Geodeziya va yer tuzish



Yüklə 254,5 Kb.
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü254,5 Kb.
#146454
1   2   3   4   5
AMALIYOT HISOBOTI Geodeziya

4

569.265

14

521.478

24

256.634

5

258.963

15

563.214

25

798.132

6

147.12

16

479.569

26

654.987

7

369.852

17

526.235

27

567.958

8

458.632

18

856.324

28

155.466

9

569.897

19

986.254

29

566.644

10

354.123

20

654.423

30

344.128



3. Yuzani nivelirlash
Yuzani kvadratlar bo‘yicha nivelirlash uchun kataklarga bo‘lish
Bog‘lovchi nuqtalarning nisbiy balandliklarini hisoblash
Joy planini chizish ishlari bajariladi.
Yer tekislash ishlari hajmi, ya'ni qancha tuproq to‘kilishi va kovlab olinishi maydonni nivelirlash natijasida aniqlanadi. Maydonni nivelirlash yer tekislash va qurish uchun ajratilgan rel'efi kuchsiz ifodalangan joylarning yirik masshtabli topografik planini tuzishda qo‘llaniladi. Ixtiyoriy maydon yuzasini nivelirlab, uni qog‘ozda gorizontallar bilan tasvirlash yuzani nivelirlash deyiladi.
Yerlarni an'anaviy usulda tekislashda eng ko‘p ishlatiladigan yerni tekislash uskunasi - bu traktorga o‘rnatilgan, baland joydan yerning pastiga qarab tuproq yuzasini ko‘chirib tekislashga moslashgan mexanizm. Bu texnika ishlatilgandan keyin yer juda tekis ko‘rinishi mumkin, ammo uning topografik notekisligi sug‘orishlar davrida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu uslubning qo‘llanilishi oqibatida hosil bo‘ladigan notekis yuza ishlab chiqarish harajatlarini yanada oshiradi, chunki sug‘orish suvidan foydalanish samarador-ligi dalaning topografiyasiga bog‘liq. Masalan, dala topografiyasining eng baland nuqtasi eng pastkiga nisbatan 10sm ga farq qiladi deylik. Bundadalaning eng baland nuqtasini etarlicha namlantirish uchun 1 gektar maydonga qo‘shimcha ravishda 1000 m suv etkazilishi lozim. Shu bilan birgalikda, dala notekisligi sababli fermerlar eng baland nuqtalarni sug‘orish uchun me'yoridan ko‘proq suv etkazib berganlarida, dalaning past joylarida ortiqcha suv to‘planish holatlari kuzatiladi. Shuningdek, dalada suvning notekis taqsimlanishi natijasida, bitta maydon xududidagi tuproq turli darajadagi sho‘rlanishga ega bo‘ladi. An'anaviy yerni tekislashda tuproq asosan bir yo‘nalishda ko‘chiriladi, natijada vaqt o‘tishi bilan yer yuzasi yanada notekis holatga keladi. Yuzasi notekis bo‘lgan maydonlarda ekinlar yaxshi rivojlan-maydi, dalada begona o‘tlar ko‘payadi va hosil notekis etilib pishadi bularning barchasi hosildorlikni kamayishiga olib keladi.
Bulardan eng ko‘p foydalaniladigani kichikroq maydonning yirik masshtabli topografik planini tuzishda kvadrat kataklar usulidir. Uzunasiga ketgan joyni nivelirlashda esa parallel chiziqlar yoki poligon usulidan foydalaniladi. Yuzani kvadratlar usulida nivelirlash uchun teodolit va po‘lat lenta yordamida joyning relefi murakkabligi tuzilayotgan plan masshtabi va boshqa omillarni hisobga olib, tomonlari 10, 20, 30, 40, 50, 100 metrdan iborat kvadrat to‘ri yasaladi. Kvadratlar uchlari qoziqlar
bilan mustahkamlanadi.
Hisoblash ishlarida bog‘lovchi nuqtalar nisbiy balandiklar va ularning o‘rtachasi topiladi. Yopiq nivelir yo‘lida bo‘lanmaslik xatosi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: fh10 n (bu yerda n - bekatlar soni). Bog‘lanmaslik xatosi yo‘l qo‘yarli bo‘lsa, teskari ishora bilan nisbiy balandliklarga tarqatiladi. Bog‘lovchi nuqtalardan biriga balandlik reykadan uzatilib, qolganlari balandliklari tuzatilgan nisbiy balandlikdan foydalanib aniqlanadi. Har bir bekatda asbob balandliklari AG=Na+a, kvadrat uchlari balandliklari esa Nс=AG-c ifoda yordamida hisoblanadi va tegishli kvadratlar uchlariga yoziladi.
Kvadrat uchlarining balandliklari aniqlanganidan keyin nivelirlangan joyning ikkinchi sxematik plani chiziladi. Buning uchun nivelirlash qaydnomasi dala sxemasidan kvadrat uchlarining balandliklari sm gacha yaxlitlab yoziladi. Shu balandliklar bo‘yicha talab kilingan kesim balandligida (h=0,25 m yoki h=0,50 m da) gorizontallar o‘tkaziladi. Natijada gorizontallarda tasvirlangan joy relefi hosil bo‘ladi.
Maydonni nivelirlashda maydonning katta kichikligi va kvadrat tomonlarining uzunligiga qarab bitta yoki bir necha bekatdan turib nivelirlash mumkin. Maydonni bitta bekatdan turib nivelirlashning iloji bo‘lmasa, barcha kvadratlar uchun nivelirlanadigan qilib bir necha bekatlar belgilanadi, bizning misolimizda 4 ta. Bunda kvadrat uchlari bog‘lovchi va oraliq nuqtalarga bo‘linadi.

Yüklə 254,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə