Fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


O’zbekistonda milliy bozor vazifalari



Yüklə 120,3 Kb.
səhifə3/3
tarix20.06.2023
ölçüsü120,3 Kb.
#118089
1   2   3
O (2)

2. O’zbekistonda milliy bozor vazifalari
Xozirgi davrda sub’ektning rivojlanishi va barqarorligida mahsulotlarni oldindan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqarish va sotish muxim urin tutadi. Ushbu tartib sub’ekt faoliyatining iktisodiy ko‘rsatkichini belgilashda va xo‘jalik faoliyatining samaradorligini belgilash va belgilangan iaqsadga muvofikligini isbotlashda asosiy ko‘rsatkichlar majmuasi hisoblanadi.
Sub’ektning mahsulotni sotish xajmi ko‘rsatkichini aniklashda unga kiymatining kelib tushishidan kat’iy nazar sotilgan va jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlari va kursatgan xizmatlarining umumiy summasidan foydalanadilar.
Tayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar sub’ektning mablag‘lari katorida hisoblangani uchun ushbu jarayon xo‘jalik faoliyatining oxirgi boskichi hisoblanadi va xo‘jalikka tegishli mablag‘larning doiraviy aylanishini ta’minlaydi. Ushbu jarayon natijasida tayyor mahsulotlar ishlab chikiladi, ular, ishlar va xizmatlar iste’molchilarga yetqazib beriladi va sub’ektga pul mablag‘lari shaklida yoki almashuv natijasida boshqa moddiy resurslar kelib tushadi. Natijada davlat oldidagi budjetga to‘lanadigan soliq majburiyatlari, boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar, mol yetqazib beruvchilarga, banklarga, ishchi va xizmatchilarga va boshqa sub’ektlarga bulgan qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatini yaratadilar. Tayyor mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha belgilangan rejalarni bajarmaslik esa salbiy natijalarga olib keladi. Sub’ektning aylanma mablag‘larining doiraviy aylanishini sekinlashtiradi, iste’molchilar oldidagi majburiyatlarni bajara olmasligi natijasida jarimalar to‘lashga olib keladi, boshqa to‘lovlarni (soliq, ajratmalar, mehnat haqi va boshqalar) uz vaqtida tulay olmaslikka, umuman olganda sub’ektning moliyaviy xolatining pasayishiga olib keladi.
Sub’ektlar mahsulotni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish rejalarini tuzayotganda ushbu faoliyat natijasida olinadigan (kutilayotgan) foyda xajmini xam belgilaydilar. Chunki shartnomada kelishilgan baho kursatilganda uning tarkibiga mahsulotning tannarhi va soliqlardan tashqari tegishli mikdorda foyda summasi xam kushiladi. Bu summani shartnomada kursatilgan tayyor mahsulotlarning mikdoriga ularga kushilgan foyda summasi kushilsa umumiy kutilayotgan foyda xajmi aniklanadi. Ushbu kutilayotgan foyda summasi asosida to‘lanadigan bыnaklarning mikdori- budjetga soliq bo‘yicha to‘lanadigan summa aniklanadi.
Olingan foydaning xaqiqiy summasi esa belgilangan tartibda, asosan oyning va yilning oxirida aniklanadi- sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va kursatilgan xizmatlarning kelishilgan sotish bahosi bilan ularning tulik xaqiqiy tannarhi (ishlab chiqarish tannarhi va ularni sotish bilan boglik sarflar) urtasidagi fark summasidan kushilgan kiymat va aksiz soliqlarini chegirilgan xoldagi fark summasi hisoblanadi.
Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi tezkor buxgalteriya usuli bo‘yicha tashkil kilinadi, ya’ni xar bir mahsulot nomenklatura rakamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi (M-17 shakli). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanok, ombor xodimi xujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib kuyadi va xar bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab kuyiladi. Buxgalter xar kuni tugagan sutka uchun yoki belgilangan grafik bo‘yicha ombordan xujjatlarni kabul kilib olishi kerak (kabul kilish-topshirish yukxati, tovar-transport yukxatlari). Ombor hisobining tugri yuritilganligi ombor hisobi kartochkasi asosida xar oyda tayyor mahsulotning nomenklaturasi, ulchov birligi, mikdoriga asoslangan xolda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi baholari bo‘yicha qoldiqlar aniklanadi.
Mahsulotning kirimi va chikib ketishi bilan boglik muomalalar rasmiylashtirilgan dastlabki xujjatlar ombor varakalariga yozilgandan so‘ng buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda xujjatlar tekshiriladi, guruxlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot xarakatining pul kurinishda ifodalangan hisobi buxgalteriyada ombor mudirining hisoboti ma’lumotlari asosida yuritiladi.
Xarajatlarning salmogi ishlab chikarilgan mahsulot tannarhiga, tannarh esa korxonaning daromadiga ta’sir kiladi. Shu sababli ularni tugri hisobga olish muxim axamiyatga ega. Shu iaqsadda xarajatlarning tarkibi va turlarini bilish zarur.
Xozirgi vaqtda respublikamizning xamma korxonalarida, shu jumladan, sanoati korxonalarida ularning faoliyatini hisobga oluvchi asosiy xujjat -"Mahsulot (ish, xizmat) tannapxiga kushiladigan, uni ishlab chiqarish va sotish bilan boglik bulgan xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi” Nizom hisoblanadi.
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishda katnashadigan xarajatlarni guruxlarga tugri va anik bulish buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining sifatini oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari uz navbatida bir necha kursatkichlari bo‘yicha guruxlarga ajratiladi.
Korxonalarda xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlari va favkulodda (kuzda kutilmagan) xarajatlarga bulinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari uz vazifasiga karab elementlari va kalkulyatsiya moddalariga bulinadi. Elementlari bo‘yicha guruxlash ishlab chiqarish xarajatlarini ularning iktisodiy ma’zmuniga kura aniklash va tegishli smetalar tuzish uchun xizmat kiladi. Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha guruxlash esa mahsulot tannarhini hisoblash uchun kerak buladi.
Korxonalarda xarajatlar ishlab chiqarishda katnashishiga karab ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga bulinadi. Ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita mahsulotni tayyorlash va kayta ishlash bilan boglik xarajatlar, ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga esa madaniy-maishiy ob’ektlar xarajatlari kiradi.
Korxonalarda mahsulot tannarhiga kushilishiga karab xarajatlar tugri va egri xarajatlarga bulinib, tugri xarajatlarga mahsulotni tayyorlash va kayta ishlash bilan bevosita boglik bulgan material, ish haqi va boshka xarajatlar kiradi. Egri xarajatlarga esa mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita boglik bulmagan xarajatlar, masalan, sex boshkaruv xarajatlari, asbob-uskunalarni saklash va foydalanish xarajatlari va boshkalar kiradi.
Mahsulot ishlab chiqarish xajmiga nisbatan uzgarishiga karab xarajatlar uzgaruvchan va doimiy xarajatlarga bulinadi. Uzgaruvchan xarajatlarga mikdori mahsulot ishlab chiqarish xajmining uzgarishi bilan uzgaradigan xarajatlar, masalan, xom ashyo, texnologik iaqsadlar uchun muljallangan yokilgi, energiya va boshkalar kiradi. Doimiy xarajatlarga esa mikdori mahsulot ishlab chiqarish xajmi uzgarishi bilan uzgarmaydigan xarajatlar kiradi. Unga boshkaruv xodimlarining ish haqi, boshkaruv binolarini saklash xarajatlari va boshkalarni misol kilib keltirish mumkin.
Korxonalarning uziga xos xususiyatiga kura xarajatlar tayyorlov va kayta ishlash xarajatlariga bulinadi. Tayyorlov xarajatlariga xom ashyoni sotib olish, saklash, junatish va boshka xarajatlar kirsa, kayta ishlash xarajatlariga esa mahsulotni kayta ishlab mahsulotlar olish bilan boglik xarajatlar kiradi.
Yukorida ta’kidlanganlar buxgalteriya hisobi tizimida xarajatlar turli xil yunalishdagi iaqsadlar uchun guruxlanishidan dalolat beradi. Bu narsani amaliyotda keng joriy etish boshkaruvchilarga ishlab chiqarishni boshkarish borasida asoslangan karorlarini kabul kilish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish va davr xarajatlarining ajratilishi moddiy ishlab chiqarish zaxiralari qoldiqlari kiymatini aniklash uchun zarur bulib, davr xarajatlari tegishli bulgan hisobot davrida hisobdan chikariladi va sotilmagan mahsulot, tugallanmagan ishlab chiqarish koldigida kelgusi davrlarga utkazilmaydi. Bu narsa korxonada baho siyosati soxasida asoslangan karorlarni kabul kilishda muxim axamiyatga egadir. Bundan tashqari ishlab chiqarish tannarhi va davr xarajatlarining alohida ajratib kursatilishi: a) korxonaning ishlab chiqarish faoliyati; b) ma’muriy va ishlab chiqarishdan tashqari faoliyati oxirgi natijaga kanday ta’sir kursatganligini baholash imkonini beradi.
Korxonalarida, yukorida berilgan elementlardan tashqari, xarajatlarning moddalari bo‘yicha xam hisob yuritish muxim axamiyatga ega.
Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisobga olish, u yoki bu xarajat turi kanday iaqsadlarga sarflanayotganligini bilish, mahsulotning ayrim turlari tannarhini kalkulyatsiya kilish imkonini beradi.
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (kurilgan zarar) ko‘rsatkichi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot (ish, xizmat) ko‘rsatishi bilan faoliyatiga baho berish, uni o‘rganishga yordam beradi. Ushbu ko‘rsatkichni taxlil etish orqali, korxonaning hisobot davridagi va kelgusidagi moliyaviy faoliyatiga baho beriladi. Mazkur moliyaviy ko‘rsatkich ya’ni mahsulot sotishdan olingan foyda moliyaviy hisobot №2 shakli bo‘yicha “Moliyaviy natijalar tugrisidagi hisobotda” keltiriladi.
Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan foyda, sotishdan olingan sof tushum va ushbu mahsulotning ishlab chiqarish tannarhi sifatida aniklanib, korxonaning mahsulotni ishlab chiqarish tannarhini imkoniyat darajasida kamaytirish ichki va tashki omillarini izlash, topish, xamda ularni korxona xo‘jalik faoliyatiga tadbik etish zaruriyatini yuzaga keltinradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor, xaridor talabini chukur o‘rganish bilan birga, bozorni xar tomonlama marketingini xam o‘rganish, o‘tqazish lozim. Aytaylik, bozorning fakat talabi o‘rganilib shu talabdan kelib chikib, taklif sifatida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chikishdi. Ammo xuddi shu taklif bilan boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xam bozorga chikishlari mumkin.
Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining yana biri-asosiy faoliyatdan kurilgan foyda bulib, unga davr xarajatlari, xamda asosiy faoliyatdan kurilgan boshqa zaralar salbiy ta’sir kursatsa, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar ijobiy ta’sir kursatadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning davr xarajatlari (asosan ma’muriy boshqaruv xarajatlari) kay mikdorda, asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlar, xamda kurilgan zaralar bilan boglik ko‘rsatkichlar kancha mikdorga tengligi haqida ma’lumotlar olinadi.
Bizga ma’lumki, davr xarajatlari uch kismga bulinadi:
1. Sotish xarajatlari;
2. Ma’muriy xarajatlar;
3. Boshqa operatsion xarajatlar.
Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar kuydagilar sifatida namoyon buladi:
-turli jarima, penya, xamda yetkazilgan zararlarni kondirish bo‘yicha olingan daromadlar;
-o‘tgan yillardagi, ammo hisobot yilida aniqlangan foyda;
-asosiy fond va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;
-tovar moddiy boyliklari (TMB) larini qayta baholash;
-davlat subsidiyalari sifatida olingan daromadlarni soliqqa tortishda yalpi daromadga kiritilmaydi;
-beg‘araz yordam sifatida olingan daromadlar;
-boshqa operatsion daromadlar.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydaga nafakat asosiy faoliyatdan olingan foyda, balki moliyaviy faoliyatdan olingan foyda, shuningdek moliyaviy faoliyat xarajatlari xam ta’sir kursatadi. Tabiiyki moliyaviyfaoliyatdan olingan daromad umumxo‘jalikdan olingan foydaga ijobiy ta’sir kursatsa, ushbu faoliyatdan xarajatlar esa, salbiy ta’sir kursatadi,
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga kuydagilar misol buladi:
-O‘zbekiston Respublikasi xududida va undan tashqarida faoliyat yurituvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ulush kushishdan olingan daromadlar, kimmatli kogozlar bo‘yicha daromadlar;
-olingan royaltilar;
-uzok muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar;
-xorijiy valyuta bilan boglik operatsiyalar bilan boglik kurs ijobiy farklari;
-moliyaviy investitsiya mablag‘larini kayta baholashdan olingan daromadlar.
Moliyaviy faoliyat bilan boglik xarajatlar esa, kuydagilar sifatida namoyon buladi:
-kreditlar, qarzlar yuzasidan to‘lovlar;
-uzok muddatli ijaraga oid foizlarni to‘lash xarajatlari;
-chet el valyutasi bilan boglik operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs farklari;
-sarflangan mablag‘larni kayta baholashdan kurilgan zararlar;
-xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning uz kimmatli kogozlarini chiqarish, xamda tarkatish bilan boglik xarajatlar.
Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlaridan yana biri soliq tulaguncha foyda bulib, unga umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda, xamda favkulodda vaziyatlardan olingan foyda ijobiy ta’sir kursatsa, favkulodda zararlar esa salbiy ta’sir kursatadi.
Bozor sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning obyektiv zarurati Bozor munosabatlariga o’tish kadrlarga, ayniqsa, iqtisodiy yo’nalishdagi mutaxassislarga, ularni tayyorlash va ulardan amaliyotda foydalanishga bo’lgan talablarning o’zgarishiga olib keldi. Gap bu erda notanish atama, tushuncha va toifalarning paydo bo’lishida emas, balki iqtisodiyotni boshqarishning barcha miqyoslarida yangicha iqtisodiy fikrlash mafkurasini shakllantirish haqida ham boradi. Biz istaymizmi, yo’qmi, lekin olgan bilimlarimiz (oliy o’quv yurtlari, texnikumlar, malaka oshirish tizimlarida) va amaliy faoliyatimiz bugungi kunda tubdan yangilashni talab qilishini tan olishga majburmiz. Bu birinchi navbatda texnika va texnologiyalarga emas, balki ishlab chiqarishning iqtisodiy asoslari, biznes va tadbirkorlik, ya’ni butun ishlab chiqarish munosabatlari majmuiga taalluqlidir. Ko’pchilik bundan noto’g’ri xulosa chiqaradi, ya’ni ularning fikricha, bozor munosabatlariga faqat iqtisodchilar va moliyachilar hamda boshqa iqtisodiy soha mutaxassislarigina qayta o’rganishi va moslashishi zarur bo’ladi. Amalda esa mulkchilik shaklining o’zgarishi, bozor munosabatlari, raqobat, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy mustaqilligi ko’p jihatdan barcha boshqaruv tuzilmalari va xizmatlarining (texnik, texnologik, tashkiliy va iqtisodiy) yangi iqtisodiy talablar va xo’jalik yuritish qoidalariga rioya qilishini talab qiladi. Shu sababli bozor munosabatlari sharoitlarida yaxshi muxandis, texnolog yoki energetik bo’lishning o’zigina etarli emas bo’lib, bu haqda avvalgi bobda ham to’xtalib o’tilgan. Mamlakatlaridagi ko’plab firmalar «Firma unga foyda keltirmaydigan mutaxassislarni ushlab turmaydi» degan shiorga amal qiladi. Firmaga foyda keltirish uchun bozor kon’yunkturasida to’g’ri yo’nalishni tanlash, bozordagi o’z o’rnini to’g’ri va aniq belgilay olish, darhol olinadigan foydani emas, balki uzoq istiqboldagi rivojlanishni ko’ra bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu va shu kabi vazifalar zaminida bashorat qilish va uning yakunlovchi qismi bo’lgan rejalashtirish yotadi. U korxona maqsadlarini shakllantirish, unga 6 erishishning vosita va usullarini aniqlash jarayonidan iboratdir. Rejalashtirishning natijasi - reja, hatti harakatlarning motivlashtirilgan modeli bo’lib, u iqtisodiy muhit va qo’yilgan maqsadlarni bashorat qilish asosida yaratiladi. Bashorat qilish – korxona, tarmoq va sohalar miqyosida hamda butun mamlakat miqyosida iqtisodiyot holatini ilmiy asosagan holda oldindan ko’ra bilishdir. Bashorat qilish shuningdek, iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning muqobil yo’llari, usullari va muddatlarini tanlash yoki muhokama qilishni ham anglatadi. Bozor munosabatlariga o’tishda rejalashtirish deyarli esdan chiqib qolay dedi. Ayrim olim va mutaxassislar, ayniqsa, bozor va bozor munosabatlari tarafdorlari rejalashtirishni bozor mexanizmiga umuman to’g’ri kelmaydi va bozorning o’zi hamma narsani joy-joyiga qo’yadi deb hisoblaydilar. Yana boshqa bir motiv – iqtisodiyotni o’ta markazlashgan tarzda rejalashtirish va boshqarish natijasida sovet iqtisodiyotining yirik muammo va inqirozlaridir. Darhaqiqat, sovet davridagi butun davlat va siyosat hukumatini o’z qo’liga olgan va qotib qolgan qoidalardan bir qadam ham chetga chiqmagan partiya hukumatining aqidaparastligini tan olish kerak. Aynan shu sababli bir paytlar ko’ngildagidek ishlagan rejali tizim chok-chokidan so’kildi va yaroqsiz holga kelib qoldi. Bundan tashqari, mintaqa va tarmoqlar, korxona va tashkilotlar, barcha xo’jalik subyektlarining erkinligini cheklab qo’yuvchi turli xil markazlashgan buyruq va ko’rsatmalar, nazorat raqamlari va limitlar ham xalaqit bergan. Shu bilan bir paytda korxona uchun uning faoliyatini qaysi organ - reja bo’limi yoki boshqa iqtisodiy bo’lim va xizmatning rejalashtirishi va bashorat qilishining ahamiyati yo’q. Rejalashtirish sifati va mezonlar muhim bo’lib, ularga ko’ra korxona faoliyati baholanadi va bozor sharoitlarida uning barqarorligi ta’minlanadi. Shu sababli bozor rejalashtirishni umuman tan olmaydi deyish noto’g’ri bo’lar edi. Aksincha, raqobatli kurash sharoitlarida ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchilar o’z faoliyatini sinchiklab rejalashtirishlari zarur. Bozor mexanizmi subyektiv omillar asosiy rolni o’ynovchi resurslarni markazlashgan 7 tarzda taqsimlashga qaraganda qattiq va jiddiyroq hisoblanadi. Bozor sharoitlarida rejalashtirishga qarshi bo’lganlarni «tog’ora bilan birga chaqaloqni ham tashlab yuboradi» deyish mumkin. Shu sababli avvalgi paytlarda turli xil buyruqlar, nazorat raqamlari va limitlarga asoslangan rejalashtirishni, samarali va oqilona faoliyat ko’rsatishning majburiy vositasi bo’lgan rejalashtirish bilan adashtirmaslik kerak. U xorijda ham to’liq bekor qilinmagan. Masalan, Italiyaning «Fiat» kontserni 1970 yildan boshlab tasdiqlangan 3 yillik rejalar bo’yicha, 1988 yildan esa 5 yillik rejalar bo’yicha ishlamoqda. Kontsernning besh yillik rejalari joriy va tezkor-ishlab chiqarish rejalari bilan bog’liq bo’lib, besh yillik rejaning har bir yili yakunidan so’ng o’tgan yil davomida erishilgan amaliy natijalarni hisobga olgan holda unga o’zgartirishlar kiritiladi. Chet el tajribalarining hammasidan ham mamlakatimizda foydalanish lozim bo’lmasada, biroq rejalashtirishning roli muhimligi aslohida isbot talab qilmaydi. Aynan rejalashtiirsh va bashorat qilish nimani, qancha, qachon va kim uchun ishlab chiqarish kerak degan savollarga javob topadi. Xususan, ko’plab korxona yaratilishi va faoliyati rejalashtirishdan boshlanadi. Rejalashtirish mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, raqobatli afzalliklardan maksimal foydalanish, turli xato va kamchiliklarning oldini olish, iqtisodiyotdagi yangi tendentsiyalarni kuzatish va ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona faoliyatining kuchsiz tomonlarini aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan tavakkalchiliklarning oldini olishga imkon beradi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham bashorat qilishni ham inkor etmaydi. Ularning ikkalasi ham korxona, birlashma va boshqa ishlab chiqarish tuzilmalarining o’z kuchi bilan yoki buning uchun maxsus jalb qilingan ilmiy tashkilotlar, oliy o’quv yurti mutaxassislari hamda ayrim olim va mutaxassislar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda zamonaviy tendentsiyalarning kelgusida ekstrapolyatsiyasi (unchalik ishonchli bo’lmagan mexanik usul, noto’g’rixulosalarga olib kelishi mumkin), mantiqiy tahlil, turli xildagi iqtisodiy-matematik usullar (masalan, ishlab chiqarish funktsiyalari usuli), 8 ekspert baholash usuli va vaziyat tahlili kabi bir qator usullar qo’llanishi mumkin. U yoki bu usuldan foydalanish bashorat qilinayotgan obyektning o’ziga xosliklari, uning rivojlanishiga doir ishonchli ma’lumotlarning mavjudligi va tahlilchilarning malakasiga bog’liq bo’ladi. Rejalashtirishda ham, bashorat qilishda ham iqtisodiy jarayon va vaziyatlarning o’zaro aloqalari korrelyatsiya usulida o’rganiladi. Korrelyatsiya tahlilining asosiy vazifalari bu natijaviy belgilarning omillar belgilariga tahliliy bog’liqlik shaklini aniqlash va aks ettirish hamda korrelyatsion aloqani o’lchash hisoblanadi. Aloqa qanchalik kuchli bo’lsa, bashoratning asoslanganligi va uning aniqligi shunchalik yuqori bo’ladi. Hozirgi kunda bashorat hisob-kitoblari bir qator etakchi tarmoqlar tomonidan strategik dastur va rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, tajribakonstruktorlik ishlarini amalga oshirishda foydalanilmoqda. Reja va bashoratlar iqtisodiyotning quyi bosqichlari – korxona, firma va ishlab chiqarish birlashmalarida ham menejmentning muhim elementi hisoblanadi. 1,2 Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsad va vazifalari Rejalashtirish va bashorat qilishning maqsadli funktsiyasi bu– zarur hisobkitoblar, bashorat va dalillar asosida korxona faoliyatining qisqa va uzoq muddatli strategiyasini belgilashdir. To’g’ri, bu xodimlar soni 5-10 kishidan 100 kishigacha bo’lgan mikrofirma va kichik korxonalarga qaraganda ko’proq yirik korxonalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq har bir holatda rejalashtirish belgilangan pirovard natijaga erishi uchun yo’naltirilgan resurslar (moddiy va moliyaviy) hamda odamlar mehnatini bosqichma-bosqich qamrab oladi. Rejalashtirish odatda detalli hisob-kitoblar va ko’rsatmalarga asosan amalga oshiriladi. U bir tomondan barcha xodimlar uchun vazifalarni (har bir xodim qachon va nima qilishi kerak), ikkinchi tomondan rahbariyat uchun ko’rsatmalarni (korxona belgilangan maqsadga erishishi uchun qanday boshqaruv qarorlari qabul qilish lozim) belgilab beradi.

Ishlab chiqilgan reja birinchidan, ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog’langan bo’lsa, ikkinchidan, undagi xato va kamchiliklar minimal bo’lsa, uchinchidan esa, ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulot iste’mol talabiga ega bo’lsa, bu holda rejalashtirishni samarali deb hisoblash mumkin bo’ladi. Korxona rahbariyati tasdiqlagan reja buyruq maqomiga ega bo’lib, barcha bajaruvchilar uchun majburiy xarakterga ega bo’ladi. Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va tarkibini quyidagi sxema yordamida aks ettirish mumkin (2.1-rasm). 2.1-rasm. Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funktsiyalari va tarkibi. Biznes qanchalik yirik, ko’rsatilayotgan xizmatlar, bajarilayotgan ish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi qanchalik keng bo’lsa, korxona hajmi va yo’nalishiga mos ravishda rejalashtirish jarayonida hal qilinishi lozim bo’lgan vazifalar doirasi shunchalik kengayadi. Biroq har qanday holatda ham rejalashtirish quyidagi savollarga javob bera olishi lozim:  birinchidan, nimani, qachon va qancha miqdorda ishlab chiqarish;  ikkinchidan, tanlangan muqobillikni aniqlangan hisob-kitoblar asosida amalga oshirish lozim; 10  uchinchidan, mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi qanday va u iste’molchilik talabiga ega bo’ladimi;  to’rtinchidan, mahsulot chiqarish bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa sarf-xarajatlar qoplanadimi;  beshinchidan, kutilayotgan rentabellik darajasi, foyda hajmi va boshqa pul tushumlari ta’minlanadimi. Ushbu savollarga javob topa olmasa rejalashtirish oddiy rasmiyatchilikka aylanib, asoslanmagan xarakterga ega bo’ladi, ishlab chiqarishning kelgusi rivojlanishi izdan chiqib, korxonaning o’zi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi va iqtisodiy barqarorlikni yo’qotadi. Shuning uchun ham rejalashtirish yoki rejani ishlab chiqishga kirishishdan oldin iqtisodiy tahlil o’tkazish muhim bo’lib, uning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:  rejani bajarish, ishlab chiqarish dinamikasi va mahsulotni sotish darajasi;  ushbu ko’rsatkichlar o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlash;  mahsulot chiqarish va sotishni ko’paytirish uchun ichki ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash;  aniqlangan zaxiralardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. Rejalashtirish va zaxiralar yoki foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash bilan odatda korxonaning iqtisodiy xizmatlari (reja bo’limi, ishlab chiqarish bo’limi, mehnat bo’limi, ish haqi bo’limi va hokazo) shug’ullanadigan bo’lsa, ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanishga texnik, texnologik va boshqa bo’lim va xizmatlar jalb qilinishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda korxonaning samarali faoliyat ko’rsatishi va uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash butun korxona jamoasining vazifasidir. Mazkur yondashuv ayniqsa hozirgi kunda, ko’plab korxonalar xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish natijasida aktsiyadorlik shakliga o’tayotgan sharoitlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski, amaliyotda xodimlar orasida ko’pincha «rahbariyat hamma narsani ko’proq biladi» tamoyili keng 11 tarqalgan bo’lib, buning natijasida korxona rivojlanishiga oid bir qator masalalar, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va ulardan foydalanish vazifasi korxona rahbariyati zimmasiga yuklab qo’yiladi. Ishga bu qadar yondashiladigan bo’lsa, jiddiy va uzoq muddatli muvaffaqiyatdan umid qilish mumkin emas. To’g’ri, jamoa korxona hayotida, xususan, ishlab chiqarish zahiralarini izlab topish va ulardan foydalanishda ishtirok etishi uchun korxona rahbarining o’zi va bo’lim boshliqlari demokratik bo’lishi, byurokratiya va avtoritarizm xislatlaridan xoli bo’lishi, qabul qilinayotgan qarorlarda oshkorlaikni namoyon qilishi hamda oddiy xodimlarning talab va takliflariga etarlicha e’tibor bilan qarashlari lozim. Boshqaruvning aynan shu usuli bugungi kunda xorijdagi ko’plab korxona va firmalarda keng qo’llanmoqda. Rejalashtirish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi.Bu holat uni ma’lum bir darajada bashorat qilishga o’xshash qilib qo’yadi.Biroq rejalashtirishdan farqli ravishda bashorat qilish jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari aniqlanadi. Bashorat ehtimoliy xarakterga ega bo’ladi. Unda odatda kelgusida turli hatti-harakatlar va tashqi (tabiiy, iqlim, iqtisodiy, ilmiy-texnik va hokazo) omillar ta’siri ostida u yoki bu maqsadlardan chetga chiqish ehtimoli darajasi baholanadi. Reja va bashorat korxona rivojlanishi istiqbollarini aniqlashga yo’naltirilgan ikkita muqobil yondashuv emas, balki xo’jalik strategiyasini ishlab chiqishning bir-birini to’ldirib turuvchi bosqichlari bo’lib, bunda reja korxona boshqaruvining asosiy vositasi hisoblanadi. Shu sababli har bir holatda bashorat qilingan ko’rsatkichlardan rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga o’tish ta’minlanishi lozim bo’ladi. Amaliyotda bashoratning ilmiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va boshqa turlari ajratib ko’rsatiladi. Ko’pincha kompleks bashorat – ilmiy-texnik, ijtimoiysiyosiy, texnik-iqtisodiy va hokazolardan foydalaniladi. Bashorat har qanday 12 holatda ham obyektiv jarayonlar talablariga maksimal darajada mos kelishi kerak. Rejalashtirish tizimining dastlabki bo’g’ini sifatida bashorat qilish korxonaning ichki faoliyatidan tashqari keng masalalar doirasini qamrab olishi zarur. Masalan, unga hal qilib bo’lingan, biroq amaliyotda qo’llanilmagan texnik, iqtisodiy, investitsion muammolar; istiqbolda yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan materiallar, texnologik jarayonlar, asbob-uskuna va qurilmalar; ishlab chiqarish modernizatsiyasi tufayli kadrlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashni kiritish mumkin. Bashorat qilishda shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar, o’tkazilayotgan tadqiqotlarni baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonaning kelajakda t - yildan so’nggi holatini bir maqsadli bashorat qilishni uning faoliyati o’zgaruvchi ko’rsatkichlarida yo’l qo’yish mumkin bo’lgan qiymatlar modelini navbatma-navbat ifodalash sifatida aks ettirish mumkin.
2.O’zbekistonda milliy bozorni shakillantirish haqida ummumiy ma’lumotlar Erkin iqtisodiy faoliyat va tijorat rivojlanib borayotgan, biz avvalgi zavod va fabrikalarga qaraganda ko’proq zamonaviy biznes va tadbirkorlik haqida gapirayotgan bir sharoitlarda matematika tili bilan aytganda norma va normativlar (normativ asoslar) «bozor» tushunchasi bilan bog’lanishi qiyin bo’ladi. Bugungi kunda ularning roli va maqomi biroz susaygan, chunki ular tadbirkorlar fikriga ko’ra bozorga qaraganda ko’proq rejali iqtisodiyot tomon yaqinroq turganday bo’ladi. Aslida esa bunday emas, albatta. Norma va normativlar doimo rejalashtirish va xo’jalik boshqaruvining muhim elementi bo’lib kelgan. Har bir biznesmen va tadbirkor, aytaylik, do’kon, restoran, mehmonxona yoki mebel ishlab chiqaruvchi tsex qurmoqchi bo’lsa, albatta qurilish xarajatlari va talab qilinuvchi resurslarni hisob-kitob qiladi. Ya’ni u rejalashtirish bilan, to’g’rirog’i xarajatlar va resurslar talabini ularning har bir turi bo’yicha normalashtirish bilan shug’ullanadi. Biznesmen ham, davlat korxonasi direktori ham xarajatlar minimal bo’lgan holda ko’proq foyda va daromad olishga intilishi tabiiy. Xo’jalik amaliyotida normalashtirish bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining normal kechishi uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish va boshqa resurslar zahiralari va sarflanishining eng yuqori va eng quyi normalarini ishlab chiqish va belgilash usulidir. Normalashtirish elementlari sifatida norma va normativlarni ko’rsatib o’tish mumkin. Norma bu – belgilangan sifatli (masalan, standartli bir buxanka non chiqarish uchun sarflanuvchi un normasi, belgilangan hajmli metall konstruktsiyasini kavsharlash uchun sarflanuvchi elektrodlar soni va hokazolar) mahsulot (ish, xizmat) birligini tayorlash uchun xom-ashyo, material, yoqilg’i, energiya va hokazolarning mutlaq (absolyut) sarflash mumkin bo’lgan maksimal kattaligidir. Shu tariqa natural, qiymat va mehnat o’lchamlari bilan belgilangan norma yordamida mahsulot, bizning holatda palto ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha 14 xarajatlar tartibga solib boriladi. Agar mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajatlarni jami chiqarilgan mahsulotlar soniga ko’paytirsak, korxonaning mazkur turdagi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq umumiy xarajatlarini aniqlashimiz mumkin bo’ladi. Normativ bu nisbiy ko’rsatkich bo’lib, mutlaq (absolyut) kattalikni emas, balki ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o’lchamini, mahsulot tavsifnomasi yoki tashkiliy-iqtisodiy hatti-harakatlarni aks ettiradi. Normativlar odatda foiz yoki koeffitsientlarda belgilanadi va aks ettiriladi (masalan, asbob-uskunalarni yuklash koeffitsienti, avtomobil shinasi bosib o’tgan yo’l koeffitsienti, sutning yog’lilik foizi va hokazo). Normativlar shuningdek, zarur xom-ashyo va materiallar, aylanma mablag’lar hajmi, talab qilinuvchi xodimlar sonini aniqlashda ham qo’llanadi. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli quyidagicha aks ettirilishi mumkin. Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va roli Norma va normativlar o’lchash va limitlash funktsiyalaridan (xarajatlarning yuqori yoki quyi chegarasi, qo’llash, iste’mol) tashqari hisobga olish, nazorat qilish va rag’batlantirish funktsiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, xarajatlarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, dastlabki mas’uliyat chegaralarini belgilash va uni faoliyat natijalar bo’yicha o’zgartirish, erishilgan natijalarni obyektiv baholash uchun asos hisoblanadi. 15 Norma va normativlar amaliyotda quyidagi asosiy guruhlar bo’yicha ishlab chiqiladi:  mehnat sarfi normasi;  moddiy xarajatlar normasi;  vaqt normasi (asosiy, qo’shimcha va hokazo);  mashina, asbob-uskuna va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish normasi;  ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish normativlari;  atrof-muhitni muhofaza qilish normativlari;  kapital qo’yilmalar (investitsiyalar) samaradorligi normasi;  loyihadagi quvvatlarni o’zlashtirish normasi;  aylanma vositalar (mablag’lar), ishlab chiqarish zahiralar normasi va hokazolar. Norma va normativlar asosida odatda rejadagi davr uchun faoliyatning texnik-iqtisodiy va tashkiliy sharoitlari yotadi. Vaqt o’tishi yoki sharoitlarning o’zgarishi bilan, shuningdek, fan-texnika taraqiyoti ta’siri ostida mavjud norma va normativlar qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Ularni qayta ko’rib chiqishda ilg’or ishlab chiqarish tajribalari va yutuqlar hisobga olinishi lozim. Norma va normativlar qo’llanish miqyosi va normalashtirish obyektlariga ko’ra farqlanadi. Normativ asoslari qo’llanish miqyosiga ko’ra quyidagilarga taqsimlanadi:  davlat va tarmoq standartlari va talablari asosida belgilangan normativlar;  umumkorxona normativlari, ya’ni korxonaning o’zida ishlab chiqilgan va qo’llanuvchi normativlar;  tsex normativlari; 16  predmetli, detalli va operatsion normativlar. Normalashtirish obyektlariga ko’ra normativ asoslari mehnat, moddiy, texnik va moliyaviy resurslarga taqsimlanadi. Normativ asoslari ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish uchun boshlang’ich nuqta bo’lib xizmat qiladi. U ishlab chiqarish xarajatlarini va chiqarilayotgan har bir mahsulot tannarxini aniq va bexato belgilashga imkon beradi. Umuman olganda norma va normativlar birinchidan, resurslarning ortiqcha sarflanishi oldini olish, ikkinchidan, korxonaning belgilangan ish tartibini ta’minlash, uchinchidan chiqarilayotgan mahsulotning belgilangan tavsifnomalardan chetga chiqishining oldini olish, to’rtinchidan atrof-muhitni muhofaza qilish va normal mehnat sharoitlariga rioya qilish, beshinchidan esa korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish uchun ma’lumotlar to’plamini yaratish maqsadida ishlab chiqiladi va belgilanadi. Normativ asoslarini yaratish bo’yicha ishlar uni ishlab chiqish joyi va qaysi idora yoki bo’lim tomonidan ishlab chiqilishidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, texnika va texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo’lgan mutaxassislar, professional (malakali) normativ guruhlari zimmasiga yuklatilishi lozim. Malakali va asoslangan tarzda ishlab chiqilgan norma va normativlar hayot davri uzoq bo’lib, ular o’zgarishlarga kamdan-kam uchraydi. Shunday bo’lsada, yuqorida aytib o’tilganidek, eng yaxshi norma va normativlar ham vaqt o’tishi bilan fantexnika taraqqiyoti va ilg’or ishlab chiqarish tajribalari ta’siri ostida qayta ko’rib Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z faoliyatini amalga oshirishda ma’lum bir darajadagi moliyaviy faoliyatni amalga oshiradilar. Ushbu soha faoliyat turlarini to‘g‘ri tashkil etish, korxonalarning mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishi hisobi, moliyaviy natijalar tahlili hamda ularning foydaliligini oshirish yo‘llari bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘zga tashlanadi. 17 Jahonda yuz berib turgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida har bir korxona o‘zining moliyaviy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishi, tadbirkorlik faoliyati rivojlantirishida olib borilayotgan islohotlarning izchil amalga oshirilayotgani, ushbu global inqirozdan chiqish omili sifatida qarashimiz mumkin. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni to‘g‘ri va ishonchli tarzda tuzish davlat budjeti daromadlarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Bu borada Birinchi Prezidentimizning fikr-muloxazalari dikkatga sazovordir: «Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi. Mamlakatimiz bo’yicha yirik korxonalarni ham qo’shganda, jami 240 ta korxona bankrot deb elon qilindi. Ayni paytda ularning 154 tasi yangi mulkdorlarga sotildi, 86 tasi esa tijorat balansiga o’tkazildi, 70 ta iqtisodiy nochor korxonalar ishlab chiqarish to’liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga tortildi, qolganlarida moliyaviy sog’lomlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu borada ko’rilgan chora tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xolos qilish, byudjet va ish haqi bo’yicha umumiy miqdori 1 trillion so’m kreditorlik qarzini uzish bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo’shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o’rni yaratish imkonini berdi. Xozirgi kunda kichik biznes subyektlari yalpi ichki mahsulotning qariyb 87 foizini ishlab chiqmoqda. Xolbuki, bu ko’rsatkich 2016 yilda 50 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija, birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir. 2018 yilda kichik sanoat korxonalari yagona soliq to’lovi 8 foizdan 7 foizgacha pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi. 18 Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda quyidagi 1-chizma orqali tasvirlash mumkin.1 Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning yer maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.
3.O’zbekistonda milliy bozorni rivojlantirish muommolari va ularni bartaraf etishdagi vazifalar O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham chiqaradi. Bu maxsulotlar orasida o‘rug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak gazlamalar, paxta moyi, dori-darmonlar, buyan ildizi, meva konservalar, tomat pastasi va xakozalar ulushi ancha kattadir.Respublikamiz rivojlangan mamlakatlardan turli mashina va zamonaviy sanoat uskunalari oladi. Fransuz firmalari uysozlik kombinatlari qurish hamda Toshkent shampan sharobi zavodi uchun, Toshkent tamaki fabrikasi uchun jixozlar yubordilar. Shvesiyada Toshkent shaxarlararo avtomat – telefon stansiyasi uchun jixozlarining bir qismi olindi. Italiyadan Chirchiq kaprolaktam zavodi uchun kerakli jixozlar olindi. Respublikamiz iqtisodiyoti, fan va texnikasining tez rivojlanib borishi O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda yanada keng ko‘lamda qatnashishiga zamin yaratadi.Mustaqil O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlar ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Respublikamizda 1991 yili Yaponiya (Chori firmasi), Xindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar sanoat maxsulotlari ko‘rgazmalari o‘tkazdilar. Bunday tadbirlarO‘zbekistoning xorijiy mamlakatla bilanaloqasinikengaytirmoqda. Halqaro turizmni yanada rivojlantirish uchun O‘zbekistonda keng imkoniyatlar mavjud. O‘zbekistonnig chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar halqlarning ma’naviy va ma’daniy boyliklarini rivojlantirishga munosib xissa bo‘lib qo‘shilmoqda.O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo-iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 1994 yil oktabrda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va Bryusselda, Yevropa Ittifoqi xuzurida O‘ZR diplomatik vakolatxonasi ishlay boshladi. 1995 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha bir necha marta muvaffaqiyatli muzokaralar 20 o‘tkazildi. Bu bitim Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida to‘qimachilik maxsulotlari savdosi bo‘yicha bitim tuzilgan. O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining “Ta’sis” texnikaviy ko‘maklashish dasturlari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. O‘zbekiston eksportining asosiy maxsulotlari: paxta tolasi (1994 yilda paxta tolasi eksporti bo‘yicha jaxonda AQShdan keyingi 2-o‘rinni egalladi), mashinalar, ularga jihozlar va ehtiyot qismlar, rangli va qora metallar, mineral xom ashyo, o‘g‘it, pilla, paxta chiqindilari, o‘simlik moyi, ip gazlama.O‘zbekistonda 30dan ortiq mahsulot turi chetdan keltiriladi. Bo‘g‘doy, go‘sht va sutmahsulotlar, sut va sut mahsulotlari, sariyog‘, shakar, moyli o‘simliklar urug‘lari va mevalar, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farmasevtika mahsulotlari, kiyim-kechak, trikotaj, charm, poyabzal, avtomobillar (yengil, yuk va maxsus ishlarga mo‘ljallangan), qora va rangli metallar hamda ulardan yasalgan mahsulotlar, teleradio apparatura, mashinalar uskuna jihozlar importining asosiy bandlarini tashkil etadi.Mamlakat chetdan oladigan jami tovarlarning 18.2%dan ko‘prog‘ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi darajasiga qarab Respublikaning oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojlari mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga qondirilishining uzoq muddatli rejasi belgilangan.Respublika uchun xorijiy sarmoyadorlarni iqtisodiyotini barqarorlashtirish va yanada rivojlantirish dasturini amalga oshirishga jalb qilish, chet ellik tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish sohasida qisqa vaqtda foyda ko‘rib ishlashni ta’minlaydigan loyihalarni amalga oshirish uchun investisiya fondini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarni hammasi mustaqil davlatimizning tashqi bozoriga faol kirib borish, xorijiy sheriklar bilan hakorlikni yo‘lga qo‘yish, jahon hamjamiyatiga integrasiyalanish imkoniyatlari yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomnidan boshqarilishi. O`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab jahon tajribasini 21 hamda milliy iqtisodiyot rivojlanishning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o`z tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishini bildiradi. Mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`z oldiga qo`ygan vazifalari mavjud bo`lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilishiga qaratilmog`i kerak. 90-yillar O`zbekiston iqtisodiy mustaqilligining dastlabki bosqichi hisoblanadi va davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o`ziga xos xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar: >eksportni rivojlantirish va uning tuzilishini yaxshilash. CHunki eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotini shakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik iqtisodiy jihatdan jahon darajasiga ko`taradi., uning tuzilishini takomillashtiradiYU, respublika valyuta zahiralarini ko`paytiradi; > import tuzulishini takomillashtirish, ya`ni uni milliy ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish, sobiq ittifoq import siyosatida bo`lgan kamchilik, xatolarni bartaraf etish; >O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash, ya`ni ma`lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o`rnatish. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarini aniqlash. Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo`g`inida davlat tomonidan qo`llabquvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat: 22 > eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, mo`ljallangan investitsiyalarni sug`urtalash; > eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilar ishlab chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash; > davlat tomonidan respublikaga ilg`or texnalogiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishiga subsidiyalar ajratish; > eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish; > ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom ashyo va materiallar, asbob uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar. Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mutahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta`minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohatini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me`yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga etkazishni nazarda tutadi. O`zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ikki yo`nalishda olib borilmoqda: birinchidan, sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan; ikkinchidan, respublika ilgari bevosita o`zaro munosabatlarda bo`lmagan xorijiy davlatlar bilan. Agar birinchi yo`nalish, O`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xom ashyo, tayyor mahsulotlar, texnalogiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib borishini ta`minlasa, unga qudratli transport tarmoqlari va aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratsa, ikkinchi yo`nalish, respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahon hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish imkonini beradi.. 23 Milliy daromadning bir qismi,jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, korxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xo‘jaliklari oladigan daromadning bir qismi,masalan, ijtimoiy to‘lovlar – ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi. Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur. Shaxsiy daromaddan soliqlari to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad hisoblanib,alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlarning bir qismini iste’mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi. Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket); 24 2) soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar); 3) norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga asoslanadi; 4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.2 3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT)– bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi. MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizim keng qo‘llaniladi. Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan 2 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etish – barqaror o‘sishni ta’minlashning bosh yo‘li. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruzalar tezislari. – T.: TDIU, 2018 yil 16 aprel. 25 qo‘shilgan qiymatlar qo‘shib chiqiladi (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo‘yicha). Bu usul bilan hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv. Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub’ekti – uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin. Uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari - bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir. Investitsion sarflar– tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg‘arishga qiladigan sarflaridir. Investitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat: a) tadbirkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; v) zahiralarning o‘zgarishi. Birinchi guruh elementlarning «investitsion sarflar» tarkibiga kiritilish sababi aniq; qupilishlarning bunday sarflar tarkibiga kiritilishi, o‘z-o‘zidan aniqki,yangi fabrika, ombopyokielevatop qupilishiinvestitsiyalar shakli hisoblanadi. YaIM tarkibiga tovar zahiralarning ko‘payishi, ya’ni ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YaIM o‘z ichiga yil davomidagi zahiralar va ehtiyotlar barcha o‘sishining bozor qiymatini oladi.Zahiralarning bu o‘sishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi sifatida qo‘shiladi. Zahiralar kamayganda, bu kamayish YaIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko‘proq mahsulot sotilganligini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste’mol qilgan bo‘ladi.
Milliy hisoblar tizimidaYaIMni hisoblashda yalpi,xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. Yalpi investtitsiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mashina, uckuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo‘yilmalar hajmiga har qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatiga ko‘ra iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini va investitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Davlat sarflari– bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni,xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o‘z ichiga oladi. Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu sababli YaIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va investitsion sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi import qilingan, ya’ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIM tarkibidan chiqariladi. Eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo‘lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo‘lsa salbiy bo‘ladi.

Xulosa
Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni ham, bashorat qilishni ham inkor etmaydi va ulardan avvalgi buyruqbozlikni chiqarib tashlagan holda foydalanishni tavsiya qiladi. Rejalashtirish va bashorat qilish menejmentning funktsiyalari bo’lib, u yoki bu vaqt oralig’ida biznes strategiyasini aniqlashga yo’naltiriladi. Bashorat qilish rejalashtirishga nisbatan ko’proq ehtimoliy xarakterga ega bo’ladi. Rejalashtirish va bashorat qilish doimo kelajakka yo’naltirilgan bo’ladi. Ular rivojlanish istiqbollarini belgilashda bir-birini to’ldirib turadi.Bashorat rejalashtirishning dastlabki bosqichidir. Milliy iqtisodiyot hufyona sektorining hodimlari bir qator yashirin faoliyat turlaridan oladigan o‘zlarining daromadlarini yashirishga harakat qiladi. Bundan tashqari ochiq iqtisodiyotda band bo‘lganlar ham o‘zlari oladigan daromadlarining bir qismini yashirib ko‘rsatish mumkin. Masalan, tadbirkor maxsulot sotishdan olgan daromadining bir qismini, ishchi rasmiylashtirishsiz yoki naxd pul to‘lashga kelishib oladigan daromadini deklarasiyada ko‘rsatmasligi mumkin. Inflyasiya darajasi qanchalik katta va soliqlar yuqori bo‘lsa, shaxslar qo‘lidagi real daromad shunchalik kamayadi, bu ularning naqd pul yoki natural tovar ayirboshlash orqali daromad olishga qiziqishini oshiradi. Xufyona iqtisodiyot miqiyosi haqida rasmiy ma`lumotlar bo‘lmasada, ko‘pchilik baxolashlar uning hajmi YaMMning 5-15% ni, ayrim mamlakatlarda 30-40% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari hufyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan tezroq o‘sib borishini tasdiqlashga dalillar ham bor. Nihoyat, axolining qancha qismi yashirin iqtisodiyot yoki faoliyatga jalb qilingan bo‘lsa, daromadning shuncha qismi soliq hujjatlaridan yashiriladi, bu ishsizlikka taalluqli rasmiy hisobot ma`lumotlarining oshirilib ko‘rsatilishiga olib keladi. Hufyona iqtisodiyot va yashirin faoliyat natijalari YaMMda hisobga olinmaydi va demak uning real hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari YaMM (YaIM)ga ta`sir ko‘rsatuvchi shunday omillar ham mavjudki ularning ta`siri natijasida ishlab chiqarish hajmining ko‘rayishi jamiyat 28 farovonligining oshishiga olib kelmasligi mumkin. Masalan, YaMM ishlab chiqarish va uning o‘sishi, atrof muhitga salbiy ta`sir ko‘rsatish bilan birga boradi. Bu havo va suvning ifloslanishi, shovqin, zararli chiqitlar hamda atrof muxit buzilishining boshqa turlaridir. O‘z-o‘zidan aniqki, atrof muxitning ifloslanishi bilan bog‘liq chiqimlar iqtisodiy farovonlikka salbiy ta`sir ko‘rsatadi. YaMMni ishlab chiqarish bilan bog‘liq atrof muxitning ifloslanishini bartaraf qilishga ketadigan chiqimlar hozirgi vaqtda yalpi ishlab chiqarish hajmidan chiqarilmaydi va shunday qilib YaMM moddiy faravonlik darajasini oshirib ko‘rsatadi. YaMM hajmi qanchalik katta bo‘lsa, atrof muxitning ifloslanishi va YaMM miqyosining oshirib ko‘rsatilishi shunchalik yuqori bo‘ladi. Rejalashtirish korxonaga quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: birinchidan, nimani, qaerda va qancha miqdorda ishlab chiqarish kerak, ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun qanday va qancha resurs va quvvatlar kerak bo’ladi, uchinchidan xarajatlar qay darajada qoplanadi va foyda (daromad) hajmi qanday bo’ladi. Rejalashtirishda xato va kamchiliklar qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqilayotgan reja va bashoratlarning ishonchli va hayotiyligi shunchalik yuqori bo’ladi. Norma va normativlar rejalashtirishning muhim elementlari bo’lib, ular ishlab chiqarishning u yoki bu maqsadlariga sarflanuvchi resurslarning maksimal yoki minmial chegarasini belgilab beradi. Norma va normativlar progressiv bo’lishi va vaqti-vaqti bilan qonunchilikda belgilangan tartibda qayta ko’rib chiqilishi lozim.
Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uningafzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tishkerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik mamlakatlar boshqaiqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodi- yoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar.Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrningmazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga mu-vofiq hisoblanadi.O'tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari bayonqilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari vaxususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish- ningmazmuni,maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi. Bu kurs ishi bozor munosabatlarigao'tish,iqtisodiyotnierkinlashtirishvaislohotlarnichuqurlashtirishjarayonidamakroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llarinitahlil qilish bilan yakunlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuniiqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatgatuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdaniboratdir. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotigao'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdano'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalgaoshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi. 1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y berganmuhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazariyalarni qaytadanko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki buvaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab)hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi- yotning o'zini-o'zitartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish vaboshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ningsifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi.
Yüklə 120,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə