Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati



Yüklə 350,46 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix03.03.2022
ölçüsü350,46 Kb.
#84311


FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI 

REJA: 

 

1. Falsafa mavzusi va falsafiy bilimlar mohiyati. 

2. Dunyoqarash va uning tarixiy turlari. 

3. Falsafa fanining predmeti. 

4. Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafaning sohalari. 

5. Asosiy falsafiy yo‘nalishlar. 

6. Mustaqil O‘zbekistonda falsafa. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


1.  Qadimgi  davrda  falsafa  barcha  nazariy  fikrlarni,  ma’naviy  hayotning  hamma 

tomonlarini qamrab oluvchi fikrlar tizimi sifatida Qadimgi YUnoniston va Rimda 

er.avv.  VII-III  asrlarda  paydo  bo‘lgan.  Agar  falsafa  so‘zining  kelib  chiqishi 

(etimologiyasi)ga  e’tibor  bersak,  falsafa  Yunoncha  «filio»  -  sevaman,  «sofiya»  - 

donolik so‘zlaridan olingan bo‘lib, donolik, donishmandlik bilan shug‘ullanish deb 

qaraladi. SHu ma’noda Donishmandlikning o‘zi nima? 

 

Qadimgi Yunon faylasufi Diogen (e.o. 400-325) dan donishmand kim? - deb 



so‘rashganda,  u:  «Haqiqiy  donishmand  xudodir,  biz  donishmandlikni 

sevguvchilarmiz»  -  degan.  Demak,  donishmandlikni  sevguvchilar  donolik 

tafakkuri bilan dunyoni, o‘zligini anglashga intiluvchilardir. 

 

Grek mutafakkiri Geraklit (520-460) shogirtlariga murojaat qilib, “Do‘stim, 



sen  hali  yoshsan,  umringni  bekor  o‘tkazmay  desang,  falsafani  o‘rgan”,  deb 

uqtiradi. 

 

Sokrat  (e.o.  470-399  y)  o‘z  –  o‘zini  erga  urish  tubanlashish,  o‘zligini 



anglash, o‘zligini Yuqori tutish esa donishmandlikdir degan. 

Diogen  Laertskiy  (eramiz  II  asri  oxiri  -  III  asr  boshlari)  so‘zlariga  qaraganda, 

o‘zini  birinchi  marta  faylasuf  deb  atagan  kishi  –  Yunon  mutafakkiri  va  olimi 

Pifagordir.  Faylasuflarning  qanday  ekanliklariga  ta’rif  berib,  u  shunday  degan: 

«Hayot  o‘yinga  o‘xshaydi:  ba’zilar  unga  musobaqalashgani  kelsa,  ayrimlar 

savdolashgani,  eng  baxtlilari  esa  tomosha  qilgani  keladilar;  hayotda  ham  xuddi 

shunday,  ba’zilar  qullar  kabi  shuhrat  va  boylikka  o‘ch  bo‘lib  dunyoga  keladi, 

vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1. 

Bugungi  kunda  haqiqatni  izlash  faqat  falsafagina  taalluqli  degan  fikrga  qo‘shilib 

bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik 

hayotda  bilim  va  haqiqatga  intilish  mumkin.  Biroq  haqiqatni  ongli  izlash  aynan 

falsafadan boshlangan. 

                                                           

1 Диоген Лаэртский. О жизни, учениях и изречениях знаменитых философов. М., 1979. 334-б. 




«Falsafa  nima  degani?»  savolga  javob  izlash  oson  emas.  Falsafaga  tegishli 

bo‘lmagan  narsani  aniqlash  osonroq.  Agar  fanlar,  aytaylik,  botanika  yoki 

lingvistika  ta’riflarini  oladigan  bo‘lsak,  ulardagi  mavjud  farq,  odatda, 

mashg‘ulotning  asl  mohiyatiga  daxl  qilmaydi.  Hech  bir  botanik  mutaxassisligi 

fanining  mavzusi  -  o‘simlik  olami  ekanligiga  e’tiroz  bildirmaydi.  Har  qanday 

lingvist  o‘z  fanining  mavzusi  -  til  ekanligini  tasdiqlaydi.  Bir  faylasufning  ta’rifi 

boshqasinikidan  farq  qilishi  mumkin.  Falsafaning  ta’rifi  shu  qadar  ko‘p  va  turli-

tumanki, ko‘pchilikda «O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin yoki yo‘qmi?»2 

degan savol tug‘ilishi mumkin. 

Ba’zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi 

fan  deb  ta’riflanadi.  Masalan,  qadimgi  Yunon  faylasufi  Arastu  ta’limotida,  u 

«barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta 

osiyolik  mutafakkir  Abu  Ali  Ibn  Sino  falsafani  «mutlaq  borliq  to‘g‘risidagi  oliy 

fan» deb ta’riflagan.  

Ba’zi  ta’limotlarda  falsafa  «to‘g‘ri  fikrlash  orqali  erishilgan  bilim»  (T.Gobbs), 

umuman,  «fanlarni  ko‘rib  muhokama  qiluvchi»  (G.V.  Xegel)  deb  keng  tasavvur 

qilinsa,  boshqalarida  tor  ma’noda,  masalan,  «fikrning  mantiqiy  oydinlashuvi» 

(L.Vitgenshteyn) sifatida tushuniladi.  

Umuman  falsafani  ifoda  qilish  mumkinmi?  Nemis  faylasufi  G.V.Xegel  (1770-

1831)  muayyan  falsafa  yagona  jahon  falsafasining  -  tarixiy  bosqichlari,  uni 

shakllanish onlari va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan.  

Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa  - bu dunyoqarash yoki 

boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir. 

2. Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof muhitga, 

boshqa  odamlarga,  o‘z-o‘ziga  nisbatan  munosabatini  belgilovchi  savollar 

ko‘ndalang  turadi.  Har  birimiz  unday  yoki  bunday  tarzda  ularga  duch  kelamiz. 

                                                           

2 Қаранг: Ойзерман Т.И. Проблемы историко-философской науки (Тарихий-фалсафий фанларнинг 

муаммолари). М., 1982. 57-б. 



Bizni  o‘rab  turgan  dunyo  nimadan  tashkil  topgan?  Uni  bilib  bo‘ladimi  va  agar 

bilish mumkin bo‘lsa, qay darajada? Insonni o‘zi nima? U qanday bo‘lishi kerak? 

O‘limdan so‘ng bizni nima kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik 

muqarrarmi? Inson dunyoni o‘zgartira oladimi? 

Mana  shunday  savollarga  javoblardan  inson  dunyoqarashi  shakllanadi. 

Dunyoqarash  -  bu  insonni  o‘rab  turgan  dunyo  va  uning  unda  tutgan  o‘rniga 

nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (sub’ekt 

dunyosi)  va  «Men  -  emas»  (sub’ektga  nisbatan  tashqarida  bo‘lgan  dunyo) 

o‘rtasidagi  munosabatdir.  Dunyoqarash  dunyo  to‘g‘risidagi  umumiy  g‘oyalar, 

qarashlar,  insonning  dunyoda  tutgan  o‘rni,  hayotiy  yo‘nalishi,  ishonch  e’tiqodi, 

ideali,  bilim  tamoyillari,  o‘zi  va  boshqalarning  hayotdagi  o‘rnini  belgilab  olishi, 

inson mohiyatini, o‘zligini anglashi haqidagi qarashlar tizimidir. 

Dunyoqarashning  tuzilishi  dunyoni  sezish,  dunyoni  idrok  etish  va  dunyoni 

tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat. 

Dunyoni  sezish  –  bu  o‘zini  qurshagan  dunyoni  sezgilar  yordamida  hissiy  idrok 

etishdir.  Bunda  tuyg‘ular,  kayfiyat  dunyoni  go‘yoki  ranglarga  bo‘yaydi,  uning 

obrazini  sub’ektiv,  sof  individual  sezgilar  orqali  aks  ettiradi.  Masalan,  bemor 

odamga  haddan  tashqari  yorug‘  bo‘lib  tuYulishi  mumkin  bo‘lgan  nur,  sog‘lom 

odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‘rish qobiliyati normal 

bo‘lgan  odamga  qaraganda  butunlay  boshqacha  idrok  etadi.  Bundan  dunyoni 

sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi.  

  

Dunyoni  idrok  etish  –  bu  atrof  borliqni  ideal  obrazlarda  tasavvur  qilishdir. 



Dunyoni  idrok  etish  to‘g‘ri  yoki  noto‘g‘ri  bo‘lishi,  ya’ni  borliqqa  mos  kelmasligi 

mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki illYuziyalar, suv parilari, 

alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi.  

  

Dunyoni  tushunish  –  insonning  va  uni  qurshagan  dunyoning  mohiyatini 



aniqlash,  shuningdek  tabiatda  Yuz  beruvchi  voqealar  va  jarayonlarning  o‘zaro 

aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.  




   

Dunyoni  sezish  va  qisman  (elementar  shakllarda)  dunyoni  idrok  etish 

nafaqat  insonga,  balki  hayvonlarga  ham  xos  bo‘lsa,  dunyoni  tushunish  esa  faqat 

odamlarga xos xususiyatdir. 

Har  qanday  dunyoqarash  tarkibiga:  bilim,  baholash,  e’tiqod  va  aqidalar  kiradi. 

Dunyoqarash  turli  shaklda  mavjud  bo‘lishi  mumkin:  kundalik,  mifologik,  diniy, 

badiiy, falsafiy va ilmiy tusdagi tasavvurlar. Dunyoqarash shaxsiy ong va ijtimoiy 

ong  dalili  tarzida  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  afsonaviy  dunyoqarash  to‘g‘risida 

gapirganda  biz  muayyan  shaxsning  olam  to‘g‘risidagi  tasavvurlari  emas,  balki 

qadimgi  zamon  jamoasi  tasavvurlari  haqida  fikr  Yuritamiz.  yohud  biz  xristianlar, 

musulmonlar,  buddaviylar  va  boshqa  diniy  guruhlar  dunyoqarashi  to‘g‘risida 

gapiramiz. SHu bois dunyoqarash shaxs, ijtimoiy guruh (diniy, milliy, yoshga oid, 

jinsiy,  kasbiy  va  b.),  davlat,  davlatdan  tashqari  tuzilmalar  dunyoqarashi  sifatida 

ham bo‘lishi mumkin.  

Tarixiy  taraqqiyot  turlari  jihatidan:  1)  afsonaviy  (mifologik),  2)  diniy,  3)  falsafiy 

qarashlardan va 4) fandan iborat. 

1)  Mifologiya  (Yunoncha  –  metos  naql,  rivoyat  logos  fikr  ta’limot  degani)  - 

ibtidoiy ongda voqelikning xayoliy in’ikosidir. Mifologik dunyoqarashda olamning 

kelib  chiqishi,  tuzilishi,  tabiat  va  jamiyatning  turli  hodisa  va  voqealarini 

umumlashtirib  hayoliy  shakllarda  tasvirlanishidir.  Mifologiya  tabiat  va  ijtimoiy 

turmushning shunday shaklini o‘zida xalq xayolan g‘ayritabiiy ongsizlarcha badiiy 

qayta ishlab chiqqan. 

Masalan:  Gomerning  «Iliada»,  hind  eposi  «Romayana»,  o‘zbek  xalq  eposi 

«Alpomish» va  boshqalar.  Bulardan  xalqning  o‘tmishdagi  ijtimoiy  –  iqtisodiy  va 

ma’naviy  –  hayoti,  madaniyati,  urf-odatlari,  an’analari,  ahloqiy,  diniy,  siyosiy 

qarashlari va tasavvurlari o‘z ifodasini topgan. Bu rivoyat va afsonalarda ijtimoiy 

ong  shakllari  to‘la  shakllanmagan  vaqtda  ularning  elementlari  haqidagi 

tasavvurlari shaklida o‘z ifodasini topgan. 




Mifologik dunyoqarash, birinchidan, muayyan xalqning yoki jamoaning qarashlari, 

ikkinchidan,  unda  jamiyatning  ma’lum  ma’naviy  madaniy  qadriyatlari 

mujassamlashgan.  Uchinchidan,  unda  tabiat  va  jamiyat  bir  butun  borliqning 

umumiy birligi, aloqadorligining dastlabki manzarasi o‘z ifodasini topgan. 

Mifologiyaga  shu  narsa  xoski,  unda  hamma  narsa  bir,  yaxlit,  ajralmasdir;  tabiat 

narsalari  va  hodisalari  inson  bilan  ayni  bir  qonunlarga  muvofiq  yashaydi,  inson 

bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega bo‘ladi.  

2)  Diniy  dunyoqarash.  Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir.  Din  so‘zi 

arabchadan tarjimada e’tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma’nolarni anglatadi. Mif 

kabi,  din  zamirida  ham  e’tiqod,  tuyg‘ular  va  emotsiyalar  yotadi.  Garchi  din 

kurtaklari  «aqlli  odam»  dunyoqarashi  shakllanishining  dastlabki  bosqichlarida, 

ya’ni  taxminan  40-60  ming  yil  muqaddam  paydo  bo‘lgan  bo‘lsa-da,  umuman 

olganda  u  dunyoqarashning  mustaqil  shakli  sifatida  keyinroq,  jumladan  mif 

ta’sirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda 

vujudga kelgan.  

Diniy  dunyoqarash  odamlarning  g‘ayritabiiy  narsalar  (xudolar,  «oliy  aql», 

qandaydir absolYut va sh.k.)ga bo‘lgan e’tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori 

va  o‘ziga  xos  harakatlaridir.  Agar  mifologiyada  an’anaga,  rivoyat  qiluvchining, 

ya’ni  oqsoqolning  obro‘siga  e’tiqod  kuchli  bo‘lsa,  dinda  g‘ayritabiiy  narsalarga 

e’tiqod  birinchi  o‘rinda  turadi,  oliy  kuchlar  nomidan  rivoyat  qiluvchi  ruhoniylar 

obro‘si esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.  

3)  Falsafiy  dunyoqarash  dunyoni,  borliqni  aqliy  jihatdan  umumlashtirib 

tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U diniy dunyoqarashdan farqli ravishda 

insonning  aqliy  intellektual  faoliyatiga  ko‘proq  e’tibor  beradi.  Falsafiy 

dunyoqarash - bu mantiqiy tahlil va umumlashtirishlar, mantiqiy muhokamalar va 

xulosa chiqarishlar, mantiqiy asboblar va raddiyalar asosida nazariy fikr dunyoni, 

borliqni  tushunish,  tushuntirish,  baholash  va  izohlashdir.  Falsafiy  dunyoqarash 

ko‘r-ko‘rona  e’tiqodlar,  hayoliy  obrazlar  to‘g‘risidagi  tasavvurlar  va 




tushunchalarga  emas,  balki  insonning  borliqqa  munosabati  to‘g‘risidagi  erkin, 

tanqidiy va ayni vaqtda umumiy aqliy mushohadalarga, nazariy umumlashmalariga 

asoslanadi.  Falsafiy  dunyo  qarashda  inson  tabiatning  bir  qismi  sifatidagina  emas, 

balki alohida o‘ziga xos borliq sifatida qaraladi. 

Falsafiy  dunyoqarash  olamga,  jamiyatga,  insonga  bo‘lgan  eng  umumiy  qarashlar 

tizimidir. 

SHunday  qilib,  taxminan  2500  yil  muqaddam  dunyoqarashning  uchinchi  shakli  – 

falsafa  paydo  bo‘lishi  uchun  zarur  shart-sharoit  Evropa  va  Osiyoda:  Hindiston, 

Xitoy,  Markaziy  Osiyo  va  qadimgi  YUnonistonda  taxminan  bir  vaqtda  avvalo 

dunyoni  oqilona  anglash  usuli  sifatida  vujudga  keldi.  Dunyoqarashning  avvalgi 

shakllari  –  mif  va  dindan  farqli  o‘laroq,  falsafa  dunyoni  e’tiqod  va  tuyg‘ularga 

tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.  

4)  Fan  dunyoqarash  shakli.  Bilimlarning  o‘sishiga  qarab  har  xil  muammolar  va 

masalalar soni ham tinimsiz ko‘payib bordi. Bu jarayon fanning rivojlanish sur’ati 

yanada  jadallashuviga  va  u  falsafadan  yanada  ko‘proq  ajralishiga  sabab  bo‘ldi. 

Biroq fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat 

XVII-XVIII  asrlarda  to‘la  shakllandi.  Muayyan  darajada  shartlilik  bilan  shuni 

aytish mumkinki, bu I.NYuton klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta’riflab, 

shu  tariqa  tabiatshunoslikning  asosiy  bo‘limi  –  asoslari  asrlar  mobaynida 

shakllangan,  bosh  tamoyillari  esa  bundan  Yuz  yilcha  muqaddam,  avvalo  Galileo 

Galiley  tomonidan  ta’riflangan  klassik  mexanikaning  shakllanishiga  yakun 

yasaganidan keyin Yuz berdi. 

Falsafa  va  fanning  umumiy  jihatlari  shundaki,  ular:  1)  avvalo  aqlga  tayanadi  va 

oqilona  bilimni  yaratishga  harakat  qiladi;  2)  o‘rganilayotgan  ob’ektlar  va 

hodisalarning  qonunlari  va  qonuniyatlarini  aniqlashga  qarab  mo‘ljal  oladi;  3) 

kategoriyalar apparatini yaratadi, o‘zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga 

dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi. 



Falsafa va fan o‘rtasidagi farq shunda namoyon bo‘ladiki: 1) falsafa doim u yoki 

bu faylasuf nomi bilan bog‘lanadi, uning g‘oyalariga qo‘shilishi yoki qo‘shilmaslik 

masalalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Fan esa, o‘z mohiyatga ko‘ra jamoa mehnati 

mahsulidir;  2)  falsafada  (muayyan  fandan  farqli  o‘laroq)  yagona  til  va  yagona 

tizim  mavjud  emas.  Bu  erda  fikrlar  rang-barangligi  me’yor  sanaladi.  Fanda  esa 

monizm  hukm  suradi,  chunki  hech  bo‘lmasa  fanning  u  yoki  bu  muayyan 

sohasidagi  asosiy  tamoyillar,  qonunlar  va  kategoriyalar  tizimiga  nisbatan 

yondashuvlar  birligi  mavjud  bo‘ladi;  3)  falsafa  ilmiy  bilimlar  va  dalillardan  keng 

foydalanadi,  biroq  uning  uzil-kesil  xulosalari  ishonchli  deb  hisoblanishi  mumkin 

emas, asosan faylasuflarning sub’ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan 

esa mohiyat e’tibori bilan isbotlangan va sinalgan bilimlar olishga harakat qiladi; 

4)  falsafiy  bilimlarni  tajribada sinash  mumkin  emas;  5) falsafa  aniq  prognoz  bera 

olmaydi,  ya’ni  u  ishonchli  bilimlarni  kelajakka  tatbiq  etishga  qodir  emas,  zero 

unda bunday bilimlar yo‘q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi 

yordamida  faqat  bashorat  qilishi  mumkin,  lekin  u  olim  kabi  prognoz  qilish  yoki 

modellashtirishga qodir emas. 

3. Falsafa – bu nafaqat u yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong 

shakli,  odamlar  borlig‘i  va  bilishining  umumiy  tamoyillari,  ularning  dunyoga 

munosabati  aks  etuvchi,  tabiat,  jamiyat  va  tafakkurning  eng  umumiy  qonunlari 

kashf  etiluvchi  va  ta’riflanuvchi  ma’naviy  faoliyatdir.  YA’ni  bu  dunyoga  va 

insonning undagi o‘rniga nisbatan qarashlarning umumiy tizimidir.  

Insonda  bilishga  qiziqish  uyg‘otadigan,  mifologiya,  din  yoki  fan  javoblaridan 

qoniqmagan  insonning  o‘ziga  ma’lum  bilimlar  va  tajribaga,  muayyan  e’tiqod, 

ishonch  va  intuitsiyaga  tayangan  holda  oqilona  asoslangan  javoblar  berishga 

harakat  qiladigan,  savollar  tug‘diradigan  har  qanday  ob’ektiv  va  sub’ektiv  borliq 

falsafaning predmeti hisoblanadi.  

Falsafaning mavzu sohasi «dunyo-inson» tizimi hisoblanadi: a) «dunyo» tizimi, b) 

«inson» tizimi va a) ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tizimi. Bu tizimlarning o‘zi 

turli  darajada  tasavvur  etilgan.  «Dunyo»  tushunchasida  bir  butun  dunyo,  uning 



tarkibiy  qismlari  (megadunyo,  makrodunyo,  mikrodunyo;  anorganik  dunyo, 

organik dunyo, ijtimoiy dunyo va hokazolar), ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va 

o‘zaro munosabat tushuniladi. «Inson» tushunchasida alohida olingan shaxs, turli 

darajadagi ijtimoiy jamoalar, bir butun jamiyat tushuniladi. 

Falsafani «dunyo» va «inson» tizimidagi hamma narsa va «inson» ni «dunyo» ga 

bo‘lgan  har  qanday  munosabati  qiziqtiravermaydi.  Falsafa  eng  avvalo 

umumiylikka,  «dunyo-inson»  tizimidagi  universal  munosabatlarga  yo‘nalgan. 

Bularga  ontologik  (borliq  haqida),  gnoseologik  (bilish  haqida),  aksiologik 

(qadriyatlar  haqida)  va  praksiologik  munosabatlar  kiradi.  Bu  munosabatlarning 

umumiyligi ularning zarur tarzdaligini bildiradi. Insonlar qaerda va qanday davrda 

yashamasinlar,  albatta  mana  shu  munosabatlar  orqali  atrof  muhit  bilan 

bog‘liqdirlar:  ular  -  shu  dunyoning  mahsuli,  ular  shu  dunyoni  o‘rganadilar,  uni 

baholaydilar va o‘zgartiradilar. 

Qaysi  falsafiy  muammo  -  bosh,  etakchi  muammo  ekanligi  faylasuflarni  hamisha 

qiziqtirib kelgan. Ayrim faylasuflar buni Xudoni bilish, boshqalari - insonni bilish, 

uchinchilari  -  dastlabki  borliqni  aniqlash,  to‘rtinchilari  -  dunyoning  qadriyatli 

o‘lchovi  va  hokazolarni  bilishda  deb  bilganlar.  Falsafaning  asosiy  muammolari 

mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa, ular nimalardan iborat? 

Barcha  falsafiy  muammolarni  uchta  asosiy  guruhga  taqsimlash  va  quyidagi 

savollar bilan ifodalash mumkin: 

1. Dunyo nima? 

2. Inson nima? 

3. Dunyo bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar nimadan iborat? 

Agar  biz  har  qanday  falsafiy  muammoni  oladigan  bo‘lsak,  u  albatta  mana  shu 

uchta falsafiy masaladan bittasiga dahldordir. 

SHunday  qilib,  falsafaning  markaziy  masalasi  bo‘lgan  insonning  dunyoga 

munosabati uning mavzusi hamda inson tabiatida mavjud bo‘lgan dunyoqarashidan 



kelib  chiqadi.  Bu  erda,  «dunyo-inson»  tizimi  to‘g‘risida  gapirganda,  «dunyo»  va 

«inson»  ni  ularaning  o‘zaro  qarama-qarshi  tomonlarini  qayd  etuvchi  juda  keng 

falsafiy  tushuncha  ekanligini  nazarda  tutish  kerak.  SHu  bois  mazkur  kontekstda 

ular  «Men»  va  «Men  –  emas»,  «sub’ekt»  va  «ob’ekt»,  «makrokosmos»  va 

«mikrokosmos»,  «ichki  dunyo»  va  «tashqi  dunyo»,  «ruh»  va  «tabiat»,  «ong»  va 

«materiya»,  «tafakkur»  va  «borliq»,  «g‘oyaviy»  va  «moddiy»  kabi  turli  davr 

hamda  har  xil  falsafiy  tizimlarda  insonning  dunyoga  nisbatan  qarashlari  aks 

ettirilgan bo‘lib, ular binar oppozitsiyalarga tengdir. 

«Dunyo» – inson» muammosining mazmuni markaziy falsafiy muammo sifatida u 

yoki  bu  tarixiy  davrning  etakchi  yo‘nalishlari  (tendensiyalari)  mazmuni  bilan 

bog‘liqdir.  Jamiyatda  ustuvor  muammolar  o‘zgarganida  mazkur  muammo 

mazmuniga  nisbatan  urg‘u,  ta’kid  ham  o‘zgaradi.  Bu  urg‘ular  u  yoki  bu  tarixiy 

davr faylasuflarining diqqat markazi nimaga qaratilganligining ifodasi hisoblanadi. 

Boshqacha aytganda, «dunyo-inson» muammosi u yoki bu davr falsafiy tafakkuri 

yo‘nalishini (paradigma) ifodalaydigan o‘z tarixiy shakllariga ega. 

SHunday  qilib,  falsafa  -  bu  ijtimoiy  ongning  o‘ziga  xos  shakli,  nazariy 

dunyoqarash  turidir.  Bunda  insonning  dunyoga  bo‘lgan  universal  munosabatlari 

(ontologik,  gnoseologik,  aksiologik  va  praksiologik)  kategoriyalarning  muayyan 

tizimi  orqali  umumiylashgan  shaklda  aks  etadi  va  inson  madaniyati  Yutuqlari 

sintezlanadi. SHu bilan bir qatorda, falsafa umumnazariy, dunyoni yaxlitligi va bir 

butunligicha o‘rganadigan fandir. 

4. Falsafa bir necha funksiyalar (vazifalar) ni bajaradi. Ular orasida eng asosiylari: 

1.  Dunyoqarashlik  funksiyasi.  Falsafiy  bilimlarning  asosiy  xususiyati  bo‘lib, 

insonni  borliq,  materiya,  tabiat,  jamiyat,  inson,  inson  ongi  va  tafakkuri,  insonni 

dunyoning bilish haqidagi eng umumiy qarashlari bilimi bilan qurollantiradi. 

 

2.  Metodologik  funksiyasi.  Falsafa  boshqa  fanlardan  farqli  o‘laroq  tabiat, 



jamiyat  va  inson  tafakkurining  eng  umumiy  qonunlari  haqidagi  fandir.  Falsafa 

metodologiya sifatida tibbiyot ilmi taraqqiyotining konkret tarixiy sharoitlari bilan 




qonuniyatli  aloqasini  tushunishga,  ilmiy  kashfiyotlar  va  ularning  tadbiq  etilishini 

ijtimoiy qiymatini va umumiy istiqbolini chuqurroq a nglashga yordam beradi 

 

3.  Gnoseologik  funksiyasi.  Falsafa  dunyoni  bilish  asosida  uni  o‘zgarishida 



insonni  faol  faoliyat  ko‘rsatishga  undaydi.  Falsafa  amaliy  va  nazariy  masalalarni 

hal  qilishda  katta  rol  o‘ynaydi.  Bularning  barchasida  falsafaning  gnoseologik 

funksiyasida namoyon bhladi. 

 

4.  Ijtimoiy  funksiyasi.  Falsafa  insonning  ijtimoiy  tabiatini  va  mohiyatini 



ochib  berish  bilan  birga,  u  insonning  tabiatga  munosabatini,  jamiyatning  tabiat 

bilan  uzviy  bog‘liqligini  ko‘rsatib  beradi,  shuningdek  insonning  tabiatga 

g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bhlishini o‘rgatadi. 

5.  Evristik  funksiyasi  (“evrika”  grekcha  so‘z  bo‘lib,  kashf  etish,  degan  ma’noni 

anglatadi)  gnoseologik  vazifasi  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  tabiat,  jamiyat  va  inson 

tafakkuri 

rivojlanishining 

umumiy 


yangi 

qonuniyatlarini 

kashf 

etishni 


xarakterlaydi.  

6. Praksiologik funksiyasi falsafiy g‘oya va nazariyaning ijtimoiy hayotga amaliy 

tatbiq etilishi bilan izohlanadi. 

7.  Integrativ  funksiyasi  fan  bilan  chambarchas  bog‘liq.  Real  borliqning  yangi  va 

yangi  ob’ektlari  va  hodisalari  inson  nazariy  tadqiqotlari  sohasidan  o‘rin  olishi, 

shuningdek  ilgari  ma’lum  darajada  anglab  etilgan  narsalar  va  hodisalarni  yanada 

chuqurroq  o‘rganishga  bo‘lgan  ehtiyoj  ilmiy  bilim  o‘z  rivojlanishining  dastlabki 

bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi.  

 

8.  Tarbiyaviy  funksiyasi.  Bu  funksiyasi  kishining  aqliy  jihatdan  kamol 



topishida,  nazariy  tafakkurning  qaror  topishida,  jamiyatning  etuk  kishisi  bo‘lib 

etishishida  Yuksak  g‘oyaviy  mustahkam  e’tiqod  ruhida  tarbiyalashda,  ilmiy 

dunyoqarashni qaror toptirishda muhim rol o‘ynaydi. Umuman falsafani o‘rganish 

va  chuqur  egallash  har  bir  bo‘lg‘usi  mutaxassisning  tafakkur  doirasini  va  faol 

hayotiy pozitsiyasini tarbiyalaydi. 



 

Falsafa  tafakkur  rivojining  buYuk  Yutug‘i  va  insoniyat  ma’naviy 

Yuksalishining  muhim  omilidir.  U  kishilarning  olamni  bilishi,  jamiyatning 

Yuksalishi,  odamlarning  mahoratini  namoyon  qilishi,  inson  qadriyatlarining 

Yuksaklikka ko‘tarilishi bilan bog‘liq. 

Hozirgi  zamon  falsafasi  doirasida  ko‘pincha  quyidagi  mustaqil  sohalarni 

ajratishadi:  

 

1.  Ontologiya  –  (Yunoncha  ontos-mohiyat,  logos-tadqiqot,  borliq  uning 



mohiyati,  shakllari,  asosiy  tamoyillari  va  eng  umumiy  kategoriyalari  haqidagi 

ta’limot. 

 

2.  Gnoseologiya  –  (epistemologiya)  (gnozis-bilish,  logos  –  ta’limot)  bilish 



haqidagi, inson tafakkuri faoliyati qonunlarini o‘rganadi. 

 

3.  Praksiologiya  -  (praksis-faoliyat,  logos-ta’limot)  inson  amaliy  faoliyati 



haqidagi ta’limot.  

 

4. Aksiologiya – (aksios-qadriyat, logos-ta’limot) qadriyatlar inson faoliyati, 



uning yo‘nalishi, umumiy ahamiyati.  

5. Falsafiy antropologiya - inson to‘g‘risidagi ta’limot 

6. Ijtimoiy falsafa – jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot 

7.  Futurologiya  (futurum  –kelajaki  va  logos  –ma’limot)  –    keng  ma’noda  kelajak 

haqidagi  ta’limot,  tor  ma’noda  prognozlashtirish  i  prognostika  so‘zlarining 

sinonimi sifatida ishlatiladi.  

8.  Teosofiya  (thes —  xudo  i sopha —  donishmandlik,  bilim)  xudoni  bevosita 

bog‘lanish orqali bilish haqidagi ta’limot. 

9. Mantiq – tafakkur qonunlari va shakllari to‘g‘risidagi ta’limot 

10. Etika – axloq to‘g‘risidagi ta’limot 

11. Estetika – go‘zallik to‘g‘risidagi ta’limot 



12. Metodologiya - tafakkur usullari va metodlari haqidagi ta’limot.  

SHuningdek  tabiatshunoslik  falsafasi,  din  falsafasi,  huquq  falsafasi,  fan  falsafasi, 

texnika  falsafasi,  tarix  falsafasi,  madaniyat  falsafasi,  siyosat  falsafasi,  global 

muammolar  falsafasi  kabi  bugungi  kunda  mustaqil  fan  maqomini  olish  bilan 

birbutun  yo‘nalishlarga  ajralgan.  Ulaning  har  birining  o‘z  tushunish  apparati 

hamda muammoni hal qilishning o‘ziga xos usullari bor. 

U  yoki  bu  falsafiy  fanning  rivojlanish  darajasi  turlichadir.  Ulardan  ba’zilari 

(masalan, ontologiya)  falsafa ibtidosida  vujudga kelgan bo‘lsa,  boshqalari  (global 

muammolar falsafasi yoki texnika falsafasi) XX asr mahsulidir. 

Falsafiy  fanlarning  mustaqilligi  to‘g‘risida  gapirganda,  mustaqillikning  o‘zini 

nisbiyligini  nazarda  tutish  kerak.  Falsafiy  fanlar  bir-biridan  uzilib  qolgan  emas, 

ular  o‘zaro  yaqindan  aloqada  va  o‘zaro  bog‘liqdir.  Ularning  negiz  mavzulari 

ko‘pincha  bir-biri  bilan  yondosh  keladi:  mantiq  va  bilish,  bilish  va  din,  din  va 

axloq,  axloq  va  san’at  va  hakozo.  Falsafiy  fanlar  ayniqsa,  muayyan  tizimlar  va 

oqimlar  doirasida  o‘zaro  aloqador  va  o‘zaro  bog‘liq  bo‘ladi.  Masalan,  Xegel 

tizimida  dialektika  yoki  ruh  fenomenologiyasini  tushunmay  turib,  na  uning 

mantig‘ini va na uning falsafa tarixini anglab bo‘ladi.  

Falsafiy bilimlar tarkibida fanlarning ko‘p xilligi tabiiy tizimlilikka ega. SHuning 

uchun  falsafa  haqida  tizim  sifatida  gapirish  mumkin.  Falsafaning  bir  butunligi  va 

tizim  xususiyatiga  egaligi  dunyoning  bir  butunligi  va  yaxlitligidan  kelib  chiqadi. 

Umuman  inson  bilimining  tizim  tarzidaligi,  uning  o‘z  tashkiliy  tuzilishiga 

yo‘nalganligi va falsafa predmetining tizimga xosligi shundan kelib chiqadi. Agar 

biz  Yuqorida  keltirilgan  falsafiy  fanlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  tahlil 

qiladigan bo‘lsak, unda ular orqali falsafa predmetining ko‘p qirraligi va naqadar 

boy ekanligining ifodalanishini ko‘ramiz. 

5. Turli falsafiy yo‘nalishlarni har xil asoslar: etakchi falsafiy muammolar (ibtido 

muammosi,  dunyoni  bilish  muammosi  va  boshqalar)ga  munosabat,  usul,  mavzu 

asosi, klassik meros va bashqalarga munosabat bo‘yicha guruhlashtirish mumkin. 




Falsafiy  yo‘nalishlar  dunyo  ibtidosining  tabiati  to‘g‘risidagi  masalada  u  moddiy 

yoki  g‘oyaviy  yagona  substansiya  –  monizm,  teng  huquqli  mustaqil  (moddiy  va 

ruhiy)  –  dualizm,  ko‘pchilik  substansiyalardan  iborat  plYuralizm  deb  e’tirof 

etiladiganlarga bo‘linadi. Falsafa tarixida dualizmning eng mashhur vakili fransuz 

faylasufi  R.Dekart  (1596-1650),  plYuralizmniki  nemis  faylasufi  G.  Leybnits 

(1646-1716) bo‘lgan. 

Monizm  falsafa  tarixida  ikki:  materialistik  va  idealistik  shaklda  mavjud. 

Materializm  ruhiy  ibtidoga  qadar  ham  va  unga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  mavjud 

bo‘lgan 

tabiat, 


moddiy 

substansiya 

birlamchiligidan 

kelib 


chiqadi. 

Materializmning o‘zi  turli xususiy  tarixiy  shakl  va oqimlarga bo‘linadi: qadimgi, 

hamma narsa tabiiy «unsurlar»dan biri, ya’ni suv (Fales), havo (Anaksimen), olov 

(Geraklit)  yoxud  ularning  qatori  suv,  havo,  olov  va  tuproq  (chorvaklarning 

qadimgi  hind  maktabi,  Empedokl),  suv,  havo,  olov,  tuproq  va  metallga  (qadimgi 

xitoy  falsafasida)  asoslangan  deb  tushunuvchi  oddiy  materializm;  YAngi  davr 

metafizik  materializmi  (Gobbs,  Lokk);  antropologik  materializm  (L.  Feyerbax); 

dialektik  materializm  (K.  Marks,  F.  Engels);  ilmiy  materializm  (G.  Feygl,  J. 

Smart);  emerjentistik  materializm  (J.  Margolis,  M.Bunge)  va  hokazolar.  Izchil 

materializm  (materialistik  monizm),  materializmning  u  yoki  bu  shaklda  ilohiy 

turtki  –  deizm  yoki  tabiat  bilan  olloh  aynan  bir  –  panteizm  degan  g‘oyani  ilgari 

suruvchi shakllar to‘g‘risida ham gapirish mumkin. 

Idealizm  ruh  va  ong  birlamchiligidan,  shaxsiy  ong  (sub’ektiv  idealizm)  yoki 

shaxsdan  tashqari  ruhning  mutlaq  g‘oyaligi  (ob’ektiv  idealizm)dan  kelib  chiqadi. 

Xitoy faylasufi Van YAn-Min (1472-1528), ingliz episkopi D. Berkli (1685-1753), 

«esse-percipl» (lat. mavjud bo‘lmoq - demak idrok qilinadi) prinsipini ilgari surgan 

nemis  faylasufi  I.Fixte  (1762-1814)  sub’ektiv  idealizmning  yirik  namoyandalari 

edilar.  Empiriokrititsizm,  neopozitivizm,  neokantchilik  va  boshqa  qator  falsafiy 

maktablar sub’ektiv idealizm prinsiplariga asoslangan. Qadimgi hind falsafasidagi 

braxmanizm  va  vedantizm,  Yunon  faylasufi  Aflotun  (er.av.427-347  yillar),  xitoy 

faylasufi  CHju  Si  (1130-1200),  nemis  faylasuflari  SHelling  (1775-1854),  Xegel 



(1770-1831),  neotomizm  kabilarning  falsafiy  tizimlari  ob’ektiv  idealizmga 

mansubdir. 

Agar  dunyoni  bilish  mumkinligi  to‘g‘risidagi  masalani  oladigan  bo‘lsak,  undagi 

faylasuflar  haqiqiy  bilimga  erishish  mumkinligini  e’tirof  etuvchi  va  uni  inkor 

qiluvchilarga  bo‘linadi.  Uni  inkor  qiluvchilar  yo‘nalishi  agnostitsizm  degan  nom 

oldi  va  D.YUm  (1711-1776)  hamda  I.Kant(1724-1804)  bu  yo‘nalishning  taniqli 

vakillaridir.  Agnostitsizm  elementlari  hozirgi  tizimlar  (neopozitivizm,  kritik 

realizm)  da  ham  uchraydi.  Haqiqatga  erishish  mumkinligini  e’tirof  etuvchilar 

orasida bilish (sensualizm), idrok (ratsionalizm), diniy vahiy yoki so‘fiy his qilish 

(irratsionalizm) kabi yo‘nalishlarni ham ajratish mumkin. Sensualizm va ratsionali-

zmning ham materialistik, ham idealistik shakllari mavjud. 

Falsafiy  yo‘nalishlarni  bilish  usullariga  ko‘ra,  empirizm,  ratsionalizm  va 

irratsionalizmga bo‘lish mumkin.  

Dialektika  (tafakkur  metodini  narsa  va  hodisalarni  o‘zaro  bog‘liqlikda  va 

rivojlanishda  deb  qarovchi)yoki  metafizika  (tafakkur  metodini  narsa  va  hodisalar 

umumiy  bog‘liqlikdan  tashqarida,  o‘z-o‘zidan  sifat  jihatidan  rivojlanmaydi  deb 

qarovchi) mavqeiga ega faylasuflar ham farqlanadi. 

Falsafiy  yo‘nalishlar  asosiy  mavzusi  bo‘yicha  nisbatan  tor  ixtisoslashishga, 

masalan,  gnoseologiya,  antropologiya,  aksiologiya,  ontologiya  muammolari 

kabilarga  mo‘ljallangan  oqim  va  maktablarga  bo‘linadi.  Masalan,  «lingvistik 

falsafa»  tabiiy  tilni  tahlil  qilishga  (J.Ostin,  J.Uizdom,  P.Stroson),  «texnika 

falsafasi»  hozirgi  dunyodagi  texnika  fenomeniga  (A.Xuning,  F.Rapp), 

«istoritsizm» maktabi esa (V. Diltey, R. Kollingvud) tarixiy bilim muammolariga 

yo‘naltirilgan va hokazolar. 

Falsafiy  yo‘nalishlar  klassik  merosga  munosabat  bo‘yicha  ilgarigi  klassik  tizim 

g‘oyalarini  tiklab,  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  neoklassik  oqim  (neokantchilik, 

neotomizm, neoxegelchilik va boshqalar), ularni to‘liq qaytadan ko‘rib chiqish va 

ularni  rad  etishga  asoslangan  antiklassik  oqim  (pozitivizm,  nitssheanchilik, 




tasavvuf)  va  tanqidni  sintezlash  va  klassik  meros  an’analarini  davom  ettirishga 

yo‘naltirilgan  neoklassik  oqim  (marksizm,  ekzistensializm  va  boshqalar)ga 

bo‘linadi. 

6. O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritganligi, mamlakatda olib borilayotgan 

islohotlar faylasuflar oldiga zaruriy ravishda yangi muammolarni qo‘ymoqda. 

Milliy  mustaqillik  g‘oyasini  va  yangi  mafkurani  shakllantirish  bilan  bog‘liq 

ravishda  O‘zbekiston  faylasuflari  oldida  muhim  vazifalar  ko‘ndalang  bo‘lmoqda. 

Jamiyatda  mafkuraning  tutgan  o‘rni  va  mavqei,  uning  ma’naviy-axloqiy 

yangilanishi,  yangi  ijtimoiy  eng  Yuksak  orzu  va  qadriyatlarning  qaror  topishi, 

uyg‘un barkamol avlod tarbiyasi haqidagi ijtimoiy ongni shakllantirish g‘oyasi o‘z 

aksini  O‘zbekiston  Respublika  Prezidenti  I.A.Karimovning  asarlarida3,  rasmiy 

nashrlarda4,  olimlarning  tadqiqotlarida,  ijtimoiy-siyosiy  masalalarga  doir 

adabiyotlarda  topmoqda.5  SHakllanayotgan  milliy  istiqlol  mafkurasining 

«mustaqillik», «kelajagi buYuk davlat», «bozor», «huquqiy davlat», «demokratik 

jamiyat»,  «ma’rifatli  jamiyat»,  «umuminsoniy  qadriyatlar»,  «uyg‘onish»,  «davlat 

islohotchi  sifatida»  kabi  tushunchalarimizni  ochib  berishga  qaratilgan  birinchi 

qadamlar qo‘yildi. 

O‘zbekiston  taraqqiyotining  hozirgi  jihatlarini  tadqiq  qilishni  davom  ettirish 

hozirgi  zamon  talabidir.  Falsafa  O‘zbekistonda  yashovchi  xalqlarning  milliy 

xususiyatlari  va  yashash  tarzining  o‘ziga  xosligini,  mintaqada  vujudga  kelgan 

muayyan-tarixiy  sharoitni  hisobga  olgan  holda  umumiy  tushunchalar,  insoniyat 

taraqqiyotining  umumiy  mantig‘i,  ijtimoiy-siyosiy  guruhlar,  u  yoki  bu  siyosiy 

g‘oyalar  va  davlatlarning  amaliy  faoliyatlaridan  kelib  chiqib  tanqidiy  ravishda 

idrok etishi lozim. 

                                                           

3 Кармиов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва 

тараққиёт кафолатлари. –Т.: Ўзбекистон, 1997 

4 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар ва қоидалар. –Т., 2000. 

5 Ҳ.Пўлатов. Ўзбек мафкураси: ўзбек миллий уйғониш мафкураси ҳақида. Т., Мулоқот, 1991, №6,7. 

У.Абилов. Миллий ғоя: маънавий омиллар. –Т., Маънавият, 1999. 




Ijtimoiy  borliqning  hozirgi  zamondagi  tub  masalalarini,  jumladan:  birlamchilik 

nuqtai  nazaridan  yangi  qurilayotgan  jamiyatda  shaxs  manfaatlari  bilan  davlat 

manfaatlarini o‘zaro munosabatini jiddiy nazariy tadqiq qilish kutilmoqda. An’ana 

va  urf-odatlarni  tiklash  siyosati  ularni  to‘la  yoki  qisman  faollashtirishni  bildirishi 

lozimmi  yoki  Yuqmi  va  ularni  tanlab  olish  qoidasi  qanday  bo‘lmog‘i  lozim? 

An’analar  va  yangiliklarni,  muhofazakorlik  va  harakatchanlikni,  eski  va  yangi 

o‘rtasidagi  tafovutni  qanday  muvofiqlashtirish  mumkin?  Qanday  qoidalarga 

tayangan  holda  kam  sonli  aholi  (irqiy,  diniy  va  boshqa  jihatlardan)  huquq  va 

manfaatlari  muammolarini  hal  qilishning  imkoni  bormi?  YAngi  jamiyatda  SHarq 

va G‘arb qadriyatlari qanday o‘zaro munosabatda bo‘ladilar? O‘tish davrida davlat 

nazorati  bilan  fuqarolik  jamiyatini  barpo  qilish  jarayonining  nisbati  qanday 

bo‘ladi?  Haqiqiy  va  soxta  ozodlik  nimani  bildiradi?  Davrimizning  bu  va  boshqa 

dolzarb masalalari oddiy xususiyatga ega bo‘lmasdan, o‘zining ahamiyati jihatidan 

mamlakatimiz  faylasuflaridan  kasbiy  va  fuqarolik  mas’uliyatini  talab  qilib, 

mualliflar  tarafidan  noyob  falsafiy  qarashlarni  vujudga  keltirishni  taqozo  qiladi. 

Falsafiy  tadqiqotlarning  muammoviy  maydonini  yanada  kengaytirish  vazifasi 

ko‘ndalang 

turibdi. 

Hozircha 

respublikada 

qadriyatshunoslik, 

falsafiy 

antropologiya,  din  falsafasi,  texnika  falsafasi,  komparativtika  falsafasi  va 

hokazolarga  bag‘ishlangan  jiddiy  tadqiqottlar  kam.  Afsuski,  hozirgacha 

respublikamizning  dunyo  falsafiy  jamiyatidan  ajralib  qolganligi  saqlanib,  falsafiy 

aloqalar  G‘arb  mamlakatlari  va  sharq  davlatlari  olimlari  orasida  ham,  Mustaqil 

Davlatlar  hamdo‘stligi  mamlakatlari  bilan  ham  zaifdir.  SHuningdek,  mumtoz  va 

zamonaviy  falsafiy  adabiyotni  o‘zbek  tiliga  hamda  vatanimizning  eng  yaxshi 

falsafiy tadqiqotlarini chet tillarga6 tarjima qilishning aniq maqsadga yo‘naltirilgan 

tizimini joriy etish muhimdir.  

Mustaqillik  yillarida  respublikada  «Ta’lim  to‘g‘risidagi  qonun»  va  «Kadrlar 

tayyorlash buyicha milliy dastur» doirasida oliy o‘quv Yurtlarida falsafiy  fanlarni 

                                                           

6 Қ.Хоназaров. Фалсафанинг ва бизнинг фалсафамизнинг йўли. «Правда Востока», 2001 




o‘qitishning  mazmuni  tubdan  o‘zgardi.  YAngi  darslik  adabiyotlar  nashr 

etilmoqda7. 

Respublika  olimlari  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy  taraqqiyotining 

hozirgi  bosqichi  talablariga  muvofiq  keladigan  yangi  avlod  darsliklarini  vujudga 

keltirishga  kirishdilar.  Biroq  ko‘p  hollarda  falsafani  o‘qitish  ma’lum  darajada 

soddalashtirilgan  qoliplarda  qolib  ketmoqda.  Zamon  taqozosiga  ko‘ra,  falsafa 

o‘qituvchilarining  kasbiy  malakasini  oshirish,  o‘qitish  uslub  va  vositalarini 

takomillashtirish  yo‘li  bilan  asosiy  maqsadga  erishish,  ya’ni  jahon  falsafiy 

tafakkurini  barcha  tub  mohiyatini  har  bir  talabaga  etkazib,  ularni  mulohaza 

Yuritishga  o‘rgatish  imkoniyatini  vujudga  keltirishdir.  Zamonamizning  bu  va 

boshqa  dolzarb  masalalari  o‘zining  ahamiyati  jihatidan  mamlakatimiz 

faylasuflaridan kasbiy va fuqarolik mas’uliyatini talab qiladi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                     

                                                           

7 «Основы философии». Т., 2004, Э.Юсупов. «Фалсафа». Т., 2005, «Фалсафа» Т., 2005 




A D A B I YO T L A R: 

 

Davronov  Z.,  Shermuhamedova  N.,  Qahharova  M.,  Nurmatova  M.,  Husanov  B., 



Sultonova A. Falsafa. -Toshkent: TMU, 2019. 

SHermuxamedova N.A. Falsafa -Toshkent: Noshir, 2012. 

SHermuxamedova N.A. Falsafa. 2-nashr. Toshkent: Noshir, 2020.  

Axmedova M. Falsafa. Tahriri ostida. - Toshkent.UFMJ, 2006. 

Mamashokirov S. va boshqalar. Falsafa. O‘quv qo‘llanma. O‘zbekiston, 2005. 

Tulenov  J.,Tulenova  G.,Tulenova  K.Falsafa.  Darslik.  -  Toshkent.  Fan  va 

texnologiya, 2016. 

 

 



Yüklə 350,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə