G’arbiy Yevropada tarjima va madaniyat



Yüklə 254,21 Kb.
səhifə3/6
tarix15.03.2018
ölçüsü254,21 Kb.
#31876
1   2   3   4   5   6

2) Ma’nosiga ko’ra tarjima, ya’ni original matnni mazmunini ochib berish. Bunda tarjima qilinayotgan til me’yorlari talablari saqlanib qoladi. Bu ikki yo’nalish shundan guvohlik beradiki, aynan o’sha yo’nalishdagi matnlarni va ularning tarjimalari saqlanib qolganligi, hatto eramizdan avvalgi davrlarda qilingan tarjimalar saqlanib qolgan hamda bizgacha yetib kelgan nazariy fikrlar shunga moyil bo’lgan.

Misol tariqasida (ya’ni birinchi tarjima yo’nalishi misolida) yunon va lotin tiliga o’girilgan Bibliyaning tarjimalari, o’rta asr Yevropa xalqlari tillariga qilingan tarjimalarni hamda keltirish mumkin.

Bu yerda bir narsani qayd etish kerakki, tarjimaning so’zma-so’z qilinganligi nazariy printsipni tan olganlikdan emas balki Bibliya matnlariga nisbatan o’ta darajadagi diniy hurmat, balkim xudo oldidagi qo’rquv bo’lgan.

Agar tarjimashunoslik nuqtai-nazaridan kelib chiqadigan bo’lsak, tillar orasidagi farqlarni tushunib yetilmaganlikda, ya’ni istagan so’zni har doim bir narsa bilan bog’lab tarjima qilinayotgan til me’yorlarini buzishga olib kelgan. Bundan esa ayrim so’zlarni o’girishda ko’plab xatolarni kelib chiqishi, sintaktik chalkashlik, til me’yorlarni buzilishi kabi misollarni o’nlab keltirish mumkin bo’ladi. Bu qonunbuzarliklar tanqidga duchor bo’ldi va ma’noga ko’ra tarjima printsipida ishlayotgan tarjimonlar qarshiligiga ham uchradi. So’zma-so’z tarjimasi uzoq vaqt nazariy bir mukammal qarashlarga ega bo’lolmadi.

Ikkinchi yo’nalishdagi tarjima printsipi esa dunyoviy xarakterga ega bo’lgan matnlarni tarjima qilishda, asosan yunon tilida bitilgan turli asarlar, kitoblar, she’rlar va hokazolarni lotinchaga o’girishda qo’llanildi. Eramizdan avvalgi I asrda yashagan Tsitseronning tarjima ishlarida uning nazariy yo’nalishlari belgilab berilgandi. Tsitseron Esxil va Demosfenning nutqlarini tarjima qilar ekan shunday deb ta’kidlaydi:

”...men ma’noni ham nutqlar tuzilishini ham ularning fizionomiyasini ham, o’z tilimga o’girishda kerakli so’zlarni topib, saqlab qoldim. Bunday ishga qo’l urarkanman so’zma-so’z tarjima pritsipdan foydalanmadim, balki ayrim so’z va iboralarni ma’nosini saqlab qoldim. Menimcha, o’qituvchi mendan sanoq bo’yicha aniqlikni emas, balki Garda ta’biri joiz bo’lsa og’irlikni, ya’ni ma’no yorqinligini talab qilgan bo’lar edi”.

O’z so’zlarini davom ettirar ekan Tsitseron yana shunday deydi:

”...nutqlarni men tarjima qilishga kirishdim... sababiki tarjimada ularning hamma xususiyatlarini saqlab qolish uchun, ya’ni keng ma’no, shakl, tuzilishi va hattoki ketma-ketlilikni o’z tilim me’yorlariga sodiq qolgan holda”.

Bibliya matnlarini tarjima qilishdagi holatlarda, aslida, bu tarjima printsipi juda kam qo’llanilgan. Misol tariqasida Simmaxom (eramizdan avvalgi II asr) tomonidan qilingan ”Ветховый Завет”ni keltirish mumkin. Eramizdan avvalgi IV asrda esa yana Ierxonim tomonidan qilingan tarjimani ham misol qilish o’rinli. Ierxonim o’z oldiga maqsad qilib ”so’zma-so’z emas, balki ma’noga ko’ra” tarjima qilishni qo’ygan (ya’ni ”non verbum e verbo, sed sensum exprimere de sensu”). Ierxonimning bu talabi Tsitseronnikiga qaraganda jarangsiz. U matnni ma’noviy mazmunini bersada, til vositalarini ifodaviy rolini ko’rsatmaydi. Bunda tili vositalari shakldan ko’ra ko’proq mazmunga bo’yoqdorlik beradi. Biroq bunda ham shunday bir fakt yuzaga keladiki, tillar har xil va til elementlari (asl matniniki)ga mos boshqa ifodalovchi vositalarni qidirish kerak bo’lib qoladi.

1.3. G’arb tarjimashunosligining hozirgi davr tarjimashunosligiga ta’siri

Eramizning I asrda monarxiya tomonidan kiritilgan o’zgarishlar natijasida juda ko’p hodisalar ro’y berdi. Bu davr Rim adabiyoti uchun gullab yashnash davriga qadar bo’ldi desak mubolag’a bo’lmas. Chunki Rim imperiyasi ko’chayib o’zga yurtlarni ishg’ol qilayotgandi. Rimliklar eramizning I-V asrlarida Britaniyani bosib olishdi. Bosib olingan yerlarni ”romanizatsiya”lash keng avj olgandi. Hali hamon antik davr shabadasi esib turar edi. Eramizning IV-V asrlar antik davridan o’rta asrlarga o’tish davri bo’ldi. Buyuk Konstantinning hukmronligidan so’ng Rim imperiyasi xristianlikni keng targ’ibot qildi. Bu davrda ham ziyolilar yetisib chiqdi. Ulardan biri Boetsiy bo’lib, antik davr havosidan nafas olgan edi. U yunon tilidan ko’pgina asarlarni tarjima qilgan. U falsafaga qiziqqanligi uchun ko’pgina falsafaga oid kitoblarni o’giradi.

VI asrga kelib esa xristian dini o’ta muhim rol o’ynaydi. Davlat ishlari xristian dinini aralashuvisiz amalga oshirilmasdi. VII-VIII asrga kelib esa Yevropa antik madaniyati ta’sirida yana rivojlana boshlandi. Lotin tili hamon hukmron edi. Chunki xristian dini asarlari, kitoblari shu tilda bitilgan yoki shu tilga o’girilgandi. Bu dinning ta’siri o’z kuchini tarjima ishiga ham o’tkazmay qolmadi. Lotin tilda ijod qilish kerak edi. Hamma ham bu tilni bilmasligini hisobga olib ayrim ruhoniylar qisqa-qisqa parchalarni tarjima qilishar edi. Xuddi shu narsa Angliyada ham sodir bo’lgandi. Bibliyadan qilingan ayrim parchalarning tarjimalari avom xalq uchun edi. Shu tarjimalar ham oddiy xalq o’rtasida juda qadrlanardi. Sekin-asta Bibliya mahalliy aholi tillariga tarjima qilina boshlandi. Bu esa butun Yevropa millatlari o’rtasida ham keng ommalashdi.

Tarjima qilinayotgan Bibliya parchalari so’zma-so’z printsipi asosida esa. Bu esa, o’z navbatida, xudoning kalomi bo’lganligi uchun juda hurmat qilinar edi. Ikkinchidan esa ma’noga putur yetayotganini tasavvur qilish qiyin edi. Ko’pgina tarjimonlar sayqallanmagan tarjimani asl matn bilan ajrata olmasdilar. Bu esa o’z navbatida ko’p xatolar va tushunmovchilarga olb kelgandi.

VII asrda irlandiyalik monaxlar Italiyaga kelishadi. Ular o’zlari bilan birgalikda ko’p kitoblarni keltirishadi. Ular bu yerga kelib Aristotel, Demofsen, Tsitseron, Gryesi, Virgili, Ovidiy va boshqalarning kitoblarini targ’ibot qilishadi.

IX asrda irlandiyalik ruhoniy Eriguyena tarjima bilan sug’ullanadi. U yunon tilini yaxshi tarjima qilganidan tarjimada qiynalmasdi. U ko’pgina asarlarni tarjima qilishda so’zma-so’z printsipidan foydalanadi. Bunga sabab ham bor – u ruhoniy bo’lganligidan xristian diniga mansub ilohiy kitoblarni tarjima qiladi. Albatta, xudoga hurmati balandligidan so’zlar qanday bo’lsa buzmayin, gunohga qolmayin deb so’zma-so’z tarjima qiladi. Lekin bu bilan masala butun ma’no yo’qolayotganinni unchalik anglab yetmayotganidadir. Uning bu tarjimalari ayrim hollarda yaxshi chiqqan. Chunki ularning o’zi tarjimaning sofligi uchun kurashgan. Biroq bu so’zma-so’z printsipi uzoq saqlanib qolmagan.

Diniy matnlarga bo’lgan munosabat uzoq vaqt saqlanib qoldi. X asrda Alfrik butun umrini din yo’liga bag’ishlagan insonlardan biri edi. U ham diniy kitoblarning tarjimasi bilan shug’ullangan. Lotin tilini juda puxta o’ragangan Alfrik ”Eski nasihat” (Old Testament)dan ”Genezis” (Genesis)ni inglizchaga tarjima qiladi. U so’zma-so’z tarjima qilmaydi, balki erkin hikoya qilish yo’lini tanlaydi. Ushbu kitobning kirish qismida u ingliz tili xususiyati va vositalariga qattiq rioya qilishni ta’kidlaydi. Bu bilan so’zma-so’z tarjima printsipiga qarshi chiqadi.

Bu davr (X asr) tarjimalarga boy bo’ldi. Sababi dinga e’tiqod kuchayganidadir. Ko’pgina asarlar ruhoniylar hayotiga bag’ishlanadi, ya’ni o’sha davrda avliyolar hayotini tasvirlab yozish kuchayib ketdi. Unda turlicha yondashuvlar, bo’rttirib yozishlar, turli tasavvurlar jam bo’ldi. Bu kabi sarguzasht hikoyatomuz asarlar o’z-o’zidan yangi janrga asos soldi. Shuning uchun bo’lsa kerak lotin tilidan eski ingliz tiliga tarjima qilishda antik davr ta’siri hali hamon jo’sh urib turganini sezish mumkin. Masalan, ”Beovulf” she’rini ikkita matn shaklidagi tarjimalari, ”Aleksandr maktubi” va ”Vastning mo’jizalari” nomli tarjimalar ana shunday asarlar qatoriga kiradi.

Bu hol keyingi asrga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Yunon tilidan lotin tiliga tarjima qilish XI asrda ham susaymadi. Platon, Aristotel kabi qadim yunon faylasuf olimlarining zoologiya, metafizika, adabiyot, tarix, siyosat, biologiya, mantiq, etika, she’riyat, diniy asarlari tarjima qilindi. Ko’p tarjimonlar o’tmishda o’tgan buyuk tarjimonlarni o’z ustozlari deb bilib, ular qo’llagan tarjima printsiplari (so’zma-so’z, erkin, hikoya qilish orqali)ni ishlatishdi. Biroq ko’pchilikning qarashi bo’yicha hali-hanuz so’zma-so’z printsipi boshqalariga nisbatan ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Bu o’rinda Tsitseronning ko’rsatmalarini ko’pchilik tarjimonlar qo’llashdilar.

1167 yilda Oksford universitetining tashkil topish olamshumul yangilik bo’ldi. Unga asos solganlar chuqur ta’lim berish, ajdodlar qoldirgan meros. Qo’lga kiritilgan tajriba va albatta yunon va lotinchada bitilgan asarlarni o’rgatishni o’z oldilariga maqsad qilib belgilashdi.

Ikkinchi olamshumul voqea bu Toleda tarjima maktabini ochilishi bo’ldi. Uning asoschilari bo’lmish Raymondlar (Toleda va Cheystli) yuksak sazovorga ega bo’lishdi. Bu o’ziga xos buyuk maktab edi. Chunki yo’qolib ketgan yunon olimlarining kitoblarini bu maktab vakillari tarjima qilishib juda katta olqishga sazovor bo’lishadi. Garchand asl qadim davr kitoblari yo’qolib ketgan bo’lsada, bu maktab tarjimonlari bajargan tarjimalari saqlanib qolgandi. Ular g’arb bilan sharq o’rtasida vositachi bo’ldilar. Butun Yevropada ilm-fan, texnika va madaniyatni rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar.

XII va XIII asrlarda Germaniyada ham juda ko’p tarixiy voqealar sodir bo’ldi. Bu davrda yangi janr – ritsar asarlarini yaratish keng tus oldi. Bunda yana lotin tili asos sifatida xizmat qildi. Shuncha yil o’tganiga qaramasdan yunon va lotin tillarining ta’siri Yevropada kuchli bo’ldi. Shoirlar ilmiy asarlarini she’riy usulda yoza boshladilar, yozuvchilar esa buyuk faylasuflar, klassiklarning asarlarini lotin tilidan o’girib yoza boshladilar. Bu davrda juda ko’p antik davrda bitilgan asarlar tarjima qilindi. Tarjima qilinarkan, albatta, antik ruhda yaratishga harakat qilindi. Bu holat asta-sekin Fransiya, so’ngra Italiyaga o’ta boshladi. Fransiyada ham qadim mualliflar asarlarini tarjima qilish, xususan adabiyotda keng quloch yoydi. Masalan, Oberi de Brayn lotin tilidan ”Epitom”ni, Syudo Kalisfen ”Aleksandr tarixi” aslida eramizning IV asrida Yulius Valeriy tomonidan o’girilgan edi. U o’girgan variantda so’zma-so’z usulini ko’proq qo’llaydi. Lekin ayrim joylarda hikoya qilish orqali davom ettiradi. S.Kalisfen esa to’g’ridan-to’g’ri erkin tarjima yo’lini tanlashi mumkin edi, biroq u o’tmish asarlaridan yaxshi saboq olganligi tufayli adekvat tarjima qilishga tushadi va uning tarjimasi yaxshi tarjimalar sirasiga kirib qoladi.

Bu davrda yunon tilidan lotin tiliga asarlarni o’girish avj oladi. Mavzu yana borib diniy kitoblarga borib taqaladi. Dinioy kitoblarni tarjima qilishdan tashqari Aristotelning asarlari ham tarjima qilinadi. Ilmiy, falsafiy va geologik kitoblarni tarjima qilayotgan tarjimonlar ko’proq so’zma-so’z printsipiga yondashib ketadilar, garchand bu narsa asl matn ma’nosiga putur yetkazishini bilsalarda. Ko’pgina tarjimonlarning nomlari zikr etilmaydi. Biroq ayrim manbalarni ko’rib chiqqanimizda Adelard ismli tarjimonning ismiga duch keldik1. Adelard astronomiya va matematikaga oid asarlarni arabchadan lotinchaga tarjima qilgan. Yana shunday ma’lumotlar borki, u Aristotel asarlarini tarjima qilarkan, antik davr ruhiyatidan bahra oladi. U ko’proq aniq fanlarni tarjima qilganligi bois adekvat tarjima qiladi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, hamma tarjimonlar ham bunday usulda ishlay olmagan. Angliyada taniqli siyosiy hamda diniy arbob Loan Solsberiyskiy (XII asr) ”Levtalogika” deb nomlangan o’z asarida Aristotel asarlarini tarjima qilgan tarjimon haqida yozadi. Uning Aristotel asarlarini tushunsh qiyin bo’lgan, shuning uchun ilk o’rinda tarjimonni ayblash kerak, deydi, sababi tarjimon bizga noto’g’ri tasavvur tug’diradi.

XIII asrda yashab ijod etgan faylasuflardan biri R.Bekon tarjima haqida shunday deydi: ”men o’z ona tiliga chet tilidagidek butun uning go’zalligini saqlagan holda tarjima qila olmayman. Chunki har bir til o’zining xususiyatlarga ega. Ana shu xususiyatlarni tarjimada saqlab qolish mushkul”. U Aristotel, Tsitseron, Platon kabilarni ustozi deb bilgan. Tarjima bobida o’zi qila olmasada tarjimonlarga to’g’ri tarjima qilish kerakligini, ko’proq chet tillarini chuqur bilishni maslahat bergan.

Shuni qayd etish kerakki, yuqorida zikr etilgan Bekonning so’zlari shunchaki tarjima haqidagi so’zlar emas, balki mavzu nima haqida ekanligini chuqur anglay olish kerak. Boshqa bir kitobida Bekon o’z davrida bunday odamni topish mushkulligini yozadi. Uning ustozi Robert (Linkoln arxiyeskopi) mavzusini yaxshi anglay olardi, biroq tilni bilmasdi, yoki Bitsiy, Bekondan ming yillar oldin yashagan, tilni bilardi-yu mavzuni yaxshi anglay olmasdi. Tarjima borasidagi Bekonning yozganlari hammaga ham yetib bormasdi. Chunki keng ommaga bu kabi falsafiy asarlarni yetib borishi mushkul edi. Tarjimani mukammal va bekamo’-ko’st chiqishi uchun tilni juda a’lo darajada bilish zarurligini R.Bekon qayta-qayta uqtirib o’tadi.

Keyinchalik Murbeke ismli faylasuf ko’proq ilm olish maqsadida o’zi Aristotel asarlarini yunonchadan lotinchaga o’giradi. O’zi asli daniyalik bo’lishiga qaramay bir necha tillarni bilgan. Falsafa borasidagi uning tarjimalari o’sha davr xristian falsafasiga katta turtki bo’ldi.

Italiyalik Aristr Palermoning antik davrga qiziqishi, ayniqsa tarjimachilik unga yoqib qolgani bois ko’proq ilmga ega bo’lish maqsadida Platonning ”Fedon” va ”Menon” asarlarini lotinchaga o’giradi. U bundan tashqari Platomeyning asarlarini arab tilidan lotin tiliga o’giradi. Bu bilan esa u o’rta asrlar astronomiyasiga katta hissa qo’shadi. Avitsenna, Aristotel asarlarini ham tarjima qilishga astoydil kirishadi va nihoyasiga yetkazadi.

Antik davr ta’siri XIV asrda yashab ijod etgan J.Chouser, Bokkachcho, Elizavetta Nassau, Eleonor Austrian, Pedro Lorez de Ayala, Avisha don Duarte, Djon de Traviza, Dj.Viklif kabi buyuk tarjimonlarni chetlab o’tmadi. J.Chauser Boetskiy asarlarini tarjima qilarkan, ko’proq qayta hikoya qilish yo’lini tanlaydi. Bundan tashqari u ayrim asarlarini qisqartma tarjima qilish yo’li orqali o’giradi. Elizavetta Nassau va Eleonor Austrian ayol bo’lishlariga qaramay tarjima bilan shug’ullanadilar. Ular erkin tarjima qilish yo’lini tanlashadilar.

Pedro Lopez de Ayala sudda siyosiy ishlar bilan shug’ullanishiga qaramay antik davr yozuvchilarining asarlarini tarjima qiladi. Uning zamondoshi Enriko de Vilena ham Tsitseronning ishlarini, Vergilining ”Anaid”ini va yana bir qancha proza shaklidagi asarlarini tarjma qiladi. Djon de Traviza tarjimani maqtar eka, dunyo tarixi haqidagi kitoblarni tarjima qilib boradi. U lotin tilidan tarjima qilganligi bois avval lotin tilini so’ngra qadim allomalarning asarlari bilan tanishib chiqadi.

Djon Viklif – XIV asr Bibliyani ingliz tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qilgan insondir. Ununig tarjimasi shunchalik sof. Oson bo’lib chiqadiki, bu bilan u qancha odamlarga yengillik yaratadi. Uning bu yutug’i o’zi dindor bo’lganligidadir. Viklifdan tashqari yana bir qancha kishilar Bibliyani tarjima qilishga urinadi. Biroq ularning mehnati zoye ketadi. Viklifning tarjimasi omma o’rtasida keng qabul qilinadi va targ’ibot etiladi.

Bundan ko’rinib turibdiki, qadimdan mavjud bo’lgan ikki qarama-qarshi tarjima printsiplari so’zma-so’z va qo’shish, tushirish orqali qilingan erkin tarjima ham bahs, munozara, mushohada o’rtasidadir. Ko’pgina hollarda proza tarjimada nafaqat adabiyot, falsafa va ilmu-fanni rivojiga, balki tilning rivojlanishiga o’z hissasini o’tkazadi.

IV asr ham o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa bu asarning oxiriga kelib antik yozuvchilar asarlariga qiziqish tobora ortib boradi. Tsitseron, Ovidi, Livi, Seneki, Grese va boshqalarning asarlari tarjima qilinadi. Ko’pgina ishlar tarjima qilinish bilan birga bosilib ham chiqadi. 1470 yilda professor Yan de La Pier bosmaxona tashkil etib (sarbonada) qadim mualliflar (Tsitseron, Sallustiy, Valeriy) asarlarini bosib chiqaradi.

Bu paytda feoldalizm kuchaya borardi va ana shu paytda ham tarjima printsiplari o’rtasidagi ziddiyatlar avj oladi. Har ikki printsip tarafdorlari ham nazariy, ham amaliy bahsga kirishdilar. So’zma-so’z printsipi asosida ish olib borgan Nikolas fon Vile antik davr asarlarini nemis tiliga tarjimaga o’giradi. Villening ko’r-ko’rona ishi lotin tilidagi sintaksisni majburan nemis tiliga olib kirib o’zgartirishlar qilishga harakat qiladi. Biroq ishi amalga oshmadi.

Shu asr (IV) namoyondasi Juan Luis Vayvz tarjima printsipi va metodlari haqida gapirarkan, jumladan shunday deydi:

”Agarki ma’no bir tildan ikkinchi tilga o’tarkan, u haqiqiydir. Agarki ma’no yo’q ekan, u bir parcha qog’oz bo’lagidan boshqa hech narsa emas. Agarki tarjimon Demosfen yoki Tsitseronning nutqlari, Gomer yoki Vergiliyning she’rlarini boshqa tilga tarjima qilarkan, avvalombor matnga va uning mazmuniga e’tibor bersin. Shundagina u tillar o’rtasidagi farqni ko’ra oladi, aksincha bo’lsa o’zga til nutqi stilistikasini berish naryoqda tursin, oddiy jumlalarni berishi mushkul bo’lib qoladi”.

Buni ma’qullagan Platon va Aritotelning tarjimoni L.Bruni tarjima kitoblariga atab yozadi. Uningcha, tarjimon yuksak mahoratli, ilmli, hozirjavob bo’lishi kerak.

Yana boshqa tarjimon – Djon Giptorf. U ingliz bo’lib, Tsitseronning ”Qarilik haqida” asarlarini, Yu.Tsezorning ”Galish jangi solnomasi” parchalarini tarjima qiladi. U tarjima qilgan asarlar V.Kakston bosmaxonasida chop etiladi.

VI asr o’z nomi bilan buyuk o’zgarishlar asri bo’ldi. Bu asrda drama keng rivojlandi, buni o’ziga xos ”drama uyg’onish davri” desa ham bo’ladi, ajdodlardan meros qolgan bu narsa buyuk Shekspirni yaratadi. Keyinchalik tarjimon Uayt Sonnetlarni tarjima qiladi. Uning safdoshi bo’lmish Sarrey ham sonetlar yozishga kirishadi. Tajriba nuqtai-nazaridan Virgilning ”Ineida”

she’rini tarjima qiladi1. O’qilgan she’riy tarjima uyg’onish davri ingliz dramasi uchun asos bo’lib xizmat qildi.

Yana bir ingliz olimi va tarjimon F.Xolland (1552-16370) qadim davr tarixini yoritmoq niyatida 1634 yilda chop etilgan ”S.Plinus Sekundusning tabiiy tarixi” nomli asarini inglizchaga o’giradi. Unda Xolland tarix bilan bir qatorda til muammolari haqida ham qo’shimchalar qiladi. Uning ta’kidlashicha yunon, lotin tilidagi so’zlarni shundayligicha qoldiravermasdan ingliz tildagi mos so’zlarni tanlab olib ishlatish kerak edi.

Bu asarda yana adabiyot yuqori pag’onaga ko’tariladi. Uning ko’tarilishida ko’pgina adiblar qatorida o’z hissasini qo’shgan Dj. Chepmeon (1550-1631) ham bor edi. U Gomer asarlarini tarjima qiladi2. Tarjimani tugatgach o’tmishdan ruhlangan adib kirish so’zi yozib, unda Gomer asarlarini tarjima qilinishiga oid bir qancha maslahatlar beradi.

Antik davr mualliflari asarlarini yoppasiga tarjima qilish XVI asrda Angliyada keng ommalashib ketdi. Renessans, protestantizm, yangi aristokratiya bu uchun barcha sharoitni yaratdi, antik davr o’rta asrlarga qarshi chiqdi. Tabiiyki, bu o’rta asrlarda katta qarshiliklarga sabab bo’ldi.

Ingliz uyg’onish davrida adabiy jarayon tarjima muammolari bilan juda muhim bo’ldi. Bu ingliz dramaturgiyasini eng yuqori cho’qqiga chiqishiga sabab bo’ldi. Bu dramaning poydevori bo’lib xalq teatri xizmat qildi. Boshqa tomondan esa, uning oyoqqa turishida lotin gumanizmi, italiyan dramaturgiyasi va u orqali lotin dramasi tarjimalari, ayniqsa rim yozuvhcilari dramalari tarjimalari, ayniqsa rim yozuvchilari Plavt, Terentsiy va Senekalarning tarjimalari taqlidlar va o’zgarishlarga ta’sir etdi. Ularning aksi yuqorida keltirilgan ulug’ inson Shekspir ijodida iz qoldirdi.

XVI –XVII asrlar tarjima tajribasi fransuz klassitsizmi sababli rim an’analariga yondashgan, bunda chet tilidagi matn tarjimada hukmron sinfning g’oyaviy maqsadlari uchun xizmat qilgan va uning ta’biga mos kelgan. Fransuz ma’naviyatparvari Deni Didro o’zining ”yaxshilik qiluvchi qadr-qimmat haqida esse” asarida ingliz faylasufi Sheftsberi kitoblarining tarjimasi xususida gapirganida, kitobni yopib tarjimani boshlaganliklarini eslatib o’tgan. Antik davr voqeati adiblari- u, yozuvchilarni, tarixchilaru-tilmochlarni o’ziga rom etib qo’ygandi. Antik davr shunchalik darajada ingliz prozasiga o’z ta’sirini o’tkazgan ediki, adiblar qadim zamon shoirlaridan ilhom olmasdan hech iloji yo’q edi. Shu bois bo’lsa kerak A.Pop (1689-1744) ”Iliada”ni tarjima qilib 1715 yilda chop ettiradi. U original matn qofiyalarini o’girganda inglizcha qofiyalardan foydalanib bir maromga keltiradi. O’z tarjima bobida bu asar tarjima yuksak olqishlarga sazovor bo’ldi.

XIX asrning birinchi yarmida Yevropada romantizm maktabi paydo bo’ladi. Bu makatbning o’tmishga, ya’ni badiiy ijod sohasiga bo’lgan qiziqishi tahsinga sazovordir. Ushbu maktab romantiklari tarjima faoliyatlarida aniq tarixiy haqiqatni bayon etganliklari bilan mashhurdirlar. Buni keng ma’noda tarjima faoliyatidan ham bahra olishgan desak bo’ladi. Ular zamonaviy mualliflarning asarlaridan ko’ra qadim dunyo mualliflari asarlarini tarjima qilishni afzal ko’rishgan. Bunda xalq ijodiyoti ularning faoliyati uchun asos bo’la olgan. Bundan tashqari qadim dunyo mualliflarining asarlarini tarjima qilishgan. Masalan, Germaniyada Goratsiyning ”Odalar”i Rammler tomonidan 1716 yilda, ”Odisseya” Foss tomonidan 1781 yilda tarjima qilingan.

XIX asrning ikkinchi yarmida Fransiyada tarjima ishlari Germaniyadagiga nisbatan ancha sust ish olib borilayotgan edi. Hattoki ingliz realizmi unga o’z ta’sirini o’tkaza olmadi, hali-hamon tarjimaga bo’lgan e’tibor jadalashmayotgandi. Biroq shunga qaramay dekadentlik maktabi yo’lboshchisi Lekant de Lillem oldin ma’nosi buzib tarjima qilinib kelayotgan qadim yunon poeziyasidan feokrit ideallarini proza yo’li bilan, ”Anakreontik adlar” (1861), ”Iliada” (1866), ”Odisseya”(1867), Gesiod (1869), Esxil (1872), Sofokl (1877), Evripid (1884-1885) va boshqa bir nechta asarlarni tarjima qiladi.

XX asrda ham ko’p e’tibor tarjimaga qaratildi. Bu asr o’ziga xos tarjima asari bo’ldi. Bu asrning oxiriga kelib ingliz olimlari A.Daf, A.Malley, P.Nyumark, Naydo va boshqalar tarjima tarixini o’rganisharkan, albatta, o’tmishga nazar solmasdan o’ta olmadilar. Ulardan P.Nyumark ”Approaches to Translation” kitobida tarjima tarixi haqida yozarkan, o’tmish tarjimashunosligi o’z ta’sirini, hozirgi davr tarjimashunosligiga o’tkazganligini ta’kidlaydi. Tarjimaning dunyoga kelishi haqida taxminan miloddan avvalgi 3000 yilda, ya’ni misr qadim qirolligi davrida ilk Ktarakt, Elefantin makonida topilgan ikki tilda bitilgan bitiklar dalolat beradi, deb yozadi Nyumart o’z kitobida. Bu esa yunon madaniyati elementlarini Rimliklar olayotgan payt eramizdan avvalgi 300 yil to’g’ri kelishi g’arb uchun faktor bo’lib xizmat qiladi.

Tarjima tarixi tilga olinarkan, antik davr ajdodu-ustozlarimiz (Tsitseron, Kvintillian, kichik Pliniy, Goratsiy va boshqalar) bizning kamol topishimiz uchun, ular qo’llagan tarjima printsipi (yoki printsiplari) hozirgi kunda bizga o’rnak, dastak bo’lishi uchun qanchalik mehnat-mashaqqat bo’lganligi hech qachon yodimizdan chiqmasligi kerak, deb yozadi Nyumark.

Tilshunoslikning rivojlanishi davrigacha bo’lgan tarjima haqidagi bayon etilgan asarlar qaysiki Tsitseron avliyo Jeron, Lyubser, Dryoden, Gyogler, Gerder, Gyote, Shleyernaxer, Buber, Ortega va Gassetgacha yashagan olimu-ma’rifatparvarlar va ular qo’llagan badiiy va erkin, haqqoniy va chiroyli, aniq va tabiiy tarjimalar haqida ko’pgina bahslar bo’lib kelgan. Bu bahslar qaysidir pallada o’z yechimini topib ulgurgandir.


II bob

Sharq Markaziy Osiyo tarjimachiligi tarixidan

2.1. O’zbek tarjimachiligi tarixi

Vatanimiz hududidagi eng qadimigi davlatlar, qabilalar, qabilalar, odamal, ularning tillari, adabiyotlari, masalan ”Avesto” Beruniyning ”Osorul boqiya” (”Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) kabi asarlar, ko’hna Eroniy yozuvlar, yunonlik, xitoylik mualliflar yozib qoldirgan ma’naviy meroslar xabar beradi.

Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida turli yozma manbalarda bir necha qadimgi davlatlar bo’lganligi tilga olinadi. Bular katta Xorazm – Amudaryoning quyi oqimidagi shimoliy yerlar, Murg’ab vohasi va Parfiya hududlari, Baqtriya – hozirgi Surxondaryo, Tojikistonning Amudaryoga yaqin yerlari va Shimoliy Afg’oniston hududlari, Sug’diyona – Zarafshon daryosidan suv ichgan yerlar va Qashqa vohasi hududlaridir.


Yüklə 254,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə