Farmoyish hujjatlari va ularning turlari Buyruq matni namunalarini tayyorlash



Yüklə 253,96 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.05.2023
ölçüsü253,96 Kb.
#111847
4-amaliy



Farmoyish hujjatlari va ularning turlari 
Buyruq matni namunalarini tayyorlash
.Boshqaruvni hujjatlashtirish o‘z 
ichiga axborotning belgilangan tartiblari bo‘yicha rasmiylashtirilgan va axborot 
vositasi tomonidan aks ettirilgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
Hujjatlashtirish tabiiy usulda (qo‘lyozma, mashinada yozilgan hujjatlar, shu 
jumladan telegrammalar, telefonogrammalar, tele-tayp xabarnomalari) va 
shuningdek yangi axborot vositalari (perfo-kartalar, perfolentalar, magnit lentalar, 
kartalar, disketlar va boshqalar) zaminida amalga oshiriladi. Boshqaruv 
hujjatlarining tarkibi tashkilot yoki korxonaning faoliyat turi, masalalarni hal etish 
tartibi, boshqa tashkilotlar va korxonalar bilan aloqa qilish usullari, ish hajmi bilan 
aniqlanib, hujjatlar tabelida aks ettiriladi. Boshqaruv hujjatlari nomlanishi, formasi 
va rekvizitlar tarkibi bo‘lgan Davlat Boshqaruv hujjatlari tizimi, hujjatlashtirish 
talablarini o‘z ichiga olgan holda me'yoriy hujjatlar talablariga javob bermog‘i 
lozim. Amaldagi qonunlar doirasida boshqaruvorganlari quyidagi hujjatlar asosida 
ish yuritadi: qaror, ko‘rsatma, buyruq, topshiriq, farmoyish, yo‘llanma, 
yo‘riqnoma.
Qaror va buyruqlar tashkilotning huquqiy darajasiga qarab xal etilishi lozim 
bo‘lgan asosiy masalalari buyicha me'yoriy va boshqa hujjatlarni qabul qilishi 
yuzasidan barcha hollarda chiqariladi. Qaror va buyruqlarni bajarilishini ta'minlash 
maqsadida ko‘rsatmalar beriladi. Bir xil masalani yoki topshiriqni xal etish uchun 
o‘zaro hamkorlikda ish olib boruvchi ikki yoki uch tashkilot, belgilangan formada 
qo‘shma buyruq yoki qaror chiqarishi mumkin. Quyi tizimdagi korxonalar 
e'tiboriga yuqori turgan tashkilot yoki boshqa tashkilotlarining hujjatlarini 
yetkazilishida hujjat muallifi yetkazish usuli ko‘rsatilmagan bo‘lsa, axborot berish 
formasini o‘zi tiklashi mumkin. Hay'at organlarining qarorlari bajaruvchilarga shu 
organlar nizomida belgilangan tartibda yetkaziladi. Ko‘rsatma berish hujjatlarini 
amal qilishi ma'muriy organlar tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi 
mumkin. Boshqa tashkilotlar manfaatiga zid bo‘lgan hujjatlarni loyixalashtirishda 
ular bilan kelishib ish ko‘rish lozim. Agar o‘rtada kelishmovchilik kelib chiqsa, 
hujjatga mazkur kelishmovchilik yuzasidan izoh ilova qilinadi. Hay'at organlari, 
Kengashlar, majlislarda ko‘rilgan masalalar, qabul qilingan qarorlar yig‘ilish 
bayonlarida aks ettiriladi. Bayonlar yigilishning borishi yuzasidan qilingan 
yozuvlar, stenogrammalar, ma'ruzalar, mizokaralar, ma'lumotnomalar, qaror 
loyihalari, kun tartibi, so‘zga chiqqanlar fikr-mulohazalari asosida tuziladi. Agar 
yig‘ilishning borishi stenogramma qilingan bo‘lsa, stenogramma matni ishlab 
chiqilgan va mashinkada yozilgan, tasdiqlangan holda, qaror bilan birgalikda 
saqlanadi. Tashkilotlar, boshqaruv tabaqasidan qat'iy nazar, o‘z ma'muriy faoliyati 
chegarasida, yuqori turgan tashkilotlar tizimidagi quyi tashkilot va korxonalar, 


boshqa har qanday korxonalar, alohida fuqarolarga xat bilan murojaat qilishi 
mumkin. Xat, hujjatsiz axborot berish qiyin bo‘lganda yoki iloji bo‘lmagan 
hollarda, ya'ni og‘zaki aytish, topshiriq (shaxsan yoki telefon orqali) yo‘llanma 
iloji bo‘lmaganda yuboriladi, zudlik bilan axborot yetkazish uchun telegramma va 
telefonagramma yuboriladi, hujjatlar faks orqali beriladi. Tashkilotlar o‘zlarining 
nizomlari, faoliyatlarini belgilovchi hujjatlardan kelib chiqqan holda quyidagilarni 
chiqarishi mumkin: ish rejalari, hisobotlar, me'yorlar, nizomlar, holatlar, qoidalar, 
narx-navo belgilash hujjatlari va boshqalar. Boshqaruv hujjati loyihasini 
bajaruvchilar (matn muallifi), mutasaddi bo‘limlar yoki tashkilotlar rahbarlari bilan 
kelishiladi. Hujjat loyihasini ichki kelishuvi quyidagi tartibda yuritiladi: 
-
bir tizimdagi, turli faoliyat yurituvchi, hududiy bo‘linmalar, kengashuv 
organlari va zarur bo‘lgan hollarda jamoat tashkilotlari bilan
-
o‘z faoliyatlari chegarasida masalalarni hal etuvchi mas'ul xodimlar (bosh va 
katta mutaxassislar va boshqalar) bilan; 
-
moliyaviy bo‘limlar yoki bosh hisobchi (hisobchilar) bilan; 
-
huquqiyxizmatxodimlaribilan; 
-
hujjatta'minotixizmatibilan; 
-
kengashuv organi raisining o‘rinbosari yoki shu masala bilan shug‘ullanuvchi 
tashkilot rahbarining o‘rinbosari bilan; 
Hujjatning mohiyatiga qarab uni tayyorlashda tashqi kelishuv quyidagi 
tartibda olib boriladi: 
-
bo‘ysunuvchi tashkilotlar bilan, shuningdek, hujjatni tayyorlashda huquqiy 
manfaatiga tegishli bo‘lgan hollarda bo‘ysunmaydigan chet tashkilotlar bilan; 
-
hujjatda aks ettiruvchi masalalar bilan bevosita shug‘ullanishi zarur bo‘lgan 
tashkilotlar va ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari bilan; 
-
hujjatda ko‘zda tutilgan jamoat tashkilotlari bilan; 
-
nazorat qiluvchi Davlat (nazorat) organlari (sanitar, yong‘inga qarshi va 
boshqalar) bilan; 
-
yuqori turgan tashkilotlar bilan yoki boshqaruv faoliyati jarayonida ruhsat 
olinishi lozim bo‘lgan tashkilotlar bilan. 
Boshqaruv hujjati tashkilot rahbari tomonidan yoki tashkilot nizomi tartibi
shuningdek, shtatlar tuzilmasi, vazifalar taqsimotiga asosan huquq berilgan va 
rahbar o‘rinini bosuvchi mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va tasdiqlanadi. 
Moliyaviy hujjatlar, pul olinishi yoki berilishiga asos bo‘luvchi moddiy yoki 
kredit mohiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarga, shuningdek, boshqa korxonalar bilan 
hisob-kitob qilinuvchi hujjatlarga tashkilot rahbari va bosh hisobchi imzo qo‘yadi. 
Bir necha tashkilotlar bilan hamkorlikda tayyorlanadigan hujjatlar ishtirok etuvchi 
barcha tashkilotlar rahbarlari tomonidan imzolanadi. Hay'at tomonidan tuzilgan 


hujjatlarga hay'atning barcha a'zolari imzo qo‘yadi. Kengashuv organi hujjatlarga 
kengash raisi va kotibi imzo qo‘yadi. Kengash rahbari tomonidan qabul qilingan 
yakka tartibdagi ko‘rsatmalarga bitta imzo qo‘yiladi. Ko‘rsatma yoki topshiriq
ko‘rinishidagi hujjatga imzo qo‘yish huquqi rahbar o‘rinbosariga bosh muxandis 
yoki tarkibiy bo‘linma rahbarlariga berilishi mumkin. Tasdiqlanishi lozim bo‘lgan 
hujjatlar (yo‘riqnoma, qoida, tartib, nizom va boshqalar)ga ularni tayyorlashda 
mas'ul bo‘lgan shaxslar imzosi qo‘yiladi. Kengashuv organi yig‘ilishlari (kengash, 
hay'at yig‘ilishi, majlis, muhokama) qarorlariga mazkur yig‘ilishga raislik qiluvchi 
shaxs imzo qo‘yadi. Ma'ruzalar, ma'lumotlar va axborot berish ahamiyatiga ega 
bo‘lgan hujjatlar ularni tayyorlagan shaxslar tomonidan imzolanadi. Shuningdek, 
ilova qilinayotgan hujjatlar ham bolib, ular uch ko‘rinishga ega bo‘ladi, xususan: 
asosiy hujjat bilan tasdiqlanuvchi ilovalar; boshqa hujjatlarni to‘ldiruvchi yoki 
aniqlik kirituvchi ilovalar; boshqa tashkilotlarga yuborilayotgan xatlarga 
keltirilgan ilovalar. 
Ilovalarni yuqori o‘ng burchagiga quyidagi yozuv bitiladi: 
« __ » _______ yil ____ -sonli 
_ga 
(hujjat nomi) 
ilova. 
Agar ilovalar bir nechta bo‘lsa, ularga tartib raqami qo‘yiladi 
___ -ilova. 
Ilovalarni o‘zi jo‘natilayotgan taqdirda, unga asosiy hujjatning nomi, chiqqan 
sanasi yozib qo‘yiladi. 
Ilova hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi, rekvizitlar tarkibi, hujjatlashtirish 
qoidalari talablariga mos kelishi lozim. Foydalanilayotgan hujjatlar turlari sonini 
kamaytirish maqsadida vazirliklar tomonidan tashkilotlar faoliyatini ta'minlashga 
oid tarmoqda qo‘llaniladigan hujjatlar tabeli ishlab chiqariladi. An'anaviy hujjatlar 
bilan bir qatorda hisoblash texnikalarida ishlab chiqilgan hujjatlar ham tabelga 
kiritiladi. Tabelga uni tayyorlanishiga mas'ul bo‘lgan shaxs imzo qo‘yadi va 
tarmoq rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Tabelni yuritish, unga o‘zgartirish kiritish 
hujjat ta'minoti xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Tabelda ko‘zda tutilmagan 
hujjatlarni tayyorlash ta'qiqlanadi. 
 
 


Gerb alomati, mukofoti 
Vazirlik nomi 
Muassasa nomi 
Muassasa hisob raqami 
Hujjat shaklining xos 
raqami 
 
Buyruq 
№ 
00.00.00 
joyi 
sarlavhasi 
Asoschisi (kirish)qismi 
Buyuraman: 
1.
2.
3.
4. Buyruq ijrosini nazoratqilish 
gayuklatilsin. 
(lavozimi va familiyasi to’liq yoziladi) 
 
Imzo 
I.O. familiyasi 
BUYRUQ 

Yüklə 253,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə