Fizik masala qanday yechiladi?



Yüklə 173,82 Kb.
səhifə32/34
tarix29.09.2023
ölçüsü173,82 Kb.
#124940
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Molekulyar fizikadan masalalar yechish namunalari (2)

57. 0,4 kg gaz 27°C temperaturada va 300 kPa bosimda 831 l hajmni egallaydi. Bu qanday gaz?
A) geliy B) kislorod C) azot
D) karbonat angidrid
58. 1 kmol gaz 100 kPa bosim ostida va 100°C temperadurada qanday hajmni egal­laydi (m3)?
A) 8,31 B) 16,62 C) 31 D) 6,2
59. Biror balandlikda havoning bosimi 83,1 kPa va temperaturasi -43°C ga teng bo‘lsa, shu balandlikdagi havoning zichligini aniqlang (kg/m3). Mh=29 g/mol.
A) 0,46 B) 0,36 C) 0,23 D) 1,26
60. V=300 l hajmli ballon temperaturasi 273°C va bosimi 100 atm bo‘lgan gaz bilan to‘ldirilgan. Shu gazning normal sharoitdagi hajmini toping (m3).
A) 9,3 B) 15 C) 7,8 D) 10,5
61. 8,31m3 hajmli ballon har sekundda 2,5g dan vodorod gazi bilan to‘ldirilmoqda. Bal­lon­dagi bosimni 1,8105 Pa gacha yetkazish uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi (min). Gazning temperaturasi 27°C ga teng.
A) 10 B) 8 C) 5 D) 1,8
62. Germetik ballonda 0,001 kg massaga ega bo‘lgan noma’lum gaz 23°C temperaturada 60 kPa bosimni vujudga keltirdi, xuddi shu balonning o‘zida 0,05 kg massali kislorod gazi 47°C temperaturada 480 kPa bosimga ega bo‘ladi. Noma’lum gazning molyar massasini (g/mol) toping.
A) 2 B) 4 C) 18 D) 28
63. 1 dm3 hajmli idishdan havo so‘rib olin­moqda. Nasos silindrining ishchi hajmi 0,2 dm3. Nasos ishining necha siklidan so‘ng idish­dagi bosim  2,5 marta kamayadi?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
64. Kislorod, geliy va karbonat angidrid gazlari izobar isitilgandagi hajmlarining temperaturaga bog‘lanish grafiklari rasmda diagrammada tasvirlangan. Gazlarning mas­salari va bosimlari bir xil. Qaysi grafik qaysi gazga mos keladi?




A) 1-Ne, 2-O2, 3-CO2
B) 1-CO2, 2-O2, 3-He
C) 1-Ne, 2-CO2, 3-O2
D) 1-O2, 2-Ne, 3-CO2



65. Havo sharlari bir xil hajmgacha: birin­chisi vodorod bilan, ikkinchisi azot bilan, uchinchisi geliy bilan to‘ldirilgan. Ularning qaysi biri eng katta ko‘tarish kuchiga ega?
A) azotlisi B) geliylisi C) vodorodlisi
D) hammasining ko‘tarish kuchi bir xil
66. Agar ballondagi gazning chiqib ketishi natijasida bosim 2 marta, temperatura 1,5 marta kamaygan bo‘lsa, gazning qanchasi chiqib ketgan (%)?
A) 25 B) 50 C) 75 D) 20
67. Jo‘mrak bilan tutashtirilgan ikkita idish bor. Jumrak yopiq. Birinchi idishdagi gazning bosimi P1 va hajmi V1 bulib, ikkin­chi idishdagi bosim P2 va hajmi V2- ga teng. Jumrak ochib yuborilgandan so‘ng idishlarda qanday bosim yuzaga keladi? Temperatura o‘zgarmas deb olinsin.
A) B)
C) D)
68. Silindrik idish to‘siq orqali 3 qismga bo‘lingan, qismlarning hajmlari V1, V2 va V3 ga teng bo‘lib ularda P1, P2 va P3 bosimli gazlar bor. Agar temperatura o‘zgarmay qolsa, to‘siqlar olingandan keyin idishdagi bosim nimaga teng bo‘lishini aniqlang.
A) B)
C) D)
69. Quyidagi tasdiqlardan qaysi biri to‘g‘ri?
1) doimiy bosimli gazning zichligi temperaturaga bog‘liq; 2) Gazning bosimi molekulalar konsentratsiyasi va temperatura bilan aniqlanadi; 3) Normal shroitda 1 mol gazning hajmi uning molyar massasiga bog`liq. 4) Normal sharoitda molekulalarning konsentratsiyasi hamma gazlar uchun bir xil.
A) 1,2 B) 1,2,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4

Yüklə 173,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə