Fargʻona davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti musiqa ta’limi yo’nalishi 1-kurs 23/43 gurux talabasi Ikromova Xonzodaning Musiqa nazariyasi fanidan tayyolagan mustaqil ishi



Yüklə 1,01 Mb.
tarix19.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#152036
ikromova xonzoda 1

FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI

Musiqa ta’limi yo’nalishi 1-kurs 23/43 gurux talabasi Ikromova Xonzodaning Musiqa nazariyasi fanidan tayyolagan

MUSTAQIL ISHI


Intervallarning engarmonik tengligini tovushlardan tuzish orqali ko‘rsatish.
REJA
1.Oddiy intervallar va diatonik intervallar.
2.Xromatik intervallar.
3.Intervallarning engarmonik tengligi.
Musiqa ijrosi jarayonida bir vaqtda yoki birin-ketin eshitilgan ikki tovush qo’shilmasi interval deyiladi.
Interval – lotincha intervallum so’zidan olingan bo’lib, oraliq, masofa degan ma’noni anglatadi. Ents. muz. slovar’. – M.: BSE. 1959, 89 – b.

Birin-ketin eshitilgan tovushlar intervali melodik intervalni hosil qiladi. Baravariga (bir vaqtda) eshitilgan tovushlar garmonik intervalni hosil qiladi. Intervalning pastki tovushi interval asosi, yuqori tovushi esa interval cho’qqisi deyiladi.
Intervallarning melodik harakatlari vaqtida ko’tariluvchi va pastlashuvchi intervallar hosil bo’ladi. Barcha garmonik intervallar va ko’tariluvchi melodik intervallar asosi (eng pastki tovush) dan yuqoriga qarab o’qiladi. Har bir interval ikki miqdor – son va sifat miqdori bilan aniqlanadi. Intervallarning son miqdori deganda tovushlar orasidagi pog’onalar soni tushuniladi.
Intervallarning sifat miqdori deganda tovushlar orasidagi masofa tushuniladi. Bir oktava oralig’ida hosil bo’lgan interval oddiy interval deyiladi. Hammasi bo’lib 8 ta oddiy interval bor. Intervallar lotin tilida tartibli sonlar bilan nomlanadi. Tartibli sonlar interval yuqori tovushining pastki tovushga nisbatan nechanchi pog’onada turganligini bildiradi. Barcha oddiy intervallar quyidagicha nomlangan:
Prima – 1, birinchi (bir xildagi ikki tovushning unison bo’lib eshitilishi) .
Sekunda – 2, ikkinchi; Tertsiya – 3, uchinchi; Кvarta – 4, to’rtinchi; Кvinta – 5, beshinchi; Seksta – 6, oltinchi; Septima – 7, yettinchi; Oktava – 8, sakkizinchi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə