Fan: Botanika O’qituvchi: vahobov zoxir mavzu: Shakli o’zgargan ildizlar Darsning ta’limiy maqsadi



Yüklə 228,61 Kb.
tarix19.03.2022
ölçüsü228,61 Kb.
#84611
02-sh-ildiz


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA VILOYATI BESHARIQ TUMANI 5-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI O’QITUVCHISI VAHOBOV ZOXIRNING O’RTA MAKTABLARDA

BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI BO’YICHA TAYYORLAGAN

DARS

ISHLANMASI

Sana: 17-aprel 2021-yil

Fan: Botanika

O’qituvchi: VAHOBOV ZOXIR

Mavzu: Shakli o’zgargan ildizlar

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga shakli o’zgargan ildizlar haqida ma`lumot berish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga shakli o’zgargan ildizlartog’risda ma’lumot berish.

Darsni rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarni shakli o’zgargan ildizlar bo’yicha bilimlarini, darslik va qo’shimcha qo’llanmalardan mustaqil foydalana olish ko’nikmalarini rivojlantira olish.

Dars turi: “An’anaviy”

Dars metodi: “Baxs-munozara” “Issiq kartoshka”.

Dars jihozi: O’quv material, doska bilan ishlash, tarqatma material.

Adabiyotlar: O’ktam Pratov, A.S.To’xtayev, F.O’.Azimova 6-sinf o’quvchilari uchun darslik Botanika.

Darsning strukturasi:

I.Tashkiliy qism- 3 min

II. Uyga vazifani tekshirish-10 min

III. Yangi mavzu bayoni - 20 min

IV. Yangi mavzuni musatahkamlash- 10 min

V. Yakuniy qism- 2 min

I. Tashkiliy qism 3 minut

Salomlashish, davomatni tekshirish, xona tozaligiga e’tibor berish.



II. Uyga vazifani tekshirish 10 minut

O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilan “Issiq kartoshka” metodi orqali bilimini tekshirish

1. Barcha o’quvchilar aylana shaklida turib olishadi

2. O’qituvchi tomonidan olib kelingan kichik koptokchani bolalar soatb soat strelkasi bo’yicha bir-birlariga uloqtirishadi, bunda o’qituvchi to’xta ishorashini berishi bilan top kimda qolib ketsa o’sha bolaga o’qituvchi tomonidan maxsus tuzilgan savol beriladi

3. Savolga to’g’ri javob bergan o’quvchi o’yinni davom ettiradi

4. Agarda to’g’ri javob bera olmasa o’yinni tark etadi

5. Faol qatnashgan talabalar rag’batlantiriladi


  1. Ildiz qaysi qismidan o’sadi va buni qanday isbotlash mumkin?

  2. Ildizning turlari haqida ma’lumot bering

  3. Asosiy ildizni chilpishdan maqsad nima?

  4. Ildiz qinchasining vazifasini tushuntirib bering?

  5. Tuproqdagi havo ildizlarga qanday ta’sir etadi?

  6. Ildiz tukchasi necha qismdan iborat?

  7. Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi?

  8. So’ruvchi qism nimadan iborat?


III. Yangi mavzu bayoni: 20 minut

Mavzu: Shakli o’zgargan Ildizlar

Ildizlarning shakl o’zgarushlar (metamorfoz)i. Ildizlar bajaradigan vazifalariga qarab turlicha shakillarda bo’ladi. Bunday ildizlar shakli o’zgargan, ya’ni metamorfozlashgan ildizlar deyiladi.

Sabzi Sholg’om Lavlagi Makkajo’xori Banyan daraxti


Ildizmevalar – asosiy ildiz shaklini o’zgartirib yo’g’onlashadi va zaxira oziq modda to’playdi. Bunga sabzi, sholg’om, turp, lavlagi, rediska misol bo’ladi.

Tayanch ildizlar – poyadan chiqqan qo’shimcha ildizlar bo’lib uni tik tutib turishga yordam beradi.

Tropiklarda o’sadigan ayrim o’simliklarda havo ildizlari bo’ladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 10 minut:

O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilan “Baxs-munozara” metodi orqali bilimini tekshirish.



  1. Bu metod yordamida guruh o’quvchilari o’zaro savol-javob qilishadi.

  2. To’gri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi

Savollar

Shakli o’zgargan ildizlarga misollar



1.Shakli o’zgargan ildizmevalar

a) Makkajo’xori

2.Qo’shimcha ildizga misol

b) Sabzi, sholg’om, turb

3.Havo ildizlariga misol

c) Banyan daraxti


V. Yakuniy qism 2minut:

1. Darsni yakunlash: O’quvchilarni savollariga javob berish. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni taqdirlash.

2. Uyga vazifa berish: O’tilgan mavzuni o’qib, mavzuni oxiridagi savollariga javob yozish, gul rasmini chizish.
Yüklə 228,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə