Falsafaning rivojlanish bosqichlari (uyg'onish davri falsafasi)16-17 asrlar


Milliy va harakatli o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 16,88 Kb.
səhifə2/2
tarix24.12.2023
ölçüsü16,88 Kb.
#159520
1   2
Milliy va Harakatli uyinlarning Rivojlanish bosqichlari. Tarbiyaviy va Pedagogik ahamiyati

Milliy va harakatli o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati.
Milliy va harakatli o’yinlarda qatnashuvchilar turli xil harakatni takrorlashadi. Milliy va harakatli o’yinlarni boshqarib, quyidagi hislatlarning faol ko’rinishini, mutanosib birlikda baholab, rivojlantirish kerak. ular ta’limning va rivojlanishning turli pog’onalarida katta ahamiyatga ega. Chaqqonlikni rivojlantirish uchun birharakatdan boshqa harakatga o’zgarayotgan muhitda o’tishda qo’l qiladigan o’yinlar o’ynaladi.
Tezlikni mukammallashtirish uchun tovushlarga ko’rish signallariga bir zumda javob bera oladigan, to’xtalib va yana davom etadigan, qisqa masofani oz vaqtda o’tishni o’rgatadigan o’yinlar juda yaxshi ko’rsatkichlarni beradi.
O’yinda kuchni tarbiyalash uchun qisqa masofa kuch ishlatiladigan o’yinlar to’g’ri keladi.
Chidamlilikni rivojlantirishga bir necha marta takrorlanadigan, do’xtamaydigan harakat bilan va kuch va energiyani sarf qilishni talab etadigan o’yinlar kiradi.
Milliy va harakatli o’yinlarning raqobatchiligi harakat faolligini oshirib, marraga shijoat va mardlikni rag’batlantiradi.
Qatnashuvchi to’siqlarni birgalikda jamoa bo’lib o’ynaladigan o’yinlarning afzalliklariga amin bo’ladi. Jamoa bo’lib o’ynaladigan o’yinlarning musobaqalarda qatnashuvchilarning yakkalashuvi emas, balki birlashuvi muhimdir.
Bu o’yinlarda har bir qatnashuvchi jamoaviy harakatli o’yinlarda jamoa o’yinchilarining harakatlari qonun-qoidalarga o’z xoxishiga binoan bo’yso’nib rioya qilishi tartib intizomni tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi.
Maktab yoshidagi bolalar harakatli o’yinlarning pedagogik xarakteristikasi.
Ta’lim amaliyotida, jamiyat hayotida va kundalik hayotimizda 2 ta asosiy harakatli o’yinlar turi mavjud: dars paytidagi va darsdan tashqari.
Darsdagi harakatli o’yinlar tarbiyachi-pedagogning rahbarligi qo’l ostida bo’ladi. Unda o’yinchilar guruhining doimiy tarkibi olib boriladigan mashg’ulotlarning mazmuni va hajmi, tashkilot bilan uzviy bog’liqligi ko’zda tutiladi.
Darsdan tashqari o’tkaziladigan o’yinlarning faol qatnashuvchilarning, tashkilotchilarning guruh sardorlarining (bolalar orasidagi) roli ko’zda tutiladi. Bu o’yinlar qoidaga binoan, guruh a’zolarining almashinib turishi va o’yinlarning xilma-xilligi, xajmi bilan farq qiladi.
Bundan tashqari harakatli o’yinlar bilan turar joylarda, darsdan tashqari kundalik tartibga binoan ajratilgan vaqtda o’tkaziladi.
Milliy va harakatli o’yinlarga ajratilgan vaqt qatnashuvchilarning yoshi, sinfi ta’limning yil bo’yi o’tkazilishi kerak bo’lgan vaqtda va faoliyatning va dam olishning turida ham qaraydi.
Sport o’yinlari – ba’zi bir harakatli o’yinlarning yuqori bosqichidir.
Sport o’yinlariga shart-sharoit unchalik qulaylik talab etmaydi qattiq qoidalar asosida olib boriladi.
Ularda qatnashuvchilarning aniq soni, ular jismoniy texnik va taktik tayyorgarlik ko’rishi kerak bo’ladi.
Bu o’yinda mukamallashtirish uchun qatnashuvchilar tartibga rioya qilgan holda va boshqa sport turlari bilan birgalikda olib borishlari kerak.
Sport o’yinlari bo’yicha musobaqalar olib borilib, eng yaxshi o’yinchilarga sport razryadlari, unvonlar beriladi.
Ko’p o’yinchilar (voleybol, lapta)ida qo’yilgan maqsad asosida elementlar harakatli o’yinlar va sport o’yinlari o’tkaziladi.
Barcha sport o’yinlari o’rta va katta yoshdagi maktab o’quvchilari uchun qo’llanish uchun qulaydir.
Milliy va harakatli o’yinlarning mazmuni o’yinchilarning maqsadi, g’oyasi qonun va harakatli xususiyatlari asosida tuziladi. Uning hozirgi mazmuni insonning avloddan-avlodga o’tish kelayotgan o’yinlar tashkil qiladi.
O’yin mazmuni va maqsadi o’yinchilarning to’la harakatlarini va taktik elementlar, o’yin texnikasining o’rganishi bilan o’yinni qiziqarli o’tishiga yordam beradi.
Qonun-qoidalar o’yinchilar uchun majburiy talablardir. Ular o’yin qatnashuvchilarning bir joydan boshqa joyga o’tishiga, o’yin qatnashuvchilarning qonun-qoidalarga bo’ysinib, ularning majburiyati va huquqini aniqlab beradi
Shu bilan birgalikda ijobiy faollik va o’yin qoidalarga rioya qilgan holda erkinlik ham rag’batlantiriladi.
Milliy va harakatli o’yinlarda turli xil ular taqlidiy, ritmik, ijodiy bo’lishi mumkin. Harakatli, chaqqonlik talab etiladigan, tezlik, kuch va boshqa jismonis xususiyatlar talab etadi. O’yinlarda qisqa masofada chopish va yo’nalishini o’zgartiruvchi sakrash, kuch bilan harakat, turli xil harakatni qo’llashni (maxsus)
Tanqidiy kuzatuvlar, harakatli mustaqil ravishda yangi, murakkab qoidalarni ustozlari qo’l ostida o’rganib boradilar.
Bolalar yakka tartibda, kichik guruhlarda va ba’zi holatda ko’pincha jamoa bo’lib, (30-40 kishi) katta o’rtoqlari raxbarligida o’ynaydilar.
Ko’p soni oson o’yinlarda bir necha guruhga bo’linib, bu o’yinlarning harakatlarini tan olgan holda; har bir o’yinchining harakati ko’zda tutilib boriladi.
Asosiy o’rinni kichik masofali har tomonga, to’g’riga yugurish «yetib olish – yugurish», biroq ikki oyoqda sakrash, berilgan to’siqlardan sakrash, predmetlar (skameykadan) to’pni olib berib, uzoqqa otib, toshga, va boshqa narsalarga otish kabi o’yinlarda ijobiy xarakterga ega bo’ladi.
Ko’pincha harakatli o’yinlarga ashula aytish, jamoa bo’lib tovush chiqarish kabilar keng qo’llaniladi. Har bir o’yin yuqorida aytib o’tilgan bir-ikki harakatlardan iborat. Ular alohida, ba’zida birga qo’shilib o’ynaladi.
Masalan, «To’p o’rtog’iga» o’yini to’pni olib berishga «Sakrovchilar – chumchuqlar» o’yini esa sakrashga, «Bo’rilar chuqurdi» o’yini esa uzunlikka yugurishga mo’ljallangan
Qishda ochiq havoda o’ynalganda yoki bahorda shamolli vaqtda kichik yoshdagi bolaning tana haroratini ham hisobga olish kerak.
Yüklə 16,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə