Formation of a conscious attitude to work in preschool children



Yüklə 47,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü47,06 Kb.
#154084
1   2   3
4350-Article Text-10661-1-10-20211213

Key words:
labor, abilities, social development, industriousness, 
pedagogical activity, adult labor, self-service, domestic and domestic work, work 
in nature, manual labor, aesthetic, physical. 
Mehnat insonni ulug`laydi go`zallikga chorlaydi.Mehnatsiz turmush 
mazmunsiz o`tadi. Mehnat qilmaydigan inson hayoti zerikarlidir.U ma‟naviy
qashshoq,jismoniy zaif bo`ladi. Uzoq umr ko`rish siri ham mehnatdadir. Mehnat 
qilmasang, xatto buyuk istedod ham so`nadi, mehnat har qanday qobilyatni 
rivojlantiradi. Terlab-pishib qilingan mehnat erta hosil beradi, mehnatdan qobilyat, 
qobilyatdan iste‟dod, undan esa daxolik paydo bo`ladi. Xammasining zamirida 
sidqidildan qilingan mehnat yotadi.Mehnat baxt timsoli ekanligi hammaga 
ayon.Inson yaralgandan buyon mehnat faolyati bilan shug`ullanib kelgan. Mehnat 
har qanday moddiy va manaviy boyliklarning asosiy manbai. 
Inson hayotida mehnatning ahamiyati hamma baxt barcha xalqlarning eng 
asl farzandlari–mutafakkirlari, olimu-fozillarning diqqat markazida bo`lgan. 
Mehnat jarayonida insoniy xislatlarning faol namayon bo`lishi uchun eng qulay 
sharoitlar yaratadi va har bir kishida ma‟naviy qoniqish hosil qiladi. 
Mehnat ijtimoiy taraqqiyotning manbayi,barcha moddiy va ma‟naviy 
ehtiyojlarni qondirishning asosiy shart-sharoitlaridir,u shu bilan birga inson 
xayotiy faolyatining asosiy shakllaridir, kishi xayotining mazmuni va xar bir 
jamiyat a‟zosining vazifasi, shaxs taraqqiyotining asosidir. Mehnat qadimdan 
jamiyatning axloqiy prinsipi xisoblanib kelingan. Mehnat–faqat shaxsiy moddiy 
faravonlik manbaigina emas, balki xalqqa xizmat qilish, vatanimiz gullab 
yashnashi va uning qudratini oshirishning asosi xamdir. 
Madaniyatli kishi mehnatsevar bo`lib yetishadi. Mehnatni sevmaydigan va 
qadrlamaydigan odamdan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi, 
tarbiyalalanganligi avvalo mehnatga bo`lgan munosabatida ko`rinadi. 
Maktabgacha 
yoshdagi
bolalarga 
mehnatning 
mohiyatini 
chuqur 
anglatish,ularda mehnatga ongli munosabat,shuningdek,muayyan ijtimoiy foydali 


harakat ko‟nikma va malakalarini shakllantirishga yo‟naltirilgan pedagogic 
faoliyatjarayoni bo‟lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri 
hisoblanadi.
Har bir bola maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab mehnatda ishtirok 
etishi zarur. Bolalar boqchasida,oilada bajariladigan uncha murakkab bo`lmagan 
har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning 
ahamiyati va mohiyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati, 
bolalarning o`zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiyalar 
uyushtiradi. 
Bolalar quruvchilarning mehnatini kuzatishyapti, deylik. Qurulish 
maydonchasiga katta-katta bloklar keltirilib, ular ko`tarma kran bilan tushuriladi. 
Keyin bolalar g`isht teruvchilar, duradgorlar, suvoqchilar, tom yopuvchilar, 
bo`yoqchilar mehnatini kuzatadi. 
Bolalarning qurilish bilan tanishish davomida bilib olgan barcha tasavvur 
va tushunchalari ularnig ko`z oldida ajoyib bino bunyod etgan kishilar mehnatining 
go`zalligi namayon bo`ladi. Mana, tarbiyachi bolalar diqqatini chinni buyumlarga
gul soluvchi kishilar mehnatiga jalb etadi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda 
moxirona chizgan rasmlari natijasida chinni idishlarning har xil jilo berib 
turlanishidan zavqlanib “ularning qo`llari gul ekan”, deydilar. Bularning barchasi 
bolalarda kishilar mehnatiga muhabbat uyg`otadi.Pedagog bolalarni mehnatining 
moddiy boylik keltiruvchi tomonini xam estetik tomondan ham ko`ra bilishga 
o`rgatadi. Bolalarning eng oddiy mehnat qurollari, materiallarga ishlov berish 
usullari bilan tanishtirish kerak.Har bir bola oilada bolalar mehnatida o`z ulushi 
borligini his eta bilishi lozim. Mehnatning aqliy tomondan rivojlantirishdagi 
ahamiyati shundaki, mehnat jarayonida ular borliqni faol anglay boshlaydilar. 
Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarga mehnat tarbiyasini berish ularni estetik 
va jismoniy jihatdan ham rivojlantiradi. 
Yosh avlodga berish masalasi hozirgi davrda eng dolzarb mavzu 
hisoblanadi.Mehnat har bir yosh guruhidagi bolalarning o`ziga xos xususiyatlarni 


etiborga olib tashkil etiladi, unga to`g`ri rahbarlik qilgandagina yetarli natijaga 
erishish mumkin. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarning o`ziga xos tomonlari ko`pgina olimlar 
tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda keng o`rganib chiqilgan. Bolalar 
mehnatining muhim belgisi ularning ma‟lum maqsadga yo`naltirilganligi.Kichik 
maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnati inson jarayonga oid xarakat bo`lib,u 
faqat kattalarning rahbarligi natijasida amalga oshirilishi mumkin. Tarbiyachi 
bolalarni o`z faolyatlarini taxminiy rejalashtirib olishlariga o`rgatishi va ular 
faolyatiga rahbarlik qilib olishi lozim. Shunday qilib maktabgacha ta‟lim yoshi 
davrida mehnat va o`yin o`zaro bog` liq holda kechadi, biroq har qanday holda 
ham bolalar mehnatini o`yinga aylantirish, ularning farqini yo`qqa chiqarish 
noto`g`ri bo`lar edi. Tarbiyachilar va ota–onalar ta‟sirida asta –sekin bolalar 
bolalar mehnati o`z vazifasi, mazmuni, metodi va tashkil etillishi bilan mustaqil 
faolyat sifatida ajratib boriladi. Mehnatda uning beradigan samarali bo`ladi. 
Mehnat qilish muntazam tarzda bo`lib unda hamma bolalar ishtirok etsa va kattalar 
mahnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanadi. Maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalar quyidagi mehnat turlariga jalb qilinadi: o`z-o`ziga xizmat 
qilish, xo`jalik va maishiy mehat, tabiat quchog`idagi mehnat va qo`l mehnati. 
O`z–o`ziga xizmat qilish bu bolalar mehnatining bir turi bo`lib ,unda 
bolalar ilk yoshdan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvunishga, kiyinish va 
yechinishga, o`yin choqlarni yechintirib qo`yishga o`rgatiladi. O`z-o`ziga xizmat 
qilsh jarayonida bolalarda mustaqillik ma‟lum maqsad bilan xarakat qilish kabi 
sifatlar shakllanadi, bolalar qo`llaridan kelgan ishni o`zlari bajarishga o`rganadilar. 
O`z-o`ziga xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg`otadi, 
batartiblikka, intizomli bo`lishga, xulq-odobga o`rgatadi. Bolalar xo`jalik va 
maishiy mehnatga bolalar bog‟chasida va oilada jalb etiladi. Uning mazmuni har 
xil bo`ladi:xona va bog‟cha maydonchasini yig`ishtirish ,stolni bezatish va 
stokldagi idish tovoqlarni yig`ishtirish, choy idishlarini qo`g`irchoq kiyimlarini
mayda narsalarni yuvish, mashg`uotga kerakli narsalarni tayyorlab qo`yish, 
mashg`ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig`ishtirib qo`yish va boshqalar. 


Tabiatdagi mehnat bolalarning har tomonlama rivojlanishida muhim 
ahamiyatga ega bo`lib o`simlik va hayvonlar, yil fasllari va jonsiz tabiat 
to`g`risidagi bilimlar manbai,bolalarda mehnatsevarlikni,tabiatga ehtiyotkorlik 
bilan munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalash vositasidir. Shu bilan birga bolalar 
mehnatning bu turi bilan tuproqni yoqishga tarbiyalash va o`g`itlash,ko`chatni 
o`tkazish, o`simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha mehnat malaka 
va ko`nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq havoda tashkil etilishi 
bolalar organizmini chiniqtiradi, ularning sog`ligini mustahkamlaydi. 
Qo`l mehnati–mashg`ulotlar ,o`yinlarda mehnat faolyati uchun zarur 
bo`lgan o`yinchoq va qurulmalarni tayyorlash bo`yicha bolalar mehnatidir. Qo`l 
mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi-narsa buyum vujudga keladi. 
Bolalar yopishtirish, qirqish, bo`yash arralash, mix qoqishni, tikish va shunga 
o`xshash oddiy mehnat malaka va ko`nikmalarni egallab oladilar. Ularda 
ijodkorlik, topog`onlik, zexnlilik xislatlari o`sadi.Bolalarda mehnat faolyatini 
shakllantirish mehnat faolyati –xar xil mehnat jarayonlaridan tashkil topgan, xar xil 
mehnat turlarni birlashtiruvchi keng tushunchadir. Mehnat jarayoni–mehnat 
faolyatning o`ziga xos bo`lagi bo`lib, uning tarkibida esa mehnat faolyatining 
hamma tarkibiy qismlari, mehnatning maqsadi, material va mehnat qurol 
aslahalari, biron natijani yuzaga keltirish maqsadiga erishish uchun sarf qilingan 
mehnat xarakatlari, mehnat sabablari va mehnat tahsili yaqqol ko`zga tashlanadi. 
Mehnat faolyatini egallash–bu birinchi navbatda mehnat jarayonini uning 
tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir. Shunga qarab bolalarning 
mehnat tarbiyasi vazifalari belgilanadi va ular quyidagilardan iboratdir: 
1. Bolalarni bo`lajak mehnat faolyati oldidan maqsad qo`yishga o`rgatish. 
2. Mehnat jarayonini, mehnat faolyatini eng oddiy rejalashtirib olishga 
o`rgatish. 
3. O`z ish joyini tayyorlab olishga ,mehnat madaniyatiga o`rgatish. 
4. Mehnat malakasini va ko`nikmalarini o`rgatish. 
5. Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati qancha vaqtda 
bajarilganligiga qarab o`zining va boshqalarning to`g`ri baholashga o`rgatish . 


6. Mehnat faolyati sabablarini shakllantirish . 
7. Jamoa mehnat faolyati vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni 
shaklantirish.

Yüklə 47,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə