Fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti


Inventarizatsiyani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 126,4 Kb.
səhifə3/8
tarix30.12.2023
ölçüsü126,4 Kb.
#166663
1   2   3   4   5   6   7   8
inventarizatsiya kurs ishi

1.2 Inventarizatsiyani o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar
Inventarizatsiyani to‘satdan o‘tkazish uning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ushbu talabga rioya qilinmagan hollarda moddiy javobgar shaxslar kamomadlarning o‘rnini to‘ldirib qo‘yish, oshiqcha chiqqan mol-mulklarni yo‘qotish va mavjud kamomad va oshiqcha mol-mulklar uchun qalbaki hujjatlar tuzish kabi noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Inventarizatsiya doimo korxona rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) bilan tayinlangan komissiya ishtirokida amalga oshirilishi lozim. Komissiya tarkibi inventarizatsiya turiga qarab aniqlanadi. Inventarizatsiya o‘tkazish chog‘ida komissiya a’zolari bevosita amaliy ishtirok etib, moddiy qiymatliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirishlari lozim. Inventarizatsiya ro‘yxatlarini buxgalteriya daftarlaridagi qoldiqlar asosida, moddiy javobgar shaxslarning og‘zaki ma’lumotlari bo‘yicha, idishlar, qutilar va hokazolarni haqiqiy tekshirmasdan to‘lg‘azishga ruxsat etilmaydi.

Inventarizatsiya uzluksiz o‘tkaziladi. Uni kun davomida uzluksiz o‘tkazish imkoni bo‘lmagan hollarda «Kalit va plombalagich» qoidasi qo‘llaniladi. Ya’ni bino komissiya ishtirokida rais tomonidan muhrlanib, kalitlar moddiy javobgar shaxsda va plombalagich komissiya raisida qoldiriladi.
Inventarizatsiya jarayonida moddiy javobgar shaxslar ishtirok etishi shart hisoblanadi. Agar moddiy javobgarlik bir necha shaxslarga yuklatilgan bo‘lsa, boshqalarining topshirig‘iga ko‘ra ulardan biri ishtirok etishi yetarli hisoblanadi.
Inventarizatsiya jarayonida moddiy javobgar shaxslar ishtirok etishi shart hisoblanadi. Agar moddiy javobgarlik bir necha shaxslarga yuklatilgan bo‘lsa, boshqalarining topshirig‘iga ko‘ra ulardan biri ishtirok etishi yetarli hisoblanadi.
Hisob obyektlarini qamrab olish hajmiga ko‘ra inventarizatsiya to‘liq va qisman o‘tkaziladi. To‘liq inventarizatsiya barcha hisob obyektlarini (aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar va h.k) to‘liq qamrab oladi. To‘liq inventarizatsiya nisbatan uzoq vaqt davom etadi va sermehnat jarayon hisoblanadi. Chunki bunda barcha moddiy va nomoddiy qiymatliklar, pul mablag‘lari, olinadigan va to‘lanadigan schotlar hamda korxonaga tegishli bo‘lmagan mablag‘larning barchasi (ijaraga olingan asosiy vositalar;
mas’ul saqlash uchun qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar; qayta ishlash uchun qabul qilingan materiallar va h.k.) tekshirilishi lozim.

Qisman inventarizatsiya esa aktivlar, passivlar yoki hisobkitoblarning bir qismini o‘z ichiga olishi mumkin. Qisman inventarizatsiya yil davomida bir necha marta o‘tkazilishi mumkin. Bu dastlabki hisob hujjatlarining ma’luotlarini aniqlashtirish, moddiy javobgar shaxslar ishlari ustidan nazoratni kuchaytirish va suiiste’molliklarga barham berishga imkon yaratadi.
Obyektlarni qamrab olishining to‘liqligiga ko‘ra inventarizatsiya tanlab yoki yoppasiga o‘tkaziladi.
Korxonada moddiy qiymatliklar miqdori ko‘p bo‘lgan hollarda inventarizatsiya tanlab o‘tkaziladi. Tanlab inventarizatsiya o‘tkazishdan maqsad tovar-moddiy qiymatlar saqlanishi, ularni saqlash qoidalarining bajarilishi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan omborxona hisobini yuritish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish hisoblanadi.
Yoppasiga inventarizatsiya korxonaning barcha bo‘linmalarida, shu jumladan, alohida balansga ajratilgan bo‘linmalarda ham bir vaqtda o‘tkaziladi. Inventarizatsiya tayinlanishi va tavsifiga ko‘ra reja bo‘yicha, rejadan tashqari, takroriy va nazorat-tekshiruv kabi turlarga bo‘linadi. Rejali inventarizatsiya, odatda, oldindan belgilab qo‘yilgan muddatlarda reja(jadval)ga muvofiq o‘tkaziladi.
Rejadan tashqari (to‘satdan) inventarizatsiya esa korxona rahbariyatining farmoyishi, nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga ko‘ra zarur hollarda o‘tkaziladi. Rejadan tashqari inventarizatsiya tayinlanganida oldingi o‘tkazilgan inventarizatsiya vaqti va uning natijalari inobatga olinadi. Odatda, bunday inventarizatsiya moddiy javobgar shaxslar almashganida yoki moddiy boyliklarning qabul qilinishi va berilishida qoidabuzarlik holatlari to‘g‘risida rahbariyatga bildirilganida yoki boshqa turdagi suiiste’mol qilish hollarida o‘tkaziladi.
Tovar-moddiy boyliklar qayta baholanish oldidan ham inventarizatsiya qilinishi mumkin. Shuningdek, rejadan tashqari inventarizatsiya tabiiy ofat (yong‘in, sel, suv toshqini), o‘g‘irlik, moddiy javobgar shaxslarning ta’tilga chiqishi yoki kasal bo‘lish hollarida ham o‘tkaziladi.
Takroriy inventarizatsiya o‘tkazilgan inventarizatsiyaning ishonchliligi, haqqoniyligi va sifatiga shubha vujudga kelgan hollarda tayinlanadi. Inventarizatsiya jarayoni yakunlanganidan so‘ng inventarizatsiya o‘tkazishning to‘g‘riligi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida inventarizatsiya o‘tkazilgan omborxonalar ochilishidan oldin nazorat tekshiruvidan o‘tkazilishi shart. Bunday tekshiruv tekshirilgan mulklarning 10% idan kam bo‘lmagan qismini qamrab olishi lozim. Natijalar bo‘yicha tafovutlar aniqlanganda korxona rahbari inventarizatsiya o‘tkazgan komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxslardan tushuntirish xati talab qilishi lozim.



Yüklə 126,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə