash jarayoni oddiydan
murakkab turgacha boʻlishi mumkin va u SQL tomonidan amalga oshiriladi.
SQL ga koʻra, quyidagi asosiy uchta xususiyat mavjud:
SELECT
FROM
WHERE
TANLA< atribut/maydon nomi>
QAYERDAN
QAYERGA
Oxirgi shartli joyga degan buyruq orqali uchta operator yordamida
tasvirlanadi:
1. Bogʻliqli (relational): >,<,=,≤, ≥ (SELECT*FROM road WHERE
road_width>10.
2. Arifmetik (arithmetic): +, -, x, ÷ (SELECT road_name, road_width
+ 2AS new_width FROM road WHERE road_width>10.
3. Bulean (Boolean): AND, OR, NOT, XOR (mutlaq OR)
(SELECT*FROM road WHERE road_width>10.
Demak, yuqoridagi arifmetik amallar orqali soʻrov natijalari amalga
oshiriladi.Ushbu misollar oddiygina koʻrinishda, lekin SQL dasturi ham alohida
kurslardan biri hisoblanadi va bu dastur GATdan tashqari boshqa axborot
dasturlarida ham soʻrov ishlarini olib borish uchun qoʻllaniladi.

Yüklə 32,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə