Fan: Tasviriy san`at Sinf: 7-sinf Mavzu: Kitobat san`atining turli badiiy grafik elementlarini bajarish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#144259
1   2   3   4
tasviriy sanat 7

Yangi mavzu bayoni :
Bugun biz “Kitobat san`ati” va uning ayrim grafik elementlari haqida to`xtalib o`tmoqchi edik.
Faollashtiruvchi savollar ;
1. Tasviriy san`atning qanday tur va
janrlarini bilasiz ?
2. Asosiy ranglar qaysilar ?
3. Axromatik va xromatik ranglar qaysilar ?
Uchchala guruhga savollar beriladi ?
1. Kitobat nima ?
Kitob – insonning yaqin do`sti , aqlli suhbatdoshi, beqiyos sirdoshi. Kitoblarda kechmish zamonlarning aql-idroki yashaydi. Xoki tuproqlaritush singari allaqachonlar to`zg`ib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi.
O`qituvchi: Haqiqatdan ham insonni komillikka eltuvchi, ma`naviyatini yuksak barkamol inson qilib tarbiyalovchi bu kitobdir.
Qani , O`quvchilar kitobat san`ati va uning tarixi, kelajagi haqida bir fikrlashib olaylikchi.
1-o`quvchi: Kitobat san`ati Sharq madaniyatining eng qadimiy nodir turlaridan biridir. Sharq kitobat san`atining yana qimmatli jihatlaridan bir unda naqqosh , rassom, muqovasoz, zarhal harf yozuvchi bo`lgan , natijada kitob yuksak saviyali asar darajasiga yetkazilgan. Shuning uchun Sharq kitobat san`ati namunalari Angliya, Fransiya, AQSh davlatlaridagi muzey va kutubxonalarda saqlanmoqda.
Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi kitoblardan biri bu “Avesto” kitobidir.

2- o`quvchi: Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI asrning birinchi yarmida yaratilgan. U 12 000 ho`kiz terisiga bitilgan. “Avesto” kitobi 21 kitobdan iborat. Bizgacha esa 5 ta kitob yetib kelgan


3-o`quvchi: Kitobat san`ati hozirgi kunda yanada rivojlanib yangi – yangi qirralarini ochib bormoqda . Qanchalik teletarmoqlar , internet tarmoqlari rivojlangan bo`lsada , kitoblar insonning eng yaqin do`sti bo`lib qolmoqda .


O`zbekiston zamonaviy kitobat san`atida kitoblarning mazmundorligini oshirish maqsadida bezakchi rassomlar faoliyat ko`rsatib kelmoqdalarBularga bezakchi rassom Iskandar Ikromov , Telman Muhammedov, Anatoliy Bobrovlarni misol keltirishimiz mumkin. Bu rassomlar juda ko`plab badiiy asarlarga, ertaklarga rasmlar ishlaganlar.
2. Kitob tayyorlash bosqichlari
O`qituvchi: Kitoblar o`lchov shakli, rangi jihatidan turlicha bo`ladi. Kitob zarvaraq, muqova, titul varag`i, bosh bezak, zarhal harf, illyustartsiya va yakuniy bezaklardan tashkil topgan.
Zarvaraq – yupqa muqova ustiga kiydiriladigan qog`oz bezak bo`lib , muqovani toza saqlashga mo`ljallangan.
Muqova – kitob varaqlarini birlashtirib turuvchi qism.
Titul varag`i – muqovalardan keyingi muallif familiyasi yoziladigan , kitob nomi, nashr etilgan joyi nashriyot nomi yoziladigan qism.
Bosh bezak – Kitobning birinchi betidagi yuqori qismini bezatilishi.
Illyustratsiya – kitob mazmuni asosidagi rasmlar.
Yakuniy bezak – kitobning oxirida beriladigan bezak.
3. Amaliy mashq .
« Ur to`qmoq» ertagidan qisqa ko`rinish ko`rsatiladi.
« Ur to`qmoq» 
Bir bor ekan bir yo`q ekan bir cholu- kampir bo`lgan ekan. Chol ovchilik bilan shug`ullanar va shuni orqasidan kun ko`rishar ekan. Bir kuni cholning tuzog`iga kattagina bir laylak tushibdi. Chol laylakni tuzoqdan chiqarishi bilan u xuddi odamdek so`zlay boshlabdi.
O`quvchilar rollarga bo`linib « Ur to`qmoq» ertagidan qisqa ko`rinish ko`rsatishadi.
4. O`quvchilar kitoblar haqida donolarning fikrlarini birma- bir aytishadi.
1-o`quvchi : « Kitob aqliy mehnat ishlab chiqarishning qurolidir» 
2- o`quvchi : « Kitobsiz bilim bo`lmaydi »
3- o`quvchi : «Kitoblarni o`qish hayot va uning kurash qonunlarini bilib olishning
bebaho manbaidir »
4- o`quvchi : «Yaxshi kutubxona - buyuk xazina »
5-o`quvchi : « Kitob - bilim chirog`i »
6-o`quvchi : « Dunyoda yaxshi kitoblar ko`p ,ammo bu kitoblarni o`qib biladigan kishilar uchun yaxshidir »
“Ur to`qmoq” ertagi asosida rasm chizamiz.
O`qituvchi partalar oralab yurib rasm chizayotgan o`quvchilarning kamchiliklarini tuzatib boradi. Doskaga “Ur to`qmoq” ertagi asosida chizilga rasmlardan namunalar osib qo`yiladi. Oquvchilarning ishlari kuzatilib ko`rsatmalar beriladi.
1-bosqich: Eskiz chizish
2-bosqich: Eskizdagi kamchiliklar tuzatiladi, yengil bo`yash.
3-bosqich: Sal to`qroq bo`yaladi
4- bosqich: Boyab tugatiladi.


5. Klaster. Uchchala guruhga « Klaster» topshirig`i beriladi.


Bunda har bir guruh o`ziga berilgan topshiriqni bajarishlari lozim.


Xalq amaliy san`ati, tasviriy san`at janrlari, O`zbekistonlik rassomlar - bu borada bilganlarini yozib klasterni to`ldirishadi .Guruhlarning ishlari baholanadi.

6. Tezkor savollar.O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun guruhlarga tezkor savollar beriladi va ular bu savollarga javob berishadi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə