Farmoni qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘G‘risida


 Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish



Yüklə 253,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix29.11.2023
ölçüsü253,41 Kb.
#142093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
PF-5742-сон 17.06.2019. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan va foydalanishga kiritiladigan hamda o‘rmon fondi yerlarining
meliorativ holati, unumdorligi va suv ta’minotini yaxshilash texnologiyasini joriy qilganlik uchun qishloq xo‘jaligi
tovar ishlab chiqaruvchilariga imtiyozlar berish tizimini yaratish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan lalmi, yaylov va boshqa yerlarni foydalanishga kiritish maqsadida
investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida foydalanishga kiritgan, yaroqsiz suv
quduqlari, sug‘orish nasoslari, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlagan yoki ularni yangidan barpo
etgan tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan kafolatlar berish.
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ajratishning shaffof va tezkor tizimini yaratgan holda yanada
takomillashtirish.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining aniq hisobi yuritilishini va yangilab borilishini ta’minlash, har bir dala konturi
kesimida ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida barcha hududlarni aerofotos’yomkadan o‘tkazish.
Davlat yer kadastri ma’lumotlarining haqqoniy va to‘liq shakllantirilishini ta’minlash.
Xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilish hamda investitsiya loyihalari orqali davlat yer
kadastrini yuritishda ko‘p maqsadli yer ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan yagona tizimi — yergeoportal.uzni
ishga tushirish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnikasi, yer va suv resurslaridan foydalanish holatini geoaxborot
tizimi orqali monitoring qilish, erni masofadan zondlash tizimlaridan keng foydalanish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Foydalanilmayotgan yerlar haqidagi ma’lumotlarni viloyat, tuman (shahar) hokimliklari, mutasaddi vazirlik,
idora va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish amaliyotini joriy etish.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli
Farmoni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Qishloq xo‘jaligi yerlarining tuproq unumdorligi, konturi, ularga ekinlarni joylashtirish, hosildorlikni
belgilash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni viloyat, tuman (shahar) hokimliklari va manfaatdor tashkilotlarning rasmiy
veb-saytlarida joylashtirish amaliyotini joriy etish.
Davlat yer kadastrini yuritishda ko‘p maqsadli yer ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan yagona tizimi
yergeoportal.uzni yaratish maqsadida Koreya Respublikasi xalqaro “KOICA” jamg‘armasining grant mablag‘lari
doirasida investitsiyaviy loyihasini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan lalmi, yaylov va boshqa foydalanishga kiritilgan yerlarda barpo etiladigan
infratuzilma obyektlarini (dala shiypon, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, sug‘orish inshootlari va
boshqalar) qurish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini belgilash.
Foydalanishga kiritiladigan yerlarda barpo etiladigan infratuzilma obyektlari minimal me’yorlarining
namunaviy loyihasini ishlab chiqish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Infratuzilma obyektlarini qurish uchun yer maydonlaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani
Adliya vazirligi tomonidan berish amaliyotini joriy qilish.
(1-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli
Farmoni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish, shuningdek, dehqon
xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qolgan
holda yer uchastkasini vaqtincha foydalanish uchun berish shaklini amaliyotga joriy qilish.
Rentabelligi past bo‘lgan paxta, g‘alla va boshqa ekinlar yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib,
unumdorligi va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini, shuningdek, ushbu
maydonlarda yuqori daromadli ekinlarni joylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish tizimini tubdan takomillashtirish. Bunda hududlarning tuproq, iqlim
sharoitlari va suv bilan ta’minlanganlik darajasi, ichki va tashqi bozorda mahsulotga bo‘lgan talab, daromadliligi
asosiy mezon bo‘lishini ta’minlash.
Suv tanqis hududlarda kam suv talab qiladigan, suvsizlikka chidamli va suv to‘plash xususiyatiga ega
bo‘lgan ekinlarni joylashtirish.
Tarmoqlarni intensiv rivojlantirish talabidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish sxemalarini
takomillashtirish, maydon birligi hisobiga ko‘chat sonini maqbul darajagacha oshirish.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan bir mavsumda kamida ikkita hosil olish choralarini ko‘rish,
ushbu maqsadga erishish uchun tezpishar ekinlar urug‘i, ko‘chatlar, mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash materiallari
va boshqa turdagi resurslar bilan barqaror ta’minlash tizimini yaratish.
Sug‘oriladigan ekin yerlaridan yanada samarali foydalanish, tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari
hosildorligini oshirish maqsadida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy qilish.
Xalqaro tajribalarga muvofiq qishloq xo‘jaligining yangi yo‘nalishlarini (Organic, Global G.A.P. va shu kabilar)
joriy qilish va rivojlantirish.
Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasining oldini olish va uni keskin kamaytirish hisobiga tuproq
unumdorligini oshirish.


Yaylovlardan samarali foydalanish tartibini belgilash, yaylov va lalmi yerlardan foydalanishning ilmiy
asoslangan samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Fermer xo‘jaligi yoki boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlar tugatilayotganda yoki
maqbullashtirilayotganda unga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar (ko‘p yillik daraxtzorlar,
tomchilatib sug‘orish tarmoqlari va boshqalar) qiymatini hisoblash va qoplash tartibini belgilash.
Bog‘lar, tokzorlar, baliq hovuzlarini va issiqxonalar tashkil qilishga yer ajratish tartibini belgilash,
foydalanishdan chiqib ketgan yerlarda gidroponika, vertikal fermalar usulida issiqxonalar qurishni qo‘llab-
quvvatlash.
Suv tanqis, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va foydalanishga kiritish imkoniyati qiyin bo‘lgan yerlarda
tayyor zamonaviy issiqxonalarni xorijiy investorlar hamda xorijiy moliya institutlarini jalb qilgan holda qurib,
tayyor holda lizingga berish tizimini yaratish.
Qishloq xo‘jaligida tuproqdan unumli foydalanish texnologiyalarini joriy etish. Bunda erga ishlov berish va
ekinlarni parvarishlashning ilg‘or innovatsiya (Mini till, No till va boshq.) texnologiyalarini amaliyotga izchillik bilan
tatbiq etish hisobiga agrotexnik tadbirlar sonini minimallashtirishga alohida e’tibor qaratish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati,
unumdorligi va suv ta’minotini yaxshilash texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish
tartibini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning unumdorligi va hosildorligi oshirilishini ta’minlashni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini belgilash.
Yer uchastkalari egalarining tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni
nazarda tutgan holda tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini joriy qilish.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan samarasiz foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini
kuchaytirish.
Yer va suv resurslaridan samarasiz foydalanishning oldini olishni, yerlarning unumdorligini oshirish va suvni
tejovchi agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilishini (agrotexnik reglament) huquqiy jihatdan tartibga solish.
Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va uzumzorlarni yaroqsiz deb topish va ekin yerlar toifasiga
o‘tkazish tartibini belgilash.
Har 5 yilda bir marotaba davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida
tuproqning agrokimyoviy tahlillari asosida agrokimyoviy xaritalarni ishlab chiqish.
Shahar va shahar atrofidan chiqayotgan oziq-ovqat, xo‘jalik, chorva hamda boshqa organik chiqindilarni
to‘plash hamda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda organik o‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga yetkazib berish.
O‘rmon fondi yerlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini yo‘lga qo‘yish.
Har bir hududning qishloq xo‘jaligi imkoniyatlaridan kelib chiqib, mahalliy va xorijiy kompaniyalarga
taqdimot qilish maqsadida “qishloq xo‘jaligi bo‘yicha investitsiya xab”larini yaratish.
Rentabelligi past bo‘lgan paxta va g‘alla maydonlari 50 foizdan yuqori bo‘lgan tumanlardagi barcha ekin
maydonlarini irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish shartlari bilan paxta va g‘allani
to‘liq qayta ishlashni tashkil etuvchi klasterlarga berish.
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga yaroqli
bo‘lgan yer osti suvlari zaxirasini aniqlash ishlarini amalga oshirish uchun davlat budjeti hisobidan zarur
mablag‘larni ajratish.
Foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yerlarida yangi o‘rmonzorlar va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo
etish maqsadida foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat-xususiy sheriklik shartlari
asosida o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan 50 yilgacha muddatga ijaraga berishni nazarda tutuvchi qonun
hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
Tuproq eroziyasi va degradatsiyasi, shamol va garmseldan muhofaza qilish maqsadida biomeliorotiv
tadbirlar qo‘llashni kengaytirish, ixotazorlar barpo etish va qayta tiklash hamda o‘rmon fondi yerlarida cho‘l-
ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari va ularni tashqi ekologik omillardan muhofaza qiluvchi yaylovlarni yaratish.
Qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

Yüklə 253,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə